Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
10-MAVZU: AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2. Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va bolalar bilan ijtimoiy ish. 10.3. “Xatar guruhi”dagi o‘smirlar va voyaga yetmagan
- Deviant xulq - atvor tushunchasi: sabablar va ko‘rinishlar.
199 10-MAVZU: AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA MAMLAKATLARIDA DEVIANT XULQ-ATVORLI O‘SMIRLAR VA BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH. Reja: 10.1.Deviant xulq atvor tushunchasi: sabablar va ko‘rinishlar. 10.2. Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va bolalar bilan ijtimoiy ish. 10.3. “Xatar guruhi”dagi o‘smirlar va voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan ijtimoiy ish. 10.4. Xulqida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda asosiy individual yondoshuv. Deviant xulq - atvor tushunchasi: sabablar va ko‘rinishlar. Deviant so‘zi-lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor, mavjud jamiyatda o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisadir. Deviant xulq–atvor-jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichqilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi; b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) alkogolni har-har zamonda iste’mol qilish; 2) alkogolni ko‘p iste’mol qilish-spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi; 200 3) alkogolizm-spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik; v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish; g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. konkubinat-nikohsiz birga yashash. 2. fohishabozlik-pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham meyordan og‘ish sifatida qaraladi. Bulardan tashqari, xalqimizda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham meyordan chekinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og‘ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir. Ma’lumki, insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ijtimoiy deviantlik va xulq-atvor og‘ishining yuz berish jarayonlari axloqsizlik sifatida qaralgan va asosan diniy me’yorlar orqali tartibga keltirib turilgan. Turon xalqlari ham qadim-qadimdan ijtimoiy deviantlik holatlariga salbiy munosabatda bo‘lishgan va ushbu munosabat zardushtiylik, budda va boshqa qadimgi Turonda mavjud boshqa diniy ta’limotlarda aks etgan. “Deviant xatti-harakatlar” tushunchasi jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqish degan ma’noni bildiradi va ushbu tartib-qoidalarga rioya qilmaslik, ularni buzish bilan xarakterlanadi. Deviant xatti-harakat ayniqsa, voyaga yetmaganlar uchun xosdir. Ushbu davrda voyaga yetmagan yoshlarning shaxsiy xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror topadi. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama qarshiliklar hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nika olmasliklar bilan kechishi mumkin. Deviant xarakterga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pincha maktabdagi darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik 201 qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ullanadilar, ichkilik ichadilar, giyohvandlikka ruju qo‘yadilar. Natijada qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, jinoyatga qo‘l uradilar. Shuningdek, jamiyat va deviatsiya, ijtimoiy ish fanining maqsad va vazifalari, deviant xulqlilar bilan ishlash, deviant xulq-atvor muammolarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari, me’yordan og‘ishning ko‘rinishlari, deviant xulqlilar bilan ishlashda ijtimoiy himoya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam tushunchalari hamda deviant xulqlilar bilan ijtimoiy ishning huquqiy asoslari yoritib beriladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling