Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


  10-MAVZU: AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

 


199 
10-MAVZU: AQSH VA G‘ARBIY YEVROPA
MAMLAKATLARIDA DEVIANT XULQ-ATVORLI
O‘SMIRLAR VA BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH. 
Reja: 
10.1.Deviant xulq atvor tushunchasi: sabablar va ko‘rinishlar. 
10.2. Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar 
va bolalar bilan ijtimoiy ish.
10.3. “Xatar guruhi”dagi o‘smirlar va voyaga yetmagan 
huquqbuzarlar bilan ijtimoiy ish.
10.4. Xulqida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda 
asosiy individual yondoshuv. 
 
 Deviant xulq - atvor tushunchasi: sabablar va ko‘rinishlar. 
Deviant so‘zi-lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, 
buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor, mavjud jamiyatda 
o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki 
xatti-harakat, ijtimoiy hodisadir.
Deviant xulq–atvor-jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos 
kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, 
yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichqilikbozlik, giyohvandlik, o‘z 
joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor 
xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda 
tutiladi: 
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va 
me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy 
faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi; 
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar 
mavjud:
1) alkogolni har-har zamonda iste’mol qilish; 
2) alkogolni ko‘p iste’mol qilish-spirtli ichimliklarni muntazam, 
ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki birvarakayiga 
o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko‘pincha 
alkogolizmga olib keladi; 


200 
3) alkogolizm-spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib 
qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik; 
v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga 
doimiy ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish; 
g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga 
bo‘lib o‘rganiladi:
1. konkubinat-nikohsiz birga yashash.
2. fohishabozlik-pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan 
ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham meyordan og‘ish 
sifatida qaraladi. 
Bulardan tashqari, xalqimizda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, 
boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham meyordan chekinishning 
diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi. 
Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat 
faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og‘ma xulq-atvorlarini ham 
ifodalovchi tushunchadir. 
Ma’lumki, insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ijtimoiy 
deviantlik va xulq-atvor og‘ishining yuz berish jarayonlari axloqsizlik 
sifatida qaralgan va asosan diniy me’yorlar orqali tartibga keltirib 
turilgan. Turon xalqlari ham qadim-qadimdan ijtimoiy deviantlik 
holatlariga salbiy munosabatda bo‘lishgan va ushbu munosabat 
zardushtiylik, budda va boshqa qadimgi Turonda mavjud boshqa diniy 
ta’limotlarda aks etgan.
“Deviant xatti-harakatlar” tushunchasi jamiyatda qabul qilingan 
ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqish degan ma’noni bildiradi va 
ushbu 
tartib-qoidalarga 
rioya 
qilmaslik, 
ularni 
buzish 
bilan 
xarakterlanadi. Deviant xatti-harakat ayniqsa, voyaga yetmaganlar 
uchun xosdir. Ushbu davrda voyaga yetmagan yoshlarning shaxsiy 
xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror 
topadi. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayon 
bo‘lib, o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama qarshiliklar 
hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nika olmasliklar bilan 
kechishi mumkin. Deviant xarakterga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pincha 
maktabdagi darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik 


201 
qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ullanadilar, ichkilik ichadilar, 
giyohvandlikka ruju qo‘yadilar. Natijada qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, 
jinoyatga qo‘l uradilar.
Shuningdek, jamiyat va deviatsiya, ijtimoiy ish fanining maqsad va 
vazifalari, deviant xulqlilar bilan ishlash, deviant xulq-atvor 
muammolarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari, me’yordan 
og‘ishning ko‘rinishlari, deviant xulqlilar bilan ishlashda ijtimoiy 
himoya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordam tushunchalari 
hamda deviant xulqlilar bilan ijtimoiy ishning huquqiy asoslari yoritib 
beriladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling