Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va 
bolalar bilan ijtimoiy ish. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan 
chetga chiqish holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor masalasi 
O‘zbekistonda o‘rganilmagan sohalardan biridir. Yuqorida qayd 
etilganidek, deviant xulq - atvor - bu jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy 
axloq me’yorlaridan chetga chiqqan, bu me’yorlarga mos kelmaydigan 
insonlar faoliyati, xatti-harakati va boshqa ijtimoiy hodisalaridagi 
turlicha munosabatlari, fikr-mulohazalari hisoblanib, bularning 
jamiyatda xulq-atvori harakati-faoliyatiga muvofiq atalib, ularni 
yolg‘onchi, dangasa, o‘g‘ri, bezori, “yozuvchi”, hasadchi, baxil, 
giyohvand, tovlamachi, firibgar, iymonsiz, e’tiqodsiz, behayo, fohisha, 
orsiz, qasd qilish va hokazo so‘zlar bilan nomlanib, ko‘plab shu kabi 
ijtimoiy me’yorlar talabiga zid kelguvchi xulq-atvor xususiyatlari 
hisoblanadi.
Bizda esa, 1991 – yildan milliy mustaqillik tufayli, ilmiy va 
nazariy jihatdan o‘rganilishi uchun imkoniyat yaratilib, o‘rganila 
boshlandi. Ammo jamiyatda deviatsiyaga, xulq-atvorga manba bo‘la 
oladigan holatlar jahondagi boshqa xalqlarga nisbatan Markaziy Osiyo 
halqlarida uzoq o‘tmishda qadimdan oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, 
ijtimoiy me’yordan chetga chiqishlik, axloqiy me’yorlardan chekinish 
holatlariga qat’iyan chek qo‘yilgan, buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan, 
harakatdagi qonundan ham ta’sirchan kuchga ham dunyoviy, ham diniy 
yo‘l bilan, insonlar ruhiyatiga ta’sir etguvchi kuchga aylangan va hozir 
ham xalqimiz ana shu ijtimoiy me’yorlar doirasida yashamoqda. Istiqlol 


202 
tufayli yanada ta’sirchan kuchga aylanishi tobora takomillashib 
bormoqda. 
Deviant xulq-atvor G‘arbda, ayniqsa, AQSHda keng ko‘lamda 
ijtmoiy fanlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ilmiy-amaliy 
jihatdan chuqur o‘rganilmoqda. XVIII asarga kelib yangi davr 
mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va deviant holatlar muammosini yanada 
chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, 
K.Gelvetssiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy 
izlanishlarida turli g‘oyalarni ilgari surdilar. Xususan, Monteske barcha 
ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni 
topishga intildi. 
Yevropa mutafakkirlaridan I.Kant va uning shogirdlari I.G.Fixte, 
jinoiy huquqning asoschisi hisoblanuvchi L.Feerbax, Gegel ham jamiyat 
muammolarini tadqiq qilish jarayonida jamiyatning doimiy dolzarb 
muammosi bo‘lgan ijtimoiy me’yor va undan chekinishlarga ham 
alohida e’tibor berdilar. Klassik yo‘nalish vakillari garchi deviant xulq–
atvorni sotsiologik tushuntirishda ancha ilgarilab ketishgan bo‘lsalarda, 
ushbu nazariyalarning amaliy tadqiqotlar bilan mustahkamlanmaganligi 
natijasida, ularning nazariyalari XIX asrga kelib biologik yo‘nalish 
vakillari tomonidan osongina inkor qilina boshlandi. XIX asr oxirlarida 
tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, ijtimoiy xulq-atvor tadqiqotchilari 
klassik yo‘nalishdagi “tabiiy huquq”, “erkin iroda” kabi g‘oyalardan voz 
kechib, ijtimoiy deviantlikning “sababiyligini” yoqlab chiqdilar. 
Italiyalik psixiator Chezare Lombrozoning 1876 - yilda chop etilgan 
“Jinoyatchi shaxs” asari bu boradagi dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi. 
Ch.Lombrozo (1835-1909) Italiyada psixiatr bo‘lib ishlar ekan, o‘n 
yil davomida 14 ming mahbusni tekshirib, ular ustida tadqiqot olib 
boradi. O‘z kuzatishlari asosida Lombrozo xulq-atvor sababiylikka ega 
degan xulosaga keladi. Uning g‘oyasi “sabab-o‘zaro aloqador sabablar 
zanjiridan iborat”, degan qarashdan iboratdir. U jinoyatchilarni 4 
guruhga bo‘ladi: 
1.Tug‘ma jinoyatchilar. 
2.Ruhiy kasal jiinoyatchilar. 


203 
3. E’tiqodga ko‘ra jinoyatchilar (siyosiy jinoyatchilar ham shular 
jumlasidandir). 
4.Tasodifiy jinoyatchilar. 
Lombrozo o‘z g‘oyalarida qasddan qilinadigan jinoyatchilik, 
fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning tug‘ma bo‘lishligiga 
urg‘u beradi. “Tug‘ma individual omillar-jinoiy xulqning asosiy 
sabablaridir” deb yozadi. Lombrozo o‘z asarlarida deviant holatlarning 
tug‘ma bo‘lishini qat’iylik bilan ta’kidlab kelsa - da, ba’zi o‘rinlarda 
ijtimoiy deviantlikning namoyon bo‘lishida boshqa omillarning ham 
ta’sirini e’tirof etadi. Xususan, u o‘zining “Jinoyatchi va fohisha ayol” 
asarida aytadi: fohisha uchun erkak bilan qovushish-ruhiy jihatdan ham, 
jismoniy jihatdan ham o‘ta oddiy holat va u ushbu kasbga yaxshi haq 
to‘lashgani uchun o‘z tanasini sotadi”, ya’ni iqtisodiy omil ustunlik 
qiladi.
Lombrozo o‘z tadqiqotlari orqali bir narsaga, axloq va 
axloqsizliklarning tug‘ma bo‘lishini isbotlashga bag‘ishladi. Garchi 
biologiya, sotsiologiya va psixologiya fanlarida erishilgan keyingi 
yutuqlar buni to‘la inkor eta olgan bo‘lsa - da, uning uzoq yillar 
mobaynida olib borgan amaliy tadqiqotlari natijalari, deviant 
holatlarning o‘ziga xos klassifikatsiyalari o‘sha davrdagi ijtimoiy 
deviantlikning amaliy tavsifi keyingi davr olimlari uchun ajoyib qiyosiy 
material vazifasini o‘tab kelmoqda. Masalan, Lombrozo yuqorida 
aytilgan “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida tahlil qilib bergan 
fohishabozlik va jinoyatchilikning yoki ichkilikbozlikning “hamkorlik” 
nuqtalari hozirgi kunda ham kuzatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek 
Ch.Lombrozoning asarlarida inson tabiiy omillar oldida ojiz maxluqqa 
aylantirib qo‘yiladi, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning 
o‘rni yo‘qqa chiqarilgan.
Jamiyat taraqqiy etib borgan sari mavjud jamiyatda amal qilinib 
kelinayotgan me’yorlar ham zamonasiga muvofiq o‘zgarib, yangilanib, 
davrga moslashib, omma ongiga singib, amalda qo‘llanila boradi, 
eskilari tarkibiga yangilari tobora kiritilib, amal qilinaboradi, ijobiy 
ijtimoiy me’yorlar tarkibini kengaytira boradi. Albatta, bu o‘zgarishlar 
bevosita jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, hatto iqtisodiy tizimlarining 


204 
siyosiy boshqarish u amal qiladigan qonunlarga ham bog‘liqdir. Bir 
jamiyatda me’yoriy hisoblangan ijtimoiy me’yorlar boshqa bir 
jamiyatda me’yordan og‘ish hisoblanishi mumkin.Bunga misol qilib 
G‘arb va Sharq turmush tarzini keltirishimiz mumkin. Ko‘rinishlari 
deviant deb qabul qilingan xulq-atvor, yozilgan va yozilmagan 
me’yorlarga mos kelmaydigan har qanday xatti-harakat va faoliyatni 
nazarda tutadi. Ayrim jamiyatlarda an’analardan chetga chiqish jiddiy 
xato, nojo‘ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda 
inson sochining uzunligi ham, ko‘rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat 
ostida bo‘ladi. 
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‘ular, fikr va 
xatti-harakatlar turli-tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu 
narsa hech qanday natija bermagan, ya’ni deviatsiya yanada yorqinroq 
ifodalanishi mumkin. Masalan, o‘tgan asrning 80-yillarida yoshlar G‘arb 
modellariga taqlid qilgan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan. 
Ko‘p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‘ladi: yomon 
tomonga og‘ish qoralanadi, yaxshi tomonga og‘ish qo‘llab-quvvatlanadi. 
Jamiyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo‘lishi mumkin (bunga 
o‘g‘rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan, 
mumkin bo‘lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday 
sharoitda me’yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e’tibor berish 
kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko‘p bo‘lib, ularga oddiy, elementar tartib 
buzishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi. 
Alkogolizm va giyohvandlik millat genofondini jismoniy 
majruhlik va degradatsiya tomon yetaklaydi, shuningdek, u jamiyatning 
ijtimoiy salomatligini buzadi. 
JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) bahosiga ko‘ra, alkogolli 
ichimliklarni iste’mol qilish umumiy o‘limlar miqdorining uchdan bir 
qismini tashkil etadi. Ajralishlarning 25-30 foizi er-xotinlardan birining 
ichkilikbozligi tufayli yuz beradi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘spirinlarning 2,5 foizida ota-onasi 
bo‘lmagan, 97,5 foizida esa oilasi bo‘lgan, 55 foizida ham otasi, ham 
onasi bo‘lgan. Yoshlarning 45 foizida yo otasi, yo onasi, shundan 66,2 
foizida faqat onasi bo‘lgan. Voyaga yetmaganlarning faqat 3,8 foizi 


205 
otasi bilan yashaydi. Bundan kelib chiqadiki, voyaga yetmaganlarning 
qariyb 50 foizi to‘liqsiz oilada tarbiyalanishgan. 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga sabab bo‘ladigan shart-
sharoitlar quyidagilar: 
- nazoratsizlik–ota-onalar va ular vazifasini bajaruvchi shaxslar 
tomonidan o‘smirlar ustidan zarur bo‘lgan nazoratning yo‘qligi; 
- voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik 
yoki jinoyati uchun ta’sir chorasi yoki jazo belgilanmasligi; 
- o‘smirlarning huquqiy tarbiyasidagi muammolar; 
- voyaga yetmaganlar jinoyatlarining yuqori latentligi; 
- bolalar va o‘smirlar himoyasizligi, huquqsizligi;
Me’yordan og‘ish va me’yorning o‘zi ko‘pincha test yoki 
eksperimental usullar yordamida aniqlanadi. Biroq, og‘ayotgan xulq-
atvorning barcha ko‘rsatkichlarini nazariy jihatdan talqin qilish va 
o‘lchash imkoni yo‘q. Shunday hollarda simptomatik kuzatish amalga 
oshiriladi.
Og‘ayotgan (asotsial, deviant) deb ijtimoiy me’yorlardan chetga 
chiqish hollari muntazam kuzatilayotgan xulq-atvorga aytiladi: 
- g‘arazli yo‘naltirilganlik (moddiy, pul, mol-mulk manfaatini 
ko‘zlab sodir etilgan xatti-harakat va huquqbuzarliklar: o‘g‘irliklar, 
o‘zlashtirishlar, chayqovchilik va h.k.);
- agressiv yo‘nalishdagi (shaxsga qarshi yo‘naltirilgan xatti-
harakatlar: haqorat qilish, bezorilik, kaltaklash, zo‘ravonlik qilish, 
qotillik); 
- ijtimoiy-passiv yo‘nalishdagi (faol ijtimoiy hayotdan chetga 
chiqishga intilish, o‘z majburiyatlari va burchini bajarishdan qochish, 
o‘zining shaxsiy va ijtimoiy muammolarini hal qilishni istamaslik: 
ishlash va o‘qishni xohlamaslik, daydilik, alkogolli va giyohvand 
moddalar, toksik vositalar iste’mol qilish, o‘zini-o‘zi o‘ldirish, suitsid).
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga u yoki bu ta’sirga beriluvchan 
bolalarning qaysi toifalari kirishi maxsus tadqiqot jarayoni hisoblanadi. 
Deviant xulqlilar toifasiga: 
1. Chekishga moyilligi bo‘lgan bolalar. 
2. Spirtli ichimliklarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 


206 
3. O‘g‘irlikka, yolg‘onchilikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 
4. Intizomsiz, ishyoqmas, dangasalikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 
5. Psixotrop moddalarga moyilligi bo‘lgan bolalar. 
6. Narkomaniyaga moyilligi bo‘lgan bolalar. 
7. Axloqiy va maishiy buzuqlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 
8. Poraxo‘rlikka moyilligi bo‘lgan bolalar. 
9. Diniy ekstrimizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 
10. Fanatizmga moyilligi bo‘lgan bolalar. 
10. Agressiv, millatchilikka moyillik. 
11. Mahalliychilikka moyillik. 
12. Narkobiznesga moyillik. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling