Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


O‘zbekistonda qariyalar bilan ijtimoiy ish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

O‘zbekistonda qariyalar bilan ijtimoiy ish. Bugun O‘zbekiston 
barcha jabhalarda g‘ururlansa arziydigan yutuqlarni qo‘lga kiritib, 
taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Mamlakatimizda, keksalarni hurmat 
qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga 
xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisiga aylandi. Mustaqillik yillarida 
keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi shakllantirildi. Shu bois, bir 
demografik haqiqatni ochiq aytish kerak. Mustaqillik yillarida 
O‘zbekiston aholisi 1,5 martaga ko‘paydi va hozirgi kunda (2020 - yil 
boshi) 33905,8 ming kishini tashkil qiladi
68
.Bunda ham keksa avlodning 
xizmati katta. Ayni paytda O‘zbekiston jami aholisining 2 million 873 
mingtasining yoshi 60 dan oshgan kishilar bo‘lib, shulardan 225 ming 
nafari 80 yoshdan, 44 ming nafari 90 yoshdan, 8700 nafarining yoshi 
100 yoshdan oshgan kishilarni tashkil etadi. Demak, O‘zbekiston 
aholisining tarkibiy tuzilishida qari kishilar salmog‘i 9,1 foizni tashkil
etadi. Hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy demografik tuzilishida, 
barcha mavjud bo‘lgan ijtimoiy qatlam va guruhlar ichida ijtimoiy 
himoyaga ko‘proq muhtoj bo‘lganlar ichida eng asosiy kategoriyalardan 
biri bu keksa kishilar hisoblanadi.
Qariya, keksa va uzoq umr ko‘ruvchilar ijtimoiy demografik 
qatlam sifatida o‘z ichki strukturasiga ko‘ra har xil sotsial demografik 
tuzilmalardan tashkil topadi. Shu bilan birga, ushbu ijtimoiy qatlamning 
o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyati, bu uning yoshi bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston aholisining tarkibiy tuzilishida qari, keksa 
va uzoq umr ko‘ruvchi kishilar salmog‘i(9,1 foiz)ni chet ellardagi 
demografik holat bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, allaqachon Rossiya 
Federatsiyasi aholisining 23-24 %ni qariyalar tashkil etsa, BMT va BSS 
tashkilotlari ekspertlarining bashoratlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib, 
dunyodagi jami aholi tarkibida qariyalarning soni 1,2 milliarddan oshib 
68
Ўзбекистон аҳолиси 2019 йил. 
https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-gks/8335-
demografik-holat-7
 


193 
ketadi. Ayniqsa, qariyalar orasida 80 yoshdan kattalar salmog‘i ko‘payib 
ketadi
69
.
Yuqorida qayd etilgan qariyalarga oid ilmiy farazlar, quyidagi 
asoslarga tayanadi. Darhaqiqat, hozirgi davrda qariyalar salmog‘i oshib 
bormoqda. Chunki inson mehnatga yaroqli yoshdan nafaqa yoshiga 
o‘tishi uning hayotida keng sotsial o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
Natijada inson jamiyatda bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishi 
yuz beradi.
Ushbu tendensiyaning barqaror shakllanishiga quyidagi omillar 
sababchi bo‘lmoqda:
- dunyo aholisining demografik turmushida o‘ziga xos o‘zgarishlar 
ro‘y bermoqda (insonlar balog‘atga yetgach ham katta yoshlarda, kech 
nikohga kirmoqda, aholi tarkibida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi 
kuzatilmoqda va h.k.); 
- ikkinchidan, aholiga tibbiy ko‘mak berish sifatining oshishi, 
ko‘proq yangi tibbiy muolaja texnologiyalaridan foydalanishning 
samarasi natijasida, o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlarining oshishiga 
olib kelmoqda; 
- uchinchidan, sotsial xizmat sohasida qariyalarga nisbatan 
e’tiborning kuchayishi, bu sohaning sezilarli darajada rivojlanishiga 
sabab bo‘lmoqda. 
Jamiyatda aholi turmush farovonligi oshib,
qariyalarning 
ijtimoiy 
himoyasiga 
qaratilgan 
chora-tadbirlar 
ko‘paymoqda. Masalan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida o‘rtacha 
umr ko‘rsatkichlari oshdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 
1990 - yilga nisbatan o‘rtacha umr ko‘rish 67 yoshdan 73,5 yoshgacha 
ortdi.
Zamonaviy jamiyatimizda aholining qarishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
demografik tendensiyalar kuchaymoqda. XXI asr qariyalar asri bo‘lishi 
mumkin degan farazlar ham aytilmoqda. XX asrning oxiri va XXI 
asrning boshlarida aholining yosh tarkibida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar 
shuni ko‘satadiki, hozirgi dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham 
69
Теория практика социальной работы: Методические материалы. / Отв. ред. Попов А.М., 
Холостова Е.И. – М.: Ин-т Соц. работы, 1997. – С. 71. 


194 
aholi tarkibida bolalar ulushining kamayish tendensiyasi sezilmoqda va 
qariyalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Bu holat esa, o‘z navbatida, 
aholi tarkibida keksayish jarayonining boshlanganligini ko‘rsatmoqda
70

Aholining keksayishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi 
ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 3 milliondan ko‘proq pensionerlar, 
700 mingdan ortiq nogironlar, 20 mingga yaqin yolg‘iz pensionerlar 
ijtimoiy ta’minotdan foydalanadi. Ayni paytda vazirlikda keksalarni 
ijtimoiy himoyalashning 2016–2020 - yillarga mo‘ljallangan rejasi 
tuzilgan bo‘lib, ushbu dasturdan keksalar uchun maxsus 
pandus(yo’lak)lar qurish, jamoat joylarida maxsus sanuzellar bunyod 
etish muammolarini hal etish amalga oshirilmoqda. Shundan kelib 
chiqib, ijtimoiy ish xodimi qariyalarga xos bo‘lgan asosiy muammolarni 
quyidagicha belgilab olishlari mumkin: 
1. Qari kishilar umrining cheklanganligi. Qariyalik davrining 
boshlanishi bilan insonlarga xos bo‘lgan umrguzaronlik faoliyati qari 
kishilarda asta-sekin pasayib boradi. Qariliknning boshlanishi bu 
kishilarning faoliyati susayishidir. Ushbu muammo juda nozik masala
bo‘lib,qari kishilarning yoshi tobora ulg‘aygan sari turli kasalliklar 
paydo bo‘lishi bilan qarilik yoshidagilarning faoliyatini cheklab qo‘yadi. 
Bu holat esa, o‘z navbatida, qari kishilarning o‘z atrofidagi kishilar bilan 
yaqin munosabatlarning har tomonlama cheklanishiga sabab bo‘ladi. 
2. Jamiyatda qari kishilarga nisbatan o‘ziga xos munosabatning 
shakllanishi. Qari kishilarning faol ijtimoiy hayotdan chetlanishi
ularning mehnat qilish qobiliyatining pasayishi oqibatida, qari kishilarga 
nisbatan turli xil munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Jamiyat seza boshlaydiki, qarilarga nisbatan qaratilgan qo‘shimcha 
ijtimoiy himoya mablag‘lari qaytarilmaydi, ularning haddan ortiq 
ijtimoiy himoyasi oqibatda ishga layoqatli bo‘lgan yosh va o‘rta qatlam 
aholi uchun ortiqcha yukka aylanadi.
70
Абдурахмонов Қ.Х., Абдурахмонов Х.Х. Демография. – Т.: “Ношир”, 2011, - 90–96 
бетлар. 


195 
3. Ijtimoiy faoliyatdagi sustkashlik qariyalarning o‘zlariga ham 
salbiy ta’sir qiladi. Qari kishilarning tobora keksayib borishi bilan ularda 
emotsional, psixiologik va hattoki fiziologik buzilish holatlari paydo 
bo‘ladi. 
4. Qari kishilarda bo‘sh vaqtning ko‘pligi muammosi paydo 
bo‘lmoqda. Nafaqaga chiqqunigacha ishlab yurgan davrda yaxshi ishlab, 
yetarli mablag‘ topib yurgan, salomatligi yaxshi bo‘lgan kishilar 
ko‘pchilik hollarda ikki xil vaziyatga duchor bo‘lib qolmoqda. Birinchi 
vaziyatda, ularga yaqinlari tomonidan Siz dam oling! Shuncha yillar 
ishladingiz, endi yetadi, biz Sizni ta’minlaymiz, - deyishadi. Oqibatda, 
bunday vaziyatga duchor bo‘lgan qariyalarda: - Men endi ishga butunlay 
yaramay qolibman-da? – degan qo‘rquv bilan bog‘liq his-tuyg‘ular 
paydo bo‘ladi. Ikkinchi vaziyatda, Siz endi bo‘shadingiz! Uy-ro‘zg‘or 
yumushlaridan uni qiling, buni bajarishga mas’ulsiz! Nabirangizni u 
yoqqa olib boring, va hokazolar deb, uydagi “xizmatchi” holatiga solish 
vahimalari sodir bo‘ladi
71

Demak, barcha qarilikka xos muammolardan kelib chiqqan holda 
aytish joizki, qarilarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishda quyidagi 
dastur-amallarni hisobga olish zarur: 
Birinchidan. Qari kishilarning mehnat qobiliyatlari keskin pasayadi 
degan qarashlardan voz kechish kerak. Pensiya olish, nafaqaxo‘rlik 
davrida qariyalarni faqat uy ishi yoki nabiralarga qarash bilan band qilib 
bo‘lmaydi. Bugungi kunda ko‘pchilik qariyalar oliy ma’lumotga ega, 
ishlagan davrida rahbar kadr sifatida el-yurt oldida hurmatga sazovor 
bo‘lgan kishilardir. Shu bois, ularga nisbatan ijtimoiy himoyalash 
chora-tadbirlarini amalga oshirishda alohida yondoshuv talab qilinadi. 
Bunday qariyalarga nisbatan, kelgusida “arzon ishchi kuchi” sifatidagi 
yondoshuv umuman to‘g‘ri kelmaydi. Qarilar bunga hech ham 
ko‘nmaydilar. 
Ikkinchidan. Qariya, keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishda, 
eskirgan metodlar yordamida ishlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, an’anaviy usul 
71
Основы социальной работы. Отв. ред. Павленок П.Д. – М.: ИНФРА-М. – 2001. – С. 216. 


196 
yoki texnologiyalar bilan ijtimoiy ishni tashkil etish zinhor mumkin 
emas.
Har qanday davlatning kuch - qudrati nafaqat uning armiyasi bilan, 
balki mamlakatda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik, fuqarolarning 
ahilligi, hamjihatligi, vatanparvarligi, yoshi ulug‘ insonlarga 
ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligida ham namoyon bo‘ladi. Bu 
muqaddas zamin - O‘zbekistonda inson azizdir. 
Shunga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy ish xodimlari 
tomonidan olib borilayotgan ishlarda ijobiy samaralarga erishilyapti. 
Masalan, har yili o‘rtacha 1,8 million nafar fuqaroga nafaqalar 
tayinlanmoqda, 600 ming fuqaro esa ishga joylashtirilmoqda. 
Shuningdek, 6800 nafardan ziyod yolg‘iz keksalar, pensioner va 
nogironlarga “Saxovat va Muruvvat” uylarida tibbiy- ijtimoiy hamda 
maishiy xizmat ko‘rsatilyapti. 21 ming nafarga yaqin yolg‘iz 
pensionerlar uylarida ijtimoiy-maishiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi 
paytda ham respublikamida 33 ta “Saxovat hamda Muruvvat” uyi,
11 nogironlar uchun tibbiy - ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya markazi,
8 ta sihatgoh hamda nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan 2 ta
kasb - hunar kolleji mavjud bo‘lib, ularning barchasi yolg‘iz keksalar, 
pensioner va nogironlarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. 
Ayni chog‘da fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari 
hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazlari ham bu borada izchil ish olib bormoqda. Hozirgi sharoitda 
aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini 
tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan 
aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti 
aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi.Barcha 
nazariyalar insonlarning qarish jarayonining turli tomonlarini tahlil va 
tavsif qilishga, uni har tomonlama ilmiy kuzatishga yoki o‘rganishga 
harakat qiladi.
Xullas, qariya, keksa va yoshi ulug‘ insonlarni manzilli ijtimoiy 
himoya qilish va qo‘llab - quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora 
tadbirlarni amalga oshirish, yosh avloddni keksalarga hurmat ruhida 
tarbiyalash, bu borada tegishli me’yoriy - huquqiy bazani 


197 
takomillashtirishga ko‘maklashish ijtimoiy ish xodimlarinng va bu 
sahada kadrlarni tayyorlashga hissa qo‘shayotgan ijtimoiy ish kasbi 
professor -o‘qituvchilarning bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri 
bo‘lib sanaladi. Qariya, keksa va yoshi ulug‘larga ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatish usullari va texnologiyalari deganda, jamiyat va uning 
boshqaruv apparati bo‘lmish davlat tomonidan, ushbu ijtimoiy 
demografik tuzilmaga nisbatan ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini yanada 
takomillashtirish, uni yanada yuksak saviyalarga yetkazish, hamda 
baland darajalarga ko‘tarish tushuniladi.
Aholini, shu jumladan keksa, qariya va yoshi ulug‘ kishilarni 
ijtimoiy himoyalash masalalari ijtimoiy ta’minot organlari bilan birga 
Mehnat, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari, Pensiya 
jamg‘armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojizlar, Kar-
soqovlar, Nogironlar, Qizil yarimoy jamiyatlari, “Mehribonlik”,
“Sog‘lom avlod uchun” kabi xayriya jamg‘armalariga ham 
yuklatilgandir.
O‘zbekistonda keksalar himoyasining demografik xususiyatlarini 
nazarda tutgan bu siyosat, aniqrog‘i, keksalar haqida davlat g‘amxo‘rligi 
siyosati shunchaki aytilgan so‘zlar emas, balki davlat faoliyatining 
o‘ziga xos dasturidir. Bunday siyosat yuritish O‘zbekiston Respublikasi 
davlatining mohiyatidan, uning insonparvarligi va adolatparvarligidan 
kelib chiqayotgani aniq. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda, eng 
muhimi, jamiyatda qariya, keksa va uzoq umr ko‘ruvchilarni ijtimoiy 
himoya qilish tizimi tobora takomillashib borsa, nur ustiga a’lo nur 
bo‘ladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling