Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Ijtimoiy
ish-bu globallashuv chaqirig‘iga javobdir. Globallashuv tufayli insonyat faoliyatida, uning turmush tarzida va avvallari turli - tuman bo‘lgan uning madaniyatida yangi, jahon standartlari paydo bo‘ldi. Zamonaviy insoniyat millatidan qat’iy nazar bolaligidan o‘quvchilar uchun bir xil televezion dasturlarni, o‘smirlik va yoshlik davrida bir xil musiqiy kliplarni, o‘rta yoshda esa bir xil seriallarni tomosha qiladi. Odamlar bir xil yangiliklarni o‘xshash sharhlar bilan tinglaydilar, kiyim- kechakda bir xil urfga amal qilib kiyinadilar, bir xil taom(fast-fudlar, pitssalar, kirieshka, chipsi)lar bilan ovqatlanadilar, bir xil tilda gapirishga harakat qiladilar, bir xil jihozlangan ofislarda ishlaydilar. Buning oqibatida yangi turkum “global fuqaro”, ya’ni qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari bir xil odamlar paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra XXI asr davomida 6 mingta til iste’moldan chiqib ketadi 73 . Insoniyat madaniyatining xilma-xilligi, uning milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, milliy, axloqiy tamoyillari yo‘qolish arafasida turibdi. Jamiyatining bosh bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning asosi, demakki, jamiyatning asosi yuqoridagi qadriyatlarga tayanadi va shular tufayli yashaydi. Hozirda har birimiz, jumladan, ijtimoiy ish kasbi xodimlari, bularning bir qismining yo‘qolganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Iqtisodiy, texnologik va ilmiy taraqqiyot jamiyat ma’naviy taraqqiyotidan ko‘ra tezlashib ketdi. Internetdan foydalanayotgan “global fuqaro” ning yashashdan maqsadi, zamonaviy avtomobil, yaxshi uy-joy, qimmatbaho jihozlar va dunyoni sayohat qilishdan iborat. Avvallari bolalikdan inson ongiga singdiriladigan mehr-oqibat, odob- axloq, yaxshilik, go‘zallik, adabiyot, san’at, diniy axloq bergan 73 Howard M. America and the World. St. Lоuis: Washington University. TheAnnualLewinLecture, 5 April 1984. P. 6. 224 ma’naviy boyliklarni global madaniyat bera oladimi, zamonaviy odam jamiyatdagi ma’naviy talablarga javob bera oladimi? Bugungi oliy ta’lim tizimidagi ijtimoiy himoya ishi mutaxassislari turli ijtimoiy qatlamdagi insonlarni ma’naviy boyliklarni saqlab qolishga va uni targ‘ib qilishni jamiyat miqyosida ishlab chiqishga harakat qilishi kerak. Mazkur sohadagi ishlarni boshqarish va amalga oshirish bo‘yicha, vazirliklar, ilmiy markazlar, bir qancha NNT tashkilot va muassasalar tuzildi va ular faoliyat olib bormoqda. Hozirgi tez o‘zgaruvchan hayotda bu sotsial muammoning yagona yechimi barcha xalqlarda mavjud bo‘lgan milliy an’analar va qadriyatlar, mavjud moddiy manba-resurslar asosida insonni tarbiyalash, insonlar ijtimoiy himoyasini saqlab qolishga qaratilgandir. Faqat shu orqaligina globallashuv davrida inson mavjudligini saqlab qolish mumkin. Ayni paytda, globallashuv davr, barcha fuqarolarda shakllantirish zarur bo‘lgan, umuminsoniy qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, bulardan birinchisi rostgo‘ylikdir, aynan rostgo‘ylik o‘zaro aloqaning asosini tashkil etishi lozim. Rostgo‘ylik jamiyatdagi barcha aloqalarni biriktiruvchi asos, poydevor bo‘lib xizmat qilishi zarur. Globallashuv davrida butun yer kurrasi aholisi, ayniqsa, qashshoqlikda yashayotgan yoki tabiiy ofat tufayli zarar ko‘rgan xalqlar uchun mehr-muruvvat va saxiylik zarur qadriyatdir. Globallashuvning raqobat muhitida yashash uchun zarur bo‘lgan ma’naviy fazilat mehnatsevarlikdir. Hozirgi davr ishlab chiqarishidagi raqobatga bardosh berish uchun murakkab vaziyatlarda, turli qarama-qarshiliklarni yengib o‘tish va o‘zining fikrlarini o‘tkazish uchun ijtimoiy himoyalanish nuqtayi-nazaridan katta mashaqqatli ruhiy-psixologik mehnat talab qilinadi. Hozirgi davrda biror bir korxonaning rivojlanishi, raqobatbardoshligi va, umuman, yutuqlarga sabab bo‘luvchi yana bir umuminsoniy fazilat u yerda faoliyat yuritayotgan xodimlarga, do‘stlarga va, umuman, insonlarga nisbatan adolatli bo‘lishdir. Bu fazilatlar maktabgacha va maktab yoshidagi ta’limdan shakillantirib borilishi shart. Ko‘pincha, o‘quvchilar ijtimoiy tarbiyasining eng faol davri bo‘lgan uch-to‘rt yoshligi ularga e’tiborsizlik bilan o‘tkazib 225 yuboriladi, bunga ota-onalarning bolalarni kichik yoshda qanday tarbiyalash zarurligini bilmasligi ham sabab bo‘ladi. Hozirgi davrda avvalgiga nisbatan, bu yoshda o‘quvchilarning axborotni qabul qilish, o‘zlashtirish faoliyati tezlashgan bo‘lib, asosiy amaliy va dunyoviy fanlar to‘g‘risida tushunchalar berish mumkin. Maktabgacha ta’limning tayyorlov guruhlarida va kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ko‘pincha o‘rgatilinayotgan narsaga qiziqmasligining guvohi bo‘lamiz. Bizning fikrimizcha, bu yoshdagi o‘quvchilarga o‘qishni o‘rgatishdan ko‘ra, qanday qilib o‘qish yo‘llairni uqtirish lozim. O‘quvchilarda o‘qish qobiliyati va tafakkurini shakllantirish, ularga berilgan materialni eslab qolishdan ko‘ra ko‘proq samara beradi. Maktabgacha ta’lim, maktab, litsey, texnikum va kasb– hunar kolleji davridagi tarbiyaning natijasida esa o‘quvchilar tez muloqotga kirisha oladigan, insonni ardoqlaydigan, ko‘p o‘qiydigan, bo‘layotgan voqea - hodisalarni qiziqish bilan kuzatib, ijtimoiy himoyalash haqida fikr bildiradigan, milliy qadriyatlarni hurmat qiladigan va eng muhimi o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lib, boshqalarning gapini takrorlamaydigan bilim egalari sifatida o‘quv dargohlarini tugatishlari kerak. Umumiy ta’limda globallashuvning sivilizatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni kuchayishini nazarda tutgan holda, tarix, geografiya, san’at, musiqa va ijtimoiy fanlarni o‘qitishga e’tiborni kuchaytirish zarur. Bu mamlakatlar tarixi, iqtisodiy yo‘nalishlari, ijtimoiy hayoti haqida chuqurroq ma’lumotlar berish orqali o‘quvchi yoshlarning boshqa mamlakatlar navqiron avlodlariga nisbatan munosabatini to‘g‘ri shakllantirishi mumkin. Globallashuv davrida ijtimoiy ish kasbi mutaxassislari oldida quyidagi masalalarni hal qilish muammosi turibdi: - ijtimoiy ish mutaxassislarini tayyorlashda ta’limni baynalmilallashtirish, ya’ni talabalar va ilmiy xodimlarni yangilab borish tizimini keng joriy etish, birgalikda tadqiqot ishlari olib borish, simsiz axborot tizimini o‘rnatish, yetakchi universitetlarga tenglashib borish; - global muammolarni hal qilish bilan birgalikda, o‘z milliy taraqqiyotiga oid muammolarni, ayniqsa, ijtimoiy ish kasbi 226 mutaxassislarini tayyorlashni ko‘paytirib borish; taraqqiy topgan va ilm - fan sohasida global yutuqlarga ega davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan ijtimoiy himoya sohasida dialogda bo‘lish va bu aloqa natijalariga asoslangan yangiliklar yaratish; - yoshlarga ta’lim jarayonida global bozorning salbiy natijalari bo‘lgan global migratsiya, kriminal iqtisod, global jinoyatlar(narkotrafik, odam savdosi, terrorizm va h.k.) haqida tushunchalar berib borish, talabalar o‘rtasida bu haqda doimiy (masofaviy, onlayn va bevosita muloqot) ilmiy–nazariy-amaliy konferensiyalar tashkil etish; - oliy ta’lim tizimiga ijtimoiy siyosat fanini kiritish, shuningdek, barcha ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida, davlat muassasalarida ijtimoiy ish va himoyalash kabi ma’rifatni targ‘ib qiluvchi manbalar yaratish. Hozirgi kunda O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar aynan global davr talablari asosida yaratilgan. Bizning fikrimizcha, bu islohotlarni amalga oshirishda barcha ta’lim tizimi xodimlari birdek qatnashganida yanada ko‘proq samaraga erishish mumkin. Bugungi dunyoda ijtimoiy ish xodimlari zimmasiga katta mas’uliyatlar yuklatilgan. Ijtimoiy himoyalash kasbi egalari yoki ijtimoiy ishchilar, o‘ta xavfli sharoitlarda turib, quvg‘inlar, urushlar, ochlikka duchor bo‘lganlarni va siyosiy to‘qnashuvlar qurbonlari bo‘lganlarning, majburiy migratsiya va immigratsiya ta’siridan azob chekayotganlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim rol bajarishmoqda. Ijtimoiy ishchilar butun dunyo bo‘ylab odamlarning hayot sifatini yaxshilash uchun boshqa turli kasb mutaxassislari bilan birgalikda ishlaydilar. Bu odamlar butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ish tamoillarini targ‘ib qilish uchun tinmay mehnat qiladilar. Demak, bugungi global muammolar sharoitida xalqaro ijtimoiy himoya ishlarini, dunyo bo‘ylab ijtimoiy xavfsizlik va ijtimoiy adolat kelajagi va ijtimoiy ish kasbining istiqbolli yo‘nalishlari bilan bog‘liq asosiy muammo hamda masalalar haqida qisqacha to‘xtalamiz. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling