Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning milliy tashkilotlari.
219 11-MAVZU: IJTIMOIY ISHNING GLOBALLASHUVI. Reja: 11.1. Global tinchlik va globallashuv. 11.2. Ijtimoiy ish-globallashuv chaqirig‘iga javob. 11.3. Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning milliy tashkilotlari. Global tinchlik va globallashuv. Bugungi kunda "globallashuv" atamasi ko‘pchilik uchun sehrli bir so‘zga aylandi. Global tinchlik va globallashuv xuddi kelajakning sirli eshiklarini ochadigan kalit so‘zlardek uni hamma takrorlaydi. Globallashuv fenomenining asosiy omili sifatida esa inson bilish jarayonining mislsiz rivojlanishi, ya’ni, ilmiy-texnikaviy bilimlarning yuksalishi va buning natijasida insonning yer yuzining xohlagan nuqtasidagi obyektlarni yoki yuz berayotgan hodisalarni individual ravishda bilib olish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi deb tushuntirmoqdalar. Ba’zilar uchun “globallashuv”-bu baxt uchun zarur bo‘lgan tushuncha, boshqalar uchun bu barcha baxtsizliklarning sababchisiga aylangan hodisadir. Ammo, globallashuv bu dunyomizning qaytarib bo‘lmaydigan barchaga, har bir kishiga teng ravishda ta’sir qiladigan jarayondir. Biz - hammamiz “globallashganmiz” va “globallashuv”ning ta’siri ostidamiz. Bugungi kunda ijtimoiy ish ta’lim tizimi va uning ajralmas atributi bo‘lgan “Ijtimoiy ishga kirish”fani ham globallashuvda muhim o‘rin egallab bormoqda. London iqtisod maktabi direktori E.Giddensning fikricha, faqat o‘zining hududida faoliyat olib borayotgan universitetlarning kelajagi tugaydi. Bu hodisa ularning o‘rnini internet tipidagi universitetlar egallashi tufayli yuz bermaydi. Chunki internet har qancha rivojlanmasin professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro aloqa saqlanib qolayveradi. Shunday qilib, globallashuv talablariga ko‘ra universitetlar global tarmoqning bir qismiga aylanib qoladi. Bunday universitetlarda ikki xil shakldagi ta’lim o‘rtasidagi antogonizm o‘rnini konvergensiya egallaydi. Hozirgi davrda Samarqand universitetida, respublikamizning boshqa bir qator universitetlarida, chet ellardagi mashhur 220 universitetlarda ham global tarmoq hamkorligida faoliyatlar yuritilmoqda. Globallashuv tushunchasi keyingi paytlarda ijtimoiy ish sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan ham, insoniyatning asosiy qismini moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy va madaniy aloqalarini yagona, ilg‘or va yangi telekommunikatsiya hamda axborot texnologiyalari asosida boshqarishga o‘tish deb tushuntirmoqdalar. Globallashuv murakkab integratsion jarayonlarning birlashuvi bo‘lib, u borgan sari insoniyat jamiyatining barcha sohalarini qamrab olaveradi. Globallashuv jarayonining o‘zi esa obyektiv bo‘lib, insoniyat sivilizatsiyasining muayyan tarixiy taraqqiyotining natijasidir. “Globallashuv” atamasi birinchi marta 1983 - yilda amerikalik iqtisodchi Teodor Levitt tomonidan, uning “Bozorlarning globallashuvi” (The Globalization of Markets) maqolasida ishlatilgan. T.Levittonning fikriga ko‘ra, globallashuv bu yirik xalqaro kompaniyalarning mahsulotlari uchun alohida bozorlarni birlashtirish zarurligini tushuntirish ma’nosini anglatar edi. Hozirgi vaqtda globallashuv muammolari ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar tomonidan o‘rganilmoqda. Har bir fan globalizatsiya haqida “o‘z tilida” gapiradi va uning predmetiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniq belgilaydi. Masalan, taniqli sotsiolog N.Smelserning ta’kidlashicha, “globallashuv tushunchasi juda ko‘p mas’uliyatlar yuklanganligini tushuntiruvchi jarayon, aslida esa hech kim bu jarayonni qanday anglatish zarurlini bilmaydi” 72 –deb izohlaydi. Ayni paytda global bozorning mavjudligi va kattaroq mablag‘lar jamg‘arish maqsadida uchinchi dunyo mamlakatlari xalqlarining kuchidan noqonuniy foydalanish, arzon tabiiy resurlar uchun kurash, noqonuniy migratsiya oqibatida dunyo mamlakatlari boy va qashshoq regionlarga ajralib ketdi. Jamiyatni boshqarishning yangi, to‘g‘ri boshqaruv modellarini yaratishda universitetlarga talab yanada kuchayib bormoqda. Barchaga ma’lumki, davlat boshqaruvi yakka hokimlik qiladigan jamiyat to‘g‘ri boshqarilayotgan jamiyatlar turkumiga 72 Сведберг Р., Смелсер Н. Социологический подход к анализу хозяйства // Экономическая социология. – 2003. – Т. 4. – № 4.– С. 48–61. 221 kirmaydi. Bozor qonunlari va tadbirkorlar boshqarayotgan, shuningdek, tadbirkorlar boshqaruvi orqali kirib keladigan tengsizlik, adolatsizlik kabi illatlar ham jamiyatni izdan chiqaradi. Bunday jamiyatda fuqarolarga faqat iste’molchi sifatida munosabat hosil bo‘ladi. Ilg‘or jamiyatda fuqarolarning ijtimoiy faolligiga, har bir fuqaroning jamiyat hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor beriladi. Aynan kishilarda bunday munosabatlarning tarkib topishida universitetlar katta rol o‘ynaydi. Globallashuv davrida universitetlarning baynalmilallik xususiyati kuchayib boradi. Chunki internet tizimida e’lon qilinayotgan ta’lim loyihalarida qatnashish erkinligi tufayli talabalarda turli mamlakatlar va turli tillarda o‘qish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bunday universitetlar faoliyati natijasida fuqarolik jamiyati qurishning global muammolarini yaratish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Lekin dunyo universitetlarining paydo bo‘lishi, o‘z navbatida, kadrlar qo‘nimsizligiga, yirik mutaxissis va olimlarni mashhur universitetlarga ko‘chib kelishi va ularning o‘zlari yashaydigan hududlarida muammolarni o‘z vaqtida yechilmay qolishiga, buning oqibatida taraqqiyotning sekinlashuviga sabab bo‘lmoqda. An’anaviy ta’lim va an’anaviy oliy o‘quv yurtlari bugungi dunyodagi mavjud qashshoqlik va boylik, ekologik muammolar, xalqaro jinoyatchilik, kishilarning bir-biridan begonalashuvi kabi global muammolarni yakka o‘zi hal qila olmaydi. Globallashuv dunyoni haqiqatan ham birlashtiradi. Va bu birdamlik, paydo bo‘layotgan konflikt va urushlarga yo‘l qo‘ymaslikda ham namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda biron bir urushni bir yoki ikki davlatning shaxsiy ishi deb hisoblash mumkin emas. Chunki bugun xalqaro hamjamiyat o‘z e’tiborini urushlarga yo‘l qo’ymaslikka qaratib, dunyoda xalqaro tinchlikparvar kuchlarning ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, dunyoni global yaxlitlikka aylantirish jarayonida insoniyat yangi tahdidlarga duch kelmoqda. Bular giyohvand moddalar, qurollarni sotish va noqonuniy migratsiyani qo‘llab- quvvatlash uchun global tarmoqlarni tashkil etuvchi xalqaro jinoyatchilik sindikatlari paydo bo‘lishida kuzatilmoqda. OITS va grippning yangi turlari (ebola, koronavirus pandemiyasi) kabi ommaviy infeksiyalar butun dunyodagi odamlarga tahdid solmoqda. Ekololog 222 olimlar tabiatning og‘ir metal tuzlari bilan ifloslanishi natijasida “issiqxona effekti” deb nomlangan global falokatdan ogohlantirmoqdalar. Insoniyatning alohida yana bir global tashvishi - bu ommaviy qirg‘in qurollari, ayniqsa yadroviy qurollarning nazoratsiz tarqalishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda, tobora ko‘proq davlatlar “yadro” quroliga ega bo‘lgan davlatga aylanmoqda va o‘zlarining harbiy kuchlarini yadro quroliga ega bo‘lgan armiyaga aylantirish yo‘lidan bormoqdalar. Harbiy qurollanish poygasining rivojlanishi bilan birgalikda, xalqaro terrorchilik tashkilotlari uchun biologik va kimyoviy qurollarga egalik qilish imkoniyatlarining ortishi xavfi tobora keskin tus olmoqda. Terroristlar sayyoramizning butun aholisiga tahdid solmoqda, chunki terrorchilarning maqsadi yuzlab va minglab begunoh insonlarning jonlariga qasd qilish bilan qo‘rqitib, ommaviy xurujlar yordamida xalqlarni va hukumatlarni qo‘rqitish. Globallashuv va ijtimoiy ish mavzusiga oid adabiyotlar tahlili “global muammolar” tushunchasini aniqlashda ikkita ekstremal nuqtayi nazarni ajratib ko‘rsatishimizga imkon beradi. Birinchi qarashga ko‘ra, bunday muammolar sonini cheksiz ravishda kengaytirish tendensiyasi mavjud. Ammo bu holda, tushunchaning o‘zi ma’nosini yo‘qotadi. Boshqa nuqtayi nazarga ko‘ra, global muammo tushunchasining mohiyatini ijtimoiy himoyalanish tashkil etadi. Demak, ijtimoiy ish kasbini o‘rganishda, global muammolar ro‘yxatini to‘g‘ri shakllantirish va buning uchun global muammolar toifasiga kiruvchi masalalarni ajratib ko‘rsatish mezonlarini aniqlash kerak. Yuqoridagilardan kelib chiqib, muammo global deb tasniflanishi mumkin, agar u: - butun insoniyat manfaatlariga ta’sir qilsa, o‘zini jamiyat rivojining obyektiv omili sifatida namoyon etsa; - insoniyat kelajagiga tahdid solsa, ishlab chiqaruvchi kuchlarning kelgusidagi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa; - muammoni bartaraf qilish uchun butunjahonhamjamiyatining sa’y-harakatlarini talab qilsa. 223 Globallashuv muammolari nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, dunyo oilalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning kuchayishi, qashshoqlikning ortishi, qurolli mojarolar, qochqinlar, koronavirus pandemiyasi, OIV yoki OITS kabi xavfli kasalliklarning keng tarqalishi. Darhaqiqat, zamonamizning globallashuvi va ijtimoiy ish nihoyatda muhim dolzarb mavzudir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling