Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Xalqaro ijtimoiy ish va globallashuv. Ijtimoiy ishchilarning
milliy tashkilotlari. Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik-bu dunyoning barcha 227 mamlakatlarining sa’y-harakatlari sharoitida odamlarning asosiy farovonligini rivojlantirish bilan bog‘liq amaliyot sohasi. Ijtimoiy ishchilar xalqaro amaliyoti to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishining, shuningdek, ularning boshqa mamlakatlarda ishlash qobiliyati bo‘lishi kerak. Ijtimoiy xavfsizlikning xalqaro madaniyatlararo ta’limi, muqobil iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xavfsizlikning ufqlarini kengaytirishi mumkin. Boshqa mamlakatlarning madaniyatini tushunish va qadrlashga, shuningdek, o‘z qadriyatlari, mafkuralari va madaniy imtiyozlari to‘g‘risida xabardor bo‘lish globallashuv davrida yordam beradi: - xalqaro yondashuv ijtimoiy siyosat va xizmatlarga, umuman, qiyosiy nuqtayi nazardan ko‘proq tanqidiy qarashga imkon beradi, chunki, ijtimoiy himoya va yordam ko‘rsatishning muqobil variantlari mavjud; - ijtimoiy ishchilar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa mutaxassislar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik innovatsiyalar va ijtimoiy ish sohasida o‘zgarishlar uchun ko‘plab imkoniyatlarni ochib beradi. Shunday qilib, globallashayotgan dunyoda ijtimoiy ishning bir qator xalqaro tashkilotlari vujudga kelgan. Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi (XIIF) 1928 - yilda Parijda tashkil etilgan.Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Ammo 1950 - yilda dunyodagi bir qator mamlakat(Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Shveysariya va AQSH)larning kasaba uyushmalaridan vakil bo‘lib kelgan ijtimoiy ish kasbi xodimlari xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasining faoliyatini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdilar. Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi (XIIF) 1956 - yil 9 - avgustdan rasman ishini boshlagan. Ushbu tashkilotga hozirgi kunda dunyo bo‘ylab 80 ga yaqin ijtimoiy ishchilar uyushmalari a’zo bo‘lgan. Muntazam ravishda XIIF tomonidan har ikki yilda bir marta xalqaro konferensilar o‘tkazib turiladi. XIIFning maqsadlari: - xalqaro hamkorlik orqali ijtimoiy ishni kasb sifatida targ‘ib qilish, ayniqsa kasbiy qadriyatlar, standartlar, axloq, inson huquqlarini 228 e’tirof etish, shu maqsadda ijtimoiy ishchilarni o‘qitish va ularga ish sharoitlari yaratish; - ijtimoiy ishchilar milliy tashkilotlarini yoki ijtimoiy ishchilar maxsus kasaba uyushmalarini va kerak bo‘lganda ular mavjud bo‘lmagan joylarda milliy muvofiqlashtiruvchi organlarni yaratishga ko‘maklashish; - ijtimoiy ishchilarning ish va mehnat faoliyatlarini rejalashtirish, ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy ishchilarni tan olish, ijtimoiy ishchilarni o‘qitish, shuningdek, ijtimoiy ishchilarning malakasini oshirish va professional kasbiy malakasini qayta tayyorlash standartlarini takomillashtirishdagi ijtimoiy ishlarni olib boruvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash. Ayni paytda, “Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi” haqida to‘xtab o‘tish maqsadga muvofiqdir. “Ijtimoiy ishchilarning odob-axloq kodeksi” Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi va Rossiya Federatsiyasining “Ijtimoiy pedagoglar va Ijtimoiy Ishchilar ittifoqi” Umumrossiya jamoat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi butun dunyodagi ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan o‘z kasbiy vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ijtimoiy ishlarning asosiy tamoyillari va qadriyatlarini belgilovchi muhim hujjatdir. “Ijtimoiy ishchining odob-axloq kodeksi”ning asosiy maqsadi insonning (mijozning), mutaxassisning (ijtimoiy ishchining) va jamiyat (jamiyatning turli institutlari)ning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda o‘zaro munosabat jarayonida axloqiy pozitsiyalarini aniqlashdir. Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi(IIMXA).Bu tashkilot ham dunyo miqyosida faoliyat olib boruvchi ijtimoiy ishchilar kasbiy faoliyatining ajralmas qismidir.IIMXAning ish amaliyoti ijtimoiy ishda axloqiy munosabatda bo‘lish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ijtimoiy ishchilarga sifatli xizmat ko‘rsati loyihalarini ishlab chiqish va taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Etika sohasidagi IIMXA faoliyatining maqsadi, ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarda ijtimoiy ish bilan shug‘ullanadiganlar, shuningdek, ijtimoiy ish institutlarida (fakultetlar, bo‘limlar, maktablar) va ijtimoiy 229 ishlarni o‘rganayotgan talabalar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil qiladi. Bu uchrashuvlarda odob-axloqqa doir munozaralar va mulohazalar eshitiladi. Ijtimoiy ishchilar duch keladigan axloqiy dilemma va muammolarning ba’zilari muayyan mamlakatlar uchun xosdir, boshqalari esa hamma uchun umumiydir. Xalqaro ijtimoiy ishchilar federatsiyasi (XIIF) va Ijtimoiy ish maktablari xalqaro assotsiatsiyasi (IIMXA) umumiy tamoyillarga asoslanib, qo‘shma deklaratsiyalar qabul qiladi. E’lon qilingan qo‘shma deklaratsiyalarning maqsadi butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy ishchilarni ular duch keladigan qiyinchiliklar va dilemmalar haqida o‘ylashga undash va har bir holatda qanday harakat qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Xalqaro ijtimoiy ish va globalashuv muammolarini yoritar yekanmiz, ijtimoiy ishchilarning milliy birlashmalaridan nufuzi bo‘yicha jahonda etakchi o‘rinlarni egallaydigan ijtimoiy ishchilar Buyuk Britaniya va AQSH milliy birlashmalari haqida to‘xtab o‘tish joiz bo‘ladi. Ijtimoiy ishchilarning milliy birlashmalari orasida Buyuk Britaniya Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasining o‘rni alohida nufuzga ega. Buyuk Britaniyaning Ijtimoiy ishchilar uyushmasi (BBIIU) mamlakatda ijtimoiy ish xodimlari ishchilarining manfaatlarini ifoda etuvchi eng yirik uyushmalardan biridir. BBIIU 40 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. Yillar davomida u qiyin yo‘lni bosib o‘tdi, amaliy tajribaga ega bo‘ldi. Uyushmaning 8500 dan ortiq a’zolari bor, ularning aksariyati Angliyada istiqomat qiladi va amaliy kasb bilan faol shug‘ullanadigan ijtimoiy ishchilar. BBIIU ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. Bunday bitimlar ijtimoiy xususiy agentliklarning manfaatlarini qo‘llab- quvvatlaydi. Uyushma a’zolari bo‘lish barobarida ishchi xodimlar jamoat ishlarida qatnashish va birlashma faoliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Britaniya Ijtimoiy ishchilar uyushmasi o‘z nizomiga ega. Unda assotsiatsiya a’zolarining vazifalari, asosiy axloqiy tamoyillari bayon qilingan. Uyushmaga a’zo bo‘lish ijtimoiy ishchilar tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar doirasini kengaytiradi. Ijtimoiy ishchi litsenziyaga ega bo‘ladi va uning kasbiy tayyorgarligi Uyushma a’zolariga qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishi 230 kerak.Uyushmaning asosiy vazifasi ijtimoiy himoyani tashkil etish. Shu bilan birga, mijozlarning huquqlari ham, turli darajadagi ijtimoiy ishchilarning huquqlari ham bir xilda himoya qilinadi. Angliyada ijtimoiy ishchilar amaliy ishlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, o‘rta yoki oliy ta’lim olgandan so‘ng har bir xodim, davlat tomonidan mustaqil kengashda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, litsenziya oladi. Uyushmaning asosiy roli shundan iboratki, u ish beruvchi va tashkilot mustaqil kengashi oldida ijtimoiy ishchilarning manfaatlarini ifoda etadi, ular ko‘pincha litsenziyadan yoki ishlashdan asossiz ravishda voz kechadilar, munozarali masalalar bo‘yicha maslahat beradilar, ijtimoiy ishchilarni tayyorlashga zamonaviy talablar darajasi to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Uyushma boshqa alyanslar bilan o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha ham ishlaydi. Masalan, ijtimoiy ish maktablari birlashmasi, turli ijtimoiy himoya tashkilotlari direktorlar uyushmasi, bular har xil kasaba uyushmalarining tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Xuddi shuningdek, dunyo miqyosida e’tiborga molik bo‘lgan obro‘ga ega AQSH Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasi ham yetakchi ijtimoiy ishga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Milliy ijtimoiy ishchilar uyushmasi (MIIU) AQSHdagi ijtimoiy ishchilarning professional tashkiloti hisoblanadi. MIIU 2008 - yil yanvar holatiga ko‘ra 150 000 dan ortiq a’zolariga ega. MIIU o‘z siyosatida inson huquqlariga asoslanib, ijtimoiy ishning butun nazariyasi va amaliyotiga asoslanib ish yuritishadi. Ushbu tashkilotda jamiyatning fuqarolik, siyosiy, madaniyva ijtimoiy hayotni ta’minlashdagi javobgarligi to‘g‘risida qayg‘urishadi. Bu tashkilotda ijtimoiy ishchilar, odamlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishidan qat’iy nazar, ularga nisbatan noinsoniy munosabatda bo‘lishlariga doimo qarshi turishimiz kerak-degan tamoilga to‘liq amal qilishadi. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi ijtimoiy ish va globallashuv jarayonlarini tasdiqlovchi fakt sifatida misol bo‘la oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling