Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Keksalik yoshi tasnifi
Yosh guruhlari Insonning yosh davrlari 60-74 (erkaklar) 55-74 (ayollar) Qariyalar 75-90 yosh Keksalar 90 yoshdan yuqori Uzoq umr ko‘ruvchilar Keksa kishilar hayotining ijtimoiy sharoitlari quyidagi asosiy muammolar bilan tavsiflanadi: – hayot faoliyatining sog‘liq bilan bog‘liq holda cheklanganligi (eng ko‘ptarqalgan surunkali kasalliklar–artirit, yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi kasalligi, arteroskleroz, ortopedik kasallar); – bandlik (odatda keksalarning 75 %i ishlamaydi yoki qisman band bo‘ladi); – moddiy ahvoli (pensiya miqdorining ish haqidan ancha pastligi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, tibbiy xizmat ko‘rsatishning qimmatligi, ijtimoiy ta’minot tizimining cheklanganligi); – ruhiy salomatlik (ruhiyatdagi me’yorsizlik, ya’ni ruhiy jarayonlar harakatchanligining susayganligi). Keksaygan yoshda faol mehnat faoliyatining to‘xtashi munosabati bilan turmush sharoitlari va tarzida, oilaviy va ijtimoiy mavqeyida o‘zgarishlar yuz beradi. Kishi keksaygan vaqtida ko‘pincha mustaqil turmush kechiruvchi bolalaridan ajraydi, ayrim hollarda yolg‘izlanib qoladi. Bunga yana jamiyat, yaqinlar bilan aloqalarning susayishi muammosi qo‘shiladi, do‘stlari va tanishlarini ular hayotdan ko‘z yumganligi munosabati bilan aloqlar, bordi-keldi aloqalarini yo‘qotadi. Keksaygan sayin yolg‘izlanib qolishlik kuchli ruhiy muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, keksa yoshdagi fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishi 186 yolg‘iz keksa-qariyalarning ijtimoiy ta’minlanib, osuda, farovon yashashlari, jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari, uzoq umr ko‘rishlari maqsadida davlat tomonidan olib boriladigan choralarga (siyosiy, huquqiy,iqtisodiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, axborot-targ‘ibot) qaratilgan bo‘ladi. Mazkur siyosat doirasiga keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, siyosat dasturini amalga oshiruvchi muassasalar va subyektlar, barcha toifadagi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar kiradi. Qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishning markaziy tamoyili sifatida quyidagilar qabul qilingan: qariyalarning jamoatchilik hayotida to‘la ishtirok etishlari, ular haqida jamoachilik va davlat muassasalarining g‘amxo‘rligi, ehtiyojlarini qondirish va hayoti davomida to‘plagan bilim, tajribalarini ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy sharoitlar yaratishni ijtimoiy siyosatga to‘g‘ri keladigan va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uyg‘unlashtirishdir. Keksa fuqarolarga nisbatan davlat ijtimoiy siyosatining maqsadi–keksa insonlarning turmush darajasi va hayot sifatini qat’iy ko‘tarishdir. Bunda ijtimoiy adolat, birdamlikka tayanish, aholining barcha demografik guruhlarining ehtiyojlarini hisobga olish, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona foydalanish zarur. Keksa avlodga nisbatan davlat ijtimoiy siyosati hayot ilgari surayotgan muammolarning muhimligini amaliy baholab, davlatning moliyaviy va boshqa resurslarini hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarga asoslanadi: – barcha keksa avlod fuqarolarining tengligi tamoyili–murakkab vaziyatlarda himoya va yordamga, ijtimoiy kelib chiqishi, holati, millati, turar-joyi, siyosiy va diniy qarashlari, iqtisodiy ahvolidan qat’iy nazar o‘zining hayoti va faoliyati bilan bog‘liq masalalarda bir qarorga kelishga teng huquqli bo‘lishi, ijtimoiy-mehnat sohasi va jamoatchilik faoliyatida o‘zini namoyon etish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi; – davlatning javobgarligi tamoyili– jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga moslashgani holda keksa avlodni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish; 187 – ijtimoiy samaradorlik tamoyili–qariyalarning turmush tarzini yaxshilash,ijtimoiy ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqeyini yuqori darajada tutish, ijtimoiy aloqalarini yaxshilash, mustahkamlash, ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan choralarning yo‘naltirilganligi; – keksa avlod fuqarolariga bo‘lgan munosabatda siyosatning yaxlitligi tamoyili – qariyalarni ijtimoiy himoyalashga bo‘lgan qarashlarning umumiyligi, boshqaruvning barcha darajalarida qariyalarning birinchi darajali muammolarini hal etish uchun mablag‘larni jamlash; – ijtimoiy hamkorlik tamoyili – keksa yoshdagi aholining turmush tarzini yuksaltirish yoki ko‘tarish, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdadavlat, jamoatchilik va qariyalarning bir-biri bilan aloqada bo‘lishlari,qariyalargayordam ko‘rsatayotgan oila, jamoatchilik uyushmalari, diniy, xayriya muassasalari,tashkilotlari bilan doimiy hamkorlik qilish. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling