Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
keksa 
kishilarga 
munosabat prinsiplari. BMTning statistik ma’lumotlariga ko‘ra 
bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida aholining keksayishi 
jarayoni avj olmoqda. Bu jarayonining rivojlanishi, aholi tarkibida 
qariyalar salmog‘ining oshishi, bu toifa fuqarolarning davlat
va jamiyatning alohida e’tiboriga muhtojligi, ularning turli xil
tibbiy-ijtimoiy xizmat turlariga ehtiyojining ortib borishi bilan 
tavsiflanadi. Aholining keksayish jarayoni va uning intensivligi 
qariyalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning rivojiga, bu borada qo‘llanib 
kelinayotgan uslub va mexanizmlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Asosan qariyalar surunkali kasalliklarga chalinishi, kasalliklar 
kechishi bilanvujudga keluvchi asoratlar tufayli muntazam tibbiy 
xizmatga, 
reabilitatsiya 
texnik 
vositalari–nogiron 
aravachalari, 
xodunoklar, hassa va qo‘ltiq-tayoqlarga, ko‘rish va eshitish 
qobiliyatining yoshga doir pasayishi hamda tish-jag‘ a’zolarining
sekin-asta ishdan chiqishi tufayli optik ko‘zoynaklar, eshitish 
moslamalari va sun’iy jag‘ga muhtoj bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, 
ularning ko‘pchiligi kundalik ehtiyojlarini birovlarning yordamisiz 


188 
qondira olmasligi tufayli moddiy yordamga,o‘zgalarning parvarishiga, 
qolaversa, hamdardga muhtojdirlar (Yolg‘iz keksa-qariyaning ehtiyojlari 
jadvaliga qarang). 
Yaqin kelajakda keksalarning ehtiyojlarini hisobga olib, ijtimoiy 
himoyasiga doir quyidagi masalalarni bosqichma-bosqich yechish lozim: 
– qariyalarga manzilli yordam va keng qamrovli ijtimoiy xizmatlar 
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; 
– keksalarning sog‘lig‘ini yaxshilovchi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotini 
ta’minlovchi mavjud institutsional tuzilmalarni qayta tashkil etish; 
– keksa insonlarga nisbatan hurmat, jamiyatning e’tiborli a’zosi 
sifatida qarashlarni tasdiqlash. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling