Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Yolg‘iz keksa-qariyaning ehtiyojlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Yolg‘iz keksa-qariyaning ehtiyojlari 
Yuqorida qayd etilgan masalalar keksa yoshdagi fuqarolarning 
mustaqilligini, faol ijtimoiy ishtiroki, ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun 
sharoit yaratadi.Shunday qilib, keksa avlodga nisbatan olib boriladigan 
davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari jahon hamjamiyati 
tomonidan qabul qilingan uchta jihat: ijtimoiy himoyalash; ahvolini 
yaxshilash va faol ijtimoiy ishtirokka jalb qilishning yagonaligi nuqtayi 
nazaridan bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, davlat ijtimoiy 
siyosatining asosiy strategik maqsadiga erishish uchun keksa 
yoshdagilarning 
haq-huquqlarining 
me’yoriy-huquqiy jihatlarini
pensiya bilan ta’minlashni takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, kuchi 
yetgan sohalarda ish bilan ta’minlash, qariyalarga keng qamrovli 


189 
ijtimoiy xizmat, manzilli yordamni taqdim etish bo‘yicha qator 
tadbirlarni amalga oshirish lozim.Ma’lumki, keksa yoshdagi kishilarning 
sog‘lig‘i va kasallanish xususiyatlari boshqa yosh guruhlaridan jiddiy 
farq qiladi. Yosh o‘sgan sari surunkali kasalliklarning soni oshib boradi 
va ularning sababini aniqlash ancha qiyin bo‘ladi. Keksa kishilar nafaqat 
surunkali kasalliklar bilan, balki kelib chiqishiga ko‘ra har xil patologik 
2-5 xil kasalliklar bilan kasallanadi. Shuning uchun, keksa yoshdagi 
kishilarga 
tibbiy 
yordamning 
maxsus 
shakli–geriatrik 
yordam 
ko‘rsatiladi. Bunday yordam majmuali, ya’ni tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga 
ega yordam hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda tibbiyotda keksa bemorlarni davolash bo‘yicha 
ilmiy kuzatishlar va amaliy tajribalar olib borilmoqda. Keksa 
yoshdagilarga tibbiy yordam ko‘rsatishning asosini quyidagi tamoyillar 
tashkil qiladi: 
– geriatrik yordam davolash-profilaktika choralari 
umumiy tizimining tarkibiy qismi hisoblanishi lozim; 
– tibbiy 
yordam 
keksalarga 
maksimal 
darajada 
yaqinlashgan bo‘lishi shart. Buning uchun tibbiy-ijtimoiy 
muassasalar va hududiy poliklinikalar qoshida geriatrik 
markazlar va maslahat geriatrik markazlar tashkil qilish, ularga 
geriatrik bemorlarni qabul qilish vaqtlarini kiritish lozim; 
– uchastka terapevti geriatrik bemorlarni boshqarish jarayonida 
asosiy o‘rinni tutishi zarur. Chunki, u bunday mijozlar bilan doimiy 
aloqada bo‘ladi vadavolashning choralarini ishlab chiqadi, muassasa
va mutaxassisga yo‘llanmaberadi. 
Keksa yoshdagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda geriatrik 
markazlarning o‘rni katta. Geriatrik markazlar ambulatoriya-poliklinika 
muassasalarining 
yangi 
shakli 
hisoblanib, 
ular o‘z vazifasi
va faoliyatiga, hajmiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi mumkin: hududiy 
poliklinikalar qoshida tashkil etilgan maslahat geriatrikmarkazlar
va geriatrik markazlar. 
Maslahat geriatrik markazlar viloyat, tuman, shahar poliklinikalari, 
qishloq vrachlik punktlari qoshida tashkil etiladi. Bunday markazlarning 
asosiy vazifasi keksalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat 


190 
ko‘rsatish, barcha tuman poliklinikalarida davolash-maslahat yordami
va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirish hisoblanadi.
Markazda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: 
– geriatriya bo‘yicha uchastka vrachi va boshqa mutaxassislarning 
malakasini tizimli turda oshirish, geriatrik bemorlarni davolash bo‘yicha 
ilmiy-nazariy 
anjumanlar 
o‘tkazish, 
qarish 
profilaktikasi
va davolashning zamonaviy geriatrik usulini, geroformokologiyaning 
so‘nggi yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish
– vrachlar keksalar uchun rejali turda maslahat o‘tkazish va tashkil 
etish; 
– tuman (shahar)da yashovchi keksalar ro‘yxatini tuzish, surunkali 
keksa bemorlarni davolash va ular doimiy kuzatishda bo‘lishi lozim. 
Geriatrik markazlar keksalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish 
darajasini oshirish uchun ijtimoiy ta’minot organlari, Qizil yarim oy 
jamiyati va boshqa tashkilotlar bilan tizimli aloqani amalga oshiradi, 
kasallikni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, barvaqt 
qarishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida
sanitar-ma’rifiy ishlar olib boradi. 
Yosh 
o‘sishi bilan keksa kishining umumiy zaifligi
va 
harakatchanligining 
cheklanganligi 
ularga 
uy 
sharoitida
tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni taqozo etadi. Keksa bemorlarga uy 
sharoitida tibbiy yordam quyidagi masalalar: shaxsiy gigiyena 
to‘g‘risida maslahat, to‘g‘ri ovqatlanish, davolash badan tarbiyasining 
harakatlantiruvchi rejimi bo‘yicha tavsiyalar berish lozim. Gerontolog 
mutaxassislarning ta’kidlashicha, uy sharoitida keksa bemorlarga faol 
xizmat ko‘rsatish shifoxona koyka fondini tejashning ichki zahirasi 
hisoblanadi. 
Geriatrik xizmat ko‘rsatishning muhim bir shakli – bu kunduzgi 
geriatrik shifoxonalar hisoblanadi. Bunday shifoxonalarda geriatrik 
bemorlarga kunduzi tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Bemor 
shifoxonaga ehtiyojiga qarab har kuni yoki belgilangan kunlari kelib 
ko‘rinadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kunduzgi geriatrik 
shifoxonalarda bemorlarning parvarishiga ketadigan xarajatlar miqdori 
odatdagi shifoxonalarga qaraganda 53 foiz kam bo‘ladi. 


191 
Bugungi 
kunda 
dunyoning 
ko‘pchilik 
mamlakatlarida
tibbiy-ijtimoiy ta’minot xizmatining faoliyatini muvofiqlashtirish 
maqsadida tibbiy-ijtimoiy markazlar tashkil qilingan. Ularning asosiy 
vazifasi keksa yoshdagi kishilar va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatishni nazorat qilish vamuvofiqlashtirish, keksalarning jismoniy
va ruhiy sog‘lig‘ini mustahkamlash, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
faolligini oshirish, ijtimoiy-huquqiy, kasbiy-gigienik masalalar bo‘yicha 
maslahatlar tashkil qilishdir. Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy markazlar o‘z 
faoliyatida 
sog‘liqni 
saqlash, 
ijtimoiy 
ta’minot, 
bandlikka 
ko‘maklashish, kommunal, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy 
ovqatlanish, madaniyat va boshqa tashkilot, muassasalar bilan aloqa 
o‘rnatadi. 
Keksalar va nogironlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda 
davolash - sog‘lomlashtirish majmuasining yangi shakli -salomatlik 
zonalari katta ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifasi keksa yoshdagi 
aholini 
va 
nogironlarni 
sog‘lomlashtirish, sog‘lig‘ini tiklash
va hayotining faollik davrini uzaytirishdir. “Salomatlik zona” sining 
asosiy omillari iqlim bilan davolash, davolash badantarbiyasi, mehnat 
terapiyasi, fizik davolash va boshqa davolash usullaridir.“Salomatlik 
zona”sini nafaqat sog‘lomlashtirish ishlarining qulay shakli,balki keksa 
kishilar bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilishning asosiy shakli sifatida 
ham baholash mumkin. Bunday joylarda keksalarning bo‘sh vaqtlarini 
jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari, mehnat terapiyasining qat’iy 
o‘rnatilgan rejimi to‘ldiradi, shuningdek, badantarbiya mashqlari maxsus 
tuzilgan, fiziologik asoslangan dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Keksa bemorlar va nogironlarni davolash tizimida tiklash 
terapiyasi–reabilitatsiya alohida o‘rin egallaydi. Bunda choralar 
majmuasi 
kasallanish 
davrida 
nogironlikning 
oldini 
olish
va nogironlarga jismoniy, ruhiy, kasbiy mukammallikka erishishga 
yordamlashishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Keksa yoshdagi kishilarni 
reabilitatsiya qilish katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Sababi, 
sog‘liqni tiklash muolajasiga ehtiyoj yosh o‘sgan sari oshadi. 
Reabilitatsiya jarayonida keksa kishilarga xizmat ko‘rsatish tibbiy
va ijtimoiy choralarni muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Shuning uchun 


192 
reabilitatsiya bo‘limi yoki markazlari umumiy tipdagi shifoxonalar
geriatrik markazlar qoshida tashkil qilinadi. Ularda davolash statsionar 
yoki ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling