Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
O‘zbekistonda qariyalar bilan ijtimoiy ish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
O‘zbekistonda qariyalar bilan ijtimoiy ish. Bugun O‘zbekiston
barcha jabhalarda g‘ururlansa arziydigan yutuqlarni qo‘lga kiritib, taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. Mamlakatimizda, keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning o‘ziga xos yuksak ma’naviy va madaniy belgisiga aylandi. Mustaqillik yillarida keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi shakllantirildi. Shu bois, bir demografik haqiqatni ochiq aytish kerak. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston aholisi 1,5 martaga ko‘paydi va hozirgi kunda (2020 - yil boshi) 33905,8 ming kishini tashkil qiladi 68 .Bunda ham keksa avlodning xizmati katta. Ayni paytda O‘zbekiston jami aholisining 2 million 873 mingtasining yoshi 60 dan oshgan kishilar bo‘lib, shulardan 225 ming nafari 80 yoshdan, 44 ming nafari 90 yoshdan, 8700 nafarining yoshi 100 yoshdan oshgan kishilarni tashkil etadi. Demak, O‘zbekiston aholisining tarkibiy tuzilishida qari kishilar salmog‘i 9,1 foizni tashkil etadi. Hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy demografik tuzilishida, barcha mavjud bo‘lgan ijtimoiy qatlam va guruhlar ichida ijtimoiy himoyaga ko‘proq muhtoj bo‘lganlar ichida eng asosiy kategoriyalardan biri bu keksa kishilar hisoblanadi. Qariya, keksa va uzoq umr ko‘ruvchilar ijtimoiy demografik qatlam sifatida o‘z ichki strukturasiga ko‘ra har xil sotsial demografik tuzilmalardan tashkil topadi. Shu bilan birga, ushbu ijtimoiy qatlamning o‘ziga xos ajralib turuvchi xususiyati, bu uning yoshi bilan bog‘liq ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston aholisining tarkibiy tuzilishida qari, keksa va uzoq umr ko‘ruvchi kishilar salmog‘i(9,1 foiz)ni chet ellardagi demografik holat bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, allaqachon Rossiya Federatsiyasi aholisining 23-24 %ni qariyalar tashkil etsa, BMT va BSS tashkilotlari ekspertlarining bashoratlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib, dunyodagi jami aholi tarkibida qariyalarning soni 1,2 milliarddan oshib 68 Ўзбекистон аҳолиси 2019 йил. https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-gks/8335- demografik-holat-7 193 ketadi. Ayniqsa, qariyalar orasida 80 yoshdan kattalar salmog‘i ko‘payib ketadi 69 . Yuqorida qayd etilgan qariyalarga oid ilmiy farazlar, quyidagi asoslarga tayanadi. Darhaqiqat, hozirgi davrda qariyalar salmog‘i oshib bormoqda. Chunki inson mehnatga yaroqli yoshdan nafaqa yoshiga o‘tishi uning hayotida keng sotsial o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Natijada inson jamiyatda bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishi yuz beradi. Ushbu tendensiyaning barqaror shakllanishiga quyidagi omillar sababchi bo‘lmoqda: - dunyo aholisining demografik turmushida o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y bermoqda (insonlar balog‘atga yetgach ham katta yoshlarda, kech nikohga kirmoqda, aholi tarkibida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatilmoqda va h.k.); - ikkinchidan, aholiga tibbiy ko‘mak berish sifatining oshishi, ko‘proq yangi tibbiy muolaja texnologiyalaridan foydalanishning samarasi natijasida, o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelmoqda; - uchinchidan, sotsial xizmat sohasida qariyalarga nisbatan e’tiborning kuchayishi, bu sohaning sezilarli darajada rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Jamiyatda aholi turmush farovonligi oshib, qariyalarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘paymoqda. Masalan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida o‘rtacha umr ko‘rsatkichlari oshdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 1990 - yilga nisbatan o‘rtacha umr ko‘rish 67 yoshdan 73,5 yoshgacha ortdi. Zamonaviy jamiyatimizda aholining qarishi bilan bog‘liq bo‘lgan demografik tendensiyalar kuchaymoqda. XXI asr qariyalar asri bo‘lishi mumkin degan farazlar ham aytilmoqda. XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida aholining yosh tarkibida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar shuni ko‘satadiki, hozirgi dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham 69 Теория практика социальной работы: Методические материалы. / Отв. ред. Попов А.М., Холостова Е.И. – М.: Ин-т Соц. работы, 1997. – С. 71. 194 aholi tarkibida bolalar ulushining kamayish tendensiyasi sezilmoqda va qariyalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Bu holat esa, o‘z navbatida, aholi tarkibida keksayish jarayonining boshlanganligini ko‘rsatmoqda 70 . Aholining keksayishi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda 3 milliondan ko‘proq pensionerlar, 700 mingdan ortiq nogironlar, 20 mingga yaqin yolg‘iz pensionerlar ijtimoiy ta’minotdan foydalanadi. Ayni paytda vazirlikda keksalarni ijtimoiy himoyalashning 2016–2020 - yillarga mo‘ljallangan rejasi tuzilgan bo‘lib, ushbu dasturdan keksalar uchun maxsus pandus(yo’lak)lar qurish, jamoat joylarida maxsus sanuzellar bunyod etish muammolarini hal etish amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqib, ijtimoiy ish xodimi qariyalarga xos bo‘lgan asosiy muammolarni quyidagicha belgilab olishlari mumkin: 1. Qari kishilar umrining cheklanganligi. Qariyalik davrining boshlanishi bilan insonlarga xos bo‘lgan umrguzaronlik faoliyati qari kishilarda asta-sekin pasayib boradi. Qariliknning boshlanishi bu kishilarning faoliyati susayishidir. Ushbu muammo juda nozik masala bo‘lib,qari kishilarning yoshi tobora ulg‘aygan sari turli kasalliklar paydo bo‘lishi bilan qarilik yoshidagilarning faoliyatini cheklab qo‘yadi. Bu holat esa, o‘z navbatida, qari kishilarning o‘z atrofidagi kishilar bilan yaqin munosabatlarning har tomonlama cheklanishiga sabab bo‘ladi. 2. Jamiyatda qari kishilarga nisbatan o‘ziga xos munosabatning shakllanishi. Qari kishilarning faol ijtimoiy hayotdan chetlanishi, ularning mehnat qilish qobiliyatining pasayishi oqibatida, qari kishilarga nisbatan turli xil munosabatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Jamiyat seza boshlaydiki, qarilarga nisbatan qaratilgan qo‘shimcha ijtimoiy himoya mablag‘lari qaytarilmaydi, ularning haddan ortiq ijtimoiy himoyasi oqibatda ishga layoqatli bo‘lgan yosh va o‘rta qatlam aholi uchun ortiqcha yukka aylanadi. 70 Абдурахмонов Қ.Х., Абдурахмонов Х.Х. Демография. – Т.: “Ношир”, 2011, - 90–96 бетлар. 195 3. Ijtimoiy faoliyatdagi sustkashlik qariyalarning o‘zlariga ham salbiy ta’sir qiladi. Qari kishilarning tobora keksayib borishi bilan ularda emotsional, psixiologik va hattoki fiziologik buzilish holatlari paydo bo‘ladi. 4. Qari kishilarda bo‘sh vaqtning ko‘pligi muammosi paydo bo‘lmoqda. Nafaqaga chiqqunigacha ishlab yurgan davrda yaxshi ishlab, yetarli mablag‘ topib yurgan, salomatligi yaxshi bo‘lgan kishilar ko‘pchilik hollarda ikki xil vaziyatga duchor bo‘lib qolmoqda. Birinchi vaziyatda, ularga yaqinlari tomonidan Siz dam oling! Shuncha yillar ishladingiz, endi yetadi, biz Sizni ta’minlaymiz, - deyishadi. Oqibatda, bunday vaziyatga duchor bo‘lgan qariyalarda: - Men endi ishga butunlay yaramay qolibman-da? – degan qo‘rquv bilan bog‘liq his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Ikkinchi vaziyatda, Siz endi bo‘shadingiz! Uy-ro‘zg‘or yumushlaridan uni qiling, buni bajarishga mas’ulsiz! Nabirangizni u yoqqa olib boring, va hokazolar deb, uydagi “xizmatchi” holatiga solish vahimalari sodir bo‘ladi 71 . Demak, barcha qarilikka xos muammolardan kelib chiqqan holda aytish joizki, qarilarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishda quyidagi dastur-amallarni hisobga olish zarur: Birinchidan. Qari kishilarning mehnat qobiliyatlari keskin pasayadi degan qarashlardan voz kechish kerak. Pensiya olish, nafaqaxo‘rlik davrida qariyalarni faqat uy ishi yoki nabiralarga qarash bilan band qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda ko‘pchilik qariyalar oliy ma’lumotga ega, ishlagan davrida rahbar kadr sifatida el-yurt oldida hurmatga sazovor bo‘lgan kishilardir. Shu bois, ularga nisbatan ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini amalga oshirishda alohida yondoshuv talab qilinadi. Bunday qariyalarga nisbatan, kelgusida “arzon ishchi kuchi” sifatidagi yondoshuv umuman to‘g‘ri kelmaydi. Qarilar bunga hech ham ko‘nmaydilar. Ikkinchidan. Qariya, keksalar bilan ijtimoiy ish olib borishda, eskirgan metodlar yordamida ishlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, an’anaviy usul 71 Основы социальной работы. Отв. ред. Павленок П.Д. – М.: ИНФРА-М. – 2001. – С. 216. 196 yoki texnologiyalar bilan ijtimoiy ishni tashkil etish zinhor mumkin emas. Har qanday davlatning kuch - qudrati nafaqat uning armiyasi bilan, balki mamlakatda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik, fuqarolarning ahilligi, hamjihatligi, vatanparvarligi, yoshi ulug‘ insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligida ham namoyon bo‘ladi. Bu muqaddas zamin - O‘zbekistonda inson azizdir. Shunga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy ish xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarda ijobiy samaralarga erishilyapti. Masalan, har yili o‘rtacha 1,8 million nafar fuqaroga nafaqalar tayinlanmoqda, 600 ming fuqaro esa ishga joylashtirilmoqda. Shuningdek, 6800 nafardan ziyod yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga “Saxovat va Muruvvat” uylarida tibbiy- ijtimoiy hamda maishiy xizmat ko‘rsatilyapti. 21 ming nafarga yaqin yolg‘iz pensionerlar uylarida ijtimoiy-maishiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi paytda ham respublikamida 33 ta “Saxovat hamda Muruvvat” uyi, 11 nogironlar uchun tibbiy - ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya markazi, 8 ta sihatgoh hamda nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan 2 ta kasb - hunar kolleji mavjud bo‘lib, ularning barchasi yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. Ayni chog‘da fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari ham bu borada izchil ish olib bormoqda. Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi.Barcha nazariyalar insonlarning qarish jarayonining turli tomonlarini tahlil va tavsif qilishga, uni har tomonlama ilmiy kuzatishga yoki o‘rganishga harakat qiladi. Xullas, qariya, keksa va yoshi ulug‘ insonlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab - quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora tadbirlarni amalga oshirish, yosh avloddni keksalarga hurmat ruhida tarbiyalash, bu borada tegishli me’yoriy - huquqiy bazani 197 takomillashtirishga ko‘maklashish ijtimoiy ish xodimlarinng va bu sahada kadrlarni tayyorlashga hissa qo‘shayotgan ijtimoiy ish kasbi professor -o‘qituvchilarning bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lib sanaladi. Qariya, keksa va yoshi ulug‘larga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish usullari va texnologiyalari deganda, jamiyat va uning boshqaruv apparati bo‘lmish davlat tomonidan, ushbu ijtimoiy demografik tuzilmaga nisbatan ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish, uni yanada yuksak saviyalarga yetkazish, hamda baland darajalarga ko‘tarish tushuniladi. Aholini, shu jumladan keksa, qariya va yoshi ulug‘ kishilarni ijtimoiy himoyalash masalalari ijtimoiy ta’minot organlari bilan birga Mehnat, Moliya, Sog‘liqni saqlash, Aloqa vazirliklari, Pensiya jamg‘armasiga hamda jamoat tashkilotlari bo‘lgan Ko‘zi ojizlar, Kar- soqovlar, Nogironlar, Qizil yarimoy jamiyatlari, “Mehribonlik”, “Sog‘lom avlod uchun” kabi xayriya jamg‘armalariga ham yuklatilgandir. O‘zbekistonda keksalar himoyasining demografik xususiyatlarini nazarda tutgan bu siyosat, aniqrog‘i, keksalar haqida davlat g‘amxo‘rligi siyosati shunchaki aytilgan so‘zlar emas, balki davlat faoliyatining o‘ziga xos dasturidir. Bunday siyosat yuritish O‘zbekiston Respublikasi davlatining mohiyatidan, uning insonparvarligi va adolatparvarligidan kelib chiqayotgani aniq. Bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda, eng muhimi, jamiyatda qariya, keksa va uzoq umr ko‘ruvchilarni ijtimoiy himoya qilish tizimi tobora takomillashib borsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling