Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


-MAVZU: KEKSA KISHILARGA IJTIMOIY XIZMAT


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

 
9-MAVZU: KEKSA KISHILARGA IJTIMOIY XIZMAT 
KO‘RSATISH 
Reja: 
9.1. Aholining keksayish muammolari. 
9.2.Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa kishilarga 
munosabat prinsiplari.
9.3. Keksalar bilan ijtimoiy ish.
 
Aholining keksayish muammosi. Keksalik inson umrining eng 
so‘nggi bosqichi hisoblanib, u kishida namoyon bo‘lgach, surunkali 
kasalliklarga tez-tez yo‘liqadigan aholi guruhini tashkil etadi. Chunki, 
inson organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining tashqi 
o‘zgarishlar va noqulay holatlarga moslashishi susayadi va tez-tez 
kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qoladi. Keksa kishi mehnatga 
layoqatsiz va o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘ladi. 
Inson organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar: jismoniy 
quvvatning zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirlarga 
moslashish va javob reaksiyalarining sekinlashuvi va boshqalar
55-60 yosh chegarasidan yuzaga chiqadi. Demak, keksalik davrining 
boshlanishiga shartli ravishda mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan 
aholi - 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori 
yoshdagi erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin. 
So‘nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash 
bo‘yicha xilma-xil yondoshuvlar paydo bo‘ldi. Masalan, gerontologlar 
tasnifiga ko‘ra, 60-74 yoshdagilar–qariyalar, 75-84 yoshdagilar–
keksalar, 85 va undan yuqori yoshdagilar–katta yoshdagilar, juda 
keksalardir.
Butun 
jahon 
sog‘liqni 
saqlash 
tashkiloti 
tasnificha,
60-74 yoshdagilar–qariyalar, 75-89 yoshdagilar–keksalar, 90 va undan 
yuqori 
yoshdagilar–uzoq 
umr ko‘ruvchilar deb hisoblanadi.
Bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun tadbiq etib 
bo‘lmaydi. Chunki, har bir davlatdagi tug‘ilganda kutilayotgan hayot 
davomiyligi har xildir. Masalan, dunyoda o‘rtacha umr davomiyligi


185 
67 yil bo‘lsa, Mozambikda–40 yil, Afg‘onistonda–43 yil, Zambiyada–35 
yil, O‘zbekistonda–73,5 yil, Norvegiyada–80 yil, Yaponiyada–82 yildan 
iboratdir. O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi ko‘rsatkichining 
nisbatan yuqoriligini hisobga olgan holda, qarilik davrini uch bosqichga, 
jadvaldagi keksalik yoshi tasnifiga qarab ajratish mumkin 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling