Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
va O‘zbekiston tajribalari.
Salomatlik tushunchasi. Salomatlikka doir muammolar. Ijtimoiy ish xodimlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘mak berishlari bilan birgalikda, aholini salomatligi bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga ham e’tibor qaratadilar. Salomatlik–umuman organizmning hamda uning barcha organlarining o‘z funksiyalarini bajarishga to‘la qodir bo‘lgan holati, kasallikning mavjud emasligidir. Inson salomatligini muhofaza qilish (sog‘liqni saqlash)–davlat tomonidan aholini ijtimoiy himoyalash vazifalaridan biridir. Jahon miqyosida insoniyat salomatligini muhofaza qilish muammolari bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shug‘ullanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Ustavi salomatlikni “Inson organizmining organlari va tizilishini o‘rab turgan ishlab chiqarish va ijtimoiy muhit bilan mutanosib bo‘lganida to‘la jismoniy, ma’naviy, ijtimoiy sog‘ligining holati” sifatida talqin etadi 49 . Ushbu tushunchada salomatlikning uchta: jismoniy, psixik va ijtimoiy tarkibiy xususiyatlari qamrab olingan. Jismoniy salomatlik–organizm barcha organlari va tizimlari me’yorida amal etib turgan tabiiy holatdir. Psixik salomatlik deyilganda fikrlash darajasi va sifati, diqqat va xotiraning hamda irodaning rivojlanganligi, hissiy barqarorlik darajasi anglanadi. 49 Сайт Всемирной организации здравоохранения: http://www.who.int/features/factfiles/ageing/ru . 162 Ijtimoiy salomatlik inson ijtimoiy hayoti asosini tashkil etadigan axloq prinsiplari asosida belgilanadi, ya’ni bu insonning muayyan jamiyatdagi hayot faoliyatidir. Mazkur xislatlar, eng avvalo, insonning mehnatga munosabati axloqqa va turmush tarziga zid xulq va odatlarga faol qarshi turishini nazarda tutadi. Tibbiy-sanitariya statistikasida shaxsiy darajadagi salomatlik deyilganda insonda kasalliklarning mavjud emasligi, jamiyat darajasida esa–o‘lim, kasallanish va nogironlik darajasining pasayishi jarayonlari tushuniladi. Bunda quyidagi tushunchalar o‘zaro farqlanadi: - shaxsiy salomatlik–alohida insonning salomatligi; - guruhiy salomatlik–ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi; - mintaqaviy salomatlik–ma’muriy hududlardagi aholining salomatligi; - ijtimoiy salomatlik–umuman jamiyat salomatligi. Ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi tibbiy-demografik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 1. Aholi tabiiy harakatining ko‘rsatkichlari: - tug‘ilish; - umumiy va yosh guruhlaridagi o‘lim; - aholining tabiiy ko‘payishishi; - nikoh va hokazolar. 2.Aholining mexanik harakati ko‘rsatkichlari: - migratsiya; - immigratsiya; - integratsiya. 3. Kasallanish va uning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 4. Nogironlik darajasi. 5. Aholining jismoniy holati va rivojlanishi ko‘rsatkichlari. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, salomatlikning holatiga turmush sharoitlari va turmush tarzi, ovqatlanish, irsiyat, tashqi muhit, tabiiy sharoitlar va sog‘liqni saqlashning ahvoli ta’sir ko‘rsatadi. 163 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nuqtaui nazaridan odamlarning salomatligi–ijtimoiy xususiyatdir, shuning uchun ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi: - yalpi ichki mahsulot hajmida sog‘liqni saqlashga xarajatlar ulushi; - birinchi tibbiy-sanitariya yordamdan foydalanish imkoniyati; - aholini emlash darajasi; - homiladorlarning malakali personal tomonidan tekshirilishi darajasi; - bolalarni ovqatlantirish ahvoli; - bolalar o‘limining darajasi; - kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi; - aholining sanitar-gigienik savodxonligi. Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishning ko‘rsatkichlari tibbiy yordamga muhtoj aholining sog‘liqni saqlash sohasida eng muhim choralar bilan amalda qamrab olinganligi darajasini ifoda etadi. Bunday choralarga quyidagilar kiradi: - ayollarga homiladorlik va tug‘ish paytida malakali tibbiy xizmat qo‘rsatish; - reproduktiv salomatlik sohasidagi xizmatlar; - bolalarning yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadlarida emlash; - bolalarning A guruhi vitaminlari bilan ta’minlanishi; - bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagilarning kasalliklarini davolash. Odatda bunday qamrab olish qo‘rsatkichlari muayyan kasalliklardan davolangan yoki profilaktikadan o‘tgan odamlar sonini tibbiy yordam olish huquqiga ega yoki tibbiy yordamga muhtoj aholi soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Masalan, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash bilan qamrab olish ko‘rsatkichi u yoki bu aniq bir vaksina olgan bolalar sonini har bir mamlakatdagi bir yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi. Umuman, salomatlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi global hisobotlarda asosiy e’tibor mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaratiladi. 164 Shu bilan birga, mamlakat ichkarisida hamda aholining turli guruhlari salomatligi va sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham muhimdir. Ushbu ma’lumotlar sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni aniqlashga yordam beradi. Bunday tengsizlikka ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (ta’lim darajasi, mashg‘ulot turi, farovonlik yoki uy xo‘jaliklari daromadi darajasi), geografik joylashish, etnik mansublik, jins kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin. U yoki bu mamlakat aholisi salomatligining ahvoli to‘g‘risida tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi, shuningdek, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (tug‘ilganidan bir yoshga hamda besh yoshga to‘lgunicha o‘lim ehtimoli) hamda katta yoshdagi aholi o‘limi (15-60 yoshda o‘lim ehtimoli) ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Jamiyatdagi sog‘liqni saqlash ahvolini to‘g‘ri baholash uchun bolalar o‘limi darajasi va bu sohadagi tendensiyalar nihoyatda muhim. Chunki jahonda barcha o‘limlarning deyarli 20,0% besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Neonetal o‘lim (tug‘ilgandan keyin dastlabki 28 kun ichida o‘lim holatlari) ko‘pgina mamlakatlarda, ayniqsa daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlar aholisi o‘rtasida tez-tez uchraydi. Kutilayotgan umr davomiyligi mazkur vaqtda aniq bir sharoitlarda mavjud o‘lim koeffitsienti hisobga olingan holda u yoki bu odam necha yil umr ko‘rishi mumkinligini baholash imkoniyatini bersa ham mazkur shaxsning butun umri davomidagi salomatligi aholi to‘g‘risida biror ma’lumot bera olmaydi. O‘lim to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining o‘zi aholi turli guruhlari salomatligining ahvolini baholash va taqqoslash uchun yetarli emas. Chunki ularda salomatlik uchun o‘limga olib bormaydigan oqibatlar to‘g‘risida biror ma’lumot mavjud emas. Aksincha, “tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi” ko‘rsatkichi odam kasallanish yoki jarohat olishi oqibatida nosog‘lom bo‘lsa ham o‘rtacha necha yil umr ko‘rishi mumkinligidan dalolat beradi. Shu sababli ushbu ko‘rsatkich salomatlik uchun o‘limga olib keladigan va olib kelmaydigan oqibatlar va nogironlik turlarini hisobga 165 olmaydi. Bunday xastalik va nogironlik holatlari orasida jahonda eng tarqalganlari-karlik, ko‘zi ojizlik va ruhiy-asab kasalliklardir. Zamonaviy jamiyatlarda sodir bo‘layotgan transformatsion jarayonlar inson hayotiy faoliyatining barcha sohalarida tarixan shakllangan ijtimoiy-madaniy me’yor va qadriyatlarning o‘zgarishiga, turmush tarzi, kundalik hayot va mehnat faoliyati, turli guruhlar va qatlamlarning mavqeyi va maqomiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Odatda bu kabi o‘zgarishlar va burilishlar aholining ijtimoiy ojiz qatlamlari, jumladan, nogironligi bor kishilar ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-fiziologik holatida keskin aks-sado beradi. So‘nggi yillarda yolg‘iz keksalar va nogironlik muammosi ayniqsa dolzarb va keskin tus oldi. Bu nogironlarning mutlaq va nisbiy sonini ko‘payishi, shuningdek, jamiyatning jumladan nogironlarning o‘zlarining ushbu muammoga nisbatan munosabatining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining 2011 - yildagi ma’ruzasiga ko‘ra, jahonda 1 mlrd. dan ortiq kishi nogironlikning u yoki bu shaklidan aziyat chekmoqda. Bu jahon aholisining 15%ni tashkil etib, 15 yosh va undan katta yoshdagi 110 mln (2,2%) dan 190 mln (3,8%) gacha bo‘lganlar hayotiy faoliyatida turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Bu ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda aholi qarib borishi va surunkali kasalliklar salmog‘ining oshib borishi bilan kuzatilmoqda 50 . Ularning taxminan 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Ko‘plab davlatlarda nogironlar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish, jamoat transportida yurish, ayniqsa, ishga joylashishda muammolarga duch kelmoqdalar. Bu ko‘rsatkichlar 1970 - yilda 10%ni tashkil qilgan bo‘lib, shu davr maboynida dunyo miqyosida nogironligi bor insonlar yana 5%ga ko‘payganligi aniqlangan. Sababi, dunyo miqyosida aholi qarishi (ayniqsa rivojlangan davlatlarda), surunkali kasalliklar ko‘payishi kuzatilmoqda. Nogironlikni belgilashning ilmiy metodologiyasi takomillashmoqda va aniq tashxislash o‘lchovlari 50 Всемирный доклад об инвалидности / Всемирная организация здравоохранения; Всемирный банк, 2011. http://www.who.int/features/factfiles/disability/ru/ . Дата обращенияк ресурсу26.12.2016. 166 amalga oshirilmoqda. Istiqbolda esa nogironlikning yanada keng tarqalishi bashorat qilinmoqda 51 . Hozirda nogironlik yoki invalidlik (lot. - invalidus - so‘zma-so‘z “kuchli emas”) insonning hayotiy faoliyatini jismoniy, aqliy, sensorli yoki ruhiy og‘ishlar natijasida cheklanganligini anglatadi. Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkiloti Ustaviga ko‘ra sog‘liq insonning bosh huquqlaridan biri bo‘lib-u nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlardan xolilik, balki jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy muvaffaqiyat, farovonlik holatidir 52 . Ijtimoiy sog‘lomlik esa–aholining biologik va ijtimoiy omillar majmuasi ta’sirida shakllangan salomatligi bo‘lib, u mavjud ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy tuzilma xususiyatlaridan kelib chiqib mehnat, maishiy, oziq-ovqat, hordiq, ta’lim va madaniyat, sog‘liqni saqlash kabi sohalarning barqaror faoliyati mahsulidir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling