Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish
Nogironlik tushunchasini tavsiflovchi omillar va yondoshuvlar
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish
Nogironlik tushunchasini tavsiflovchi omillar va yondoshuvlar.
BMT Nogironlar huquqlari Deklaratsiyasi tomonidan 1975 yilda qabul qilingan ta’rifga ko‘ra “nogironlik deganda – shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini tug‘ma yoki orttirma yetishmovchilik tufayli mustaqil holda shaxsiy yoki ijtimoiy ehtiyojlarini butunlay yoki qisman ta’minlay olmasligi” tushuniladi 53 . Nogironlik - jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) rivojlanishida nuqsonlari sababli ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa to‘siqlarga duch kelishi oqibatida jamiyatga integratsiyalashuvida murakkabliklarga duch keladi va oilaviy yoki ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirok etish imkonining cheklanganligidir. Nogironlarga teng imkoniyatlar yaratishning Standart qoidalariga ko‘ra, “nogiron” atamasi, ijtimoiy himoya tizimi sohasi,qo’llanilishida bir qator cheklanishlarga ega sanaladi. Individ jismoniy, aqliy yoki sensor nuqsonlari yoki sog‘lig‘ining holati yoki psixik kasalliklar bois nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Bu kabi nuqsonlar o‘z xususiyatiga 51 Всемирный доклад об инвалидности / Всемирная организация здравоохранения; Всемирный банк, 2011. URL: http://www.who.int/disabilities/world_report/2011/summary_ru.pdf . Дата обращенияк ресурсу 26.12.2016. 52 http://www.who.int/features/factfiles/disability/ru/ 53 Думбаев А.Е., Попова Т.В. Инвалид, общество и право. Алматы: Верена, 2006. –17 с. 167 ko‘ra, doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin 54 . Nogironlikning yuqorida ko‘rsatilgan rasmiy ta’riflari mavjud bo‘lishiga qaramasdan ilm-fan vakillari bu talqinlar nogironlikning asl mohiyatini batafsil izohlay olmaydi, deb biladilar. Shu bois fan olamida ushbu hodisa atrofida turli bahs-munozaralar hamon davom etmoqda. 1991- yilda qabul qilingan “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida ushbu tushunchaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs nogiron hisoblanadi. Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi” 55 . Nogironlik tushunchasiga ta’rif bergan E.R.Yarskaya-Smirnova va E.K.Naberushkinalarning fikriga ko‘ra “Nogironlik–nogiron insonlar organizmidagi turli kasalliklarning og‘ir kechuvchi oqibati bois me’yoriy rivojlanishida buzilishlar, tashqi ko‘rinishda nuqsonlarga egaligi oqibatida shakllangan alohida ehtiyojlariga tashqi muhitning moslashtirilmaganligidir” 56 . Demak, nogiron inson–bu sog‘lig‘ida tug‘ma yoki orttirma buzilishlari tufayli ijtimoiy etishmovchilikka ega shaxslar bo‘lib, ularning ehtiyojlarini qondirilishi va mustaqil faoliyat yuritishiga to‘siqlik qiluvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, ma’naviy- axloqiy va boshqa imkoniyatlari cheklangan. Ammo, jamiyatda hamon bu kabi insonlarning me’yoriy rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi aqidalar, stereotiplar talaygina. “Nogiron” va “imkoniyati cheklangan shaxs” tushunchalari qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda qo‘llanilishiga qaramasdan 54 Стандартные правила обеспечения равных возможностей для инвалидов. Приняты резолюцией 48/96 Генеральной Ассамблеей от 20 декабря 1993 года // Информационная система по документам по правам человека и тематическим публикациям [URL] http://www.echr-base.ru/inval_oon.jsp . Дата обращения к ресурсу 21.01.2017 55 «Ногиронларни ижтимоий ҳимоя қилиш тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни. 1991 йил. 1-модда. 56 Ярская-Смирнова Е.Р., Наберушкина Э.К. Социальная работа с инвалидами. Саратов, 2003. –7 стр. 168 Rosssiyalik ko‘pgina tadqiqotchilar ushbu atamalar qo‘llanilishidan voz kechish zaruriyatini ta’kidlamoqdalar. Xususan, T.F.Maslova, V.K.Shapovalov, B.C.Tkachenkolar ko‘rsatishicha, bu ma’noda “nogironlikka ega kishilar” yoki “nogiron kishilar” tushunchasi o‘rinlidir. Mualliflar quyidagi ta’rifni taklif etadilar: “Hayotiy faoliyatning ijtimoiy va individual darajasida nogironligi bor kishilar–bu og‘ir hayotiy vaziyatdagi kishilar bo‘lib, yuzaga kelgan turmush muammolarini mustaqil hal etishda yetarli shart-sharoitga ega emaslar” 57 . Ammo, ushbu ta’rifda nogiron kishilar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan boshqa aholi qatlamlari, masalan, daydilar, yetimlar, kam ta’minlanganlardan farqlanib ko‘rsatilmaydi. Shuningdek, “nogironlik” va “mehnatga layoqatsizlik” tushunchalarining qo‘llanilishida chigalliklar mavjud. Ammo, «mehnatga layoqatsizlik» keng tushuncha bo‘lib, u «nogironlik»ni ham qamrab oladi. Nogironlik bilan bog‘liq mehnatga layoqatsizlik boshqalar qatorida jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatining yo‘qotilishi yoki cheklanishini anglatadi. Yana bir xorijlik olimlarning tadqiqotida, nogironlik tushunchasini beshta kategoriyaga bo‘lib o‘rganishni taklif etiladi, bular: anomaliya yoki nuqson, klinik holat, funksional cheklanganlik, me’yordan og‘ish va yetishmovchiliklardir 58 . Sanab o‘tilgan kategoriyalar mazkur atamani batafsil izohlamasdan, turli vaziyatlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, anomaliya sifatida nogironlik oyoq- qo‘llarning yo‘qotilishi, eshitish va ko‘rish yoki boshqa qobiliyatlarning cheklanganligini anglatsada, insonning mehnatga butkul layoqatsizligi va faolligi cheklanganligining belgisi emas. Klinik holatda ba’zi kasalliklarni tashxislash murakkabligi natijasida ushbu maqomining o‘rnatilishida chigalliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ma’naviy va jismoniy muhitning tegishli tarzda shakllantirilmaganligi yoki tashkillanmaganligi oqibatida funksional cheklanganlik yuzaga kelsada aksincha holat yuz berganda nogiron 57 Маслова Т.Ф., Шаповалов В.К., Ткаченко B.C. Концепция исследования интеграции людей с инвалидностью в общество // Интеграция людей с инвалидностью в российское общество: теория и практика / под ред. В.К. Шаповалова. - М.: Муравей, 2006. –74 с. 58 Қаранг: Оливер M., Сэпей Б. Социальная работа с инвалидами. 2-еизд. - М.: , 1999. – 42- 43 с. 169 inson faoliyatini aslo cheklamaydi. Masalan tegishli moslama va qurilmalar bilan jihozlangan binoda nogiron inson o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli amalga oshirilishi mumkin. Nogironlik tushunchasining me’yordan og‘ish sifatida talqin etilishi jamiyatning ijtimoiy-madaniy ustqurmasidagi mavjud ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilganligidan darak beradi. Nogironlikni nuqson, yetishmovchilik sifatida qabul qilishda esa ushbu kategoriyaga nafaqat jismoniy balki ijtimoiy ojizlik omillariga bog‘liq boshqa qatlamlar, masalan, ayollar, bolalar, keksalar va boshqalar ham kirib ketishi mumkin. Jamiyatda nogironlikni ijtimoiy institut sifatida shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan guruhli xatti-harakat sifatida ko‘rsatishga moyilliuk ustinlik qiladi. Ular nogironlikni ikki darajali ijtimoiy voqelik sifatida talqin qilganlar va ijtimoiy xizmatni nogironlik tabiiy hodisa (ijtimoiy dalil) bo‘lib, ikkiyoqlama xususiyatga ega, ya’ni individual–bu biologik (psixofiziologik) asos va noindividual–ijtimoiy tizimlar faoliyati bilan bog‘liq asosga ega deb tushuntiradilar. Ijtimoiy hodisa sifatida nogironlik jamiyatning ijtimoiy differensiallashuvi asosida yotadi va o‘zgacha xususiyatli maqom sifatida institutsionallashgan huquq va majburiyatlar majmuasiga ega bo‘ladi. Ularning ijtimoiy mas’uliyatiga bo‘lgan talablar susaytiriladi va alohida ehtiyojlarini qondirilishida davlat ijtimoiy siyosati tomonidan legitimlashgan qo‘shimcha vositalar talab etiladi. Nogironlikning ijtimoiy institut sifatida shakllanishidagi bosh omillar quyidagilardan iborat: 1) nogironlik guruhining belgilanishi va fuqarolarninig ijtimoiy himoya chora-tadbirlariga, jumladan, ijtimoiy reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojining belgilanishi; 2) sog‘lig‘ida turg‘un buzilishlar bo‘lgan shaxslarning alohida ehtiyojlarining qondirilishi; 3) nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, me’yoriy turmush darajasini ushlab turish; 4) nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyalashda turli to‘lovlar to‘lash va taqsimlash; 5) nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy integratsiyasi va adaptatsiyasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdir deb ko‘rsatiladi. 170 Shu tariqa xorij tajribisiga asosan nogironligi bor inson faoliyati ijtimoiy faoliyatning rasmiy va norasmiy qoidalarini o‘rnatuvchi ijtimoiy institutlar doirasida kechadi. Ushbu qoida va me’yorlar doirasida nooddiy ijtimoiy, psixologik yoki jismoniy xususiyatlarga ega alohida individ va ijtimoiy guruhlarni qabul qilish stereotiplari shakllanadi. Xulq-atvor namunalari va stereotplar jamiyatning ijtimoiy madaniy rivojlanishi jarayonida jamoatchilik ongi tuzilmasi va alohida individning kundalik hayotiy amaliyotida mustahkam o‘rnashadi. Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkiloti ustaviga ko‘ra sog‘liq insonning bosh huquqlaridan biri bo‘lib, u nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlardan xolilik, balki jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy muvaffaqiyat, farovonlik holatidir 59 . Ijtimoiy sog‘lomlik esa–aholining biologik va ijtimoiy omillar majmuasi ta’sirida shakllangan salomatligi bo‘lib, u mavjud ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy tuzilma xususiyatlaridan kelib chiqib, mehnat, maishiy, oziq-ovqat, hordiq, ta’lim va madaniyat, sog‘liqni saqlash kabi sohalarning barqaror faoliyati mahsulidir. Shunday qilib, nogironlik ijtimoiy hodisasi jamiyat institutsional tuzilmasida muqim o‘rnashib ulgurganligi bois qisman rasmiylashgan ijtimoiy institut sanaladi. Nogironlik ijtimoiy institut sifatida birinchidan, jamiyatda sog‘liqni saqlash, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy himoya, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va hakazo kabi butun bir ijtimoiy tizimga mushtarakligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, nogironlik integral ijtimoiy institut sanaladi va o‘ziga xos tizim hosil qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi institutlar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini yo‘naltiradi. Mazkur institutning asosiy unsurlari moddiy to‘lov (pul, moddiy va nomoddiy vositalar), va nomoddiy vositalar-maxsus qurilmalar, transport, aloqa vositasi, kompyuterlar va hakazolardir. Uchinchidan, nogironlikning ijtimoiy institut sifatidagi ikkinchi komponenti–bu alohida institutsional xizmat vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan alohida guruhlar va tashkilotlar faoliyatidagi uyg‘unlikdir. Ushbu guruhlar qonun va qonunosti hujjatlar shaklida huquq va 59 http://www.who.int/features/factfiles/disability/ru/ . Дата обращенияк ресурсу 02.02.2017. 171 vakolatlaridan kelib chiqib ushbu ijtimoiy institutning nafaqat legitimligini, balki uning faoliyati shakli legitimligini belgilab beradi. To‘rtinchidan, ushbu faoliyat, avvalo, fuqarolarning nogironligini tan oluvchi davlat xizmatlari va ularga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat tuzilmalari tomonidan, shuningdek, nogironlarning nodavlat jamoatchilik birlashmalari tomonidan amalga oshirilib, uning doirasida nogironlarning muvaffaqiyatli ijtimoiy integratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Beshinchidan, ijtimoiy institut tuzilmasidagi uchinchi komponent– bu institutning ijtimoiy maqsadlarini ro‘yobga chiqaruvchi subyektlar bo‘lib, ular nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy himoyasi, ta’limi, mehnat faoliyati va boshqalarni ta’minlaydi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling