Samarqand davlat universiteti yusupov r. K. Ijtimoiy ishga kirish


Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana16.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1496348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
1a9fe4c30cf4161d58a191ce0ecca4c9 Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10
Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. – Тошкент, 
“Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.-11 
11
Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. 
“Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.12. 
Меҳнат бозори 
мутаносиблигини ва 
инфратузилмаси 
ривожланишини 
таъминлаш 
Оналик ва болаликни 
муҳофаза қилиш 
Аҳолининг коммунал-
маиший хизматлар 
билан таъминланиш 
даражасини ошириш 
Олий таълим 
муассасалари 
фаолиятининг сифати 
ҳамда самарадорлигини 
ошириш 
Янги иш ўринларини 
яратиш 
Кексалар ва имконияти 
чекланган шахсларни 
давлат томонидан 
қўллаб-қувватлашни 
кучайтириш 


28 
Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini tor ma’noda ham 
kuzatamiz. Ijtimoiy ish tor ma’noda - ijtimoiy zaruriy faoliyat bo‘lib, 
insonlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni
yengishida yordam berishga qaratilgan faoliyatdir
12
. Ya’ni tor ma’noda
ijtimoiy ishning obyektlari :

sog‘lig‘i tufayli xayotiy muammolarni mustaqil hal eta
olmaydiganlar guruhi; 

ekstremal-eng past yoki eng yuqori darajadagi
ko‘rchatkichlar bilan xususiyatlanadigan sharoitga tushib qolgan
odamlar guruhi; 

keksalik nafaqa yoshiga yetib ishdan ketganligi tufayli
hayotning qiyin vaziyatiga tushib qolganlar

deviant xulq - atvorning turli shakllari va turlari bilan
bog‘liq guruhlar;

omadsiz, ishi yurishmay qolgan toifadagi oilalar; 

bolalarning favquloddagi ahvoli (yetimlik, sayoqlik, 
daydilik va hokazo); 

darbadarlik, boshpanasiz qolganlar va bundan boshqa 
ko‘plab guruhlarga bo‘lish mumkin
13

Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini yoritishda jahon xalqlari 
global muammolarini hisobga olib, bu sohadagi ijtimoiy ish kasbi 
mutaxassislarining fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda ushbu ijtimoiy ish 
sohasi hujjatlarida huquqiy normalar o‘z ifodasini va mazmun- 
mohiyatini topmoqligi bugungi sharoitda zaruriy majburiyat deb tan 
olinadi. Bejiz emaski, ijtimoiy ish xodimlari Milliy assotsiatsiyasi 
ijtimoiy ish xodimi kasbini “insonlar, guruhlar yoki hamjamiyatlarga 
ijtimoiy faoliyatlari uchun imkoniyatlarni oshirish yoki tiklash 
masalasida va ushbu maqsadlarni bajarishda imkon beruvchi ijtimoiy 
12
Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. 
“Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б.11 
13
Ғаниева М.Х. ва муаллифлар жамоаси. Ижтимоий иш этикаси. Дарслик. - Тошкент. 
“Fan va texnologiya” нашриёти. 2015. - Б. 13 


29 
sharoitlarni yaratishda ularga yordam ko‘rsatuvchi ijtimoiy faoliyat” deb 
ta’riflaganlar
14

Ijtimoiy xizmat xodimining kasbi jahon andozalariga xos kasb 
bo‘lib, ayniqsa,bu kasb rivojlangan mamlakatlarda o‘zining ifodaviy 
ko‘rinishiga ega bo‘lgan zaruriy kasb sanaladi. Chunki har bir yordamga 
muhtoj inson kimdandir madad olishga chora izlaydi. Ana shu paytda 
ijtimoiy xizmat xodimining faoliyati zaruriy sanalib, insoniylik nuqtayi 
nazaridan yondoshiladi va yordamga muhtoj insonlarga o‘z ijtimoiy 
yordamini ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini ochib berish jarayonida 
seziladiki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardayoq 
kuchli siyosatni amalga oshirdi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalar, 
nogironlar, qariyalar, yetim-yesirlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida 
e’tibor berila boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator 
farmonlari, o‘nlab huquqiy-me’yoriy hujjatlarning qabul qilinganligi, 
shuningdek, bir qator yillarning “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, 
“Ayollar yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, 
“Mehr va muruvvat yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Xalq bilan muloqat va 
inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi mamlakatda ijtimoiy sohaning 
bir yo‘nalishi bo‘lgan “aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy yordam sifatini oshirish”ga qanchalik katta e’tibor 
qaratilayotganligidan dalolat beradi. Ayni paytda O‘zbekistonda 
aholining muhtoj qatlamlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy ta’minot 
bo‘limlari, bolalar uchun mehribonlik uylari va ehtiyojmandlar uchun 
“Saxovat uylari” yoki nogironlar uylari, turli jamg‘armalar hamda aholi 
keng qatlamlari uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa ko‘plab davlat 
va nodavlat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, boshqa 
mamlakatlarda 
uchramaydigan 
O‘zbekistonda 
o‘ziga 
xos
institut – mahalla tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat shakllari 
ham mavjud. “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, 
mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar 
bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari 
14
Ким Л., Исаева Д.,Таджиева С., Собирова Д.”Болалар ва оилалар билан ижтимоий иш 
амалиёти” курси бўйича хрестоматия.Т.- JAHON PRINT нашриёти.2012-йил.6-бет 


30 
to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (2020y.18.02.PF-5938-son,) qabul 
qilindi.Farmonga muvofiq, har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” 
tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etildi. Farmon bilan O‘zbekiston 
Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman 
(shahar) bo‘linmalari tashkil etildi. Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” 
tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama 
ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan 
yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” 
o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” 
ilmiy-tadqiqot 
instituti 
tashkil 
etilib, 
vazirlik 
tuzilmasiga 
o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish 
organlari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi rahbar organlarining 
ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, 
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat 
birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini 
tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi
15

Shunday qilib, ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmuni quyidagilarda 
ko‘rinadi: 
- shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish 
(ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, 
ijtimoiy profilaktika); 
15
“Жамиятда ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштириш, маҳалла институтини янада 
қўллаб-қувватлаш ҳамда оила ва хотин-қизлар билан ишлаш тизимини янги даражага олиб 
чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-5938-сон, 2020 й.18.02.) 
қабул қилинди."Халқ сўзи", 2020 йил 20 
февраль.
https://nrm.uz/contentf?doc=615382_&products=1_vse_zakonodatelstvo_uzbekistana
 


31 
- zarur ijtimoiy muhofaza va aholini himoya qilish bo‘yicha turli 
davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining 
integratsiyasiga ko‘maklashish;
- ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni o‘rganish;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari muammolarini hal 
qilish bo‘yicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu 
dasturlarning samaradorligini baholash.
Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini ochib berishdagi ijtimoiy 
muammo nima? Birinchi ijtimoiy muammo – bu insonlardagi mavjud 
hamda zarur (istalgan) ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlarning 
nomutanosibligi, ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik hamda butun bir 
jamiyatning hayotini murakkablashtiruvchi va uni bartaraf etish bo‘yicha 
jamoatchilik kuchi hamda sa’y - harakatini talab etuvchi ijtimoiy hodisa. 
Ikkinchi ijtimoiy muammo, jamoatchilik muammolari - insonga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir etuvchi masala yoki vaziyatlar 
hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik sa’y harakatini talab 
etuvchi murakkab va jiddiy bo‘lgan muammolar. Uchinchi muammo, bu 
ijtimoiy muammolarning turli davrlarda, turli jamiyatlarda bir - biridan 
farq qilishidir.
Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmunini yoritishda zamonaviy 
ijtimoiy muammolar mavjud: 
• 
Alkogolizm. 
• 
Kambag‘allik. 
• 
Uysizlik. 
• 
Ishsizlik. 
• 
Bolalaro‘rtasidagi qarovchisini yo‘qotish yoki nazoratsizlik. 
• 
O‘limning yuqoriligi muammosi. 
• 
Atrof - muhitning ifloslanishi. 
• 
Nogironlik. 
• 
Inflyatsiya. 
• 
Korrupsiya. 
• 
Migratsiya jarayonlari, mehnat migratsiyasi muammosi. 
• 
Narkomaniya. 
• 
Bola huquqlarining buzilishi. 


32 
• 
Oiladagi zo‘ravonlik. 
• 
Tug‘ilish ko‘rsatkichining pasayib ketishi. 
• 
Qochoqlarning va majburan ko‘chib o‘tganlarning holati. 
• 
Jazoni 
o‘tayotganlar 
va 
boshqa 
deprivatsiyalangan 
insonlarning ahvoli. 
• 
Nogironligi mavjud bo‘lgan insonlarning muhtojlik yoki 
ehtiyojmandlik holati. 
• 
Ayollarning jamiyatdagi holati. 
• 
Qonunbuzarlik. 
• 
Voyaga etmaganlar orasida qonunbuzarlik. 
• 
Fohishalik. 
• 
Qariya insonlarning holati. 
• 
VICH-infeksiya, koronavirus va boshqa shu kabi kasalliklar 
tarqalishi. 
• 
Suitsid. 
• 
Ijtimoiy notenglik. 
• 
Terrorizm. 
• 
Traffik, odam savdosi. 
• 
Texnogen talofatlar xavfi. 
• 
Jamiyatdagi insonlar hayoti darajasi ko‘rsatkichlari. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling