Samarqand davlat universititi Geografiya va Ekologiya Fakulteti Geografiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Rajabboyev Farruxning Landshaftshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.66 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1406433
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabboyev F (4)

Samarqand davlat universititi Geografiya va Ekologiya Fakulteti Geografiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Rajabboyev Farruxning Landshaftshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.


Mavzu:Landshaftlarni tasniflash bo‘yicha landshaftshunos olimlarning sxemalarini chizish. Landshaftlarni kartaga tushirish metodlari. “Antropogen landshaftlarning strukturasi va barqarorligi” . “Cho‘l va Tog landshaftlari

Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko‘p bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida o‘rganish va ta’riflab berishning iloji bo‘lmay qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma’lum maqsadlarda ( masalan, qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi va x.k.) guruhlab ta’riflashga va shunga mos holda bir turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Bu landshaftlarni tasnif qilishning amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‘p va xilma-xil, ammo o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan aniq obyektlar - landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan, ilmiy va mantiqiy talablarga to‘liq javob beradigan tasniflash jadvalini tuzib olish juda katta ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko‘plab uchraydigan xilma-xil landshaftlarni bir-biriga o‘xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birini o‘z mavqeini saqlagan holda ma’lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‘g‘ri tadqiq qilish, hatto landshaft kartasini tuzib olish ham mumkin bo‘lmay qoladi.

Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan ayniqsa N.A.Gvozdetskiy (1961), A.G.Isachenko (1961,1975), V.A.Nikolayev (1973,1979) kabilarning tajribalari e’tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasniflar ichida V.A.Nikolayev (1979) bajargan tasnif o‘zining anchagina mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landshaftshunos olim V.A.Nikolayev ko‘p yillar davomida Qozog‘iston dashtlarida landshaftlarni kartaga tushirish borasida olib borgan izlanishlari yotadi. Quyida keltiriladigan fikrlarning ko‘pchiligi V.A.Nikolayev ilgari surgan g‘oyalar ta’sirida yuzaga keldi. Bu fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‘ziga xos talqini bo‘ldi.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling