Samarqand davlat universititi Geografiya va Ekologiya Fakulteti Geografiya yo'nalishi 201-guruh talabasi Rajabboyev Farruxning Landshaftshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 0.66 Mb.
|
Rajabboyev F (4)
Syomka ishlarida qo‘llaniladigan landshaftli profillash metodi tabiiy hududiy majmualrning ichki tuzulishi, tabiati va ularning komponentlari orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Majmuali va unuprofillarda landshaftlar tarkibi, morfologiyasini hosil etuvchi fatsiya va urocheshalar qatorlari ochib beriladi, dinamik va to‘ldiruvchi landshaftlar belgilari, ularning relief shakillari, tog‘ jinislari tarkibi, yer osti suvlari joylashishi bilan murakkab bo‘lgan tabiiy hududiy majmualarni qonuniyatlari aniqlandi.Landshaftlarning barqarorligi deganda - tashqi tabiiy yoki antropogen omillar ta’siriga nisbatan o’z strukturasini, ya’ni ishki aloqadorliklar xarakterini saqlagan holda bardosh bera olish va shu bilan birga tashqi ta’sirlar natijasida o’zgargan yoki buzilgan bo’lsa, avvalgi holatini qayta tiklay olish xususiyatlari tushuniladi (Zokirov, 1999). Landshaftlarning barqarorligi haqida adabiyotlarda berilgan izohlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, landshaftlar barqarorligi deganda ularning ikki xil xususiyatlari, ya’ni: 1) landshaftlarning tashqi omillar ta’siriga qaramasdan o’z faoliyatini davom ettirishi. 2) tashqi kuchlar tugagash oldingi holatini tiklash xususiyatlari chalkashtirilib yuborilmoqda.N.A. Solnsev (1984) landshaftlarning barqarorligi muammosiga to’xtalar ekan, komponentlar barqarorliklari jihatidan ham o’zaro teng emasligini va ularning barqarorlik darajasi yer po’stidan (eng barqarori) hayvonot dunyosiga (eng beqarori) tomon pasayib borishini ta’kidlaydi. Landshaft komponentlarining turlicha barqarorlikka ega ekanligi haqida gap borganda, barqarorlik landshaftlarning dinamikasi va rivojlanishi bilan bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.V.B.Sochavaning landshaftlar dinamikasi va evolyusiyasi haqidagi ayrim fikr va mulohazalari e’tiborga loyiqdir. U landshaftlar dinamikasi haqida so’z yuritar ekan, landshaftlardagi dinamik o’zgarishlarni susaytirib turadigan, landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan jarayonlar mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha “jonli” komponentlar faqat “kritik” komponentgina bo’lib qolmay, balki landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan eng muhim omil ham ekan. Landshaftlarning barqarorligini o’rganishda ular qaysi muhitda shakllanganligi ham albatta e’tiborda bo’lishi kerak. Bunda o’sha muhitdagi hal qiluvchi omillardan issiqlik va namlikning optimal nisbatda bo’lishi alohida ahamiyat kasb etadi.Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling