Tizimning modelliligi - bu tizim strukturasini, faoliyat ko„rsatish usulini hamda strukturani vaqt o„tishi bilan o„zgartirish qonuniyatlarini rasmiylashtirish imkoniyatidir.
Determinalashadigan model - chiqish parametrlarining kirish parametrlariga bog„liqliklari tasvirlangan model.
Dinamik model - vaqtning funksiyasi bo„lgan model.
Diskret model - diskret vaqtda faoliyat ko„rsatuvchi dinamik model.
Axborot-mantiqiy model - texnologik jarayon yoki apparatning formal tavsifidir.
Konseptual (mazmunga asoslangan) model - bu mazmun darajasidagi qiziqishlar tizimining tavsifidir.
Davriy qurilmaning mantiqiy-dinamik modeli - texnologik operatsiyalar va ularning o„zgarishini, shuningdek, qurilmani ishga tushirish va to„xtatish rejimlarini aks ettiruvchi davriy qurilmaning umumlashtirilgan modeli.
Matematik model - axborot nazariyasi va tizimli tahlil nuqtai
nazaridan matematik modelni sifatida interpritatsiya qilinishi mumkin bo„lgan chiqish parametrlari X ni berilgan sistema holat o„zgaruvchilarining fazosida va chiqiy o„zgaruvchilari 𝑌 qiymatlarining fazosida funksional ifodalovchi funksional operator 𝐹 sifatida interpritatsiya qilinishi mumkin, ya‟ni:
𝑌 = 𝐹(X, 𝑍, 𝑈),
bunda Z – bezovta ta‟sir; U – boshqaruvchi ta‟sir.
Uzluksiz model - uzluksiz vaqt ichida faoliyat ko„rsatuvchi dinamik model.
Statik model - ob‟ektning vaqtga invariant modeli.
Stoxastik model - chiqish parametrlarining kirish parametrlariga bog„liqliklari noma‟lum bo„lgan va faqat kirishlar funksiyalari ko„rinishidagi chiqishlarning matematik kutilishi ma‟lum bo„lgan model.
Apparat moduli (bloki) - nisbatan avtonom kimyoviy va texnologik tizim bo„lib, u mustaqil ravishda ham, unga o„xshash boshqa tizimlar bilan birgalikda ham tashkil etish tamoyili asosida ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |