Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining toshkent filiali


Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan kundagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi


Download 75.7 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi75.7 Kb.
#1555129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil ta\'lim (2)

Mustaqil ishlarni tashkil etishda axborot texnologiyalaridan kundagi maqsadlarda foydalanish tavsiya etiladi:
1. Tarmoqdan axborot izlash - web-brauzer, ma’lumotlar bazasidan foydalanish, axborot-qidiruv, axborot-ma’lumotnoma tizimlari, avtomatlashgan kutubxona tizimlari, elektron jurnallardan foydalanish.
Axborot izlash va unga ishlov berishga doir mustaqil ishlarga quyidagilar kiradi: mavzu bilan bog‘lik saytlarga taqriz yozish: ma’lum mavzuga doir tarmoqdagi mavjud referatlarni tahlil etish, ularni baholash, ma’ruza rejasiga doir o‘z variantini yoki uning ma’lum bir qismini yozish, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, amaliy mashg‘ulotlardan lavxa tayyorlash; mavzuga doir ma’ruza tayyorlash; mavzuga doir munozara o‘tkazish, professor-o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan yoki tarmoqdan topilgan web-kvestda ishlash.
2. Tarmoqda dialogni amalga oshirish - elektron pochta, sinxron telekonferensiyalardan foydalanish. Tarmoqda dialogni amalga oshirishni quyidagicha ko‘rinishida tashkil etish mumkin: o‘tkazilgan yoki o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan ma’ruzalarni muhokama qilish, mutaxassis yoki talabalar bilan sinxron telekonferensiya (chat)da muloqotni amalga oshirish,
3. Tematik web-sahifa, web-kvest (topishiriqlar yaratish – html muxarriri, web-brauzer, grafik muharrirlardan foydalanish. Tematik web saxifa web-kvest (topshiriqlar yaratishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: saytda talabalar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlarni joylashtirish, mavzuga doir adabiyotlar ro‘yxatini chop etish;
Individual va kichik guruhlarda ishlashga doir mavzuli web-saxifalarni yaratish; mavzu bo‘yicha ishlash uchun web-kvest lar yaratish va ularni kursga doir saytda joylashtirish.


VI. TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI
BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI
6.1. Talabalar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul)lar hususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
6.2. Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topishiriqlarining baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi.
6.3. Talabalarning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddat (deadline)ga muvofiq amalga oshiriladi.
6.4. Mustaqil ishga qo‘yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
6.5. Talaba(lar)ning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari elektron platformaga butun sonlar bilan qayd qilinadi.
6.6. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarda hamda har o‘quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.



Download 75.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling