Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modeli va taraqqiyotdagi yo‘li
- «yashil inqilob»
- Birlashgan Arab amirligi (ABB)
- 6.§. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar guruhining shaklanishi
- Yangi sanoatlashgan mamlakatlar
- 7.§. Afrika mamlakatlari taraqqiyoti va ularda iqtisodiy islohatlarning kechishi
Braziliya va Rossiya mamlakatlari «Keyingi yuz yillik choragida yuzaga kelgan gigant iqtisodiyotli davlatlar» ga aylandi. Shuningdek, jahon banki xabarlariga qaraganda 2006 yilda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti yillik o‘rtacha 5,4 % ga o‘sadi. MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ulushi ortishi taxmin qilinmoqda. Ekspertlarning ishonch bildirishicha, yaqin yillar ichida global iqtisodiyotda Xitoy, Meksika, Braziliya, Hindiston va Rossiya boshqa mamlakatlar tez integratsiyalashuvga kirib ketadi va jahon bozorida nufuzli o‘rin egallaydi. Bunday taraqqiyotga erishish bu mamlakatlarda so‘nggi chorak asr mabaynida qayta qurish va bozor tamoyillarini tez o‘zlashtirganlikda ko‘rinadi. Taxminlarga ko‘ra, bu besh mamlakat 2020 yilga borib, dunyo yalpi mahsuloti yetishtirish bo‘yicha 16 % lik ulushni egallaydi (1992 yilda ularning bu ko‘rsatkichi 7,2 % bo‘lgan). Bu natija esa dunyo mahsuloti tayyorlashda rivojlangan davlatlarning ulushini 81,5 % dan 66,7 % ga tushiradi. 4.§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modeli va taraqqiyotdagi yo‘li Rivojlanayotgan mamlakatlarda qoloqlikni tugatishning strategik vositasi- xo‘jalikni sanoatlashtirish, ya’ni xalqaro mehnat taqsimoti (XMT)ni chuqurlashtirishda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishni jadallashtirish. Buning natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi bilan birga barcha iqtisodiy tarmoklarning zamonaviylashgan tizimi yuzaga kelishini ta’minlaydi, yangi iqtisodiy tartib joriy etilishiga zamin hozirlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishidagi o‘ziga munosiblik tamoyillariga ko‘ra sanoatlashtirish uch model asosida tashkil etilgan. Energetika, metallurgiya va ximiya kabi strategik ahamiyatga ega sanoat turlarini xususiylashtirish hamda iste’molga joriy etish. Bu model milliy mulkni yirik korxonalar xolida tashkil etib, uni ko‘rsatmalar tarzida boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda bu usul Jazoir, Efiopiya, Misr, V’etnam kabi davlatlarda o‘z aksini topgan. Xorij kapitalini cheklangan holda import o‘rnini bosuvchi iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i - og‘ir sanoat rivojlanishiga ahamiyat qaratish (Lotin Amerikasi davlatlari kabi). Bunda importyorlardan bu milliy sanoat tarmog‘ini takomillashtirish borasida ichki iste’mol uchun bo‘lgan ehtiyojini doimiy tarzda qondirish talab etiladi. Eksport yo‘nalishini aniqlash, ya’ni tashqi bozorga mahsulotlarning alohida turlarini chiqarishni belgilab, sanoatning shu turiga asosiy kuchni jalb etish. Shu maqsadda chet el investitsiyasini tarmoqning bilim va ko‘p mehnat talab qiluvchi mahsulot ishlab chiqarilishiga kiritish asosiy vazifa sanaladi. (Osiyo va Tinch Okeani hududi mamlakatlari singari). 129 Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida kechayotgan islohatlarda Jahon banki (JB) va Xalqaro valyuta fondi (XVF) asosiy moliya muassasi rolini o‘ynamokda. Bu tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiylashtirish va sanoatlashtirish jarayonlarining faol ishtirokchisi bo‘layapti. Istaymizmi-yo‘qmi har qanday xo‘jalik taraqqiyotida tarmoqlarni sanoatlashtirish birinchi masala bo‘lib qoladi. Masalan, 1960 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar YAIMida ulush quyidagicha ko‘rinish kasb etgandi: qishloq xo‘jaligi tarmog‘i-31,6%, sanoat – 26,6%, shundan qayta ishlash – 15,6 %, xizmat ko‘rsatish – 42,8 % bo‘lgan – 2004 yilda esa bu holat boshqacha ko‘rinish namoyon etdi. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i – 15,6 %, sanoat -34,5 % va shundan qayta ishlash -19,1 %, xizmat ko‘rsatish esa 50,1 % ko‘rsatkichni tashkil etdi. O‘tgan davrdagi sanoatlashtirish tizimidagi o‘zgarishlarni taqqoslaydigan bo‘lsak Afrika va Janubiy – Sharqiy Osiyoda o‘sish bundan ham yuqori bo‘lganini ko‘ramiz. Rivojlanayotgan mamlakatlar oldida o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirib, uni integratsiyalashuviga joriy etish vazifasi yuklangan. Ayniqsa xalqaro iste’mol ahamiyatiga molik bo‘lgan mahsulot eksportiga e’tibor qaratish yuqori natija beradi. Masalan, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar mikroelektron texnologiyalarni yuqori sifat bilan ishlab chiqarib, bu tovarlarni bozorga taklif etishi kutilgan natijani berdi. Bunday mamlakatlar qatoriga Hindiston, Meksika, Argentina, Janubiy Koreya davlatlarini kiritish mumkin. Ularda metall qirqish dastgohlari, metallurgiya uchun zamonaviy uskunalar, kimyoviy, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, shuningdek, traktorlar, transport vositalari ehtiyot qismlari va qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarish va ularni eksportga chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, bu mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlar orasida o‘ta murakkab hisoblangan mashinasozlik, yuk ko‘tarish kranlari, temir presslovchi dastgohlar, elektr va dizelli lokomotivlar, samolyotlar va tankerlar ishlab chiqarishda yagona sanaladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda po‘lat eritish sanoati ayniqsa yuqori saviyada rivojlanmoqda. Braziliya, Venesuela, Hindiston va Meksikadagi yirik korxonalarda mavjud bo‘lgan po‘lat erituvchi texnologiyalar zamonaviylariga almashtirilmokda. Buning uchun chet el investorlari o‘z sarmoyalarini ochiq ko‘ngil bilan kiritayotirlar. Mamlakatlar iqtisodiyoti taraqqiyotida yirik korxonalar alohida o‘rin egallaydi. Shu bois trans milliy korporatsiya (TMK) Afrikaning ko‘pgina qashshoq mamlakatlarida yirik kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda so‘ngi yillarda Madakaskarda 50 % mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega korxona, Serra-Leoneda 35%, Liberiyada–36%, Mozambikda 10- 14% gacha quvvatga teng bo‘lgan yirik korxonalar tashkil etildi. Natijada bu mamlakatlarda ham sanoat rivojlana boshladi. Mayda mahsulotlar, qishloq xo‘jalik xom ashyolarini yarim fabrika holatida qayta ishlash, mahalliy iste’molga zarur tovarlar ishlab chiqarish yo‘lga kuyilib, bu borada keng xizmat ko‘rsatish turlari ham joriy etildi. O‘z navbatida mahalliy aholi rivojlangan texnologiyalarda mehnat qila boshladi. 130 Rivojlangan davlatlardan farqli ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasining taraqqiy etmagani xalqaro mehnat taqsimotida ham salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Masalan, bu mamlakatlarda yuqori texnologiya va ilmiy xizmatlarga, shuningdek, aloqa, telekommunikatsiya va moliya tizimi sohalarida xizmat ko‘rsatish qoniqarsiz ahvolda. Mavjud bo‘lgan oddiy xizmat turlari faqat mamlakat ichkarisi tadbirkorlari uchungina xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega xolos. Eng yomoni, bu mamlakatlarda transport va aloqa sohalari davlat monopoliyasi sirasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni kiritish jahondagi barcha rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng og‘ir masala bo‘lib qolayapti. Masalan, bu hududlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi 80 % lik maydoni irrigatsiya tizimini yangilashni taqozo etadi. Bu yerlarda suvning ifloslanishi oqibatida inson iste’mol qiladigan oddiy mahsulotlarning kaloriyasi tobora pasaymoqda. Bu holat 2004 yillar boshida aholi jon boshiga rivojlanayotgan mamlakatlarda 100 % ni tashkil etdi. Albatta, keyingi paytlarda bu tomonga yaxshi o‘zgarishlar qilish uchun harakat qilinmoqda. Ammo, haligacha bu muammo Osiyo va ayniqsa Afrikada o‘tkir muammoligicha qolmokda. 1970 yil oxirlariga kelib rivojlanayotgan mamlakatlarda «yashil inqilob» deb ataluvchi harakat amalga oshirildi. Buning natijasida yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar moliyalari evaziga oziq-ovqat mollari tayyorlash muammosi qisman hal etiladi. «Yashil inqilob»ning bajargan ishlari asosan jadallik bilan rivojlanish mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik hududlarida o‘z aksini topdi. Tanlangan bunday rayonlarda avvalo ishchi kuchi yetarli bo‘ldi, bu yerga ilg‘or texnika va texnologiyalar kiritildi, sara urug‘chilik va yuqori hosildorlik manbalari joriy etildi. Bu esa tanlangan hududlarda yetishtirilgan mahsulotning nafakat ichki iste’mol bozorini ta’minlashga erishtirdi, balki sifatli tayyorlangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chetga eksport qilish imkonini ham berdi. O‘z navbatida «yashil inqilob»ning salbiy tomonlari ham bo‘ldi. Ya’ni, yuqorida aytilganidek, barcha imkoniyatlar qulay sharoitga ega bo‘lgan hududlargina yaratildi. Bu nomutanosiblik oqibatida boshqa hududlar bu joylarga tobe bo‘la boshladi. Qishloq xo‘jaligidagi taraqqiyotda ham ikki xil o‘zgarish ro‘y berdi, ya’ni bunday hududlar katta foyda tufayli zamonaviylasha borgan bo‘lsa, bu yerdan olis vohalar qishloq xo‘jaligi sohasida qoloqlik girdobiga tobora g‘arq bo‘laveradi. Masalan, Hindiston, Xitoy, Liviya, kabi mamlakatlarda bir tomondan yirik qishloq xo‘jalik korxonalari tashkil topib, rivojlana borgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda xo‘jalik yuritish eskicha usulda qolaverdi. Faqatgina so‘nggi o‘n yil mobaynida Janubiy, Janubiy-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash (zamonaviylashtirish) keng yoyildi. Natijada bu hosildorlikka katta ta’sir ko‘rsatdi: 2004 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘alla hosildorligi yillik 2,8 % ga o‘sdi. Jumladan, bu ko‘rsatkich Osiyoda – 3,1 % ni, Afrikada – 2,7 %ni, Lotin Amerikasida esa 1,9 % ni tashkil etdi. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarni umumiy iqtisodiy taraqqiyotga erishish darajasi va umumsoha tizimi rivojidagi mavjud imkoniyatlari o‘lchovi bo‘yicha katta ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi – neft eksport 131 qilish imkoniga ega mamlakatlar, ikkinchisi – yangitdan sanoatlashayotgan mamlakatlar. 5.§. Neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari Neft eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti – (OPEK) – neft kazib oluvchi, eksport qiluvchi va neft savdosiga sharoit yaratib beruvchi rivojlanayotgan mamlakatlar ishini muvofiqlab turish uchun tashkil etilgan. OPEKka a’zo davlatlar 13 tadir: Aljir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Qatar, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Birlashgan Arab amrligi (BAA), Saudiya Arabistoni va Ekvador. Dunyo neft mahsuloti iste’molida bu davlatlarning neft qazib olish ulushi 50 % ni, eksport qilish esa 80 % ni tashkil etadi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlarning asosiy belgilari aholi jon boshiga daromadning yuqoriligi, mustahkam tabiiy—xomashyo imkoniyatiga ega ekanligi, qulay iqtisodiy-geografik sharoitda joylashuvi va energetik xomashyo va moliya bozorida yetakchi rol o‘ynashida namoyondir. Bu mamlakatlarda neftdan keladigan foyda evaziga aksariyat aholi yirik sarmoyadorga aylanishgan. 1970 yilgacha yuqorida nomlari aytilgan davlatlar daromadi, past edi. Chunki u paytlarda ularga 1 barrel neftdan keladigan daromad 2,5 AQSH dollaridan oshmasdi. Bu paytda bu davlatlarda neft qazib olish uchun ilg‘or texnologiyalar yo‘q edi. Shu bois bu yumushni konsessiya olgan chet el investorlari bajarardi va qazib olishdan tushadigan yalpi foydaning 90 % ini o‘z ixtiyorlarida qoldirishadi. 1970-1975 yillarda OPEKka a’zo davlatlarda kechgan energetik krizis neft narxining 1 barrelini 32 dollarga oshishiga olib keldi. Oqibatda konsessiya shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan investorlar bu yerda o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishlaridan ko‘ra investitsiya kiritib, shundan foydalanishni lozim ko‘rishdi. Bu esa OPEK ka a’zo mamlakatlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Endi ular neft qazib olish uchun kerakli zamonaviy texnologiyalarni pul evaziga sotib olishdi. Jahon bozorida neftni yuqori narxda sotayotganliklari esa xalq xo‘jaligining boshqa turlarini ham rivojlantirish imkonini berdi. Neft narxining o‘sishi o‘z-o‘zidan neft import qiluvchi mamlakatlardan uni eksport qiluvchi mamlakatlarga katta foyda olishni keltirib chiqardi. Endi neftni import qiluvchi mamlakatlarda dollar kursining pasayishi, inflyatsiya darajasining o‘sishi bo‘y ko‘rsata boshladi. Hatto ayrim rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini neftning keskin o‘sishi boshi berk ko‘chaga olib keldi. 1982-1986 yillarda neft narxi 34 dollardan 8 dollarga tushib ketdi. Bu paytda OPEK ka a’zo davlatlarda iqtisodiy qayta qurish kechayotganda va bu past narx ular iqtisodiyotiga hech kanday zarar yetkazmadi. Shundoq ham ularning o‘rtacha yillik rivojlanishi 4 % ni tashkil etib turdi. Jahonga asosiy neft eksport qiluvchi mamlakatlar Fors ko‘rfazida joylashgan Bahrayn, Quvayt, Ummon, Katar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab amirliklaridir. Ular bugun dunyo mamlakatlarining neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun 190 mlrd. AQSH dollariga 132 teng neft eksportga chiqarishadi. Bu yerda «Shell», «Ekson», «Mitsui» kabi yirik kompaniyalar, ko‘pmillatli qo‘shma korxonalar faoliyat olib boradi. Fors ko‘rfazida mavjud ishchilarning ko‘p qismi chet el fuqarolari hisoblanadi. Fors ko‘rfazi mamlakatlarida birgina neft qazib olish emas, balki gaz, energiya, moliya va bank sohalarida ham qo‘shma korxona va kompaniyalar tashkil etilganligi, natijada bu imkoniyatlar evaziga huddudda ilmiy-texnik inqilobi-yu xalqaro mehnat taqsimoti jabhalari siljishi sodir bo‘lmoqda. Birlashgan Arab amirligi (ABB) – Fors ko‘rfazida anchayin taraqqiy etgan davlat. Ammo haligacha Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik munosabatlari bu yerda saqlanib qolgan BAA ning iqtisodiy holati qo‘yidagi uchta omilda aks etgan: juda katta energiya resursga egaligida; neft-zahirasi – 7 mlrd, gaz – 9,8 trln. metr kub; yirik moliyaviy kapitallar, energiya resurslari sotuvidan to‘plangan jamg‘armalar; zarur geosiyosiy holat, ya’ni amirlik yirik tranzit savdo markazi, havo va dengiz kommunikatsiya imkoniyatlariga ega hudud. Mamlakatda 14 ta dengiz porti va 16 ta xalqaro aeroport mavjud. BAA iqtisodiyotida davlat sektori asosiy tarmoq neft qazib olish, neft va gazni qayta ishlash, elektr energiyasi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda infratuzilmalar uchun qurilish ob’ektlarini o‘z ixtiyoriga olgan. Xususiy sektor esa asosan o‘z mablag‘larini xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat, charm-poyafzal mahsulotlari va tikuv faoliyatlariga jalb etgan neft sanoatidagi barqarorlikni «katta yettilik» deb ataluvchi kompaniyalar nazorat qiladi. Masalan, nufuzli «Anok» (Abi Labi Neyshnl Oyl Kompani») kompaniyasi o‘ziga tegishli «British Petroleum», «Total», «Mobil», va «Portok» kompaniyalari bilan birga 40 % aksiyaga egalik qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hukumat mavjud milliy iqtisodiyot sohalarini chet el tajavuzlaridan qattiq himoya qiladi. Bu yerda xorijlik investor korxonaning 49 % lik aksiyasidan ko‘p aksiyaga ega bo‘lmasligi shart qilib qo‘yilgan. Shuningdek, mamlakatdagi yirik kompaniyalar, qo‘shma korxonalar boshliqlari albatta BAA fuqarosi bo‘lmog‘i kerak. 6.§. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar guruhining shaklanishi Keyingi 30 yilda qator Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish keskin o‘sdi. 1965 yildan 2004 yilgacha bu mamlakatlarning daromad darajasida o‘sish qariyib 100 baravarni tashkil etdi. O‘rtacha yillik iqtisodiy koeffitsiyent darajasi 5-7 % ga teng bo‘ldi. Bu hol ularni Yangi sanoatlashgan mamlakatlar (YASM) guruhiga bo‘lib yubordi. Bular – Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Tailand, Argentina, Meksika, Braziliya, Hindiston kabi mamlakatlardir. Bu guruhga mansub mamlakatlar avvalo bu yerga chet el kapitalining kiritilishiga erkinlik yaratdi, xususiy tadbirkorlik va bozor munosabatlariga keng yo‘l ochdi. 133 YASM guruhiga kiruvchi mamlakatlar ichida Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari alohida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda sanoatlashish o‘sishning tenglik asosidagi iqtisodiy modeli tarzida kechdi, ya’ni: qishloq xo‘jaligida erishilgan taraqqiyotdan ketma-ketlik bilan yengil va og‘ir sanoatga o‘tildi. Bunda zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanish yetakchi o‘rinda qaraladi; mehnatdan kapitalga, kapital jamg‘arilganidan so‘ng esa ilmiy mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tildi; import siyosatidan eksport siyosatiga o‘tildi; bozor munosabatlariga o‘tish rag‘batlantirildi. Iqtisodiyotning o‘sib borishi mundarijalarga yondashuvni keltirib chiqaradi. Infratuzilmaning zamonaviylashuvi va sanoat bazalaridan qayta qurish ichki iste’mol ehtiyojlarini qondirishda, aholining o‘rta qatlamini harakatga keltiradi. Ularni mahsulot tayyorlashdagi ulushini orttiradi, bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni rag‘batlantiradi. YASM shaxsiy texnologik va ilmiy–texnik imkoniyatlarni shakllantiradi. YASMning investitsiya kirtish rejimlari o‘zlariga mos ravishda tanlangan bo‘lib, chet el kompaniyalarini ko‘proq iqtisodiy imkoniyatlar cheklangan va zaiflashgan hududlarga kirtishni lozim ko‘rishdi. Tajribadan ma’lumki, bunday hududlarda ko‘proq chet ellik ishtirokchilarning aksiyadorlik kapitallari oshishi ko‘zga tashlanadi. Ilg‘or hududlarda esa ular mavjud imkoniyatlar evaziga mahsulot ishlab chiqarib, uni 100% eksportga chiqarishni mo‘ljallaydilar. Yangi sanoatlashgan mamlakatlar (YASM) albatta birinchi yo‘lni lozim ko‘rishadi. Negaki xorij puli, sarmoyasi evaziga istiqbolsiz hududlar ham asta-sekin rivojlanish bosqichiga chiqib olishadi. Masalan, Indoneziya va Janubiy Koreya bunday hududlarda moliyaviy muammolar va kapital qo‘yilmalarning sug‘urtasini ta’minlangan bo‘lsa, Braziliya informatika, hisob-kitobni rivojlantirishga e’tibor qaratdi. Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida rag‘batlantiruvchi investitsiyalar asosan yangi korxonalarga berildi. Bunday tanlangan korxonalar uchun uning daromadidan soliq olishda imtiyoz yaratildi. Masalan, Singapur mana shunday kompaniyalar to‘laydigan soliqning 40 % ini kechib yubordi. Bu imtiyoz tufayli kompaniyalar 5-10 yilda jahon bozorida chiqarilayot mahsulotlar bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishdilar. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish Braziliya, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya, Meksika davlatlarida rivojlandi. Chunki, bu soha hukumat tomonidan quvvatlab turildi. Hatto bunday mahsulot bilan mashg‘ul kichik korxonalar ham raqobat maydonida himoya qilindi. Natijada kichik korxonalar ham eksport mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘la borishdi. Shuningdek, bu borada ularga poshlina, kvota va tayyor mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar uchun va shuningdek, chetdan import qilayotgan xomashyo, texnologiya va zamonaviy dastgohlar uchun bu to‘lovlarda keskin imkoniyatlar yaratib berdi. YASM ning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli Angliya-Saksoniya tipi singari davlat boshqaruvi ostida amalga oshmokda. Davlat asosan 134 makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni rejalashtiradi, tashqi bozorga chiqarilayotgan tovarlar, sarmoya va pullarni nazorat qiladi. Ayrim mahsulotlar narxlarini belgilaydi va stavka foizlarini davlat nazoratiga oladi. Masalan, Janubiy Koreyada 1994 yil «XXI asrga barcha sohalarga ilg‘or texnologiyalarni kiritgan holda kirib borish» rejasi tuzildi. Natijada so‘nggi o‘n yil ichida Koreya sanoatining 9 xil sohasi dunyoda eng rivojlangan texnologiyalarga ega bo‘ldi. Bu esa dunyodagi yirik mahsulot yetishtiruvchi uchta mamlakatdan biriga aylanishiga zamin yaratdi. Avtomobil sanoati rivojlanishi bo‘yicha AQSH, Germaniya va Yaponiyadan keyingi to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi. Maishiy elektronika va kimyoviy preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha esa Koreya dunyoda beshinchi mamlakat bo‘lib qoldi. Tan olib e’tirof etish kerak. Janubi-Sharkiy Osiyo YASMda geografik joylashuv, tarixiy manbalarga ega ekanligi, madaniyat va diniy kardoshlik rishtalari, iqtisodiy boy resurslarga ega ekanligi bilan ham alohida ajralib turadi. 7.§. Afrika mamlakatlari taraqqiyoti va ularda iqtisodiy islohatlarning kechishi Afrika mamlakatlarining aksariyati endi rivojlanayotgan mamlakatlarga dahldor. Ularning ko‘pchiligi dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatidan mustasno va tashqi dunyo bilan past aloqalda. Bu mamlakatlarda aholi jon boshiga daromad eng kam ko‘rsatkichga ega (100-500 AQSH dollari). Asosiy soha qishloq xo‘jaligi esa xo‘jayinlik, hukmronlik asosida shug‘ullanadi. Afrika rivojlanayotgan mamlakatlarga kiritilgan chet el investitsiyasi umumiy investitsiyaning 3 % ini tashkil etdi, xolos. Afrika davlatlariga nisbatan uzoq muddatli majburiyatlar jamg‘arma summasi 325 mlrd. dollardan oshgan. Ko‘pgina mamlakatlarda YAIMdagi tashqi qarz 70 % gacha ko‘tarilgan va eksport borasida esa qarzdorlik 2,5 marta oshgan. So‘nggi yillarda Afrika iqtisodiyotida biroz ijobiy siljishga erishildi. 1990 yilning 2-yarmida Afirika mamlakatlarining YAIM dagi o‘sish sur’ati 2-3 %ni tashkil etdi. Ayniqsa iqtisodiy o‘zgarishlar Mavrikiya, Botsvana, Lesoto va boshqa shular kabi kichik mamlakatlarda ancha sezildi. Afrikaning 27 ta mamlakatida iqtisodiy sur’at aholining o‘sish sur’atiga solishtirganda yaxshilandi. Jahon banki ekspertlari ta’kidlashicha, 2005 yilda Afrika davlatlarining YAIM o‘sishidagi sur’at o‘rtacha 3,8 % ga yetgan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling