Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov
Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST)
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) – 1960 yilda tashkil etilgan hududiy iqtisodiy tashkilot. Dastlab uning tarkibida Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya (1973 yilgacha), Norvegiya, Portugaliya (1983 yilgacha), Shvesariya, Shvesiya bo‘lgan. Keyingi iqtisodiy bosqichlardan so‘ng unga Islandiya, Finlyandiya, Lixtenshteyn qo‘shildi. 1991-1993 yillarda erkin savdo qilish bo‘yicha Turkiya, Chexoslavakiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Vengriya va Bolgariya kelishuvga imzo chekishdi. 1994 yilda esa bu mamlakatlar Yevropa iqtisodiy maydoni haqida hamkorlikni tashkil etishdi. (Shvesariya va Lixtenshteyndan tashqari). Yevropa hamkorligi (YES-YEH) – G‘arbiy Yevropadagi uchta hududiy integratsiyalashgan guruhlar: 1951 yil tashkil etilgan Yevropa po‘lat va ko‘mir ishlab chiqarish uyushmasi (YEOUS), 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi, va 1958 yilda asos solingan Yevropa atom energiyasi hamkorligi (Yevratom) dan iborat. Yevropada bu yo‘nalishlarda hamkorliklar doirasida ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi va 1986 yilda Yevropa Ittifoqini tuzish uchun yagona Yevropa dalolatnomasi qabul qilindi. Yevropa Ittifoqi (YES-YEI) – 1992 yildagi Maastrixt shartnomasidan keyin, 1993 yildan Yevropa hamkorligi bazasida tashkil etilgan integratsiyalashgan uyushma. Dastlab unga 12 mamlakat a’zo bo‘ldi, ular: Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya va Fransiya. 1994 yilgi kelishuvdan so‘ng yana uchta – Avstriya, Finlyandiya va Shvesiya qo‘shildi. Shu kecha-kunduzda Yevropa Ittifoqining doirasi 27 davlatga kengaydi. Hozirda bu hududda «Chegarasiz Yevropa» deya yagona Yevropa g‘oyasini amalga oshirish davom etmokda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va valyuta ittifoqi tuzilishida ijobiy o‘zgarishlar mavjud. BMT ning savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (YUNKTAD) – BMT bosh Assambliyasi organi bo‘lib, u 1964 yilda tashkil etilgan. YUNKTAD ning asosiy vazifasi Xalqaro savdo taraqqiyotini ta’minlash. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR-XRA) – BMTning ixtisoslashgan tashkiloti. U 1960 yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki filiali sifatida tashkil etilgan. MAR barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda bank faoliyati bo‘yicha imtiyoz va sharoitlar yaratilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR-XTTB) – hukumatlararo kredit-moliya tashkiloti bo‘lib, uning asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berish va to‘lov balanslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. MBRR Xalqaro rivojlanish asosotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi filiallariga ega. Uning bu filiallari jahon bankida yuqori nufuzli moliya muassasalari sanaladi. Xalqaro valyuta fondi (MVF-XVF) – BMT tarkibidagi moliya tashkiloti. U 1944 yilda (Bretton – Vuds, AQSH) tashkil etildi. 1947 yildan esa o‘z faoliyatini boshladi. Fondning asosiy vazifalari – valyuta kurslarini tartibga solish, ularga rioya qilinishini nazorat etish me’yorlarini belgilash, to‘lov balanslarini bekarorligi 204 munosabati bilan valyuta qiyinchiliklari yuzaga kelganida o‘z a’zolariga valyuta resurslaridan yordam berish. MVF ga 180 dan ortiq davlatlar a’zo, shular qatorida Rossiya (1992) va MDH davlatlari. Birlashgan millatlar tashkiloti (OON-BMT) – 192 ta mamlakatlar a’zo bo‘lgan yirik xalqaro tashkilot. BMT 1945 yilda tashkil etilgan. Uning faoliyat maqsadi unga a’zo mamlakatlar tinchligi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolini yaxshilash. Ularning xalqaro iqtisodiy hamkorlik sari undash, xalqaro iqtisodiy munosabatlar taraqqiyotini ta’minlashdan iborat. Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – Xalqaro hukumatlar o‘rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo‘yicha 1960 yilda tashkil etilgan. OPEKka 13 ta mamlakat a’zo: Jazoir, Venesuela, Gabon, Indoneziya, Iroq, Eron, Qator, Quvayt, Liviya, Nigeriya, BAA, Saudiya Arabistoni va Ekvador. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR-IHTT)–dunyoning iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish munosabatlariga kirishuvchi tashkiloti. U 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirib turadi. Unga a’zo mamlakatlar 1997 yilda 29 tani tashkil etgan. (Tashkilotning so‘nggi a’zosi Koreya Respublikasi, 1996 yil, noyabr). OESR hozirgi bosqichda YEI ning integratsiyalashgan qo‘shilmasi turiga kirmaydi, ammo bu tashkilot unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tashqi iqtisodiy muammolari va ichki ijtimoiy taraqqiyoti massasalariga aralashadi. «Parij klubi»-kreditorlar mamlakatlarning hukumatlararo muassasasi, MVF a’zosi. 1961 yilda tashkil etilgan bu «klub» to‘lov muddatini bir tomonlama o‘zaytirishning oldini olish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari shartlarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi. «Rim klubi» - Xalqaro jamoatchilik tashkiloti. 1968 yilda inson muhofazasi maqsadida tuzilgan. «Klub» jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuksalishning global muammolarini hal etish, jamoat tashkilotlarini rivojlantirish, atrof-muhitda ishlab chiqarish ko‘payganidan inson uchun zararli havoni paydo bo‘lishiga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanadi. BMT ning iqtisodiy komissiyasi – beshta hududdagi iqtisodiy munosabatlarni nazorat qilib boradigan komissiya, ya’ni BMT rahbarligidagi iqtisodiy va ijtimoiy Sovet (EKOSOS); Yevropa iqtisodiy komissiyasi (1947 yilda tashkil etilgan) YEIK. Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (ESKATO, 1947). Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya (EKLA, 1948 yil va 1951 yil). Afrika uchun iqtisodiy komissiya (EKA, 1958 y), Shimoliy Osiyo uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiya (EKZA, 1974). BMT ning iqtisodiy va ijtimoiy Soveti (EKOSOS) – BMT bosh Assambleyasining asosiy organlaridan biri. BMT dasturidagi ijtimoiy va iqtisodiy sohalarning bajarilishini nazorat qiluvchi oliy maslahat idorasi. 205 Bu kengash BMTga a’zo mamlakatlar hududdidagi tashkilotlarga rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish huquqiga ega. EKOSOS dirasida xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy masalalar, BMT ga a’zo davlatlar ichidagi mavjud yuzaga kelgan muammolar hal etiladi. XALQARO TASHKILOTLARNING QISQARTIRILGAN NOMLARI RO‘YXATI ASEAN – Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar assotsiatsiyasi. ATES – Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi. VOZ - Butunjahon sog‘liqni saklash tashkiloti. VTO - Butunjahon savdo tashkiloti GATT - Tariflar va savdo haqidagi bosh bitim EEK - Yevropa iqtisodiy komissiyasi ES - Yevropa Ittifoqi EES - Yevropa iqtisodiy hamkorligi MAR - Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi MBRR - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki. MVF - Xalqaro valyuta fondi MOT - Xalqaro mehnat tashkiloti NAFTA - Shimoliy Amerika mamlakatlarining savdo to‘g‘risidagi kelishuvi 206 OON - Birlashgan millatlar tashkiloti. OPEK - Neftni eksport qiladigan mamlakatlar tashqiloti OESR - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti PROON - Milliy hamkorlik tashkiloti taraqqiyot dasturi SNG - Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi FAO - Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha milliy hamkorlik EKA - Afrika uchun iqtisodiy komissiya EKLA - Lotin Amerikasi uchun iqtisodiy komissiya EKOSOS - BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi ESKATO - Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya YUNEP - BMT ning atrof-muhit dasturi YUNESKO - BMT ning ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti YUNIDO - BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti YUNKTAD - BMT ning savdo va taraqqiyot masalalari bo‘yicha konferensiyasi. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. - O'zbekistan na poroge XXI veka: ugrozi, bezopasnosti, usloviya stabilnosti i garantii progressa. Tashkent., 1997. 2. Karimov I.A. - Po puti sozidaniya. Tashkent., 1997. 3. Karimov I.A. - O'zbekistan k velikomu budushemu. T. 1998. 4. Avdokushin Ye.F. - Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M., 2002. 5. Andrianov V.D. - Rossiya v mirovoy ekonomike. M., 1998. 6. Vavilova V.A., Sameko G.V. – Ekonomika sovremennoy Rossii. M., 1998. 7. Gulyamov S., Ubaydullayeva R., Axmedov E. – Nezavisimiy O'zbekistan. T., 2000. 8. Yershov M.V. – Valyutno – finansovie mexanizmi v sovremennom mire. M., 2000. 9. Jurayev S., Jurayev T., va boshqalar. O‘zbekiston va xalqaro tashkilotlar. T.: 2005. 10. Kireev A.M. – Mejdunarodnaya ekonomika. Chast- I-II. M., 2003. 207 11. Lomakin V.K. – Mirovaya ekonomika. M., 2004. 12. Livensev N.N. Mejduanrodnie ekonomicheskiye otnosheniya. M: 2005 13. Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Ma’ruzalar kursi. Samarqand, 2006. 14. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. V.Ye. Ribalkina M., 1997. 15. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. Ye.F. Jukova. M., 2000. 16. Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M., 2003. 17. Mirovaya ekonomika. Pod red. V.P. Kolosova. M., 2001. 18. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.S. Bulatova. M., 2003. 19. Mirovaya ekonomika. Pod red. A.K. Shurkalina. M., 2000. 20. Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005. 21. Sergeev P.V. Mirovaya ekonomika. M., 1999. 22. Sirajiddinov N. Problemi povisheniya effektivnosti vneshney torgovli O'zbekistana. T.:2004 23. Sotsialno-ekonomichesaya geografiya zarubejnogo mira. Pod red. V.V. Volskogo. M., 2003. 24. Teor T.R. – Mirovaya ekonomika. S – Pb., 2001. 25. O'zbekistan v mirovoy ekonomike. T., 2001. 26. Shodiyev R.X., Maxmudov E.R. Jahon iqtisodiyoti. T., 2005. 27. Ekonomicheskiy vestnik O'zbekistana. 2000-2005 g.g. MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………….. 3 1-Bob Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: mohiyati, tarkibi va taraqqiyotning asosiy qirralari……………... 4 1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti va vazifalari………………………..………... 4 2. Jahon xo‘jaligi mohiyati va tarkibi……………………..……….. 5 3. Jahon xo‘jaligining globallashuvi bosqichlari…………………... 8 4. Jahon xo‘jaligi qarama-qarshiliklari va rivojlanish tendensiyalari…………………………………..……. 10 II Bob. Xalqaro mehnat taqsimoti…………………………………...… 13 1. Xalqaro mehnat taqsimoti tushunchasi………………………….. 13 2. Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari…………............... 13 III Bob. Xalqaro savdo aloqalari va savdo 17 208 siyosati……………………… 1. Halkaro savdo aloqalari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida…………………………………………… 17 2. Xalqaro savdo nazariyasi……………………………………….. 18 3. Xalqaro savdoning o‘sishi, tuzilishi va geografiyasi…………… 19 4. Xalqaro savdo siyosati…………………………………………. 23 IV Bob. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari……………................... 27 1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda tashqi savdoning roli…………………………………………………… 27 2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish……………………………………………. 27 3. Tashqi savdo aloqalari tuzilishi va dinamikasi………………….. 29 4. O‘zbekiston Respublikasning tashqi savdo geografiyasi………... 31 V Bob. Xalqaro kapital migratsiyasi………………………………........... 36 1 Kapital chiqarish (eksport) xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yetakchi shakli……………………………….. 36 2 Kapital chiqarishning sabablari va asosiy shakllari……………... 36 3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kapital qo‘yilmalar………………….. 38 4 Xorijiy investitsiyalar tuzilishi………………………………….. 40 VI Bob O‘zbekiston Respublikasining investitsion siyosati va uning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli……………. 43 1 O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar……………………… 43 2 Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida xorijiy investitsiyalarning roli…………………………………………… 45 3 O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhit va shart- sharoitlar………………………………………………….. 46 4 Xorijiy investitsiyalar bilan korxonalarning o‘sish dinamikasi………………………………………………… 48 VII Bob Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozori……………............. 51 1. Xalqaro xizmat ko‘rsatish va servis bozori tavsifi va tushunchasi…………………………………………………… 51 2. Xalqaro xizmat ko‘satish va servis bozorini tartibga solish…………………………………………… …........ 55 3. Xalqaro turizm bozori…………………………………………… 56 4. Transport xizmati ko‘rsatish xalqaro bozori……………………. 60 5. Texnologiyalar bilan xalqaro savdo qilish………………………. 62 6 Jahon konsalting xizmatlari bozori……………………………… 64 7. Jahon axborot xizmatlari bozori…………………………………. 66 209 VIII Bob. Sanoati rivojlangan mamlakatlar va ularning jahon xo‘jaligidagi o‘rni…………………………………………... 69 1. Rivojlangan mamlakatlarda takror ishlab chiqarish xususiyatlari…………………..……………………….. 69 2. Jahon xo‘jaligida tarkibiy siljish va ilmiy texnikaviy progresslar…………………………………………… 71 3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi……………….. 73 IX Bob. AQSH va Kanada iqtisodiyoti……………………………………. 76 1. AQShning ishlab chiqarish potensiali va tabiiy resurslari………………………………………………….. 76 2 AQSH iqtisodiyotining tuzilish xususiyatlari…………………… 78 3. AQShning tashqi iqtisodiy aloqalari……………………………. 83 4. Kanada iqtisodiyotiga umumiy ta’rif……………………………. 84 X Bob. Yaponiya iqtisodiyoti…………………………………………...... 89 1 Jahon xo‘jaligida Yaponiyaning o‘rni va roli…………………… 89 2 Yaponiya iqtisodiyotining rivojlanish xususiyatlari……………. 90 3. Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari………………………… 95 XI Bob. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti……………………… 97 1. Jahon xo‘jaligida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining tutgan o‘rni…………………...………………………………….. 97 2. Germaniya iqtisodiyoti………………………………………….. 98 3. Buyuk Britaniya iqtisodiyoti…………………………………….. 102 4. Fransiya iqtisodiyoti…………………………………………….. 109 5. Italiya iqtisodiyoti……………………………………………….. 115 XII Bob Rivojlanayotgan mamlakatlar jahon xo‘jalik tizimida…………… 122 1. Jahon xo‘jaligida rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘rni va roli………………………………………………………. 122 2. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari……………………………………………………... 123 3. Chet el kapitali va uning milliy davlat taraqqiyotiga ta’siri……………………………………………… 125 4. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashtirish modeli va taraqqiyotdagi yo‘li…………………………………... 128 5 Neft eksporti bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari…………... 130 6 Yangi sanoatlashgan mamlakatlar guruhining shaklanishi……… 132 7 Afrika mamlakatlari taraqqiyoti va ularda iqtisodiy islohatlarning kechishi………………………………… 134 XIII Bob Xitoy iqtisodiyoti…………………………………………………. 135 210 1. Xitoy iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari…………………. 135 2. Xitoyda iqtisodiy islohatlarning kechishi……………………….. 136 3. Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari…………………………….. 140 XIV Bob Rossiya federatsiyasi iqtisodiyoti…………………………………. 143 1. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning o‘rni va roli……………………... 143 2. Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘ziga xosligi………………………………... 143 3. Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari…................. 145 4. Rossiya tashqi savdo aloqalari…………………………………... 147 XV Bob Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari……………………………. 150 1. Xalqaro valyuta tizimining tuzilishi va mazmun mohiyati…………………………………………………………. 150 2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari……………... 150 3. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari…………………….. 157 XVI Bob Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar………………………………….. 161 1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari………. 161 2. Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari………….. 162 3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar taraqqiyotining asosiy osqichlari…………………………………………………. 165 4. Jahondagi asosiy hududiy integratsiyalashgan uyushmalar…….. 167 XVII Bob Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi……………………………... 170 1. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasining sabablari…………….. 170 2. Xalqaro migratsiya oqimi va uning asosiy xususiyatlari……….. 171 3. Ishchi kuchlarini o‘ziga jalb etuvchi zamonaviy markazlar…….. 173 4. Xalqaro ishchi kuchlarini boshqarish jarayonlari……………….. 174 XVIII Bob Jahon xo‘jaligida xalqaro korporatsiyalar (monopoliyalar)………………………………………………… … 176 1. Transmilliy korporatsiya (TMK) larning mohiyati, turlari va vujudga kelish sabablari………………………............. 176 2. TMKlarning o‘ziga xos xususiyatlari. 178 3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda TMK ning roli va o‘rni………………………………………………………. 179 4. Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar)………………………………. 181 XIX Bob O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va roli……………………………………… 186 1. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari…………………. 186 2. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi roli………….............. 189 211 Asosiy tushunchalar………………………………………………. 192 Glossariy (xalqaro tashkilotlar)…………………………………… 202 Xalqaro tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari ro‘yxati………………………………………………………… …. 205 Adabiyotlar………………………………………………………. .. 206 Mundarja………………………………………………………… ... 207 Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling