Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Katta Xitoy» ni yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi. AQSH
- XIV Bob. ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIYOTI 1.§. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli
- Birinchidan
- Yangi soliqlar tizimiga o‘tish
davlatda ikki tizim» formulasi mujassam. Tan olish kerakki, Gongkong so‘nggi 50 yil ichida kuchli rivojlandi. Bugun bu yerdagi mavjud imkoniyatlar XXR iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi hajmi mamlakatning qariyib 3 dan 2 qismiga teng. Investitsion kontraktlar esa 80 142 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanma (oborot)da esa uning ulushi 40 % ni tashkil etadi. Tayvan hududi esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p yillar XXR oppozitsiyasi hisoblandi. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar yaxshilandi. Tayvan bugungi Xitoy iqtisodiyotida investitsiya hajmi jihatidan Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Resurslarning qo‘shilishi, Tayvan kapitali va texnologiyalari, Syangan va Makao (Aomin)ning tashqi savdo aloqalari birlashishi «Katta Xitoy» ni yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi. AQSH Xitoy bilan 1979 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. 1980 yillar boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun mashinasozlik va elektronika mahsulotlari import qilindi. O‘z navbatida AQSH ga birinchi darajali xomashyo mahsulotlari yetkazildi. O‘sha paytda Xitoy va AQSH savdo saldo balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Boshqa sohalar bo‘yicha ham keng ko‘lamdagi ayirboshlash siyosati amalga oshirildi. Ammo, 1992 yillarda Xitoy rivojlanish yo‘liga chikib olgach, har qanday ishlab chiqarish sohasida Amerika bilan raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj oldi. Bunga Xitoyning AQSH dan import qilinadigan tovarlar yo‘lidagi bevosita taqiqlashlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat andozalariga rioya qilishga ortiqcha talablardan iborat g‘ovlarni olib tashlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Chunki XXP ma’murlari AQSH bilan savdoda katta ustunlikka erishgan edi va o‘zaro savdodagi ahvol xitoyliklar foydasiga hal bo‘lardi. Oxir-oqibat AQSH xalqaro savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi. Yaponiya Xitoy bilan o‘zining tashqi iqtisodiy aloqalarini 1972 yildayoq me’yorlashtirgan edi. 1979 yilda esa ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik shartnomasi imzolandi. Yapon firmalari Xitoy bozoriga faol kirib bordi. XXRning tashqi savdo oborotida Yaponiya ulushi 20 % ni tashkil etadi. Yaponiya Xitoyga texnologik uskunalarni eksport qilsa, u yerdan katta hajmda xomashyo va yarimfabrikat mahsulotlarni import qiladi. Xitoyda Yaponiyaning imtiyozli kreditlari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda barcha sohalarda bu ikki mamlakat o‘rtasida istiqbolli munosabatlar yo‘nalishida shakllangan. XXR ning Janubiy Koreya bilan aloqallari ham yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasida birinchi qo‘shma korxona 1985 yilda tashkil topdi. Janubiy Koreyadan 50 dan ortiq to‘qimachilik, elektrotexnika va terini qayta ishlovchi korxonalar texnologiyalari keltirildi. 1992 yil avgustda bu mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va bu iqtisodiy sohalar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd. dollarga yetdi. Nazorat savollari 143 1. Xitoyning zamonaviy shart-sharoitga ega iqtisodiy imkoniyatlari qanday baholandi? 2. Xitoy iqtisodiyotida 1970-80 yillarda qanday siljish tizimi amalga oshirildi? 3. Xitoy qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘ziga xos qanday jihatlar mujasssam, deb o‘ylaysiz? 4. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarish modeli nechog‘li e’tiborga, afzallikka ega deb o‘ylaysiz? 5. Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojidagi asosiy xususiyatlarni sanab o‘ting? 6. Xitoy iqtisodiyoti rivojida xalqaro munosabatlarning o‘rni haqida gapirib bering. XIV Bob. ROSSIYA FEDERATSIYASI IQTISODIYOTI 1.§. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta hududga ega bo‘lib, u egalab turgan terrritoriyasi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Rossiya Sharqiy Yevropaning katta qismini va Osiyo qit’asining ma’lum maydonini tasarruf etgan. Rossiya hududi jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab turgan maydondan ham bir necha bor ziyod va 14 ta chet el davlatlari bilan chegaradoshdir. Mamlakat aholisi – 146 mln. kishidan iborat bo‘lib, u aholi soni jihatidan dunyoda Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin 6-o‘rinda turadi. Aholi tarkibi xilma-xil bo‘lib, unda 100 dan ortiq turli millat vakillari istiqomat qiladi. Shuning 83 foizi ruslardan iborat. 75 foiz aholi esa shaharlarda yashaydi. Rossiya Federatsiyasi mustakil davlat sifatida 1991 yil 12 iyulda e’lon qilindi. U BMT va MDH a’zosi. Davlat tuzumi – federativ respublika. Rossiya Federatsiya 20 ta avtonom respublika va 10 ta avtonom okrugi ma’muriy hududdan iborat. Rossiya jahon iqtisodiyotida jiddiy o‘rin tutadi. Dunyo xo‘jaligidagi YAIMda Rossiyaning ulushini solishtirganda, u AQSH ulushidan 10 martaga, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum bo‘ladi. Jahon iqtisodiyotida Rossiya investitsiyasining solishtirma salmog‘i bor- yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida ham u jiddiy ulushga ega, 1,4 %. Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan esa 2 baravar kam ekanini ko‘rsatadi. Ammo Rossiya qurol-aslaha zihirasiga egaligi jihatdan dunyoda birinchi o‘rinda turadi (55%), harbiy harajatlari esa AQShnikidan 16 baravarga, Xitoy qiladigan harajatdan esa 4 baravarga past. Rossiyaning tashqi dunyodagi qarzi deyarli yo‘q hisobida. 144 Dunyo YAIMida rivojlangan g‘arb mamlakatlarining ulushi tobora pasayayotgani jahonda Rossiya singari rivojlanayotgan mamlakatlarning kuchayotgani bilan harakterlanmoqda. Ekspertlar ta’kidlashicha, ularning ulushi 2015 yilga borib 7,8 foizga qisqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 3,5 % ga ortadi. YAIMda umumiy ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Rossiya bu davr ichida 15-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilishi taxmin etilmoqda. RF aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida kuchli oltilikka kirishi kutilayotir. 2.§. Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarining o‘ziga xosligi Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha asosiy rol o‘ynaydi. Mamlakatning bugunda mavjud bo‘lgan qimmatbaho yerosti va yer usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya dunyodagi jami yerosti qazilmalarini qazib olish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14 % temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 % - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o‘rmonlar aholi jon boshiga 5 gektardan ortiqroq to‘g‘ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 gektarni tashkil etadi). Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30- 60 %i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 %ini ma’danli – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin qilingan 28 trln. dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi. Rossiya toshko‘mir va ko‘mirni qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Ammo, so‘nggi yillarda mamlakatda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar tufayli ko‘mir qazib olish shaxtalari va kar’erlaridagi ish unumli pasaydi. Mamlakat 1980 – yillarda temir rudasi qazib olish va po‘lat eritish bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egalladi. Biroq bu foydali qazilmalarni qazib olishda 1990 yillar o‘rtasida Rossiyada ikki hissaga kamaydi. Ayniqsa, po‘lat eritish borasida mamlakat hatto Qozog‘iston va Ukraina ko‘rsatkichidan ham pasaydi. Hozirgi paytda Rossiyada qimmatli, ammo kam uchraydigan metallar qazib chiqarish deyarli to‘xtagan. Biroq, bu xomashyolar mavjud. Oltin, kumush, platina, olmos, qimmatbaho toshlar har qanday davlat uchun valyuta xomashyo sanaladi. Rossiya bu mineral qazilmalarga boy. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida oltin qazib olish bo‘yicha (yillik-300-400 tonna) mamlakat dunyodagi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) dan keyingi 2-o‘rinda edi. Hozir esa Rossiyada yiliga 100 tonna atrofida oltin qazib olinadi. U bu borada dunyoda Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), AQSH, Avstraliya, Kanada va Xitoydan keyingi 6-o‘rinni egallaydi. Issiqlik va energetika majmuasi mavjudligi jihatidan ham Rossiya oldingi o‘rinlardan joy olgan. U aholi jon boshiga elektr energiya va boshqa elektr 145 mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha G‘arbiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlari va Shimoliy Amerika davlatlaridan 1,5-2 marta ko‘p ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatda mavjud bo‘lgan asosiy ma’danli qazilmalarni qazib olish va uni iste’mol uchun ta’minlash borasida Rossiya xorij mamlakatlaridan ancha orqada qolgan. Masalan, Rossiyada shunday qazilma boyliklarni izlash – geoglogik ishlari hali talab darajasida emas. Rossiyada sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik sohalaridagi mavjud texnologiyalarning eskirgani (50% gacha) va transport xizmati borasidagi eskirish (46% gacha) ancha achinarli holatni keltirib chiqargan. Bu yerda texnologiyalardan foydalanish muddati o‘rtacha 17 yil (AQShda 6-8 yil) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilgan mahsulotning raqobatbardosh bo‘lishida salbiy ta’sir ko‘rsatmokda. Chet el mahsulotlari bilan solishtirganda ularning sifatliligi 30% gacha kam tarzda qabul qilinmoqda. Qishloq xo‘jaligida investitsiya kiritilishi yildan-yilga qisqarib bordi, ammo uning oldini olishning iloji topilmayapti. Masalan, 1992 yildan buyon sohaga mablag‘ va kapital kiritish hajmi yiliga 16% dan 60% gacha kamayib bordi. Oqibatda Rossiya iste’mol uchun oziq-ovqat mahsulotlarining 60% ini import qilishga majbur bo‘ldi. Umuman olganda, Rossiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 1990 yilda 35 % ga kamaydi. Jumladan, g‘alla-46% ga, qand lavlagi-40% ga, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 40% ga, sut mahsulotlari-30% ga qisqardi. Mamlakatda qoramollar soni esa 31 % ga, cho‘chqachilik-40%ga, qo‘y va echkichilik – 39% ga kamayib ketdi. Buning barchasi Rossiya iqtisodiyotini xavfli holatga keltirdi. Shu bilan birga, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilishi ham mamlakatga katta talofat yetkazdirdi. Qishlok xo‘jaligi mahsulotlarining nobudgarchilik darajasi rivojlangan mamlakatlarnikiga nisbatan 10-20 martaga ortig‘icha kuzatildi. Sanoati rivojlangan ko‘pgina mamlakatlar qishloq xo‘jaligini albatta moliyaviy mablag‘ bilan ta’min etadilar. Rossiyada esa bu sohani moliyalashtirish darajasi 9% ni tashkil etadi, xolos. Vaholanki bu holat Shvesariyada -52, Yaponiyada -74, Avstriyada esa -44 % ko‘rsatkichga ega. Qishloq xo‘jaligida yaratilgan dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yuritishning bir turidan ikkinchi turiga o‘tib turish sohada o‘zgarishini ta’minlaydi. Rossiyada esa yer munosabatlariga ko‘p yillardan buyon e’tibor berilmayotir. Bugun esa mamlakat oldida qishloq xo‘jaligida yuzaga kelgan ko‘pchilik tanazzulni yengib o‘tish, yerga egasizlik siyosatiga barham berish, sohadagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamli islohatni amalga oshirish vazifasi turibdi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallovchi masalalardan biri – bu ishchi kuchidir. Rossiya esa dunyoda keksa fuqarolari soni ko‘payayotgan birinchi davlatdir. Ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyadagi 146 mln. aholining 40 mln. i nafaqaxo‘rlar hisoblanadi. Mamlakat YAIM aholi jon boshiga yillik daromad 1,5 ming AQSH dollari, o‘rtacha yosh esa bu yerda 66 yoshni tashkil etadi. Savodxonlik darajasi 99% ni tashkil etib, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar 146 yoshlarning 77 % ni tashkil qiladi. Rossiyada ta’limni rivojlantirish uchun YAIMdan 3,5 % mablag‘ ajratiladi. Hozirda davlat hukumati asosiy e’tiborini ijtimoiy (uy-joy, ta’lim, nafaqa, ish haqi, meditsina, demografiya kabi) siyosatga qaratgan. Onalik va bolalikni asrash hatto iqtisodiy muammolarga ham daxl qilmokda. Aynan shu borada davlat alohida dastur ishlab chiqqan. Negaki mamlakatda o‘lish ko‘p, tug‘ilish kam. Agar bugunda buning oldi olinmas ekan 2050 yilga borib, mamlakat aholisi umumiy soni 100 mln. nafarga tushib qolish ehtimoli bor. Bu -17 mln. kvadrat kilometr hududdagi juda katta aholi soni yo‘qoldi degandir. Ekspertlar ma’lumot berishicha, Rossiya hududida 300 mln. dan ortiq aholi yashashi va yaxshi turmush kechirishi mumkin ekan. 3.§. Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari Ma’lumki, Rossiya bozor iqtisodiyotiga 1990 yillar boshidan o‘ta boshlagandi. Mamlakatda pala-partish holatda bozor munosabatlariga o‘tilishi mayda korxonalarni, zamonaviylashmagan ishlab chiqarish tizimini, tashqi iqtisodiy aloqalarda tartibsizlik va korxonalarni xususiylashtirishda qiymat va baholash borasidagi mutanosibliklarni keltirib chiqardi. Bu esa mamlakatni ancha obro‘sizlantirdi. Endi Rossiya hukumati oldida bu muammoni hal etish uchun ikkita yo‘l mavjud edi. Birinchidan, iqtisodiy ahvolni to‘la o‘zgartirish uchun aksariyat korxonalarni ishlab chiqarilgan qat’iy tartiblar ostida xususiylashtirish. Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish. Davlat byudjeti amalda iqtisodiy siyosatga qaratilgan bo‘ladi. Aksariyat mamlakatlarda davlat byudjeti shitob bilan o‘smoqda. Dunyo tajribasidan ma’lumki, agarda mamlakatda iqtisodiy tahchillik sezilsa, davlat ushbu byudjet hisobidan aholi turmush tarzini ma’lum muddatlargacha barqaror ushlab turadi. Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib qoldi va hozirgi kunda u ijobiy holga kelmoqda. Yangi soliqlar tizimiga o‘tish, korxonalar foydasi va fuqarolardan undiriladigan soliqlar darajasini oshirish byudjetni muntazam ta’minlaydi. Shu jihatdan Rossiyada soliqlar tizimi uch xil – federal, oblastlar va mahalliy. Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera boshladi. Pul-kredit siyosati-davlatni moliyaviy tartibga solishning g‘oyat muhim usullaridan biridir. U pirovordida jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: mavjud pul zahirasi, MB ning stavkalaridagi foiz darajasi, tijorat banklari moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish. Davlat qurilishi tofoautlari nuqtai nazaridan hozirda rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy munosabatlarni boshqarish vazirlik va idoralarga yuklatilgan. Chet el tajribasining ko‘rsatilishicha, bu borada boshqaruv 12-15 ta vazirlikdan oshmasligi kerak. Rossiyada esa buning aksi, bu yurtda davlat 147 boshqaruvi -24 ta federal vazirlik, 18 ta davlat ko‘mitasi, 17 ta federal xizmat, 5 ta federal agentlik, 3 ta federal komissiya va 1 ta boshqarma faoliyat yuritib keladi. So‘nggi yillarda boshqaruv tizimida ham juda katta qisqarish ro‘y berdi va u ijobiy tomoniga o‘zgardi. Rossiyada davlat boshqaruvida ma’muriy islohatlarni amalga oshirish uchun bugun zamin yetarli. Buning uchun birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyotda davlat aralashuvini kamaytirish lozim. Bunga erishish uchun esa zarur qonunchilik bazalari ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish, barqaror raqobat muhitini shakllantirish, xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l berish va sanoatlashtirish faoliyatida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasini hal etish talab etiladi. Sir emaski, sanoat mahsulotlari rivojlanishi iqtisodiyotning yuksalish omili sanaladi. Rossiyada bu borada ichki talab haligacha past ko‘rsatkichda qolmokda. Davlat iste’moli uchun real daromadlar va investitsiyadagi asosiy kapitallar o‘sishi ham sezilarli darajaga ko‘tarilmagan. Har qanday iqtisodiyotning rivojlanishida iste’mol darajasi muhim rol o‘ynaydi. Rossiyada esa aholi har qanday mahsulotga nisbatan kuchli ehtiyoj sezmaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni harakatga keltiruvchi kuch-bu asosan investitsiya sanaladi. Investitsiyani mamlakatga kiritish tizimini muqarar yaratgan, ya’ni o‘rta va uzoq muddatga sarmoya kiritilishiga erishgan davlatlar yuksalganini jahon tajribasi ko‘rsatib turibdi. Biroq, Rossiyada xorijliklar uchun sarmoyani joylashtirishga ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sharoitlar talab darajasida yaratilgan. Ayniksa bu holat 1998 yilgacha juda xunuk manzara kasb etardi. Ammo, 2000 yilga kelib mamlakatga investitsiya kiritish dinamikasi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi, natijada sanoat ishlab chiqarish salmog‘i 108,1 % ga o‘sdi. Keyingi paytlarda yana sarmoya jalb etish borasida qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Davlat hukumati hozirda bu to‘siqlarni bartaraf etish yo‘larini qidirmoqda. 4.§. Rossiyaning tashqi savdo aloqalari Rossiya iqtisodiyotida tashqi iqtisodiy aloqalari muhim rol o‘ynaydi. Mamlakat YAIMida eksport masshtabi 38 % ni, import esa 16 % ni tashkil etadi. Eksport qilinadigan mahsulotlar ichida mineral o‘g‘itlar yetakchi sanaladi, ya’ni 75 %, qazib olingan neftning esa yarmi, neft mahsulotlari, gaz, sanoatbop yog‘ochlar va sellyuloza eksporti esa 30 % ni tashkil etadi. Import ulushida esa go‘shtga bo‘lgan talab 20 % ga oshgan bo‘lsa, o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari, shakar va sabzavotlarga talab 10% ga ko‘paygan. Tashqi savdo vositalaridan keladigan tushum (tariflar, NDS, aksiz) taxminan 30% atrofida. Tovar ayirboshlash borasida Rossiya dunyoda jiddiy o‘rinni egallaydi. Bu jihatdan AQShga dunyo tovarlari eksporti hajmi 12,2 % ga, Germaniyaga-9,7, Yaponiyaga-7,3, Fransiyaga -5,5, Buyuk Britaniyaga -4,8% ga va Rossiyaga esa atigi 1,2 % ga teng (19-o‘rin). Dunyo tovarlari importi hajmi esa AQShga -18%, 148 Germaniyaga – 7,8 %, Fransiyaga-5,3 %, Buyuk Britaniyaga -5,2 %, Yaponiyaga- 4,7 %, Rossiyaga esa 0,5 % kiritiladi (27-o‘rin). Rossiya uchun saldo savdo balanslari ijobiy ekani alohida harakterga ega. Bu tovar xom-ashyo bozoridagi yaxshi aloqallar samarasidir. Masalan, mamlakat uzoq davlatlarga neft, tabiiy gaz, mineral o‘g‘it, yog‘och materiallari, simob, alyuminiy xomashyolari yetkazib beradi. Ammo, bunday tovarlar eksporti tizimi nomuvofiqlik holatida qolmoqda. Rossiya eksporti hajmida issiqlik-energetika resurslari, metallar va ulardan tayyorlangan mollar 65%ni tashkil etadi. Mashinasozlik mahsulotlari ulushi esa 11% dan oshmayotir. Bular garchi pul tushumi borasida mamlakat byudjetini to‘ldirish imkoniyatini yaratayotgan bo‘lsada, u milliy boyliklarni qayta ishlanmay, arzon narxlarda ketishi jihatidan xavf tug‘dirmoqda. Bular dunyo mamlakatlari bilan sog‘lom raqobatni yuzaga keltirmaydi, faqat xomashyoga ixtisoslashgan Markaziy va Sharqiy bozorlarida Rossiya Ukraina va Belorussiya bilangina raqobatga kelishlari mumkin. Rossiya savdo munosabatlari yo‘lida rivojlangan mamlakatlar bilan bir necha yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Bularning asosiylari Yevropa mintaqasidir. Rossiya bilan rivojlangan Yevropa mamlakatlari o‘rtasida to‘rt xildagi yo‘l bilan savdo aloqalari o‘rnatilgan. Bular: Yevropa ittifoqi, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, Boltiqbo‘yi mamlakatlari hamda Bolqan mintaqasidagi davlatlardir. Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan aloqalar Rossiya uchun tashqi savdo va tashqi iqtisodiy aloqallarda istiqbolli yo‘l sanaladi. YEI Rossiyani yirik savdo sherigi deb biladi (bu yerda jami tovar aylanmasining 3 dan 1 qismi Rossiya eksporti ulushiga to‘g‘ri keladi). YEI mamlakatlari firmalari Rossiya iqtisodiyotining yirik investorlari hisoblanishadi. Rossiyaning tashqi savdo aylanmasi Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyati (ATES) dagi ulushi 17% ni, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi ulushi esa 13 % ni tashkil etadi. Mamlakatning eng nufuzli savdo sheriklari Germaniya, Italiya, Xitoy, Niderlandiya, Shvesariya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, AQSH va Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga tengdir. Germaniya Rossiyaning asosiy savdo sherigi sanaladi. Hududi yaqinligi va ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha o‘zaro yaqin aloqalar qiladi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari geosiyosiy muhit va hududiy yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o‘rin tutadi. Sharkiy Yevropa davlatlari 1990 yillar boshida Rossiya bilan savdo aloqalarini ancha qisqartirgan edi, ammo 1995 yildan boshlab bu mamlakatlar o‘rtasida savdo munosabatlari keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport qilgan bo‘lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya mahsulotlari harid qiladi. 149 Polsha ham Rossiya uchun yirik savdo sherigi sanaladi. Rossiya eksporti tizimida Polshaga asosan xomashyolar sotilayotgan bo‘lsa, Polshadan esa oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (salkam 40%), dori-darmonlar, kosmetika va xalq iste’moli mollari, mashina va texnologiya, qurilish materiallari import qilinmoqda. Baltikbuyi mamlakatlari va Bolqon mintaqasi bilan Rossiyaning savdo munosabatlari yangi iqtisodiy xususiyat kasb etadi. Shuningdek, Rossiya tashqi savdosi uchun AQSH va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari Yevropa davlatlaridan tashqari asosiy savdo sheriklariga aylanmoqda. Rossiyaning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi. Mustakil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning integratsiyalashuv jarayonlari taraqqiyoti nafakat Rossiyaning, balki barcha unga a’zo mamlakatlarning ichki siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Ma’lumki, MDH tarkibiga 12 ta mamlakat kiradi. Ularning o‘zaro munosabatlari tenglik asosida shakllantirilgan va davlat ham, g‘ayridavlat tuzilma ham bo‘lmagan hamdo‘stlik a’zolari o‘rtasida bitimlar bilan belgilangan tartibda ish olib boradigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali teng huquqlik prinsipi asosida amalga oshiriladi. Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida ikkitomonlama iqtisodiy munosabatlar, davlatlar o‘rtasida alohida tashkilotlar (ittifoqlar, sherikchilik, alyanslar) tuzilgan. Masalan, Belorussiya va Rossiya itifoqi, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston, Xitoy o‘rtasida YevroOsiyo iqtisodiy tashkiloti. Bugungi kunda Rossiyaning jami tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlari ulushi salkam 1/4 qismi tashkil etadi. Rossiya savdo faoliyati uchun eng yaqin sherikchilik qilayotgan mamlakatlar Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hisoblanadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling