Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana11.12.2020
Hajmi1.5 Mb.
#164714
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


davlatda  ikki  tizim»  formulasi  mujassam.  Tan  olish kerakki,  Gongkong  so‘nggi 
50  yil  ichida  kuchli  rivojlandi.  Bugun  bu  yerdagi  mavjud  imkoniyatlar  XXR 
iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi 
hajmi  mamlakatning qariyib 3 dan 2 qismiga teng. Investitsion kontraktlar esa 80 

 
142 
%  ni  tashkil  etadi. Tashqi  iqtisodiy  aylanma  (oborot)da  esa uning  ulushi 40  % ni 
tashkil etadi.  
Tayvan hududi esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p 
yillar XXR oppozitsiyasi hisoblandi. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar 
yaxshilandi.  Tayvan  bugungi  Xitoy  iqtisodiyotida  investitsiya  hajmi  jihatidan 
Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 
Resurslarning  qo‘shilishi,  Tayvan  kapitali  va  texnologiyalari,  Syangan  va 
Makao  (Aomin)ning  tashqi  savdo  aloqalari  birlashishi  «Katta  Xitoy»  ni 
yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi. 
AQSH  Xitoy  bilan  1979  yilda  diplomatik  aloqalarni  o‘rnatdi.  1980  yillar 
boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq 
xo‘jaligini  zamonaviy  texnologiyalar  bilan  ta’minlash  uchun  mashinasozlik  va 
elektronika  mahsulotlari  import  qilindi.  O‘z  navbatida  AQSH  ga  birinchi  darajali 
xomashyo  mahsulotlari  yetkazildi.  O‘sha  paytda  Xitoy  va  AQSH  savdo  saldo 
balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. 
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga 
ham  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatdi.  Boshqa  sohalar  bo‘yicha  ham  keng  ko‘lamdagi 
ayirboshlash  siyosati  amalga  oshirildi.  Ammo,  1992  yillarda  Xitoy  rivojlanish 
yo‘liga  chikib  olgach,  har  qanday  ishlab  chiqarish  sohasida  Amerika  bilan 
raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj 
oldi.  Bunga  Xitoyning  AQSH  dan  import  qilinadigan  tovarlar  yo‘lidagi  bevosita 
taqiqlashlar,  kvotalar,  litsenziyalar,  sifat  andozalariga  rioya  qilishga  ortiqcha 
talablardan  iborat  g‘ovlarni  olib  tashlashdan  bosh  tortgani  sabab  bo‘ldi.  Chunki 
XXP  ma’murlari  AQSH  bilan  savdoda  katta  ustunlikka  erishgan  edi  va  o‘zaro 
savdodagi  ahvol  xitoyliklar  foydasiga  hal  bo‘lardi.  Oxir-oqibat  AQSH  xalqaro  
savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi. 
Yaponiya  Xitoy  bilan  o‘zining  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  1972  yildayoq 
me’yorlashtirgan  edi.  1979  yilda  esa  ikki  davlat  o‘rtasida  tinchlik  va  do‘stlik 
shartnomasi imzolandi. Yapon firmalari Xitoy bozoriga faol kirib bordi. XXRning 
tashqi  savdo  oborotida  Yaponiya  ulushi  20  %  ni  tashkil  etadi.  Yaponiya  Xitoyga 
texnologik  uskunalarni  eksport  qilsa,  u  yerdan  katta  hajmda  xomashyo  va 
yarimfabrikat  mahsulotlarni  import  qiladi.  Xitoyda  Yaponiyaning  imtiyozli 
kreditlari  mavjud.  Bir  so‘z  bilan  aytganda  barcha  sohalarda  bu  ikki  mamlakat 
o‘rtasida istiqbolli munosabatlar yo‘nalishida shakllangan. 
XXR  ning  Janubiy  Koreya  bilan  aloqallari  ham  yildan-yilga  yaxshilanib 
bormoqda.  Bu  ikki  mamlakat  o‘rtasida  birinchi  qo‘shma  korxona  1985  yilda 
tashkil  topdi.  Janubiy  Koreyadan  50  dan  ortiq  to‘qimachilik,  elektrotexnika  va 
terini  qayta  ishlovchi  korxonalar  texnologiyalari  keltirildi.  1992  yil  avgustda  bu 
mamlakatlar  o‘rtasida  diplomatik  munosabatlar  o‘rnatildi  va  bu  iqtisodiy  sohalar 
rivojiga  o‘zining  ijobiy  ta’sirini  ko‘rsatdi.  Tovar  ayirboshlash  hajmi  20  mlrd. 
dollarga yetdi. 
 
 
Nazorat savollari 
 

 
143 
1.  Xitoyning zamonaviy shart-sharoitga ega iqtisodiy imkoniyatlari  qanday 
baholandi? 
2.  Xitoy  iqtisodiyotida  1970-80  yillarda  qanday  siljish  tizimi  amalga 
oshirildi? 
3.  Xitoy  qishloq    xo‘jaligi  taraqqiyotida  o‘ziga  xos  qanday  jihatlar 
mujasssam, deb o‘ylaysiz? 
4.  Mamlakat  iqtisodiyotini  boshqarish  modeli  nechog‘li  e’tiborga, 
afzallikka ega deb o‘ylaysiz? 
5.  Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojidagi asosiy xususiyatlarni sanab 
o‘ting? 
6.  Xitoy  iqtisodiyoti  rivojida  xalqaro    munosabatlarning  o‘rni  haqida  
gapirib bering. 
 
 
 
XIV Bob.  ROSSIYA  FEDERATSIYASI  IQTISODIYOTI 
 
1.§. Jahon xo‘jaligida Rossiyaning tutgan o‘rni va roli 
  
Rossiya Federatsiyasi (RF) 17,1 mln. kv. km. lik katta hududga ega bo‘lib, u 
egalab  turgan  terrritoriyasi  jihatdan  dunyoda  birinchi  o‘rinda  turadi.  Rossiya 
Sharqiy  Yevropaning  katta  qismini  va  Osiyo  qit’asining  ma’lum  maydonini 
tasarruf etgan. Rossiya  hududi jihatidan butun G‘arbiy Yevropa davlatlari egallab 
turgan  maydondan  ham  bir  necha  bor  ziyod  va  14  ta  chet  el  davlatlari  bilan 
chegaradoshdir. 
Mamlakat  aholisi  –  146  mln.  kishidan  iborat  bo‘lib,  u  aholi  soni  jihatidan 
dunyoda  Xitoy,  Hindiston,  AQSH,  Indoneziya  va  Braziliyadan  keyin  6-o‘rinda 
turadi.  Aholi  tarkibi  xilma-xil  bo‘lib,  unda  100  dan  ortiq  turli  millat  vakillari 
istiqomat  qiladi.  Shuning  83  foizi  ruslardan  iborat.  75  foiz  aholi  esa  shaharlarda 
yashaydi. 
Rossiya  Federatsiyasi  mustakil  davlat  sifatida  1991  yil  12  iyulda  e’lon 
qilindi.  U  BMT  va  MDH  a’zosi.  Davlat  tuzumi  –  federativ  respublika.  Rossiya 
Federatsiya  20  ta  avtonom  respublika  va  10  ta  avtonom  okrugi  ma’muriy 
hududdan iborat. 
Rossiya  jahon  iqtisodiyotida  jiddiy  o‘rin  tutadi.  Dunyo  xo‘jaligidagi 
YAIMda  Rossiyaning  ulushini  solishtirganda,  u  AQSH  ulushidan  10  martaga, 
Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Eron ulushidan 5 martaga kam ekanligi ma’lum 
bo‘ladi.  Jahon  iqtisodiyotida  Rossiya  investitsiyasining  solishtirma  salmog‘i  bor-
yo‘g‘i 1 % ni tashkil etadi. Tashqi savdo borasida ham u jiddiy ulushga ega, 1,4 %. 
Bu esa rivojlangan mamlakatlar salmog‘idan ancha kam, janubiy Koreya ulushidan 
esa  2  baravar  kam  ekanini  ko‘rsatadi.  Ammo  Rossiya  qurol-aslaha  zihirasiga 
egaligi  jihatdan  dunyoda  birinchi  o‘rinda  turadi  (55%),  harbiy  harajatlari  esa 
AQShnikidan  16  baravarga,  Xitoy  qiladigan  harajatdan  esa  4  baravarga  past. 
Rossiyaning tashqi dunyodagi qarzi  deyarli yo‘q hisobida. 

 
144 
Dunyo  YAIMida  rivojlangan  g‘arb  mamlakatlarining  ulushi  tobora 
pasayayotgani  jahonda  Rossiya  singari  rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
kuchayotgani  bilan  harakterlanmoqda.  Ekspertlar  ta’kidlashicha,  ularning  ulushi 
2015 yilga borib 7,8 foizga qisqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 3,5 
%  ga  ortadi.  YAIMda  umumiy  ishlab  chiqarish  hajmi  bo‘yicha  Rossiya  bu  davr 
ichida 15-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarilishi taxmin etilmoqda. RF aholi jon boshiga 
mahsulot  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  dunyo  mamlakatlari  orasida  kuchli  oltilikka 
kirishi kutilayotir. 
 
2.§. Tabiiy resurslar va mahsulot ishlab chiqarish  
imkoniyatlarining o‘ziga xosligi 
 
 
 
Rossiya dunyoda ma’danli xom ashyo resurslar zahirasi mavjudligi bo‘yicha 
asosiy  rol o‘ynaydi.  Mamlakatning  bugunda  mavjud bo‘lgan  qimmatbaho  yerosti 
va  yer  usti  boyliklari  zihirasi  28,6  trln.  dollarni  tashkil  etadi.  Hozirda  Rossiya 
dunyodagi  jami  yerosti  qazilmalarini  qazib  olish  bo‘yicha  yetakchi  sanaladi. 
Xususan, bu yerda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko‘miri, 14 
%  temir  rudasi,  15  %  rangli  va  kam  uchraydigan  metallar  qazib  olinadi.  Rossiya 
MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. 
U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 
%  -  boksit  zihirasiga  ega  sanaladi.  Rossiyada  o‘rmonlar  aholi  jon  boshiga  5 
gektardan  ortiqroq  to‘g‘ri  keladi  (bu  Kanadada  8,6  gektarni,  AQShda  esa  0,8 
gektarni tashkil etadi). 
Rossiya tabiiy-xomashyo kapitalining 25-30 foizi milliy-boylik sanaladi. 30-
60 %i zahira esa rentabellsiz hisoblanadi. Shu bois milliy boylik summasining 8-10 
%ini ma’danli  – xomashyo bazasi tashkil etadi va uning taxmin  qilingan 28 trln. 
dolaridan 1,5 trln. dollarigina hozirda foydalanishga yaroqli sanaladi. 
Rossiya  toshko‘mir  va  ko‘mirni  qazib  olish  bo‘yicha  dunyoda  yetakchilik 
qiladi.  Ammo,  so‘nggi  yillarda  mamlakatda  kechgan  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy 
vaziyatlar  tufayli  ko‘mir  qazib  olish  shaxtalari  va  kar’erlaridagi  ish  unumli 
pasaydi.  Mamlakat  1980  –  yillarda  temir  rudasi  qazib  olish  va  po‘lat  eritish 
bo‘yicha  dunyoda  2-o‘rinni  egalladi.  Biroq  bu  foydali  qazilmalarni qazib olishda 
1990  yillar  o‘rtasida  Rossiyada  ikki  hissaga  kamaydi.  Ayniqsa,  po‘lat  eritish 
borasida mamlakat hatto Qozog‘iston va Ukraina ko‘rsatkichidan ham pasaydi. 
Hozirgi paytda Rossiyada qimmatli, ammo kam uchraydigan metallar qazib 
chiqarish deyarli to‘xtagan. Biroq, bu xomashyolar mavjud. Oltin, kumush, platina, 
olmos,  qimmatbaho  toshlar  har  qanday  davlat  uchun  valyuta  xomashyo  sanaladi. 
Rossiya bu mineral qazilmalarga boy. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida oltin qazib olish 
bo‘yicha (yillik-300-400 tonna) mamlakat dunyodagi Janubiy Afrika Respublikasi 
(JAR)  dan  keyingi  2-o‘rinda  edi.  Hozir  esa  Rossiyada  yiliga  100  tonna  atrofida 
oltin  qazib  olinadi.  U  bu  borada  dunyoda  Janubiy  Afrika  Respublikasi  (JAR), 
AQSH, Avstraliya, Kanada va Xitoydan keyingi 6-o‘rinni egallaydi. 
Issiqlik  va  energetika  majmuasi  mavjudligi  jihatidan  ham  Rossiya  oldingi 
o‘rinlardan  joy  olgan.  U  aholi  jon  boshiga  elektr  energiya  va  boshqa  elektr 

 
145 
mahsulotlar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  G‘arbiy  Yevropaning  rivojlangan 
mamlakatlari va Shimoliy Amerika davlatlaridan 1,5-2 marta ko‘p ishlab chiqarish 
salohiyatiga ega.  
Shuni  ham  alohida  ta’kidlash  kerakki,  mamlakatda  mavjud  bo‘lgan  asosiy 
ma’danli  qazilmalarni  qazib  olish  va  uni  iste’mol  uchun  ta’minlash  borasida 
Rossiya xorij mamlakatlaridan ancha orqada qolgan. Masalan, Rossiyada shunday 
qazilma boyliklarni izlash – geoglogik ishlari hali talab darajasida emas. 
Rossiyada  sanoat,  qishloq    xo‘jaligi,  o‘rmonchilik  sohalaridagi  mavjud 
texnologiyalarning eskirgani (50% gacha) va transport xizmati borasidagi eskirish 
(46% gacha) ancha achinarli holatni keltirib chiqargan. Bu yerda texnologiyalardan 
foydalanish muddati o‘rtacha 17 yil (AQShda 6-8 yil) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z 
navbatida ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  raqobatbardosh  bo‘lishida salbiy  ta’sir 
ko‘rsatmokda.  Chet  el  mahsulotlari  bilan  solishtirganda  ularning  sifatliligi  30% 
gacha kam tarzda qabul qilinmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida investitsiya kiritilishi yildan-yilga qisqarib bordi, ammo 
uning  oldini  olishning  iloji  topilmayapti.  Masalan,  1992  yildan  buyon  sohaga 
mablag‘  va  kapital  kiritish  hajmi  yiliga  16%  dan  60%  gacha  kamayib  bordi. 
Oqibatda  Rossiya  iste’mol  uchun  oziq-ovqat  mahsulotlarining  60%  ini  import 
qilishga  majbur  bo‘ldi.  Umuman  olganda,  Rossiyada  qishloq    xo‘jaligi 
mahsulotlari  yetishtirish  1990  yilda  35  %  ga  kamaydi.  Jumladan,  g‘alla-46%  ga, 
qand lavlagi-40% ga, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 40% ga, sut mahsulotlari-30% 
ga qisqardi. Mamlakatda qoramollar soni esa 31 % ga, cho‘chqachilik-40%ga, qo‘y 
va  echkichilik  –  39%  ga  kamayib  ketdi.  Buning  barchasi  Rossiya  iqtisodiyotini 
xavfli holatga keltirdi. Shu bilan birga, Rossiya qishloq  xo‘jaligi mahsulotlarining 
nobudgarchilikka  yo‘l  qo‘yilishi  ham  mamlakatga  katta  talofat  yetkazdirdi. 
Qishlok 
xo‘jaligi  mahsulotlarining  nobudgarchilik  darajasi  rivojlangan 
mamlakatlarnikiga nisbatan 10-20 martaga ortig‘icha kuzatildi. 
Sanoati  rivojlangan  ko‘pgina  mamlakatlar  qishloq    xo‘jaligini  albatta 
moliyaviy mablag‘ bilan ta’min etadilar. Rossiyada esa bu sohani moliyalashtirish 
darajasi  9%  ni  tashkil  etadi,  xolos.  Vaholanki  bu  holat  Shvesariyada  -52, 
Yaponiyada  -74,  Avstriyada  esa  -44  %  ko‘rsatkichga  ega.  Qishloq  xo‘jaligida 
yaratilgan  dunyo  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  xo‘jalik  yuritishning  bir  turidan 
ikkinchi  turiga  o‘tib  turish  sohada  o‘zgarishini  ta’minlaydi.  Rossiyada  esa  yer 
munosabatlariga  ko‘p  yillardan  buyon  e’tibor  berilmayotir.  Bugun  esa  mamlakat 
oldida  qishloq    xo‘jaligida  yuzaga  kelgan  ko‘pchilik  tanazzulni  yengib  o‘tish, 
yerga  egasizlik  siyosatiga  barham  berish,  sohadagi  mavjud  imkoniyatlardan 
unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va qishloq  xo‘jaligida keng ko‘lamli islohatni 
amalga oshirish vazifasi turibdi. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallovchi masalalardan 
biri – bu ishchi kuchidir. Rossiya esa dunyoda keksa fuqarolari soni ko‘payayotgan 
birinchi  davlatdir.  Ma’lumotlarga  qaraganda,  Rossiyadagi  146  mln.  aholining  40 
mln.  i  nafaqaxo‘rlar  hisoblanadi.  Mamlakat  YAIM  aholi  jon  boshiga  yillik 
daromad  1,5  ming  AQSH  dollari,  o‘rtacha  yosh  esa  bu  yerda  66  yoshni  tashkil 
etadi.    Savodxonlik  darajasi  99%  ni  tashkil  etib,  oliy  o‘quv  yurtiga  kiruvchilar 

 
146 
yoshlarning  77  %  ni  tashkil  qiladi.  Rossiyada  ta’limni  rivojlantirish  uchun 
YAIMdan 3,5 % mablag‘ ajratiladi. 
Hozirda  davlat  hukumati  asosiy  e’tiborini  ijtimoiy  (uy-joy,  ta’lim,  nafaqa, 
ish  haqi,  meditsina,  demografiya  kabi)  siyosatga  qaratgan.  Onalik  va  bolalikni 
asrash hatto iqtisodiy muammolarga ham daxl qilmokda. Aynan shu borada davlat 
alohida dastur ishlab chiqqan. Negaki mamlakatda o‘lish ko‘p, tug‘ilish kam. Agar 
bugunda  buning  oldi  olinmas  ekan  2050  yilga  borib,  mamlakat  aholisi  umumiy 
soni  100  mln.  nafarga  tushib  qolish  ehtimoli  bor.  Bu  -17  mln.  kvadrat  kilometr 
hududdagi juda katta aholi soni yo‘qoldi degandir. Ekspertlar ma’lumot berishicha, 
Rossiya hududida 300 mln. dan ortiq aholi yashashi va yaxshi turmush kechirishi 
mumkin ekan. 
 
3.§. Rossiyadagi asosiy iqtisodiy islohatlar yo‘nalishlari 
 
Ma’lumki,  Rossiya  bozor  iqtisodiyotiga  1990  yillar  boshidan  o‘ta 
boshlagandi.  Mamlakatda  pala-partish  holatda  bozor  munosabatlariga  o‘tilishi 
mayda  korxonalarni,  zamonaviylashmagan  ishlab  chiqarish  tizimini,  tashqi 
iqtisodiy  aloqalarda  tartibsizlik  va  korxonalarni  xususiylashtirishda  qiymat  va 
baholash  borasidagi mutanosibliklarni keltirib  chiqardi. Bu  esa  mamlakatni  ancha 
obro‘sizlantirdi.  Endi  Rossiya  hukumati  oldida  bu  muammoni  hal  etish  uchun 
ikkita  yo‘l  mavjud  edi.  Birinchidan,  iqtisodiy  ahvolni  to‘la  o‘zgartirish  uchun 
aksariyat  korxonalarni  ishlab  chiqarilgan  qat’iy  tartiblar  ostida  xususiylashtirish. 
Ikkinchidan, bozorni rivojlantirish uchun davlat nazoratini, rolini o‘rnatish. 
Davlat  byudjeti  amalda  iqtisodiy  siyosatga  qaratilgan  bo‘ladi.  Aksariyat 
mamlakatlarda  davlat  byudjeti  shitob  bilan  o‘smoqda.  Dunyo  tajribasidan 
ma’lumki,  agarda  mamlakatda  iqtisodiy  tahchillik  sezilsa,    davlat  ushbu  byudjet 
hisobidan  aholi  turmush  tarzini  ma’lum  muddatlargacha  barqaror  ushlab  turadi. 
Rossiyada esa ko‘pdan buyon davlat byudjetida taqchillik sezilib  qoldi va hozirgi 
kunda u ijobiy holga kelmoqda. 
Yangi  soliqlar  tizimiga  o‘tish,  korxonalar  foydasi  va  fuqarolardan 
undiriladigan  soliqlar  darajasini  oshirish  byudjetni  muntazam  ta’minlaydi.  Shu 
jihatdan  Rossiyada  soliqlar  tizimi  uch  xil  –  federal,  oblastlar  va  mahalliy
Yaqinda isloh etilgan bu soliqlar tizimi Rossiya byudjetining to‘lishga ko‘mak bera 
boshladi. 
Pul-kredit  siyosati-davlatni  moliyaviy  tartibga  solishning  g‘oyat  muhim 
usullaridan  biridir.  U  pirovordida  jamiyatda  makroiqtisodiy  barqarorlikka 
erishishga qaratilgan. Rossiyada pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa 
Markaziy Bank (MB) hisoblanadi. U bu siyosatni uch xil vosita orqali boshqaradi: 
mavjud  pul  zahirasi,  MB  ning  stavkalaridagi  foiz  darajasi,  tijorat  banklari 
moliyalashtirayotgan mablag‘larni boshqarish. 
Davlat  qurilishi  tofoautlari  nuqtai  nazaridan  hozirda  rivojlanayotgan 
mamlakatlarda  iqtisodiy  munosabatlarni  boshqarish  vazirlik  va  idoralarga 
yuklatilgan.  Chet  el  tajribasining  ko‘rsatilishicha,  bu  borada  boshqaruv  12-15  ta 
vazirlikdan  oshmasligi  kerak.  Rossiyada  esa  buning  aksi,  bu  yurtda  davlat 

 
147 
boshqaruvi -24 ta federal vazirlik, 18 ta davlat ko‘mitasi, 17 ta federal xizmat, 5 ta 
federal  agentlik, 3 ta  federal  komissiya  va  1  ta boshqarma  faoliyat  yuritib keladi. 
So‘nggi yillarda boshqaruv tizimida ham juda katta qisqarish ro‘y berdi va u ijobiy 
tomoniga o‘zgardi.  
Rossiyada davlat boshqaruvida ma’muriy islohatlarni amalga oshirish uchun 
bugun zamin yetarli. Buning uchun birinchi navbatda iqtisodiy taraqqiyotda davlat 
aralashuvini  kamaytirish  lozim.  Bunga  erishish  uchun  esa  zarur  qonunchilik 
bazalari  ishlab  chiqish,  korrupsiyaga  qarshi  kurashish,  barqaror  raqobat  muhitini 
shakllantirish,  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo‘l  berish  va  sanoatlashtirish 
faoliyatida  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  masalasini  hal  etish  talab 
etiladi. 
Sir  emaski,  sanoat  mahsulotlari  rivojlanishi  iqtisodiyotning  yuksalish  omili 
sanaladi. Rossiyada bu borada ichki talab haligacha past ko‘rsatkichda qolmokda. 
Davlat iste’moli uchun real daromadlar va investitsiyadagi asosiy kapitallar o‘sishi 
ham sezilarli darajaga ko‘tarilmagan. 
Har  qanday  iqtisodiyotning  rivojlanishida  iste’mol  darajasi  muhim  rol 
o‘ynaydi.  Rossiyada  esa  aholi  har  qanday  mahsulotga  nisbatan  kuchli  ehtiyoj 
sezmaydi.   Mahsulot  ishlab  chiqarishni  harakatga  keltiruvchi  kuch-bu  asosan 
investitsiya sanaladi. Investitsiyani mamlakatga kiritish tizimini muqarar yaratgan, 
ya’ni o‘rta va uzoq muddatga sarmoya kiritilishiga erishgan davlatlar yuksalganini 
jahon  tajribasi  ko‘rsatib  turibdi.  Biroq,  Rossiyada  xorijliklar  uchun  sarmoyani 
joylashtirishga ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy sharoitlar talab darajasida 
yaratilgan.  Ayniksa  bu  holat  1998  yilgacha  juda  xunuk  manzara  kasb  etardi. 
Ammo,  2000  yilga  kelib  mamlakatga  investitsiya  kiritish  dinamikasi  eng  yuqori 
cho‘qqiga  chiqdi,  natijada  sanoat  ishlab  chiqarish  salmog‘i  108,1  %  ga  o‘sdi. 
Keyingi paytlarda yana sarmoya jalb etish borasida  qator muammolar ko‘ndalang 
turibdi. Davlat hukumati hozirda bu to‘siqlarni bartaraf etish yo‘larini qidirmoqda. 
 
4.§. Rossiyaning tashqi savdo aloqalari 
 
Rossiya  iqtisodiyotida  tashqi  iqtisodiy  aloqalari  muhim  rol  o‘ynaydi. 
Mamlakat YAIMida eksport masshtabi 38 % ni, import esa 16 % ni tashkil etadi. 
Eksport qilinadigan mahsulotlar ichida mineral o‘g‘itlar yetakchi sanaladi, ya’ni 75 
%, qazib olingan neftning esa yarmi, neft mahsulotlari, gaz, sanoatbop yog‘ochlar 
va sellyuloza eksporti esa 30 % ni tashkil etadi. 
Import ulushida esa go‘shtga bo‘lgan talab 20 % ga oshgan bo‘lsa, o‘simlik 
yog‘i,  sut  mahsulotlari,  shakar va  sabzavotlarga  talab 10% ga ko‘paygan.  Tashqi 
savdo  vositalaridan  keladigan  tushum  (tariflar,  NDS,  aksiz)  taxminan  30% 
atrofida. 
Tovar  ayirboshlash  borasida  Rossiya  dunyoda  jiddiy  o‘rinni  egallaydi.  Bu 
jihatdan  AQShga  dunyo  tovarlari  eksporti  hajmi  12,2  %  ga,  Germaniyaga-9,7, 
Yaponiyaga-7,3,  Fransiyaga  -5,5,  Buyuk  Britaniyaga  -4,8%  ga  va  Rossiyaga  esa 
atigi  1,2  %  ga  teng  (19-o‘rin).  Dunyo  tovarlari  importi  hajmi  esa  AQShga  -18%, 

 
148 
Germaniyaga – 7,8 %, Fransiyaga-5,3 %, Buyuk Britaniyaga -5,2 %, Yaponiyaga-
4,7 %, Rossiyaga esa 0,5 % kiritiladi (27-o‘rin). 
Rossiya  uchun  saldo  savdo  balanslari  ijobiy  ekani  alohida  harakterga  ega. 
Bu  tovar  xom-ashyo  bozoridagi  yaxshi  aloqallar  samarasidir.  Masalan,  mamlakat 
uzoq  davlatlarga  neft,  tabiiy  gaz,  mineral  o‘g‘it,  yog‘och  materiallari,  simob, 
alyuminiy  xomashyolari  yetkazib  beradi.  Ammo,  bunday  tovarlar  eksporti  tizimi 
nomuvofiqlik holatida qolmoqda. 
Rossiya  eksporti  hajmida  issiqlik-energetika  resurslari,  metallar  va  ulardan 
tayyorlangan  mollar  65%ni  tashkil  etadi.  Mashinasozlik  mahsulotlari  ulushi  esa 
11%  dan  oshmayotir.  Bular  garchi  pul  tushumi  borasida  mamlakat  byudjetini 
to‘ldirish imkoniyatini yaratayotgan bo‘lsada, u milliy boyliklarni qayta ishlanmay, 
arzon  narxlarda  ketishi  jihatidan  xavf  tug‘dirmoqda.  Bular  dunyo  mamlakatlari 
bilan  sog‘lom  raqobatni  yuzaga  keltirmaydi,  faqat  xomashyoga  ixtisoslashgan 
Markaziy  va  Sharqiy  bozorlarida  Rossiya  Ukraina  va  Belorussiya  bilangina 
raqobatga kelishlari mumkin.  
Rossiya  savdo  munosabatlari  yo‘lida  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  bir 
necha  yo‘nalishlarda  faoliyat  olib  bormoqda.  Bularning  asosiylari  Yevropa 
mintaqasidir.  Rossiya  bilan  rivojlangan  Yevropa  mamlakatlari  o‘rtasida  to‘rt 
xildagi yo‘l bilan savdo aloqalari o‘rnatilgan. Bular: Yevropa ittifoqi, Markaziy va 
Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari,  Boltiqbo‘yi  mamlakatlari  hamda  Bolqan 
mintaqasidagi davlatlardir. 
Yevropa  Ittifoqi  (YEI)  bilan  aloqalar  Rossiya  uchun  tashqi savdo va  tashqi 
iqtisodiy aloqallarda istiqbolli yo‘l sanaladi. YEI Rossiyani yirik savdo sherigi deb 
biladi (bu yerda jami tovar aylanmasining 3 dan 1 qismi Rossiya eksporti ulushiga 
to‘g‘ri  keladi).  YEI  mamlakatlari  firmalari  Rossiya  iqtisodiyotining  yirik 
investorlari hisoblanishadi.  
Rossiyaning  tashqi  savdo  aylanmasi  Osiyo-Tinch  okeani  mamlakatlari 
iqtisodiy  hamjamiyati  (ATES) dagi  ulushi  17% ni,  Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa 
mamlakatlaridagi ulushi esa 13 % ni tashkil etadi. 
Mamlakatning  eng  nufuzli  savdo  sheriklari  Germaniya,  Italiya,  Xitoy, 
Niderlandiya,  Shvesariya,  Buyuk  Britaniya,  Finlyandiya,  Polsha,  AQSH  va 
Yaponiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Rossiyaning tashqi savdo ulushi 60% ga 
tengdir. 
Germaniya  Rossiyaning  asosiy  savdo  sherigi  sanaladi.  Hududi  yaqinligi  va 
ulgurji narxlari pastligi bois bu rivojlangan davlat Rossiya bilan yuqori sifatga ega 
avtomobillar, maishiy elektronika, kosmetika, parfyumeriya, mebel, kiyim-kechak, 
poyafzal, tibbiy mahsulotlar, oziq-ovqatlar bo‘yicha o‘zaro yaqin aloqalar qiladi. 
Markaziy  va  Sharqiy  Yevropa  mamlakatlari  geosiyosiy  muhit  va  hududiy 
yaqinlik jihatidan Rossiya tashqi savdosida alohida o‘rin tutadi. Sharkiy Yevropa 
davlatlari  1990  yillar  boshida  Rossiya  bilan  savdo  aloqalarini  ancha  qisqartirgan 
edi,  ammo  1995  yildan  boshlab  bu  mamlakatlar  o‘rtasida  savdo  munosabatlari 
keskin rivojlandi. Rossiya u tomonga energiya resurslari (neft, tabiiy gaz) eksport 
qilgan bo‘lsa, importga oziq-ovqatlar, kimyoviy mahsulotlar, mashina-texnologiya 
mahsulotlari harid qiladi. 

 
149 
Polsha  ham  Rossiya  uchun  yirik  savdo  sherigi  sanaladi.  Rossiya  eksporti 
tizimida  Polshaga  asosan  xomashyolar  sotilayotgan  bo‘lsa,  Polshadan  esa  oziq-
ovqat va qishloq  xo‘jaligi mahsulotlari (salkam 40%), dori-darmonlar, kosmetika 
va  xalq  iste’moli  mollari,  mashina  va  texnologiya,  qurilish  materiallari  import 
qilinmoqda. 
Baltikbuyi  mamlakatlari  va  Bolqon  mintaqasi  bilan  Rossiyaning  savdo 
munosabatlari  yangi  iqtisodiy  xususiyat  kasb  etadi.  Shuningdek,  Rossiya  tashqi 
savdosi  uchun  AQSH  va  Osiyo-Tinch  okeani  mintaqasi  mamlakatlari  Yevropa 
davlatlaridan tashqari asosiy savdo sheriklariga aylanmoqda. 
Rossiyaning  MDH  mamlakatlari  bilan  hamkorligi.  Mustakil  Davlatlar 
Hamdo‘stligi  (MDH)ning  integratsiyalashuv  jarayonlari  taraqqiyoti  nafakat 
Rossiyaning,  balki  barcha  unga  a’zo  mamlakatlarning  ichki  siyosiy,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi. 
Ma’lumki,  MDH  tarkibiga  12  ta  mamlakat  kiradi.  Ularning  o‘zaro 
munosabatlari tenglik asosida shakllantirilgan va davlat  ham, g‘ayridavlat tuzilma 
ham  bo‘lmagan  hamdo‘stlik  a’zolari  o‘rtasida  bitimlar  bilan  belgilangan  tartibda 
ish  olib  boradigan  muvofiqlashtiruvchi  muassasalar  orqali  teng  huquqlik  prinsipi 
asosida  amalga  oshiriladi.  Hamdo‘stlik  mamlakatlari  o‘rtasida  ikkitomonlama 
iqtisodiy  munosabatlar,  davlatlar  o‘rtasida  alohida  tashkilotlar  (ittifoqlar, 
sherikchilik, alyanslar) tuzilgan. Masalan, Belorussiya va Rossiya itifoqi, Rossiya, 
Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston, Xitoy o‘rtasida YevroOsiyo 
iqtisodiy  tashkiloti.  Bugungi  kunda  Rossiyaning  jami  tashqi  savdo  aylanmasida 
MDH davlatlari ulushi salkam 1/4 qismi tashkil etadi. 
Rossiya  savdo  faoliyati  uchun  eng  yaqin  sherikchilik  qilayotgan 
mamlakatlar Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hisoblanadi. 
Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling