Samarqand iqtisodiyot va servis I n s t I t u t I x. M. Mamatqulov
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.§. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
- Xalqaro moliya-kredit bozori.
- Jahon pul bozori
- XVI Bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYALAR 1.§. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari
- 2.§. Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari.
Uchinchi bosqich. Ilgari bunday shaxsiy tashabbus yuz bermagan bo‘lsa, endi Yevropa valyuta iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar banklardagi barcha hisob- raqamlaridagi pullar Yevropa valyutasi (YEVRO)ga konvertatsiya qilinadigan bo‘ldi. Yevropa valyuta birligi, iqtisodchilar farazicha, dunyoda pul bilan bog‘liq yetakchi imkoniyatlarni o‘z domiga oladi. U YEI ning barqarorligini ta’minlovchi asosiy manba, shuningdek inflyatsiyaga qarshi kurashni yengillashtiruvchi kuch, hamda jahon bozorida YEI davlatlarining raqobatbardosh mahsulot va xizmatlari bilan AQSH va Yaponiya mahsulotlarini ancha cheklanishini ta’minlashdan iborat edi. EVROning paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlarning ham qadrini anchayin oshirdi. Hozirgi kunda Yevropa moliya bozorida dunyo investitsiyasi bir-biridan tarqoq bo‘lgan holatni yuzaga keltirgan. Bunday vaziyat YEI ning real iqtisodiyoti va moliya qurdratiga soya solmay qolmaydi albatta. Chunki dunyoning nufuzli investorlari barcha mamlakatdagi singari YEI ham birgina valyuta orqali o‘z investitsiyalarini kiritish va hisob-kitob qilishni ma’qul ko‘rishadi. EVROning joriy etilishi jahon valyuta bozorida birdan o‘z mavqiyeni tiklash lozim edi. Asosiy maqsad bozorda yagona lider bo‘lib turgan dollarga teng ravishda raqobatlasha oladigan pul birligini bozorga kiritish va dollarning valyuta bozoridagi o‘rnini egallashdir. Ma’lum vaqt o‘tib bu amalda o‘z isbotini topishi, jahon valyuta bozorida YEVRO ning qiymati dollardan bir necha hissasigacha ortishi kutilgandi. Endi dunyo bozorida Yevropa valyutasi ham dollar, hammasi bilan raqobatlasha olish quvvatiga ega bo‘ldi. Bunday valyuta holati yuzaga kelishidan banklar ham katta manfaat ko‘ra boshladi. Ilgari ular investitsiya kiritilishi jarayoni uchun valyutani, masalan dollarni bozordan foizi bilan olishayotgan bo‘lishsa, endilikda YEVRO orqali har qanday investitsion harakat yoki oldi-berdi uchun shu valyutadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Yangi pul birligi joriy etilishi tufayli YEIdagi har bir mamlakat bir yilda 40- 50 mlrd. dollar ortiqcha harajatdan qutuldi. Masalan, bir fransuz fuqarosi 10-12 ta G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga safarga chiqquday bo‘lsa, u sarf etishi lozim bo‘lgan 2 ming dollarning teng yarmi pullarni almashtirish harajatlariga sarf etilar edi. Endi Yevropada yagona pul birligi–EVRO paydo bo‘lgani ayrim moliya tashkilotlariga, masalan birja maklerlarining kam foyda ko‘rishlariga olib keldi. Chunki dollar va milliy pullar bilan bajariladigan operatsiyalar davomida ular salmoqli iqtisodiy foyda ko‘rardilar. Xullas, uchinchi bosqich amalga oshirilgani tufayli Yevropa valyuta itifoqiga a’zo davlatlarning banklardagi barcha hisob raqamlaridagi pullar Yevropa valyutasi (YEVRO)ga konvertatsiya qilindi. Yevropa valyuta biriligi dunyoda pul bilan bog‘liq yetakchi imkoniyatlarni o‘z domiga oldi.U YEI mamlakatlari iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi asosiy manba bo‘lib qoldi. Shuningdek, pul inflyatsiyasiga qarshi kurashni yengillatuvchi kuch hamda jahon 158 bozorida YEI davlatlarining raqobatbardosh mahsulot va xizmatlari bilan AQSH va Yaponiya mahsulotlarini ancha cheklashini ta’min etdi. EVRO joriy etilishi bilanoq jahon valyuta bozorida o‘z mavqiyega tezda erishdi. Dunyo bozorida yagona lider bo‘lib turgan AQSH dollariga teng ravishda raqobatlasha oladigan pulni bozorga kiritdi. Kelajakda hatto dollar o‘rnini ham egallaydi. Bugungi kunga kelib YEVRO ning qiymati jahon valyuta bozorida dollardan 1,3 hissasigacha ortdi. Dunyo moliya bozorida esa Yevropa valyutasi ham dollar, ham yapon iyenasi bilan raqobatlasha olish quvvatiga ega bo‘ldi. 3.§. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari dunyo xo‘jaligi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. So‘nggi yigirma yil ichida moliya bozori taraqqiyotida keskin burilish yili bo‘ldi. 1980 yillardan buyon yalpi ichki mahsulot (YAIM) tayyorlashga nisbatan moliyaviy aktivlar narxining o‘sishi 2,5 barobarga oshdi. Ob’ektiv munosabatlarga ega moliya bozori taraqqiyoti amaldagi kapitalning oborotini ob’ektiv qonuniyatlarga asosladi. Ayrim joylarda erkin kapitalga ehtiyojni oshirgan bo‘lsa, aksincha boshqa joylarda esa unga nisbatan talab keskin pasaydi. Jahon valyuta, moliya-kredit bozori dunyo xo‘jaligida ish yuritish darajasida bunday tafovutlarga yo‘l ochdi. Xalqaro iqtisodiy aloqalar, ya’ni jahon bozori, xizmatlar ko‘rsatish, kapitallar harakati jarayonida milliy valyutalarni oldi-sotdi va boshqa valyuta bilan bog‘liq munosabatlardagi aloqalarni tenglashtirdi. Jahon valyuta bozori, krediti va qimmatli qog‘ozlar bozorining vujudga kelishidagi dastlabki shartlar quyidagilar edi: mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur kapital va bank ishi bir joyda to‘planishi; xo‘jalik aloqalarida baynalminallikni yuzaga keltirish; xalqaro banklar taraqqiyotini telekommunikatsiyalar va axborot vositalari bilan ta’minlash. Jahon valyuta bozori o‘zida nimalarni aks ettiradi? Ya’ni jahon Valyuta bozori-keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qilib, muayyan moliya- valyuta idoralari orqali o‘zaro ta’sirida bo‘ladigan chet el investorlari bilan oldi- sotdi operatsiyalarini bajaruvchi mulkdor o‘rtasida xorij valyutasini ayirboshlovchi munosabatlarni tasvirlaydi. Milliy valyuta bozori bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlarda mavjud. Shu narsa aniqki, rivojlangan milliy valyuta bozorlari dunyoda yagona valyuta bozori bilan aloqalarni albatta mustahkamlaydi va o‘z navbatida yagona bozor o‘zida xalqaro, hududiy milliy (mahalliy) valyuta bozorlari faoliyatini ham aks ettiradi. Bu bozor endi valyuta operatsiyalari hajmi, xususiyati, soni va qatnashuvchilari bilan alohida ajralib turadi. Jahon valyuta bozori faoliyatini Jahon moliya markazi (JMM) jamlaydi. JMM-bu kredit-moliya institutlari jamlangan banklar joyi hisoblanadi. Ular xalqaro valyuta, kredit, moliya operatsiyalarini hamda qimmatli qog‘ozlar va oltin 159 bo‘yicha bitimlar tuzilishini amalga oshiradi. Dunyoda bunday jahon moliya markazlari London, Nyu-York, Frankfurt-na-Mayn, Parij, Syurix va Tokioda o‘z faoliyatlarini olib borishayotibdi. Valyuta bozorlari xalqaro hisob-kitoblar va jahon valyuta bozoridagi kredit va moliya bozori yordami bilan banklarning valyuta rezervlari, shuningdek davlat va tadbirkorlarning valyutaga talabi qondiriladi. Qo‘shimcha tarzda aytish mumkinki, valyuta bozori mexanizmi davlat iqtisodiyoti boshqaruvi uchun ham askotadi, uning birja, brokerlik firmalari, bank korporatsiyalar faoliyatini to‘g‘ri, mukammal tashkil etilishida ham hissasi anchagina. Xalqaro moliya-kredit bozori. Xalqaro moliya-kredit munosabatlari jahon kreditlash va moliyalash bozorining imtiyozli kapital bilan ta’minlash munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Xalqaro kredit bozorida mamlakatlar o‘rtasidagi pul harakatlari, qarzni tez qaytarish, uzish va foizlar to‘lovini vaqtida to‘lash bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xalqaro kredit bozori-bu bozorning imtiyozli kapital beruvchi qismi sanaladi. U o‘zida quyidagi jihatlarni aks ettiradi: Jahon pul bozori. Qiska muddatli depozit-ssuda operatsiyalarini bir kundan to bir yilgacha kredit shaklida berish; Jahon kapital bozori. U chet el kreditlarini va yevrokreditlarni o‘rta va uzoq muddatga beradi (1 yildan 15 yilgacha); Jahon moliya bozori – bu bozor ssuda kapital beruvchi sub’ektlarning bir qismi bo‘lib, emissiyaga uchramaydigan va qimmatbaho kog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalarini bajarishda tezkor faoliyatiga ega bo‘lgan bozorning bir qismi. Bu bozor milliy valyutalarda xalqaro ssuda kapitali operatsiyalarini ham bajaradiki, bu baynalminallik jihatlarini ham rivojlantiradi. Jahon ssuda kapitali so‘nggi o‘n yillar ichida keskin rivojlandi. U dunyo xo‘jaligida turli kompaniyalar, banklar, valyuta-kredit muassasalarini qisqa muddatli ssuda kapitallari bilan ta’minlab, iqtisodiy harakatni kuchaytirayotir. Aytish mumkinki, so‘nggi yuz yillikda dunyo xo‘jaligi taraqqiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarish sanoat rivojlanishi va xalqaro savdo faoliyati taraqqiy etgani kabi xalqaro moliya-kredit munosabatlari o‘sishiga ham katta raqobat keltirdi. XX asrning 50-yillar oxiriga kelib xalqaro moliya-kredit bozori taraqqiyoti yevrobozor deb ataluvchi jahon bozoridagi ssuda kapital jamg‘armasiga ega moliyaviy tarkibni yuzaga keltirdi va uning faoliyatini avj oldirdi. Yevrobozor – bu kredit va zayomlarni yevrovalyutalar orkali valyuta-kredit operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor makonidir. Yevrovalyuta esa bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘z chegarasidan tashqaridagi muomilada qarz va hisob-kitob harakatlarida, ayniqsa banklararo qarzlar va transmilliy korporatsiyalarni kreditlashda foydalaniladigan valyuta. Yevrobozorning hukumatlararo va davlatlararo bozorlarida qatnashishga huquqi yo‘q. U bir necha mamlakatlardagi investor va korxonalar uchun ko‘proq xizmat qiladi. Yevrobozordagi operatsiyalar davlat valyuta boshqaruvi va soliq qonunchiliklari ta’siriga tushmaydi. 160 Yevrobozorning faol taraqqiyoti o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki 80-yillar va 90-yillar boshiga kelib u o‘z faoliyatini biroz o‘zgartirdi. Masalan, 80-yillar boshida qimmatli qog‘ozlar bozorida keskin taraqqiyot yuzaga keldi. Natijada yevroobligatsiya, yevroaksiya, yevroveksel va moliyaviy innovatsiyalar salmog‘i ortdi. Yevrobozorning taraqqiy etishi butun jahon ko‘lami bo‘ylab erkin moliya resurslarini amalga tadbiq etishga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, u korxonalarni ichki bozor kapitallariga emas, balki Yevrobozorga murojat etishni taklif etdi, toki ular moliya resurslarini oqilona tarzda joylashtirsinlar. Yevrobozorlar bugunda barcha yirik xalqaro banklar, jahondagi barcha moliyaviy markazlar va valyutani konvertatsiya qiluvchi moliya muassasalarini o‘zaro aloqalariga kirishtirgan. Yevrobozorning taraqqiy etgani yangi xalqaro moliya markazlari (Singapur, Gongkong, Quvayt, Kayman orollari)ning vujudga kelishiga omil bo‘ldi. 1982 yil dekabrda esa Nyu-York (AQSH)da xalqaro bank xizmatlarining erkin hududi tashkil etildi. 1980-yillarning oxirida vujudga kelgan yangi jahon moliya markazi endilikda butun dunyodagi xalqaro moliya-kredit operatsiyalarining uchdan bir qismini amalga oshirishni tashkil etmoqda. Nazorat savollari 1. Milliy valyuta tizimining asosiy xususiyatlarini ayting. 2. Valyuta kursi va paritet (tenglik) o‘zida nimalarni namoyon etadi? 3. Xalqaro valyuta tizimining alohida elementlarini ayting. 4. Xalqaro valyuta tizimining asosiy vaziflarini sanab o‘ting. 5. Xalqaro valyuta tizimining asosiy bosqichlariga baho bering. 6. Oltin standart tizimi haqida tushuncha bering. 1. Genuya shartnomasining xalqaro hisob-kitobidagi muhim jihatlarini aytib bering. 2. Bretton-Vuds tizimining o‘ziga xos va muhim xususiyatlarini so‘zlab bering. 10. Yamayka tizimi valyuta bozorida qanday yangiliklar olib keldi. 11. Yevropa valyuta tizimi qachon tashkil topdi? 12. Yevropa valyuta tizimining harakterli jihatlari haqida gapiring. 13. Yevropa milliy moneta va kupyuralari qachondan boshlab YEVROga almashtirila boshlandi? 14. Dunyodagi eng yirik moliya markazlarini sanab o‘ting. 161 XVI Bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYALAR 1.§. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari Zamonaviy jahon xo‘jaligi ikki qarama-qarshi iqtisodiy tendensiyalari bilan ajralib turadi. Ularning biri-o‘sib borayotgan jahon iqtisodiyotining bir butunligi, yiriklashuvi bo‘lsa, ikkinchisi, xolislik, ya’ni boshqalardan ajralib turadigan, jahon iqtisodiy markazlarining vujudga kelishi, xalqaro integratsion guruhlarni tashkil etuvchi alohida mamlakat va hududlarning o‘zaro ta’sirlashuvi va yaqinlashuvi bilan harakterlanadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar jahon iqtisodiyotining asosiy tarifi (harakteristikasi) bo‘lib hisoblanadi. U o‘zida jahon xo‘jaligi baynalminallashuvining alohida, yangi bosqichini mujassam etadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‘jalik hayoti baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‘ladi. Integratsion birlashuv a’zolari bo‘lmish mamlakatlar o‘rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi va jamlashuvi jarayoni yanada tezrok kechadi. Bu esa ushbu mamlakatlar integratsion guruhlari chegarasida yagona iqtisodiy siyosatning vujudga kelishini ob’ektiv tarzda talab qiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar birlashayotgan davlatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining qayta qo‘shilishiga, o‘zaro ta’sirlashuvi va aralashuvini taqazo etadi va uni keltirib chiqaradi. Integratsiyalar jarayoni to‘laqonli tizimning turli bo‘g‘inlarini, ya’ni 162 shaxsiy ishlab chiqarishlar, mahsulotlar va kapitalning, ishchi kuchlari va texnologiyalar munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari o‘tgan asrning 50- yillarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini o‘sishi va sifat o‘zgarishlari, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi va chuqurlashuvi, kapital va ishlab chiqarishni baynalminallashuv jarayonlari, sanoati rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda baynalminallashuviga bo‘lgan harakati bilan bog‘liqdir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy sabablari fan texnika taraqqiyoti (FTT) bo‘lib, u moddiy, moliyaviy, mehnat kabi ahamiyatli resurslar rivojini, shuningdek, ilmiy texnikaviy sohada alohida mamlakatlarning birgalashib faoliyat yuritishlaridagi katta bozorlar yuzaga kelishini taqazo etadi. Iqtisodiy integratsiyaning bosh sabablaridan biri-transmilliy korporatsiya (TMK)lar ya’ni yirik xalqaro monopoliyalarning taraqqiyotidir. Davlat, monopoliya kapitali iqtisodiy integratsiya yordami bilan yangi mol- mahsulot bozori, xom-ashyo bozorini egallashni, o‘z foydasini eng yuqori darajada oshirishga umid qiladi va bunda u davlat hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashiga tayandi. Iqtisodiy integratsiyaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan sababi - siyosiy omildir. Bu omil-davlatlarning integratsiya yordamida nufuzli siyosiy obro‘y qozonishga, dunyo hamjamiyatida yuqori mavqega ega bo‘lishga intilishdan iboratdir. Ma’lumki, integratsiyalashayotgan mamlakatlar o‘rtasida bozor munosabatlari taraqqiyotining taxminan bir xil va yaqin darajasi mavjuddir. Qoidadagiday, xalqaro hududiy integratsion guruhlanish yoki mahsulot ishlab chiqarish taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Masalan, Yevropa iqtisodiy tashkiloti (YEIT)–G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida, Afrikada–tropik Afrikaning iqtisodiy chegrasida rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida va boshqalar. Integratsiyalashayotgan mamlakatlar o‘rtasida asosiy masala bo‘lib, u yoki bu davlatlarning integratsion birlashuvi va iqtisodiy, ijtimoiy, shu bilan bir qatorda siyosiy harakterga ega muammolarning umumiyligi xizmat qiladi. Hududiy yaqinlik, turli shakllarda uzilmas iqtisodiy munosabatlarning an’analari, - bularning hammasi integratsiyaga birinchi turtki bo‘ladi. Odatdagiday, iqtisodiy integratsiyaning jarayonlari bitta hududdagi bir necha qo‘shni davlatlardan (Markaziy Osiyo), bitta kontinentdan (G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika singari) boshlanadi. Chunki ular umumiy chegaralarga yoki savdo-iqtisodiy aloqalarning tarixan tarkib topishiga bevosita aloqadordir. 2.§. Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan dunyoning deyarli barcha integratsion guruhlarida ularning asosiy maqsad va masalalari bir-biriga to‘g‘ri keladi. Ular integratsion ittifoqqa a’zo bo‘lgan mamlakatlarning daromadlari oshishi ko‘rinishda iqtisodiy boylik olish, ishlab chiqarish va talablarning pasayishidagi 163 harakatda ifodalanadi. Bu maqsadlar Yevropa mamlakatlari kabi Osiyo-Tinch okeani hududi (OTOH), Afrika va Markaziy Amerika iqtisodiy integratsiyalashuvida ham yorqin ko‘rinadi. Integratsiya hamkorlik integratsion birlashuv a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda cheklanishlarning doimiy yo‘qotilishi, o‘zaro savdo sohasida umumiy siyosatning o‘tkazilishi va ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Iqtisodiy guruhlarda qatnashayotgan mamlakatlarga jahon hamjamiyatida Butunjahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va boshqa turli xalqaro tashkilotlarda o‘z nuktai nazarini bayon etib turish osonroq. Integratsion birlashuvga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiyotning tizimlarida qayta qurish o‘tkazilishi integratsiya maqsadlarining amalga oshirilishi uchun muhim vosita sifatida qaralishi mumkin. Bu iqtisodiyotning turli jabhalariga tegishli: ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar. Ularning mujassamlashuvi, sohalashuvi, yanada samaraliroq tizimlar yaratish rejasidadir. Juda ko‘plab integratsion guruhlar a’zosi bo‘lgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotdagi hamkorlikni kengaytirish nafaqat uni mustahkamlashda, balki u siyosat, harbiy soha, madaniyat va boshqa soahalarda ham juda muhim sanaladi. Ushbu maqsadlar sanoati rivojlangan mamlakatlar birlashuvini keltirib chiqaradi. Masalan, Yevropa Itifoqi (YEI), Yaqin Sharq mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani hududi (ATR) birolashuvi kabilar. Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiyalar qo‘yidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: erkin savdo hududi; bojxona ittifoqi; umumiy bozor; iqtisodiy ittifoq; to‘liq iqtisodiy integratsiya. Xalqaro iqtisodiy integratsiya rivojlanishi savdo va iqtisodiy ittifoqdagi mamlakatlar o‘rtasida bitimlar hamda davlatlararo ittifoqni huquqiy mustahkamlovchi kelishuvlar bilan ifodalanadi. Erkin savdo hududi – iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‘ich darajasi bo‘lib, u mamlakatlarning soliq to‘lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‘lovidan ozod etiladi va bojxona nazoratidan xoli bo‘ladi. Bunda har bir davlat shaxsiy savdo-iqtisodiy siyosatini uchinchi mamlakat munosabatlariga ham o‘tkazish imkoniyatiga ega. Ko‘p hollarda erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qariyib barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Bundan faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlari mustasno xolos. Savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan uncha katta bo‘lmagan davlatlararo kotibiyatda markazlashishi mumkin. Ammo, tegishli hujjatlarga doir rahbariyat davriy yig‘ilishlarda o‘z taraqqiyotining asosiy parametrlariga xayrixoh bo‘lib, ularning ba’zilari busiz ham o‘z savdo faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligi ayon bo‘ladi. Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya, 164 Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvesiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Yevropa iqtisodiy hududi (1994 y) da esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud. Boltiq bo‘yi erkin savdo hududi (1993 y) ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari kiradi; Markaziy Yevropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga - Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi; Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo‘lib Kanada, Meksika, AQSH davlatlari hisoblanadi; ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi; Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan; Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat. Bojxona ittifoqi – ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo‘yicha o‘zaro chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o‘azro kelishuvi. Uchinchi mamlakat uchun joriy etilgan alohida yagona tarif va kvotlar esa ularni erkin savdo hududidagi boj ittifoqidan ajratib turadi. Bojxona itifoqi poshlinasiz ichki integratsiyaviy xizmatlar, tovarlar va ularning hudud ichida to‘liq erkinligini nazorat qilib turadi. Odatda bojxona itifoqi tashqi savdoga kelishilgan markazlashuv joriy qiluvchi davlatlararo organlarning rivojlangan tizimini yaratishni talab qiladi. Hammasidan ham ko‘proq ular hujjatlarga javob beradigan boshqaruv ministlarining yig‘ilishlari davriyligini qabul qiladi. Ular har doim o‘z faoliyatlarida harakat qiluvchi davlatlararo kotibiyatga tayanishadi. Bojxona ittifoqlari (BI) dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida rivojlangan. Ular quyidagilar: Turkiya bilan YEI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga YEI mamlakatlari va Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, Iordaniya, Liviya, Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961) – Kosta Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela mamlakatlari o‘rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador, Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsenva Grenadinalar. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling