Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot texnologiyalari


-mavzu: Axborot tizimlarining turlari


Download 2 Mb.
bet27/43
Sana25.10.2023
Hajmi2 Mb.
#1718819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
axborot tizimlari

3-mavzu: Axborot tizimlarining turlari




Ma’ruza rejasi:



  1. Axborot tizimining konseptual va funksional modeli

  2. Axborot tizimlarini miq’yosi, qo‘llanilish sohasi, tashkil etish usuli bo‘yicha sinflari.

  3. Axborot tizimlarini texnik tuzilishi bo‘yicha sinflanishi.

  4. Axborot tizimlarini axborot tavsifi bo‘yicha sinflanishi.

  5. Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo‘yicha sinflari.

  6. Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sinflanishi

  7. Axborot tizimlarini boshqaruv jarayoni ko‘rinishi bo‘yicha sinflanishi

  8. Axborot tizimlarini qo‘llanish sohasi bo‘yicha sinflanishi

  9. Axborot tizimlarini boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha sinflanishi

  10. Axborot tizimlarini integratsvyalashuv darajasi bo‘yicha sinflanishi

  11. Avtomatlashtirilgan ofis tizimi.

  12. Avtomatlashtirilgan ish joyi.

1. Axborot tizimining konseptual va funksional modeli
Tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart protseduralar xodimlar, dasturiy vosi-talar, asbob – uskuna, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan majmuidir.
Mazkur tizim birgalikda harakat qiluvchi kompyuterlar va telekommunikatsiyalar, kompyuter axborot mahsulotlarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo‘llab – quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
Shuni qayd etish lozimki, axborot almashuv jarayoni insonning eshitish, ko‘rish, anglash a’zolari orqali qabul qiladigan nutq, ma’lumot yoki tasvirlar bilan boshlanadi va tugaydi. Keladigan – chiqadigan bu elementlar o‘rtasida kompyuterlashgan axborot tizimida turli darajadagi elektron mahsulotlar bo‘ladi. Bular – operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini bio‘qarish tizimi, amaliy dasturiy ta’minot va axborotning o‘zidir. Ushbu axborot va dasturiy vositalar hamda komponentlardan ko‘-pincha aynan bir paytda va o‘sha vaqtda foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bunday axborot tizimlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni vaqtida ular aralashib ketadi.
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayd etish, uzatish, saqlash, tuplash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo‘ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‘rtasidagi vositachi sanaladi (1.15-rasm).
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot tizimi tizimdagi ma’lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amal-ga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo‘lib qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo‘lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling