Samarqand iqtisodiyot va servis instituti axborot texnologiyalari


- r a s m. Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri


Download 2 Mb.
bet20/43
Sana25.10.2023
Hajmi2 Mb.
#1718819
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
axborot tizimlari

1.4 - r a s m. Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri.
vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi. O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlarni oldindan tahlil etishni talab kdladigan masalalar yechimini ta’minlaydi. Mazkur darajada boshqaruv-ning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo‘ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, birok ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo‘lmaydi. Buning uchun yetmagan ma’lumotlarni yigash, tahlil etish va fikrlashga qo‘shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek qarorni amalga oshi-rish vaqtidan to unga bo‘lgan ta’sirni qayd etguncha bo‘lgan ayrim oralik tuxtalishlar bilan bog‘liq.
Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt utgach kurinar ekan, ushbu darajada strategik re­jalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‘liq ishlab chikilmagan. Ko‘pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning haqqoniyligi uzoq vaqt utgachgina uz tasdigini topishi mumkin. Qaror qabul qilish mas’uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlil natijala­ri bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy intuitsiyasi bilan ham belgilanadi.
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 1.2-jadvalda keltirilgan.
Boshqaruvning har bir darajasidagi ma’lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisob-ga olish va nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli
1.2 - j a d v a l.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling