Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 1.72 Mb.
bet1/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1458023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MUSAJONOV HOJIMUROD


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“BANK-MOLIYA XIZMATLARI” FAKULTETI

“BANK ISHI” KAFEDRASI
“BANK ISHI” FANIDAN

KURS ISHI
Mavzu: “KREDIT FOIZLARI VA FOIZ SIYOSATI”

Bajardi: 2-kurs Bank ishi va audit Musajonov Hojimurod.
Ilmiy rahbari:
Topshirgan sanasi:
Himoya qilingan sanasi:
Baho:

Samarqand-2023


Kirish.
I bob. KREDITNING IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDA SIFATID RIVOJLANISHI, UNING BAHOSI VA FOIZ SIYOSATI TUSHUNCHASI.
1.1. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida.
1.2 Kredit bahosi va foiz siyosati tushunchasi
II. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA FOIZ SIYOSATI HAMDA FOIZ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA TADBIRLARI.
2.1 Tijorat banklari foiz siyosatini tarkibiy tuzilishi
2.2 O`zbekiston Respublikasi kredit foizi va foiz siyosatini takomillashtirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiy sektorda, xusasan bank-moliya tashkilotlarida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Bugungi kun taraqqiyotida iqtisodiyotning poydevori sifatida tijorat banklari muhim ahamiyat kasb etmoqdaki, bozor iqtisodiyotiga tobora chuqurlashib borayotgan hamda jahon hamjamiyatida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan O'zbekistonda ham bu jarayon o'z aksini qaror topmoqda. Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish biz yoshlardan ijodiy izlanishni talab etadi.
Xususan, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek:
« Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta.
Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi».1
Shuni ta'kidlash joizki, davlatimiz mustaqilikka erishganidan buyon respublikamiz hukumati tomonidan bank tizimini isloh qilish, uning infratuzilmasini rivojlantirish va bank xizmatlar ko'rsatishni jahon andozalariga yetkazish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy munosabatlardagi yangiliklar eng avvalo bank tizimini bozor talablariga javob beradigan holda qayta qurishni talab etadi.
Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga banklarning kredit operatsiyalari ko’lamini kengaytirishga kredit riskini ma’lum darajada minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib keldi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash
tijorat banklarining muhim daromad manbaiga aylangan. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta`minlashga mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish, xo`jalik yurituvchi subyektlarga bank kreditlari berish amaliyotini takomillashtirish orqali erishish mumkin. Mavzu doirasida kredit bahosi, uning paydo bo`lishiga ta`sir etuvchi nazariy va ilmiy asoslar,iqtisodchilar tamonidan uni talqin etilishi, kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar klassifikatsiyasi, kredit bahosi mexanizmining tahlili va uni yanada rivojlantirish strategiyalarini ko`rib chiqamiz.
Tanlangan mavzusining dolzarbligi ham shundaki, iqtisodiyot turli sohalarining moliyaviy resurslarga bo’lgan talabini qondirish orqali ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmining yuqori sur’atlar bilan o’sishini ta’minlashda tijorat banklari tomonilan beriladigan kreditlar muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalariga ajratilayotgan kreditlarning o’sish dinamikasi aynan tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga,banklarning kapitallashuv darajasiga va tijorat banklari tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy resurslarning nechog’lik barqarorligiga bevosita bog’liq hisoblanadi. Biz bilamizki, banklar pul mablag`lari harakatida vositachilik qiluvchi tashkilot sifatida jalb qilingan resurslarni yuqoriroq foiz stavkada mijozlarga taklif etadi va shuning orqasidan foyda ko`radi. Lekin, tijorat banklari amaliyoti tahlili shuni ko`rsatadiki, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasi bilan aholining muddatli omonatlari foiz stavkalari o`rtasida salbiy farq mavjud, yani tijorat banklari tamonidan yuqori foizlarda mablag`larni jalb qilib, past foiz stavkalarda ularni mijozlarga taqdim qilish holatlari bu uning salbiy tamonidir

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling