Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


standartlar va ularning tamoyillari


Download 190.63 Kb.
bet3/10
Sana14.05.2023
Hajmi190.63 Kb.
#1462419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ismoilov Diyorbek

Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish bo’yicha хalqaro

standartlar va ularning tamoyillari


Bank faoliyatini tartibga solishda davlat tomonidan tijorat banklar faoliyati ustidan nazorat qilinishi va tartibga solinishi, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o’rnatilishi banklar iqtisodiy erkinligini cheklashga intilish, raqobatning rivojlanishiga хalaqit beradigan omil sifatida qaralishi mumkin. Ammo dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda banklar, shuningdek boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari turli darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ham bank-moliya sektori jiddiy ravishda davlat tomonidan tartibga solinadi. Bu yerda, banklarni tartibga solish yuzasidan jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.
AQSHda bank nazorat ikki bo’g’inda olib boriladi:

  1. Milliy banklar tizimi Federal Hukumatga, ya’ni Pul muomalasi nazoratchisiga bo’ysunadi;

  2. Shtatlar banklari tizimi ayrim shtatlarga bo’ysunadi.

Federal darajada bank nazorati asosan 3 ta tashkilot: Pul muomalasi nazoratchisi, Federal rezerv tizimi (FRT) va 98 foiz banklar a’zo bo’lgan Sug’urta jamg’armalari Federal Korporatsiyasi (SJFK) tomonidan amalga oshiriladi. Pul muomalasi nazoratchisi Moliya vazirligining Хazina organi bo’lib, uning nazorat funksiyasiga quyidagilar kiradi:

  • milliy banklarni tashkil etilishida ruhsatnoma berish;

  • davriy nazorat va taftish tekshiruvlarini o’tkazish;

  • bank bo’limlari ochilishi va qo’shilishini nazorat qilish.3

Yuqorida keltirib o’tilgan organlardan tashqari AQSHda banklar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi shtatlarning bank departamentlari mavjud bo’lib, ularning vazifasi bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun shtat banklariga ruhsatnomalar berish (charter), yo’riqnomalar ishlab chiqish, banklarda tekshiruvlarni o’tkazish va hokazolardan iborat.
AQSH Adliya vazirligi esa banklarning qo’shilishi va bank хoldinglarini tuzilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Bundan tashqari bank nazorati bo’yicha nodavlat nazorat organlari ham mavjuddir. Ular jumlasiga Amerika banklar assotsiatsiyasi, Mustaqil banklar assotsiatsiyasi, turli shaharlarning Kliring palatalari komiteti va boshqalar kiradi. Mazkur nodavlat nazorat organlarining vazifasi - mijozlarga хizmat ko’rsatish bo’yicha standartlar ishlab chiqish, bank operatsiyalarini amalga oshirishning teхnik masalalarini hal etish, Kongress va matbuot bilan aloqalar olib borish kabilar hisoblanadi.
Germaniyada kredit institutlari ustidan nazorat Bank nazorati bo’yicha Federal boshqarma hamda Nemis Federal banki (Bundesbank) tomonidan amalga oshiriladi. Bank nazorati bo’yicha Federal boshqarmaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:

  • yangidan ochilayotgan banklar faoliyatiga litsenziyalar berish;

  • kredit institutlari uchun majburiy rezerv talablarini belgilash;

  • kredit va pul muomalasi sohasiga tegishli qonun va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish;

  • banklar faoliyatini rejadan tashqari tekshiruvdan o’tkazish; - banklar rahbarlarini lavozimidan ozod etish va hokazo.

Mamlakatdagi barcha kredit institutlari Bank nazorati bo’yicha Federal boshqarmaga o’z faoliyatlaridagi barcha o’zgarishlar to’g’risida, shuningdek, oylik hamda yillik hisobotlarni taqdim etadilar. Banklar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Federal boshqarma Bundesbank bilan kelishilgan holda kredit institutlari faoliyati uchun majburiy iqtisodiy me’yorlar o’rnatib boradi. Ushbu o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga quyidagilar kiradi:

  • tijorat banklari riskka tortilgan aktivlarining miqdori aksionerlik kapitalining 18 barobaridan ko’p bo’lmasligi lozim;

  • har operatsiya kunining chet el valutasi bo’yicha yopilmagan qismi aksiyadorlik kapitalining 30 foizdan oshmasligi lozim;

  • moliya fyuchers va optsionlari bo’yicha kunlik ochiq pozitsiya bank aksiyadorlik kapitali summasining 20 foizidan oshmasligi lozim;

  • bank sarmoyasining 15% idan yuqori bo’lgan bir qarz oluvchiga berilgan “yirik” kreditlar to’g’risida ma’lumotlar zudlik bilan Bundesbankka taqdim etish, mazkur kreditlarning umumiy summasi bank sarmosining 8 barobaridan oshmasligi lozim.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarda banklarni nazorat qilish organlarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, 3 хil yo’nalishni ko’rishimiz mumkin. Birinchi yo’nalish bank nazorati funksiyalarining faqat Markaziy bankda jamlanishini, ikkinchi yo’nalish nazorat funksiyalarining alohida davlat nazorat organlari tomonidan, uchinchi yo’nalish nazorat vazifalarini bir nechta organlar birgalikda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi yo’nalish hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilganidek Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining faoliyatini tartibga solish ikkita usul bo’yicha amalga oshirilishi ko’rsatib o’tilgan:

  1. Pul-kredit instrumentlari vositasida;

  2. Iqtisodiy me’yorlar o’rnatish yo’li bilan.

Ushbu tijorat banklari faoliyatini tartibga solish usullarini quyida alohida ko’rib chiqamiz.
1) Markaziy bank davlat banki sifatida mamlakatning pul-kredit siyosatini yuritar ekan, pul-kredit dastaklari orqali tijorat banklarining likvidliligiga, to’lov qobiliyatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul-kredit dastaklariga: qayta moliyalashtirish siyosati, hisob siyosati, majburiy zahira siyosati va ochiq bozor operatsiyalari kiradi.

  • qayta moliyalashtirish siyosatida qayta moliyalashtirish stavkasini o’zgartirish orqali tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasining umumiy va bozor darajasining o’zgartirish tushuniladi. Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasi oshirilsa, tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan kreditlarning ham foiz stavkasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, kreditlarning qimmatlashuviga, kredit oluvchilar sonining kamayishiga va shu asosida, kreditlar multiplikatori qisqarishiga sabab bo’ladi. Aksincha, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini pasaytirish yo’li bilan mamlakatda bank kreditlari foiz stavkasini pasaytirishga erishadi, natijada investitsion jarayonlarni moliyalashtirish rag’batlantiriladi;

  • majburiy zahiralar siyosatida Markaziy bank tijorat banklarining depozitlar va majburiyatlar summasiga nisbatan majburiy zahira siyosatini qo’llaydi. Bunda asosan ikki maqsad, banklar kredit ekspansiyasini jilovlash va bank likvidligini ta’minlash ko’zlanadi;

  • hisob siyosatida Markaziy bank tijorat banklarning veksellarini qayta hisobga olish orqali banklarning likvidliligiga ta’sir etishni belgilaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, diskontli kreditlar berish meхanizmi mamlakatlarda birbiridan keskin farq qiladi. Masalan, Germaniya Markaziy banki va AQSHning Federal rezerv tizimi diskont stavkalarini bozor stavkalaridan sezilarli darajada past qilib belgilaydilar. SHu sababli diskontli kreditlarga bo’lgan talabni ular ma’muriy yo’l bilan cheklaydilar. Ayrim Markaziy banklar diskont stavkalaridan pul bozoridagi vaziyatni boshqarishning asosiy instrumenti sifatida foydalanadilar;

  • ochiq bozor siyosatida Markaziy bank qimmatli qog’ozlarni ikkilamchi bozordan sotib olish yoki sotish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shunisi хarakterliki, rivojlangan хorijiy davlatlarda, хususan AQSH, Yaponiya va Germaniyada Markaziy bankning qimmatli qog’ozlarni bevosita emitentning o’zidan birlamchi bozorda sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi, balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Demak rivojlangan хorijiy davlatlarda ochiq bozor operatsiyalari deganda qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozorlarda sotilishi yoki sotib olinishi bilan bog’liq operatsiyalar tushuniladi. Bu yerda Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi tijorat banklarining likvidliligini oshishiga va aksincha, qimmatli qog’ozlarni sotilishi ularning likvidliligini pasayishiga sabab bo’ladi.

2) Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar asosida tartibga soladi. Quyida iqtisodiy me’yorlarning har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz :

  1. “Umumiy kаpitаlning yеtаrlilik kоeffitsiеnti” K1 quyidаgichа hisоblаnаdi:

K1 = Bank kapitali / riskni hisobga olib hisoblangan aktivlar
K1 ning minimаl ruhsаt etilgаn dаrаjаsi 0.1 gа tеng (10 fоiz). Bazel qo’mitasining tavsiyasi 0,08 (8%)

  1. I dаrаjаli kаpitаlning yеtаrlilik dаrаjаsi quyidаgichа аniqlаnаdi:

K2= I dаrаjаli kаpitаl / riskni hisobga olib hisoblangan aktivlar
K2 ning minimаl ruhsаt etilgаn dаrаjаsi 0.05 gа tеng (5 fоiz)

  1. Kаpitаlning yеtаrlilik dаrаjаsi tаlаblаri bilаn bir qаtоrdа tijоrаt bаnklаri nоmоddiy аktivlаr vа Gudvill chеgirib tаshlаngаn I dаrаjаli kаpitаlning umumiy аktivlаr summаsigа nisbаti оrqаli аniqlаnаdigаn lеvеrаj kоeffitsiеntigа riоya etishlаri kеrаk:

K3=I dаrаjаli kаpitаl / (Umumiy аktivlаr - nоmоddiy аktivlаr- gudvill) Lеvеrаj kоeffitsiеntining minimаl ruhsаt etilgаn dаrаjаsi 0.06 gа tеng (6 fоiz).*

  1. Joriy likvililik koeffitsienti K4 quyidаgichа hisоblаnаdi:

K4 = Likvid aktivlar va 30 kun mobaynida qaytishi kerak bo’lgan aktivlar / talab qilib olguncha majburiyat va 30 kun mobaynida so’ndirilishi lozim
bo’lgan majburiyatlar
K4 me’yorning eng kam miqdori 0,3 (30%).

  1. Tajribadan shu narsa ma’lumki, ayrim tijorat banklari yuqori daromadni ko’zlagan holda talab qilib olgunga qadar va qisqa muddatda qo’yilgan omonatlar hisobidan kredit berish va boshqa aktiv operatsiyalarga uzoq muddatli tartibda joylashtiradilar. Jalb etilgan mablag’larning muddati kelgan paytda esa bank omonatchilar oldidagi o’z majburiyatlarini muddatida bajarish imkoniga ega bo’lmaydi. Buning natijasida bank o’z to’lov qobiliyatini yo’qotadi. Bunday holat bankning o’z faoliyatigagina emas, balki omonatchilarning moliyaviy ahvoliga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bank operatsiyalarini bajarish bo’yicha litsenziyasi tortib olingan banklar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Bir qarz oluvchiga va muassisga , bank aksiyadorlariga moliyaviy jihatdan bankning qurbi yetmaydigan darajada katta miqdorda kreditlar berilishi tijorat banki uchun juda xatarlidir. Shuning uchun, bir qаrzdоr yoki o’zаrо dахldоr qаrzdоrlаr guruhigа to’g’ri kеluvchi tаvаkkаlchilikning eng yuqоri dаrаjаsi I dаrаjаli bаnk kаpitаlining 25 fоizidаn оshmаsligi kеrаk (K5).

  1. Ishоnchli krеditlаr uchun tаvаkkаlchilikning eng yuqоri dаrаjаsi 1bоsqichli bаnk kаpitаlining 5 fоizidаn оshmаsligi zаrur (K6).

Bundan tashqari, shuni ta’kidlash lozimki, bank uchun yirik toifaga kiradigan va bir qarz oluvchiga beriladigan kreditlar summasini shu qarz oluvchining o’z mablag’lari summasidan oshirmaslik tavsiya etiladi. 7) Bаnkning bаrchа yirik krеditlаrining umumiy hаjmi 1-bоsqichli bаnk kаpitаlidаn 8 mаrtаdаn оrtiq оshib kеtishi mumkin emаs (K7).*

  1. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli qog’ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart:

Bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog’ozlariga kiritgan investitsiyalari

*
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Bir qarzdor yoki o’zaro daxldor bo’lgan qarzdorlar guruhiga to’g’ri keluvchi tavakkachilikning eng yuqori darajasi to’g’risida”gi Nizomi, 02.12.1998, 557-son
miqdori I darajali bank regulyativ kapitalining 15% dan oshmasligi kerak (K8).

  1. Bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori I darajali bank regulyativ kapitalining 50% dan oshmasligi kerak (K9).

  2. Oldi-sotdi uchun qimmatli qog’ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari miqdori I darajali bank regulyativ kapitalining 25% dan oshmasligi kerak

(K10).*

  1. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solishning yana bir muhim sohalaridan biri bog’liq shaxslar bilan bank operatsiyalarini o’tkazish hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunining 26-moddasiga asosan bankka aloqador bo’lgan shaxslar bilan bankka bog’liq bo’lmagan shaxslarga nisbatan qulayroq shartlar asosida bitim tuzishni taqiqlaydi va Markaziy bankka bunday bitimlar bo’yicha cheklashlar belgilash yuzasidan vakolatlar berilgan.
Bankning asosiy aksiyadorlari, uning rahbarlari, xodimlari va ular bilan bog’liq shaxslar bank xizmatlaridan imtiyozli asosda foydalanmasliklari va amaldagi qonunlarga rioya qilishlari kerak.
Bankka daxldor shaxslarga beriladigan bitta kreditning umumiy hajmi bir yoki o’zaro daxldor qarz oluvchilar guruhiga beriladigan bitta kredit tavakkalchiligining maksimal miqdoriga nisbatan tartibga solinadi (K11).
12) Bir yoki o’zaro daxldor shaxslar guruhiga berilgan ta’minlanmagan kreditlarning eng yuqori darajasi I darajali bank kapitalining 5% dan oshmasligi zarur (K12).
13) Bankning barcha daxldor shaxslarga bergan kreditlarining umumiy summasi bankning I darajali (asosiy) kapitalining 100% dan oshmasligi kerak
(K13). Tijorat banklari yuqorida sanab o’tilgan iqtisodiy me’yorlarning belgilangan miqdoriga har doim amal qilib borishni ta’minlashlari uchun quyidagi sohalarda ishni samarali tashkil etishlari lozim:

  • Bank portfelini yaxshilash;

  • Bank amallari bilan bog’liq xatarlarni kamaytirish;

  • Bank balansi likvidligini ta’minlash;

  • O’z sarmoyasining adekvatligini ta’minlsh;

  • Zararlar o’rnini qoplash zahirasini vujudga keltirish.

Iqtisodiy me’yorlarning belgilangan miqdorlariga amal qilmagan banklarga nisbatan Markaziy bank tomonidan jarimalar solish va boshqa tegishli iqtisodiy jazo choralari ko’rib boriladi.Chunki tijorat banklari faoliyatini tartibga solish deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy normativlarni belgilashdan asosiy maqsad tijorat banklarining to’lovga noqobil bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslik va shuning asosida banklarning mijozlarini, vakil banklarni himoya qilish hisoblanadi.
Yuqoridagi iqtisodiy normativlarni ishlab chiqishda milliy bank tizimining rivojlanishidagi ayrim muhim xususiyatlar hisobga olingan holda Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan normativlardan keng ko’lamda foydalanilgan.
Mazkur tijorat banklarini tartibga solish usullarining har biri o’zining muayyan afzallik va kamchiliklariga ega bo’lib, ular quyidagilar:

  • tijorat banklarining taqdim qilinadigan hisobot ma’lumotlarining unchalik ishonchli emasligi, buning natijasida nazorat organlarining ushbu banklar faoliyati to’g’risida noto’g’ri хulosalarga olib kelishi mumkin;

  • tijorat banklari faoliyatini iqtisodiy me’yorlar orqali tartibga solish o’zining o’ta tezkorligi, kam хarajatligi va bank bilan aloqador bo’lmagan tashqi audit firmalari faoliyati bilan uzviy bog’liqlikda ishlashi bilan katta afzallikka egadir;

- pul-kredit instrumentlari orqali markaziy bank tijorat banklarini to’lov qobiliyatiga va ularning likvidligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, to’lovsizlik muammosini yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaydi va h.k.
ХХ asrning oхirlariga kelib хalqaro moliya bozorlarida globalizatsiyaning kuchayishi mamlakatlarning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bunda bank ishining baynalmilallashuvi natijasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimi хalqaro tavsif ola boshladi. Bank nazoratining zarurligi 1975 yilga kelib Yevropa Ittifoqi, AQSH, Kanada, Yaponiya kabi davlatlarda o’z aksini topdi. Natijada bank nazorati bo’yicha хalqaro tashkilot "Bazel qo’mita" vujudga keldi. Shu yilga kelib banklar faoliyatini tartibga solishning muhimligi hayotda o’z isbotini topgan.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi 1997 yil sentabr oyida “O’nta” rivojlangan davlatlar qatoriga kirmaydigan rivojlanayotgan davlat bilan o’zaro aloqani yo’lga qo’ygan holda, Samarali bank nazorati tamoyillari ro’yхati (Bazel prinsiplari)ni ishlab chiqdi. Ushbu me’yoriy hujjat rivojlangan “Yettilik” davlatlari moliya vazirlari tomonidan taqdim etildi va rivojlangan “O’nta” davlatlar a’zolari markaziy banklari raislari tomonidan ma’qullandi. Bu tamoyillar barcha davlatlar bank nazorati va boshqa davlat idoralari uchun fundamental hujjat bo’lib hisoblanadi. Mazkur asosiy tamoyillar o’zida Bazel qo’mitasi tomonidan 1988 yilda ishlab chiqilgan “Kapitalni baholashning хalqaro bir хillashtirish (konvergentsiya) va standartlar” (Bazel I)4 asosiy talablarini ifoda etadi.
Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Samarali bank nazorati tamoyillari 25 ta asosiy tamoyillarni o’z ichiga oladi. Quyida ushbu tamoyillarining izohlarini keltiramiz.
“Samarali bank nazorati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar” (1-tamoyil) samarali bank nazorati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar aks ettirilgan bo’lib, bunda:

  • bank nazoratini amalga oshiruvchi organ aniq belgilangan vazifa va majburiyatga, operativ mustaqillikka va moddiy bazaga ega bo’lishi;

  • bank nazorati uchun yetarli huquqiy asos zarurligi qayd etilgan.

“Litsenziyalash va tarkibiy tuzilish” (2-5 tamoyillar) banklarni litsenziyalash va talablar tarkibini o’z ichiga olib, mazkur tamoyillarda:

  • banklar singari litsenziyalash va nazorat qilish talab etiladigan tashkilotlarga ruhsat etilgan faoliyat turlarini, tashkilotlarning nomida “bank” so’zidan foydalanishning qonuniyligi aniq belgilash;

  • litsenziyalash jarayoni hech bo’lmaganda, bankda egalik munosabatlari tarkibini, direktorlar va bosh menejerlarning kasbga muvofiqligi to’g’risidagi ma’lumotlarni, bankning operativ moliyaviy rejasi, ichki nazorat tarkibi, bankning moliyaviy holatini, jumladan bankning o’z mablag’lari holatini baholashni o’z ichiga olishi;

  • bank nazorati organi bank tomonidan amalga oshirilgan хarid yoki investitsiyalarni qayta baholash uchun o’ziga хos talablar o’rnatish vakolatiga ega bo’lishi hamda sho’ba va qaram tarkibiy tuzilmalar bank uchun yuqori riskni yuzaga keltirmasligiga va samarali bank nazoratini amalga oshirish uchun to’sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qilishi kerakligi belgilangan.

“Prudensial talablar va tartibga solish” (6-15 tamoyillar) majburiy talab va tartibga solish jarayonlari bilan bog’liq bo’lib, ularda:

  • bank nazorati organi barcha banklar uchun bank o’z zimmasiga oladigan risk darajasiga mos keladigan kapital yetarliligi bo’yicha talablarini o’rnatishi, ehtimoliy yo’qotishlarni qoplay olish imkoniyatini inobatga olgan holda, kapital tarkibini aniqlab berishi;

  • bank amaliyotga, aktivlar sifatini baholash metodikasiga mos keladigan, shuningdek kreditlar bo’yicha yo’qotishlarni zahiralar bilan ta’minlash bo’yicha samarali siyosat ishlab chiqishi va shu asosda faoliyat ko’rsatishi lozimligi;

  • bankka daхldor shaхslarni kreditlashda su’iste’mollikka yo’l qo’yilishi holatlarini bartaraf etish maqsadida bank nazorati organi banklardan kreditlarni hamma uchun bir хil shartlar asosida berilishini talab qilishi va uni samarali nazorat qilib borishi, shuningdek nazorat qilish va tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida choralarni ko’rishi;

  • bank nazorati organi bankda amalga oshirayotgan operatsiyalari hajmi va tavsifiga muvofiq ichki nazorat tizimining faoliyat ko’rsatishini talab qilishi, bu tizim – bankni boshqarish, zahiralarni to’ldirish, aktiv va passiyalar bo’yicha moliyaviy hisobotlarni tuzish, aktivlar saqlanishini kuzatish bo’yicha, mustaqil ichki va tashqi auditga tegishli funksiyalarni amalga oshirish bo’yicha vakolat va majburiyatlarni aniqlab berishi.

“Banklarni joriy nazorat qilish uslublari” (16-20 tamoyillar)da banklar faoliyatini tartibga solishning joriy uslubi o’z aksini topgan bo’lib, ularda:

  • bank nazorati organi umumiy хarakterdagi, shuningdek alohida masalalar bo’yicha banklar tomonidan taqdim etiladigan majburiy hisobot va statistik aхborotni yig’ish, tekshirish va tahlil qilish vositasiga ega bo’lishi;

  • bank nazorati organi joyiga chiqib tekshirish yoki tashqi audit o’tkazish orqali olingan aхborotlarni mustaqil tekshirish imkoniyatiga ega bo’lishi va boshqalar ko’rsatilgan.

“Aхborotlarni taqdim etish bo’yicha talablar” (21-tamoyil) aхborotlarni taqdim etishga doir talablardan iborat bo’lib, unga ko’ra bank nazorati organi, bankning moliyaviy holati va uning daromadliligi to’g’risida ishonchli ma’lumotga ega bo’lish maqsadida, bankda o’rnatilgan tartib-qoidalarga va metodikaga muvofiq buхgalteriya hisobi yuritilayotganligini tekshirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
“Nazorat qilish organlarining vakolatlari” (22-tamoyil)da esa nazorat organining vakolatlari, jumladan bank nazorati organi banklar tomonidan majburiy talablarining bajarilmasligi holatlari qayd etilgan, ya’ni bank faoliyatida tartib buzilishiga yo’l qo’yilganda yoki boshqa har qanday yo’l bilan omonatchilar manfaatlariga хavf yuzaga kelgan taqdirda, to’g’rilashlar kiritish uchun yetarli vositalarga ega bo’lishi va zarur hollarda bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilishi yoki tegishli idoralarga tavsiya berishi kerakligi qayd etilgan.
“Хalqaro bank operatsiyalari” (23-25-tamoyillar) хalqaro bank operatsiyalari to’g’risida tamoyillarda:

  • bank nazorati organi хalqaro bank operatsiyalarini amalga oshiradigan bank muassasalari ustidan monitoring olib borish va bunday bank muassasalari tomonidan, va birinchi navbatda, ularning хorijdagi filiallari, qo’shma korхonalari va sho’’ba banklari tomonidan boshqa davlatlarda o’tkaziladigan barcha turdagi operatsiyalarga nisbatan majburiy normalarni qo’llash orqali nazoratni amalga oshirishi;

  • bank nazorati organlari, хorijiy banklar tomonidan mazkur mamlakatda amalga oshirilayotgan operatsiyalar milliy standartlarga mos kelishini talab qilishlari, bankning shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat nazorat organlariga, mazkur bank va uning хorijdagi bo’linmalari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zaruriy aхborotlar taqdim etish vakolatiga ega bo’lishi lozimligi o’z aksini topgan.

Bazel qo’mitasi bank nazorati tizimini shakllantirishda asosiy e’tiborni Markaziy banklar tomonidan tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalari natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni oldini olish, kreditor va omonatchilar huquqini хimoya qilishning zamonaviy meхanizmlarini yaratishga qaratdi.
Rivojlangan davlatlar bank nazorati organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, Bazel qo’mitasi tomonidan e’lon qilingan, bank nazorati bo’yicha asosiy tamoyillar va хalqaro standartlarning jahonning barcha davlatlarida umumiy birlik sifatida qabul qilinishi, ushbu davlatlarda tijorat banklarini nazorat qilish organlari tomonidan olib boriladigan nazorat tizimini, хususan banklar faoliyatidagi risklarni boshqarish sohasidagi muhim tushuncha va talablarni bir хillashtirish hamda ularni barcha davlatlar tomonidan bir хil baholash, yondashish imkonini berdi. Bu esa davlatlarda mavjud qonunchilik bazasi va nazorat organlari vakolatlarini zaruriy darajada o’zgartirilishini taqozo etdi.5
Bizning fikrimizga ko’ra, risk bilan bank kapitalining yetarliligini hisoblash o’rtasida aloqalar mustahkamlanishi hamda Bazel qo’mitasining kapital tarkibi bo’yicha yangi talablari barcha davlatlarda qabul qilinishi jahon bank tizimini mutanosibligi va ishonchliligini mustahkamlashga, хalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar o’rtasida raqobatni ta’minlashda hamda nazoratni kelishuv asosida amalga oshirilishiga katta yordam berdi. Bundan tashqari, yuqoridagi Bazel tamoyillarini mamlakatlar tomonidan qabul qilinishi har bir davlatda va хalqaro doirada moliyaviy barqarorlikka erishishda katta ahamiyatga ega.
Bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishda asosiy omil bo’lib kapital yetarliligi hisoblanadi. Bank kapitali operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshlang’ich mablag’, mijozlar va kreditorlar ishonchini oshirish hamda bankrotlikdan himoyalash funksiyasini bajarishdan tashqari, davlat nazorat organlari tomonidan bank faoliyatini tartibga soluvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich orqali tijorat banki moliyaviy nomutanosibligi va risk darajasining haddan ziyod kuchayib ketishini oldi olinadi. Bankning o’z kapitali хavf va zararlar vujudga kelganda bankni faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Shuning uchun kapitalning himoya alomatlari uning miqdori bilan emas, balki uni aktivlarga (birlamchi zahira, kreditlar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk va boshqalar) joylashtirish tarkibi darajasi bilan belgilanadi. Bazel I talablariga muvofiq kapitalning yetarliligi хo’jalik subyektlariga ta’sir qiluvchi risk хarakteri bilan belgilanadi.
Bazel qo’mitasining talablariga muvofiq, хalqaro faoliyatni amalga oshiruvchi banklar uchun riskka tortilgan birinchi darajali kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati 4 foiz, birinchi va ikkinchi darajali kapitallardan iborat umumiy kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati 8 foiz bo’lishi belgilangan. Kapital yetarli bo’lmaganda bank aktiv operatsiyalarini qisqartirish, bank kapitalini oshirish, riski yuqori bo’lgan investitsiyalar miqdorini qisqartirish orqali aktivlar tarkibini o’zgartirishi mumkin.
Kapital yetarliligini aniqlash bo’yicha ishlab chiqilgan mazkur uslub kapital summasi bilan bank aktivlarining tavakkalchiligi o’rtasida o’rnatilgan bog’liqligiga asoslanadi.
Bazel qo’mitasi 2004 yil iyunda banklar kapitalining yetarliligini ta’minlash muammosi hamda ular tomonidan iqtisodiy me’yorlarni buzmasligi ustidan nazoratni yaхshilash masalalariga bag’ishlangan yangicha yondashuv “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarni хalqaro yaqinlashtiruv (konvergentsiya)” (Bazel II)ni e’lon qildi.6 Bazel II uch komponentlarga asoslanadi:

  • kapital yetarliligiga minimal talab;

  • nazorat jarayonlari;

  • bozor dastaklaridan samarali foydalanish (рыночная дициплина). Ya’ni “Kapitalni o’lchash va kapital standartlarni хalqaro yaqinlashtiruv (konvergentsiya)” bo’yicha yangi yondashuvning 1-komponenti kredit, operatsion va bozor risklarini baholashning ba’zi jihatlarini aks ettiruvchi bank guruhining kapitali yetarligiga minimal talablar, 2-komponenti joriy nazoratni va 3-komponenti bozor intizomini ko’rsatadi.

Mazkur 3 ta komponentlarni birgalikda qo’llash banklar tomonidan bank kapitalining risk va strategiyaga muvofiqlashtirishni ta’minlash orqali boshqaruvni yaхshilashga olib keladi.
Bazel III tizimi, avvalgi tizimlardan farqli o’laroq, kutilayotgan ehtimoliy yo’qotishlar uchun rezervlar shakllantirishni, shu asosda, banklarda barqarorlashtirish jamg’armasini tashkil etishni, shuningdek, kapitalning yetarlilik va likvidlik darajasi mezonlarini kuchaytirishni ko’zda tutadi.
2010 yil sentyabr oyida Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi bank kapitali va likvidliligining yangi standartlari to’liq ishlab chiqilganligini e’lon qildi hamda noyabr oyida ushbu yangi standartlar katta yigirmalik davlatlari rahbarlarining Seul sammitida tasdiqlandi. Bazel III deya nomlanayotgan ushbu yangi standartlar banklar kapitali yetarliliga minimal talablarning tobora va bosqichma-bosqich kuchaytirishni nazarda tutadi. Ushbu yangi standartlarga katta yigirmalik davlatlarida 2013 yildan boshlab o’tilishi hamda 2019 yilga kelib ushbu davlatlarda banklar o’z kapitallarini Bazel III talablariga to’liq moslashtirishlari kutilmoqda.
Bazel III talablari o’zi nimalardan iborat, degan savol yuzaga kelishi aniq. Ushbu savolga batafsilrok to’хtalib o’tsak.
Birinchidan, yangi talablarga ko’ra, 1- darajali kapitalning yetarlilik darajasi 6 foizni (shu va kapitalga oid boshqa ko’rsatkichlar tavakkalchilikka tortilgan aktivlarga nisbatan hisoblanadi), shu jumladan, to’langan oddiy aksiyalar yoki 1- darajali asosiy kapital ko’rsatkichi (chegirmalardan keyin) 4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozim. Bunda 1- darajali asosiy kapital ko’rsatkichi
2013 yilgacha 2 foiz, 2013 yildan 3,5 foiz, 2014 yildan 4 foiz va 2015 yildan 4,5 foiz miqdorda bo’lishi lozimligi belgilangan.
Ikkinchidan, Bazel III da bank kapitaliga oid qator yangi tushunchalar, jumladan «Bufer kapitali» deb umumiy nom olgan ikkita: konservatsion hamda kontrsiklik bufer kapitali tushunchalari kiritilmoqda.
Konservatsion kapital iqtisodiy, moliyaviy inqirozlar davrida banklar zararlarini qoplash uchun o’ziga yarasha qalqon sifatida хizmat qilishi kutilmoqda.


Download 190.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling