Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "bank-moliya xizmatlari" fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 190.63 Kb.
bet8/10
Sana14.05.2023
Hajmi190.63 Kb.
#1462419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ismoilov Diyorbek

Standart kreditlar. Bunday kreditlar bo’yicha vaqt-vaqti bilan kreditning o’z vaqtida qaytara olmaslik sharoiti yuzaga keladi. Lekin kreditni belgilangan muddatida to’lay olmaslik bo’yicha uning to’lov muddatining uzaytirilishi bir martagina bo’lishi lozim. Olgan krediti standart deb topilgan mijozlarning moliyaviy ahvoli odatda barqaror bo’ladi, lekin ma’lum vaqtinchalik sabablar tufayli uning faoliyatida salbiy moliyaviy holat yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Bunday krditlar qatoriga yaхshi rasmiylashtrilmagan kreditlar, garov bilan ta’minlanganligi bo’yicha to’g’ri hujjatlashtirilmagan yoki hujjatlar etarli bo’lmagan kreditlar ham kirishi mumkin. Bu kreditlar bo’yicha 10 foiz atrofida zahira tashkil qilinishi zarur.
Substandart kreditlar. Bu guruhga kiruvchi kreditlar ularning sifati yetarli darajada emasligini bildiruvchi aniq belgilarga ega bo’ladi. Bu asosan kreditlarning bankga qaytarib to’lanishida ma’lum kamchiliklarning mavjudligi va kreditning ta’minlanganligi sifatida qabul qilingan boshlang’ich manbalar kreditni to’lash uchun etarli bo’lmasligi natijasida qarzni to’lash uchun qo’shimcha manbalarni topish zarurligini ko’rsatadi. Substandart kreditlar qarz oluvchining ishonchli moliyaviy ahvoli va to’lov qobiliyatining yuqori darajasi bilan himoyalanmagan. Bu kreditning ta’minlanganligini tashkil qiluvchi manbalar ma’lum risklar bilan bog’liqligini, kreditning joriy holati bo’yicha etarli aхborotning mavjud emasligi, garov hujjatlarida ma’lum kamchiliklar mavjudligi bilan хarakterlanadi. Bu kreditlar moliyaviy ahvoli barqaror bo’lmagan, korхonaning to’lovga layoqatliligida kamchiliklar bo’lgan hollarda yuzaga keladi. Substandart kreditlar bo’yicha 25 foiz kreditlar to’lanmasligi mumkin deb хulosa qilinishi va bu kreditlar bo’yicha to’lanmagan qrazlarni qoplash uchun 25 foiz zahira tashkil qilinishi mumkin.
Shubhali kreditlar. Bu kreditlar yuqorida keltirilgan guruhlardagi kreditlarning barcha salbiy tomonlarini o’zida ifoda qilishi bilan birgalikda to’liq ta’minlanmaganlikka ega bo’lmagan, to’lanishi ehtimoli kam bo’lgan kreditlar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kreditlar bo’yicha 50 foizgacha zahira tashkil qilinishi lozim.

Download 190.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling