Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

O„xshash (faqat 
KO„BS uchun) 
3.2.5 Xorijdan olingan patent va litsenziyalarni 
sotishdan olingan daromad, YAIMga 
nisbatan foizda 
IUS bilan bir xil 
Ishlatilmaydi 
Avstraliya ishtirok etgan xalqaro taqqoslashda BRIKS mamlakatlari (Braziliya, 
Rossiya, Hindiston, Xitoy, JAR), Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQShni 
YEIga a‘zo davlatlarni taqqoslashda 24 ga qarshi 13 indikator bo‗yicha kompozit 
indeks qiymati bo‗yicha joylashtirilgan. YEIT 2013 dasturida yetakchi o‗rinlarni 
AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya yegallamoqda, BRIKS mamlakatlari orasida Xitoy 
jadal rivojlanmoqda.
RIS indeksini tuzishga bo‗lgan yondashuv YEITga a‘zo davlatlar taqqoslash 
nuqtai nazaridan YEIT indeksini tuzishga bo‗lgan yondashuv bilan bir xil, ammo u 
butun mamlakatga emas, balki alohida mintaqalarga nisbatan qo‗llanilmaydi va 
ko‗rsatkichlarning ancha kam sonini o‗z ichiga oladi – jami indeksni tashkil etuvchi 
24ga nisbatan 12 ta. Ko‗rsatkichlarning kamligi mintaqaviy darajada tegishli 
ma‘lumotlarning yetishmasligi bilan bog‗liq. Shunday qilib, RIS ko‗rsatkichi 
innovatsiyalarni mintaqalararo taqqoslashda "ilg‗or tajribalarni" qo‗llash uchun 
Yevropa Ittifoqiga a‘zo 20 davlatning 200 ga yaqin mintaqalarining innovatsion 
siyosati to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. 
Innovatsion faoliyatni baholashning yana bir xalqaro metodologiyasi 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va 2001 yilda kompozit 


385 
indeks sifatida kiritilgan, texnologik yangiliklarni tarqatish va yaratishda 
mamlakatning rivojlanish darajasini belgilaydigan Texnologik yutuqlar indeksidir – 
Technology Achievement Index (TAI). Uning maqsadi mamlakatda (mintaqada) 
texnologik salohiyat rivojlanishining hozirgi holatini baholash va boshqa davlatlar 
bilan taqqoslaganda ob‘ektiv pozitsiyani aniqlashdan iborat
123
. TAI mamlakatning 
texnologik rivojlanishining 4 tarkibiy qismini o‗lchash uchun mo‗ljallangan: 
1. Yangi texnologiyalarning yaratilishi (jamiyatda innovatsiyalar darajasi) 2 
ko‗rsatkichga asoslanadi: kishi boshiga berilgan patentlar soni – ixtirochilik 
faoliyatining hozirgi darajasi; chet eldan berilgan litsenziyalar bo‗yicha royalti va 
mukofotni jon boshiga olish, o‗tgan muvaffaqiyatli yangiliklarning zahirasi darajasi; 
2. So‗nggi innovatsiyalarning diffuziyasi (aholi jon boshiga internet-xostlar 
ulushi, eksportning umumiy hajmida o‗rta va yuqori texnologiyali mahsulotlar 
eksporti ulushi); 
3. Mavjud innovatsiyalarning diffuziyasi (tarqalishi) – mezon rivojlanayotgan 
davlatlar uchun muhimdir (aholi jon boshiga shahar telefonlari va uyali telefonlar 
soni, aholi jon boshiga elektr energiyasini iste‘mol qilish); 
4. Ko‗nikmalarni rivojlantirish (15 yosh va undan katta yoshdagi o‗quv yillari, 
ilmiy faoliyat bilan shug‗ullanuvchilar soni). 
TAI texnologiyani rivojlantirishning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash 
uchun ishlab chiqilgan, ammo tor ixtisoslashuv va ko‗rib chiqilgan mezonlarning 
ko‗pligi tufayli u umuman mamlakat (mintaqa)ning innovatsion sohasi 
rivojlanishining ob‘ektiv manzarasini aks ettirmaydi. Innovatsion imkoniyatlar 
indeksi (Innovation Capacity Index (ICI)) – bu 131 mamlakatning innovatsion 
salohiyatini 60 mezon bo‗yicha baholaydigan, 5 ta kichik indekslarga guruhlangan
mamlakatning innovatsiyalarni rivojlantirishni rag‗batlantiradigan muhitni yaratishga 
ta‘sir ko‗rsatadigan indeksidir
124
, bular: 
123
Measuring the Technology Achievement of Nations and the Capacity to Participate in the Network Age 
[Электронный 
ресурс] / MEGHNADDESAI, SAKIKOFUKUDA-PARR, CLAES JOHANSSON and 
FRANSISCOSAGASTI // Journal of Human Development. – 2002. – Vol. 3, No. 1. – Режим доступа: 
http://unpan1.un.org/intra doc/groups/public/documents/apcity/unpan014340.pdf 
124
Augusto López-Claros, Yasmina N. Mata// Policies and Institutions Underpinning Country Innovation Results from 
the Innovation Capacity Index [Электронный ресурс]. – Режим доступа: www.innovationfordevelopmentreport.org/ 
ici.html (дата обращения: 09.05.2013). 


386 
1. inson kapitali (ta‘lim, ijtimoiy integratsiya); 
2. institutsional muhit; 
3. normativ-huquqiy baza; 
4. ITTKI uchun shart-sharoitlar; 
5. axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish va ulardan 
foydalanish – infratuzilma sifati, hokimiyat organlari, internet, kompyuterlar va 
televideniye, mobil aloqa tomonidan AKTdan foydalanish. 
Boston Konsalting Guruhining Jahon miqyosidagi innovatsion indeks – The 
Global Innovation Index (The Boston Consulting Group – GII BCG) mamlakatda 
innovatsiyalar darajasini baholash uchun xalqaro ko‗rsatkich bo‗lib, innovatsiyalar 
natijalari va davlat siyosatining innovatsiyalarni rivojlantirishni rag‗batlantirish 
qobiliyatining ko‗rsatkichidir. Indeks ikki elementdan iborat – innovatsion potensial 
(innovation inputs) va innovatsion samaradorlik (innovation performance), ular o‗z 
navbatida ma‘lum mezonlar to‗plamidan iborat
125


Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling