Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA 
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
 
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 


 
BEKTEMIROV A.B., RUZIBAYEVA N.X., АZIMOVA R.I. 

 
 
INVESTITSIYA VA
INNOVATSIYALAR 
 
 
 
 
 O‟zbekiston Respublikasi Oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi huzuridagi 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan 5230600 – “Moliya”, 5231200 – 
“Sug‟urta ishi”, 5232100 “Korporativ moliya” va boshqa bakalavriat ta‟lim 
yo‟nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‟quv qo‟llanma sifatida 
tavsiya etilgan 

 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 2020 



UUK: 
KBK: 
 
Investitsiya va innovatsiyalar. O‘quv qo‘llanma / A.B. Bektemirov, N.X. Ruzibayeva, 
R.I. Azimova – Toshkent: 2020. – 432 b. 
 
Taqrizchilar: E. Shavqiyev – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ―Tarmoqlar 
iqtisodiyoti‖ kafedrasi dotsenti 
…………… 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada
investitsiya va innovatsiyalarni iqtisodiy mohiyati, turlari, 
iqtisodiyotda tutgan o‗rni, investitsiyalarni tasniflanishi, investitsiyalarni jalb etish shakllari, investitsiya 
fondlari va ularning faoliyati, iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy 
hududlarning o‗rni, xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar, investitsiya faoliyatida risklarning turlari 
va ularni oldini olish tartibi va boshqarishning mohiyati yoritilgan. Shuningdek, investitsiya muhitini 
yaxshilashda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan chora – tadbirlarlarning asosiy yo‗nalishlari 
amaliy ma‘lumotlar va nazariy jihatdan yoritilgan bo‗lib, u 5230600 – Moliya va boshqa bakalavriat 
ta‘lim yo‗nalishlari talabalariga ―Investitsiya va innovatsiyalar‖ fanidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya 
etiladi. 
В данном учебнике освещены экономическая сущность, виды, роль инвестиций и 
инноваций в экономике, классификация инвестиций, формы привлечения инвестиций, 
инвестиционные фонды и их деятельность, роль свободных экономических зон в привлечении 
иностранных инвестиций в национальную экономику, преференции, предоставленные 
иностранным инвесторам, виды рисков инвестиционной деятельности, порядок их 
предотвращения и управления ими. В том числе, представлены теоретические аспекты и 
практические материалы реализуемых государством мероприятий по основным направлениям 
совершенствования инвестиционного климата. Рекомендовано в качестве учебника по предмету 
«Инвестиция и инновации» для направлений образования бакалавра 5230600 – «Финансы». 
This textbook covers the economic nature, types, the role of investment and innovations in the 
economy, the classification of investments, forms of attracting investments, investment funds and their 
activities, the role of free economic zones in attracting foreign investment in the national economy, 
preferences granted to foreign investors, types of investment risks, the procedure for their prevention 
and management. In particular, theoretical aspects and practical materials of measures implemented by 
the state on the main directions of improving the investment climate are presented. Recommended as a 
textbook on the subject "Investments" for areas of education bachelor 5230600 - "Finance". 
© A.B. Bektemirov, N.X. Ruzibayeva, R.I. Azimova 2020 
© Нашр, 2020 



KIRISH 
Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni
iqtisodiyotni keng miqyosda modernizatsiyalash borasidagi sa‘yi – harakatlarning 
yanada kuchaytirilishi sanoat korxonalarida texnika va texnologiyalarni keng joriy 
etish hamda investitsiyalar jalb qilish doirasini kengaytirish va ulardan imkon
darajasida samarali foydalanishni taqozo etadi. Chunki mamlakatimizda zamonaviy 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ishlab chiqarishni vujudga kelishiga, ya‘ni turli 
mulkchilik shaklidagi korxonalarni yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi va o‗z faoliyatlarini 
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun investitsiyalarni jalb etish bilan 
iqtisodiy sharoit yaratadi. 
Mamlakatlar 
iqtisodiyotining 
rivojlanishi 
va 
iqtisodiy 
barqarorligini 
ta‘minlashda investitsiyalar muhim o‗rin tutadi. Jumladan, bugungi kunga kelib chet 
el investitsiyalari har bir iqtisodiyot rivojlanishida zarur omil bo‗lib hisoblanmoqda. 
Bugungi 
kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‗lga qo‗yilishini 
hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini 
ta‘kidlash lozim. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev o‗z ma‘ruzalarida ―Xalqimizning 
fidokorona mehnati bilan 2019 yil – ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish 
yili‖da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida 
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. 
Ayniqsa, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard AQSH dollarini 
tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e‘tiboringizni qaratmoqchiman 
– 3,1 milliard AQSH dollariga yoki 3,7 barobar o‗sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi‖ deb ta‘kidlab o‗tdilar
1

Shuningdek, mamlakatimiz korxonalarida investitsion va innovatsion 
faoliyatning yanada rivojlantirishga qaratilgan muammolarni o‗rganish, innovatsion 
faoliyatning 
samaradorligi, 
avvalambor, 
mamlakatda 
innovatsion 
muhitni 
yaxshilashga qaratilgan qonunlar doirasida yagona huquqiy me‘yorlar tizimini 
shakllantiradigan institutsional asoslarni ishlab chiqish darajasiga bog‗liq ekanligidan 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси. https://www.prezident.uz/uz/lists/view/3324 



dalolat beradi. Iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlarida xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning innovatsion faoliyati va o‗zaro ta‘siri an‘anaviy munosabatlarning 
iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishga ta‘sirini kuchaytiradi hamda ularning tuzilmasida 
iqtisodiy munosabatlarning yangi ko‗rinishlarini shakllantiradi, bu esa bozorni 
tiklaydi
2

Investitsiya va innovatsiyalar fanining asosiy maqsadi moliya sohasidagi 
mutaxassislarga iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalarning o‗rni, investitsiyalash 
maqsadlari, investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari, investitsiya 
faoliyati va investitsiya siyosati, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish shakllari, investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o‗rni, 
investitsiya faoliyatida kapital qurilish, rivojlanish davlat dasturlarining amalga 
oshirilishi, investitsiya loyihalarining mohiyati, manbalari va usullari, investitsiya 
loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash, xorijiy investitsiyalar 
va 
kreditlar hisobiga 
loyihalarni moliyalashtirish, 
innovatsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirish, innovatsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish, mamlakat 
innovatsiya faoliyatini baholash, investitsiya va innovatsiya faoliyatini me‘yoriy 
tartibga solinishi hamda hozirgi kunda investitsiya faoliyatining rivojlanish 
an‘analari, istiqboli hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab oladi. 
Darslikni tayyorlashda mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining darsliklari, o‗quv 
qo‗llanmalari, ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalaridan keng foydalanilganligi bois 
ularga alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali talabalar korporativ moliya, investitsiya va 
sug‗urtachining investitsiya portfelini boshqarish, moliyaviy tahlil fanlari hamda 
xo‗jalik sub‘ektlarida investitsiya va innovatsiya faoliyatini tashkil etish va 
loyihalarni moliyalashtirishni o‘rganishida muhim manba bo‗lib xizmat qiladi. 
2
Никонова Я.И., Казаков В.В. Механизм финансового обеспечения инновационной деятельности 
экономических систем: Вестник Томского государственного университета, 2012. с. - 127.




Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling