Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 1.4. Moliyaviy va real investitsiyalarning o„zaro bog„liqligi. Jamg„armalar –


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 1.4. Moliyaviy va real investitsiyalarning o„zaro bog„liqligi. Jamg„armalar – 
investitsiyalar manbasi sifatida 
Ma‘lumki, amaldagi qonunlarga ko‗ra milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb 
qilishning turli manbalari mavjud bo‗lsada ham investitsiyalash jarayonida davlatning 
moliyaviy 
mablag‗lari bilan ishtirokining keskin kamayishi iqtisodiyot 
sub‘ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini faollashtirishning yangi moliyaviy 
manbalarini izlashga undamoqda. 
Turli 
mulk 
shaklidagi 
korxonalarni 
investitsiyalashga 
mo‗ljallangan 
mablag‗larning asosiy qismi pul shaklida o‗z ifodasini topadi. Turlicha ko‗rinishda 
pulning investitsiyaga aylanish jarayoni amalga oshirilsada ham xo‗jalik sub‘ektlari 
o‗zlarini faoliyatini yuritishlari uchun pul mablag‗lariga ega bo‗lgan holda ishlab 
chiqarish, xizmat ko‗rsatish bo‗yicha ob‘ektlarni tashkil etish va kengaytirishi 
mumkin bo‗ladi. Bu esa investitsiyalash jarayonining oddiy shakli bo‗lib hisoblanadi. 


21 
Boshqa hollarda pul jamg‗armalarining investitsiyaga aylanishi murakkab kechadi, 
buning sababi aholining katta qatlamini ishlab chiqarishni boshqarish ko‗nikmasiga 
va uni tashkil etish uchun minimal mablag‗larga ega emasligidir. Bu esa 
korxonalarda bevosita investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklaydi. 
Kapital quyilmalar ob‘ektiga ko‗ra investitsiyalar yuqorida ko‗rsatib o‗tilganidek real 
va moliyaviy turlarga ajratiladi va ular o‗z navbatida iqtisodiyotning real va 
moliyaviy sektori o‗rtasidagi nisbatlarga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu esa nomutanosiblik 
yoki iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlanishida o‗z aksini topadi. 
Nomutanosiblik bozor xo‗jaligi ichki tarkibining asosini tashkil qilishi yoki 
kapitalistik iqtisodiyotning boshqa dastaklari singari pul va moliya bozorining ham 
asosiy vazifasi iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkinligi xaqida Dj.M.Keyns 
batafsil o‗z asarlarida fikr bildirib o‗tgan. Amalda esa ular teskari samara ko‗rsatib 
beqarorlikka olib kelishi mumkin. Buning sababi Keyns ―qo‗shimcha pul bosib 
chiqarish va moliya bozorini shunday pullar bilan to‗ldirish‖da deb biladi. 
Aytish joizki, Keyns ta‘limoti izdoshlari o‗z qarashlarida moliyaviy sektorning 
iqtisodiyotning beqarorligiga va siklligiga ta‘sirini tahlil etishda yagona qarash 
mavjud emasligini e‘tirof etishadi. Fond bozori faoliyati natijasida tizimning 
beqarorligi hozirgi zamon fond bozorlari real investitsiyalarni moliyalashtirish uchun 
faoliyat yuritishlarini nazarda tutmaydi, balki aksincha ularni fond bozori 
faoliyatining natijasi sifatida o‗rganiladi deb ta‘kidlaydi. Dj.M.Keyns real va 
moliyaviy investorlar qarorlari va faoliyatiga yuqori baho berib, aksiyalar kursining 
pasayishi kapital samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligini kapital 
samaradorligining yuqori nuqtasini real investitsiyalar foydaliligining kutilishi deb 
hisoblaydi. Real investitsiyalarni aksiyalar kotirovkasi tebranishi bilan, kotirovka esa, 
ularning kelajakdagi dinamikasi haqidagi fikrlar orqali belgilanishi deb talqin qiladi. 
Aksariyat investorlar fikrlar dinamikasini baholashni emas, ishlab chiqarish 
vositalarini harid qilishni ustun qo‗yishi bilan birga kelajakda o‗z investitsiyalarining 
samaradorligini baholash uchun qo‗lga kiritilgan natijalarga asoslangan holda 
ma‘lumot yig‗ishni muhim deb biladilar. Ushbu jarayonni tashkil etish usullari 
investitsiyaning sifat belgilarini ifodalaydi. 


22 
Fond bozori tomonidan ta‘minlanadigan individual qo‗yilmalar likvidligining 
yuqoriligi ularning real sektorga oqib o‗tishini kuchaytiradi. Yangi sharoitlarda 
investitsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, u ham bo‗lsa investitsiya faoliyatini 
faollashtirishga qaratilgan alohida e‘tibor biznesning uzoq muddatli faoliyatiga emas, 
balki birja kotirovkalariga qaratgan moliyaviy investorlar tomonidan real 
investitsiyalar amalga oshirilishi beqarorlik muammosining chuqurlashuviga olib 
keladi. Xalqaro tajriba ko‗rsatishicha agar moliyaviy sektor real sektordan ustun 
bo‗lsa, undagi chayqovchilik harakteri investitsion qarorlarni bashorat qilish yanada 
qiyinlashadi. Bugungi kunda sikl fazasini belgilab beruvchi investitsiyalarning 
haqiqiy hajmi ishlab chiqarish vositalariga bo‗lgan talab va taklif narxlarini 
solishtirish, 
shuningdek, 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
manbalarining 
hammabopligi bilan belgilanmoqda. Birinchi omil investitsiyani kiritish to‗g‗risidagi 
qarorni, ikkinchisi esa kutilayotgan daromad baholangandan so‗ng investitsiyalar 
hajmini belgilab beradi. 
Moliyaviy resurslar taqsimlanmagan foyda va bank kreditlaridan tashkil 
topganligi bois bank kreditlarining hajmi kelajakdagi kon‘yuntura o‗zgarishlari 
tufayli kreditorlar risklarini sub‘ektiv baholashga bog‗liq bo‗lishi tabiiydir.
Hozirgi sharoitda narxlarga ta‘sir qiluvchi asosiy omil – investitsiyalarni 
moliyalashtirish jarayonida iqtisodiyotda to‗plangan qarzning xajmi va o‗sishidir. 
Qarzning ko‗payib borishi bilan bank kreditlarini jalb qilayotgan real sektorning 
qaramligi oshib boradi, siklning o‗suvchi fazalarida esa real sektorning kreditdan 
qaramligini o‗sishi bilan birga uning hammabopligi kamayib borishi mumkin. 
Iqtisodiyotda moliyaviy bozorlarning me‘yorida faoliyat yuritishi natijasida 
iqtisodiyotni ―bum‖ holatiga olib keladi bu esa o‗z navbatida moliyaviy inqirozni 
keltirib chiqaradi. Demak moliyaviy beqarorlik gipotezasiga ko‗ra, real 
investitsiyalarni moliyalashtirish uchun qarzning ko‗payib borishi siklli dinamikasini 
harakatlantiruvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. 
Real va moliyaviy investorlar maqsadlarining turlicha bo‗lishi va fond 
bozorining real sektorga ta‘sirining yo‗qligi bilan belgilanishi va investitsiya 
siyosatini nazorat qilish orqali esa ma‘lum vaqtdagi investitsiyalar hajmini belgilab 


23 
berishga erishish mumkin. Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablag‗larga 
investorlar 
tomonidan 
qo‗yiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliyaviy 
investitsiyalar – qimmatli qog‗ozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank 
depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qo‗yilmalardir. Real investitsiyalarni 
kapital qo‗yilmalar, deb ham atash mumkin. Kapital qo‗yilmalar yalpi va sof kapital 
qo‗yilmalariga bo‗linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital 
qo‗yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan 
qismi sof kapital qo‗yilmalardir. Sof kapital qo‗yilma yalpi kapital qo‗yilma 
summasiga teng yoki kam bo‗lishi mumkin. Qishloq xo‗jaligi, jumladan, korxonalar 
miqyosida yalpi kapital qo‗yilmani sof kapital qo‗yilmaga aylantirishga alohida 
e‘tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya‘ni 
ishga tushirilishini ta‘minlash zarur. Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda 
moddiy ishlab chiqarish vositlariga sarflangan mablag‗lar real investitsiyalar deb 
hisobga olinadi. Milliy hisoblar tizimida asosiy kapitalga hamda moddiy ishlab 
chiqarish vositlariga sarflangan mablag‗lar real investitsiyalar deb hisobga olinadi. 
Lekin, respublika qishloq xo‗jaligida erkin bozor munosabatlari sust sur‘atlar bilan 
rivojlantirilayotganligi moliyaviy investitsiyalar ko‗lami kengayishini talab 
darajasida ta‘minlamayapti.
Kelajakda bu muhim masalani hal etishga alohida e‘tibor berish maqsadga 
muvofiqdir. Davlatning iqtisodiy siyosatida qishloq xo‗jalik korxonalarida ham 
qimmatli qog‗ozlar bozorini tashkil etish tadbirlari ishlab chiqilishi va ular 
amaliyotga tatbiq yetilishi lozim. Real investitsiyalar hajmini investorlarning 
kelajakdagi daromadliligini baholovchi boshqaruvchilar tomonidan belgilanishiga 
ye‘tibor qaratiladi. Ular tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalar real tovarlarga 
talabni yuzaga keltiradi, yalpi ishlab chiqarishning ko‗payishiga va asosiy kapital 
kengayishiga imkoniyat yaratib beradi. 
Ta‘kidlash kerakki, moliyaviy sektor murakkab tizim bo‗lib hisoblangan holda 
uning ishtirokchilari real tovarlar muomalasidan ajralgan holda moliyaviy 
aktivlarning muomalasini amalga oshirishlari mumkin. Moliyaviy sektor tarkibida 
moliyaviy instrumentlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan turli xil moliyaviy 


24 
bozorlar kiradi. Moliyaviy sektor ko‗p tarmoqli infratuzilmani va turli tuman 
moliyaviy instrumentlarni o‗z ichiga oladi. Moliyaviy sektorning asosiy vazifasi – 
bo‗sh pul resurslarining iqtisodiyotning real sektori subektlari o‗rtasida samarali 
qayta taqsimlashdir. Moliyaviy sektorning ishlamasligi real sektor sub‘ektlarini o‗z 
jamg‗armalari darajasidan kelib chiqib investitsiyalarni amalga oshirishga majbur 
etadi. Shu bilan birga, globalizatsiya sharoitida moliyaviy sektorning o‗rni oshib 
boradi, moliyaviy bozorlarning ko‗lami kengayib ular real sektordan ajralgan holda 
yerkin faoliyat yuritadi. Moliyaviy kapital uchun ishlab chiqarish sohasidan ajralgan 
holda mustaqil ko‗payishiga yangi imkoniyatlar paydo bo‗ladi. Bunga misol sifatida 
offshor hududlar, ijtimoiy fondlar mablag‗lariga moliyaviy chayqovchiliklarga jalb 
qilishni, moliyaviy instrumentlari va boshqalarni ko‗rsatishimiz mumkin. Kunlik 
tovar va xizmatlar savdosi o‗tgan asrning 70-yillariga nisbatan 50 foiz o‗sgani holda, 
jahon valyuta bozoridagi bitimlari hajmi 1 mlrd. dollardan hozirgi kunda 3-4 trln. 
dollarga yetdi. 
Umuman olganda tijorat krediti keskinlik bilan o‗z o‗rnini moliyaviy 
instrumentlarga bo‗shatib bermoqda. Hozirgi kunda iqtisodchi olim Ernando de Soto 
hisobiga ko‗ra, dunyoda taxminan 13 trln. dollar naqd pul, 170 trln. dollar an‘anaviy 
qimmatli qog‗ozlar va 600 trln. dollar (bu ko‗rsatgich 1 kvadrillion dollar atrofida 
ham bo‗lishi mumkin) moliyaviy instrumentlar ko‗rinishida muomaladadir
23
. Keyingi 
yillarda muddatli kreditlash shaklining ustunligi sezilarli darajada oshdi. Natijada 
moliyaviy bozorlardagi aylanmalar hajmi real sektordan yuqoriligi qayd etildi. 
Jamg‗arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish 
orqali aholi iste‘molini oshirishga yo‗naltirilgan jarayon. Jamg‗arishning asosiy 
funksiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadi aholining o‗sib va 
o‗zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini bosqichma – bosqich ta‘minlash 
bo‗lib hisoblanadi. Jamg‗arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, 
ya‘ni jamg‗armaning iqtisodiyotga ijobiy ta‘siri investitsiyaga aylangandagina yuz 
beradi. Jamg‗arma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining doimiy 
ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‗planib borishi tushuniladi. 
23
Investitsiya fanidan ma‘ruza kursi. – Samarqand: SamISI, 2017 y.


25 
Jamg‗armaning hajmi barcha faoliyat yurituvchi xo‗jaliklar daromadidan iste‘mol 
sarflarini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Iste‘mol sarflari ulushi daromad tarkibida 
qanchalik yuqori bo‗lsa, jamg‗arma hajmi shunchalik kam bo‗ladi, ammo bunday 
holat investitsiya faoliyatiga, uning taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Jamg‗armaning o‗sishi bir tomondan, iqtisodiy ma‘noda mablag‗larning iste‘mol 
buyumlar harid qilishga yo‗naltirilishini bildirsa, ikkinchi tomondan, muddat jihatdan 
kechiktirilgan iste‘mol jamg‗armani anglatsada, jamiyat oldida doimo bugungi va 
ertangi iste‘molning qancha bo‗lishini yechish muammosi turadi. Jamg‗arish bilan 
investitsiya o‗rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng 
muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechmaydi. Bunga 
sabab investitsiya darajasi va jamg‗arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va 
holatlarga bog‗liqligidir.
Yuqori jamg‗arish me‘yoriga ega bo‗lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar 
o‗zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga ega bo‗lishadi. Shu 
bois ham mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko‗paytirish va uning 
iqtisodiy o‗sishini ta‘minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri 
– bu jamg‗arish me‘yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta‘minlash 
hisoblanadi. Shu bois me‘yori barqaror iqtisodiy o‗sishning asosiy ko‗rsatkichi 
jamg‗arish bo‗lib xizmat qiladi. Jamg‗arish me‘yorining o‗sishi bilan YAIMning 
qo‗shimcha o‗sish sur‘ati ham yuz beradi. Jahon amaliyotining ko‗rsatishicha, 
jamg‗arish me‘yori 25 foizdan ortiq bo‗lgan mamlakatlarda YAIMning qo‗shimcha 
o‗sish sur‘ati o‗rtacha 4,8 foizga teng bo‗lgani holda, jamg‗arish me‘yori 30 foizdan 
ortiq mamlakatlarda ushbu ko‗rsatkich o‗rtacha 8,7 foizni tashkil etgan.
Xitoy, Janubiy Koreya kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda oxirgi 15 yil 
davomida kuzatilgan o‗rtacha 10 foizli iqtisodiy o‗sish davrida jamg‗arma ulushining 
o‗rtacha qiymati 30 foizni tashkil etgan. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotini 
ko‗rsatishicha, bir yilda 6 foizdan ortiq iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash uchun milliy 
jamg‗armalar YAIMning kamida 25 foizini, investitsiyalar esa 30 foizini tashkil 
etishi kerak. Darhaqiqat, iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan jamg‗arma ulushi bir qator 
rivojlanayotgan mamlakatlar darajasidan yuqori bo‗lsada, uning iqtisodiy o‗sishga 


26 
ta‘siri nisbatan past holatni namoyon etmoqda. Shu munosabat bilan jamg‗armadan 
samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy o‗sish davomiyligini ta‘minlash 
uchun, eng avvalo, qimmatli qog‗ozlar bozorini rivojlantirish asosida mavjud aholi 
jamg‗armalarini iqtisodiyotga investitsiya sifatida kirib kelishini faollashtirish hamda 
tarmoqlararo kapital oqimini ta‘minlashga qaratilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar 
bazasini mukammallashtirish asosida korxona jamg‗armalarining investitsiyaga 
aylanish samaradorligini oshirish lozim. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling