Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY BOSQICHLARI § 2.1.
Tayanch so„z va iboralar Investitsiya, real investitsiya, moliyaviy investitsiya, xorijiy investitsiya, fizik aktivlar, nomoddiy aktivlar, jamg‗arma, moliyaviy sektor. O„zini-o„zi tekshirish uchun savollar 1. Investitsiya faoliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning ahamiyati. 2. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati. 3. Investitsiyalar qanday belgilariga ko‗ra tasniflanadi? 4. Moliyaviy investitsiya deganda nimani tushunasiz? 5. Real investitsiya deganda nimani tushunasiz? 6. Investitsiyalarni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‗rni. 7. Investitsiyalarning qanday turlari mavjud? 8. Moliyaviy va real investitsiyalarning o‗zaro bog‗liqligi. 29 II BOB. INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY BOSQICHLARI § 2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati § 2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish va o‗zlashtirish jarayonlari § 2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari § 2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiya jarayoni – bu investitsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni bo‗lib, bevosita investitsion amaliyotlar shakllanadigan barcha iqtisodiy munosabatar majmuasidir. Amaldagi qonunchilikka asosan investitsiya faoliyati – sub‘ektlarning investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‗liq harakatlari majmuidir‖ – deb e‘tirof etilgan. Mazkur faoliyatni davlat avvalo yagona organ sifatida qonunchiliklar, xalqaro kelishuvlar, turli davrda rivojlangan davlatlarning strategik siyosatlari, turli ko‗rinishdagi imtiyozlar, ularning ishtirokchilari o‗rtasida munosabatlarni tartibga solish mexanizmlar va boshqallarni o‗z ichiga oladi. Investitsion jarayonni iqtisodiy mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, avvalo mazkur munosabatlardagi ―iqtisodiy asos‖ ko‗proq rol o‗ynaydi. Chunki faoliyatning amalga oshishidan asosiy maqsad ortida samarali faoliyatni tashkil etish va ta‘minlash yotadi. Samarali faoliyat investitsiya faoliyatini keng faollashuviga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Investitsiya faoliyatining asosida shu mamlakatning moliya tizimining evolyutsion rivojlanish davrlari yotadi, uning uchun iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning rivojlangan bozor iqtisodiyotiga nazar tashlasak u yerda faqat mazkur munosabatlarning asosiy evolyutsion jarayoni bilan bog‗liq. Chunki har bir malakat qonunchiligi doimiy ravishda bir yerda to‗xtab qolmay doimiy ravishda jahon iqtisodiyotiga mos takomillashib boriladi va bu ko‗zlangan natijani beradi. Bu ma‘lum davrlarni va takomillashtirish mexanizmlarini o‗z ichiga oladi. Samara yoki daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya‘ni investitsiyalarni o‗ziga xos shakllari bo‗lishi mumkin, ya‘ni: pul mablag‗lari, banklardagi maqsadli jamg‗armalar, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog‗ozlar; 30 harakatdagi va harakatda bo‗lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob- uskunalar, hamda boshqa moddiy boyliklar); muallliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va boshqa intellektual boyliklar; yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik huquqlari va boshqa boyliklar. Shunday qilib investitsiya faoliyati deganda, investitsiyalarning turlari va shakllari asosida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa davlat tomonidan ta‘qiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan yo‗lga qo‗yish va moliyaviy mablag‗lar sarflash bilan bog‗liq munosabatlar yig‗indisi tushuniladi. Investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar, aksioner jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini yo‗lga qo‗yishda har bir mulk egasi o‗z manfaatini ko‗zlab, ya‘ni foyda olish va samaraga erishishni ko‗zlaydi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni mohiyatini chuqur tushunib yetgan holda ish yuritishi lozim. Investitsiya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi mulk egasi tez o‗zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko‗p qirrali moliyaviy munosabatlarini har tomonlama anglay bilishi lozim, chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, investitsiya faoliyatini tashkil etish risk bilan bog‗liq bo‗lib, qisqa davr ichidagi inqirozga uchrashi mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda investitsiya faoliyati quyidagi yo‗nalishlarda olib borilishiga alohida e‘tibor qaratiladi: fuqarolar, davlatga qarashli bo‗lmagan korxonalar, xo‗jalik assotsiatsiyalari, jamoa va o‗rtoqlik xo‗jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga; davlatni ma‘muriy va boshqaruv bo‗linmalari, tashkilotlari hamda davlat korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga; 31 chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit muassasalari tomonidan olib borilishiga; qo‗shma korxona ko‗rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy shaxslar va davlatlar bilan hamkorlikda olib borilishiga. Hozirgi sharoitda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‗lga qo‗yilishi, jahon iqtisodiy aloqalarini taraqqiy etishi, qo‗shma korxonalarni iqtisodiyotni barqarorlashtirishdagi rolini ortishi investitsiya faoliyatini to‗la tashkil etish imkoniyatlarini yaratmoqda. O‗z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el kapitalining kirib kelishi investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‗nalishlarini belgilab bermoqda. Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish jismoniy, huquqiy shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni barqarorlashtirish, dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo‗jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilash asosiy maqsad bo‗lib hisoblanadi. Shuning bilan birga rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti shundan dalolat beradiki, davlatning investitsion strategiyasining 96 asosiy yo‗nalishlari to‗g‗ri tanlanganligidan dalolat beradi. Investitsion strategiya amaldagi taktikalar natijasida ko‗zlangan maqsadga erishiladi. Strategik faoliyat uchun turli ko‗rinishdagi imtiyozlar yaratiladi, bu esa barcha jarayonlarni bir tekisda muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat etish, xalqaro kelishuvlarni unifikatsiyalashgan formalaridan foydalanish kabi mexanizmini ishlab chiqishni talab etadi. Investitsion jarayonni mohiyatiga ko‗ra barcha investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog‗liq faoliyatning asosi bo‗lib hisoblangan uzoq muddatni o‗z ichiga oladi. Shuning uchun bu jarayon bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalni harakati ishlab chiqarish sohasidan savdo sotiq jarayonlariga keng yo‗l ochiladi. Chunki buning asosiy sababi: birinchidan, investitsion mablag‗ o‗z egasidan uzoq vaqt davomida boshqa shaxsga o‗tadi; 32 ikkinchidan, bu o‗z navbatida mablag‗ning o‗z egasidan uzoqlashganligi sababli qaytmaslik ehtimoli bo‗yicha shubha tug‗diradi; uchinchidan, risk darajasi boshqalarga nisbatan kuchli bo‗ladi; to‗rtinchidan, savdo sohasida ishlab chiqarishga nisbatan daromadning kelish tezligi kuchayadi hamda risk darajasi ham nisbatan pastligi bilan harakterlanadi; beshinchidan, uzoq vaqt ichida mablag‗ egasiga kelayotgan daromadlilik darajasi pasayib boradi. Mazkur holatlarni boshqarish asosan davlatning muvofiqlashtiruvchi mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Bu boshqaruv avvalo davlatning bosh islohatchi sifatidagi roli orqali namoyon bo‗ladi va ushbu jarayonning jahon miqyosdagi faollashuvi esa sekin astalik bilan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga moslashib boradi. Umuman olganda, investitsion jarayonning keng faollashuvi mamlakat rivoji va xalq manfaati uchun va qolaversa ularning yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling