Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
Tayanch so„z va iboralar 
Investitsiya, real investitsiya, moliyaviy investitsiya, xorijiy investitsiya, fizik 
aktivlar, nomoddiy aktivlar, jamg‗arma, moliyaviy sektor. 
 
O„zini-o„zi tekshirish uchun savollar 
1. Investitsiya faoliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning ahamiyati. 
2. Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati. 
3. Investitsiyalar qanday belgilariga ko‗ra tasniflanadi? 
4. Moliyaviy investitsiya deganda nimani tushunasiz? 
5. Real investitsiya deganda nimani tushunasiz? 
6. Investitsiyalarni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‗rni. 
7. Investitsiyalarning qanday turlari mavjud? 
8. Moliyaviy va real investitsiyalarning o‗zaro bog‗liqligi. 


29 
II BOB. INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY 
BOSQICHLARI 
 
§ 2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati 
§ 2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish va o‗zlashtirish jarayonlari 
§ 2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari 
 
§ 2.1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. 
Investitsiya jarayoni – bu investitsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni 
bo‗lib, bevosita investitsion amaliyotlar shakllanadigan barcha iqtisodiy munosabatar 
majmuasidir. Amaldagi qonunchilikka asosan investitsiya faoliyati – sub‘ektlarning 
investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‗liq harakatlari majmuidir‖ – deb e‘tirof 
etilgan. Mazkur faoliyatni davlat avvalo yagona organ sifatida qonunchiliklar, 
xalqaro kelishuvlar, turli davrda rivojlangan davlatlarning strategik siyosatlari, turli 
ko‗rinishdagi imtiyozlar, ularning ishtirokchilari o‗rtasida munosabatlarni tartibga 
solish mexanizmlar va boshqallarni o‗z ichiga oladi. Investitsion jarayonni iqtisodiy 
mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, avvalo mazkur munosabatlardagi ―iqtisodiy 
asos‖ ko‗proq rol o‗ynaydi. Chunki faoliyatning amalga oshishidan asosiy maqsad 
ortida samarali faoliyatni tashkil etish va ta‘minlash yotadi. Samarali faoliyat 
investitsiya faoliyatini keng faollashuviga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
Investitsiya faoliyatining asosida shu mamlakatning moliya tizimining 
evolyutsion rivojlanish davrlari yotadi, uning uchun iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarning rivojlangan bozor iqtisodiyotiga nazar tashlasak u yerda faqat 
mazkur munosabatlarning asosiy evolyutsion jarayoni bilan bog‗liq. Chunki har bir 
malakat qonunchiligi doimiy ravishda bir yerda to‗xtab qolmay doimiy ravishda 
jahon iqtisodiyotiga mos takomillashib boriladi va bu ko‗zlangan natijani beradi. Bu 
ma‘lum davrlarni va takomillashtirish mexanizmlarini o‗z ichiga oladi. Samara yoki 
daromad keltiradigan mulkiy va intellektual boyliklar, ya‘ni investitsiyalarni o‗ziga 
xos shakllari bo‗lishi mumkin, ya‘ni: 

pul mablag‗lari, banklardagi maqsadli jamg‗armalar, paylar, aksiyalar va 
boshqa qimmatbaho qog‗ozlar;


30 

harakatdagi va harakatda bo‗lmagan mulklar (binolar, inshootlar, asbob-
uskunalar, hamda boshqa moddiy boyliklar);

muallliflik huquqi, nou-xaulardan tashkil topgan mulkdorlik huquqlari va 
boshqa intellektual boyliklar;

yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari hamda mulkchilik 
huquqlari va boshqa boyliklar.
Shunday qilib investitsiya faoliyati deganda, investitsiyalarning turlari va 
shakllari asosida tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa davlat tomonidan 
ta‘qiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan yo‗lga qo‗yish va 
moliyaviy mablag‗lar sarflash bilan bog‗liq munosabatlar yig‗indisi tushuniladi. 
Investitsiya faoliyatini fuqarolar, huquqiy shaxslar (korxonalar, firmalar, aksioner 
jamiyatlari va boshqa tipdagi mulk egalari) va davlat yuritadi. Investitsiya faoliyatini 
yo‗lga qo‗yishda har bir mulk egasi o‗z manfaatini ko‗zlab, ya‘ni foyda olish va 
samaraga erishishni ko‗zlaydi. Investitsiya faoliyatini tashkil etishda har bir mulk 
egasi ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni mohiyatini chuqur tushunib yetgan holda ish 
yuritishi lozim. Investitsiya faoliyati bilan shug‗ullanuvchi mulk egasi tez 
o‗zgaruvchan bozor iqtisodiyoti va uning ko‗p qirrali moliyaviy munosabatlarini har 
tomonlama anglay bilishi lozim, chunki barqarorlashmagan iqtisodiyotda investor pul 
muomalasi, moliya kredit va banklar, soliq siyosati mohiyatini chuqur bilmay turib, 
investitsiya faoliyatini tashkil etish risk bilan bog‗liq bo‗lib, qisqa davr ichidagi 
inqirozga uchrashi mumkin.
Sanoati 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
investitsiya 
faoliyati 
quyidagi 
yo‗nalishlarda olib borilishiga alohida e‘tibor qaratiladi:

fuqarolar, davlatga qarashli bo‗lmagan korxonalar, xo‗jalik assotsiatsiyalari, 
jamoa va o‗rtoqlik xo‗jaliklari hamda jamoa mulkchiligi asosida tashkil etilgan 
tashkilotlar, nodavlat korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga;

davlatni ma‘muriy va boshqaruv bo‗linmalari, tashkilotlari hamda davlat 
korxonalari va muassasalari tomonidan olib borilishiga;


31 

chet el fuqarolari, xususiy firmalar, assotsiatsiyalar, kompaniyalar va huquqiy 
shaxslari hamda boshqa xorijiy davlatlar va halqaro moliya – kredit muassasalari 
tomonidan olib borilishiga;

qo‗shma korxona ko‗rinishida mahalliy va chet el fuqarolari, huquqiy 
shaxslar va davlatlar bilan hamkorlikda olib borilishiga.
Hozirgi sharoitda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yo‗lga qo‗yilishi, jahon 
iqtisodiy 
aloqalarini 
taraqqiy 
etishi, 
qo‗shma korxonalarni iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishdagi rolini ortishi investitsiya faoliyatini to‗la tashkil etish 
imkoniyatlarini yaratmoqda. O‗z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el 
kapitalining kirib kelishi investitsiya faoliyatini tashkil etish yo‗nalishlarini belgilab 
bermoqda. Bozor sharoitida investitsiya faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish 
jismoniy, huquqiy shaxslarni va davlatni, foyda olish maqsadida tadbirkorlik, 
ishbilarmonlik va boshqa faoliyatlarini qaytadan tiklashga qaratilgan. Bu boradagi 
asosiy maqsad investitsiya faoliyatini tashkil etib iqtisodiyotni barqarorlashtirish, 
dunyo bozoriga kirib borish, jahon xo‗jalik aloqalarini mustahkamlash va aholi 
turmush darajasini yaxshilash asosiy maqsad bo‗lib hisoblanadi. Shuning bilan birga 
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti shundan dalolat beradiki, davlatning investitsion 
strategiyasining 96 asosiy yo‗nalishlari to‗g‗ri tanlanganligidan dalolat beradi. 
Investitsion strategiya amaldagi taktikalar natijasida ko‗zlangan maqsadga erishiladi.
Strategik faoliyat uchun turli ko‗rinishdagi imtiyozlar yaratiladi, bu esa barcha 
jarayonlarni bir tekisda muvofiqlashtirish, tartibga solish, nazorat etish, xalqaro 
kelishuvlarni unifikatsiyalashgan formalaridan foydalanish kabi mexanizmini ishlab 
chiqishni talab etadi. Investitsion jarayonni mohiyatiga ko‗ra barcha investitsion 
jarayonlar bilan chambarchas bog‗liq faoliyatning asosi bo‗lib hisoblangan uzoq 
muddatni o‗z ichiga oladi. Shuning uchun bu jarayon bozor iqtisodiyoti 
rivojlanayotgan mamlakatlarda kapitalni harakati ishlab chiqarish sohasidan savdo 
sotiq jarayonlariga keng yo‗l ochiladi. Chunki buning asosiy sababi:
birinchidan, investitsion mablag‗ o‗z egasidan uzoq vaqt davomida boshqa 
shaxsga o‗tadi; 


32 
ikkinchidan, bu o‗z navbatida mablag‗ning o‗z egasidan uzoqlashganligi 
sababli qaytmaslik ehtimoli bo‗yicha shubha tug‗diradi;
uchinchidan, risk darajasi boshqalarga nisbatan kuchli bo‗ladi;
to‗rtinchidan, savdo sohasida ishlab chiqarishga nisbatan daromadning kelish 
tezligi kuchayadi hamda risk darajasi ham nisbatan pastligi bilan harakterlanadi;
beshinchidan, uzoq vaqt ichida mablag‗ egasiga kelayotgan daromadlilik 
darajasi pasayib boradi. Mazkur holatlarni boshqarish asosan davlatning 
muvofiqlashtiruvchi mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Bu boshqaruv avvalo 
davlatning bosh islohatchi sifatidagi roli orqali namoyon bo‗ladi va ushbu 
jarayonning jahon miqyosdagi faollashuvi esa sekin astalik bilan bozor iqtisodiyoti 
tamoyillariga moslashib boradi. Umuman olganda, investitsion jarayonning keng 
faollashuvi mamlakat rivoji va xalq manfaati uchun va qolaversa ularning yashash 
sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling