Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 3.4. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo„nalishlari va amalga
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
§ 3.4. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo„nalishlari va amalga
oshirish bosqichlari Investitsiya siyosati – investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muamolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy sub‘ektlar uchun qulay xo‗jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuidir. Davlatning tashqi investitsiya siyosati – bu tashqi investitsion oqimlarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari tizimidir. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyatning eng muhim doimiy vositalaridan biri investitsiya siyosati bo‗lib hisoblanadi. Bunday siyosat davlatning butun siyosiy sohasining asosiy o‗zagini tashkil etadi. Iqtisodiy o‗sish sur‘atlari, moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining oshishi ko‗p 56 jihatdan amalda olib borilayotgan investitsiya siyosatiga bog‗liqdir. Investitsiya siyosati davlatning jamiyatda moddiy ne‘matlarni takror ishlab chiqarishni tashkil etishga va investitsiya vositalarini safarbar qilishga ham qaratilgan bo‗lishi ham lozim. Davlat siyosatining ushbu sohasi, uning tegishli organlarining bunday siyosatning maqsadlari va vazifalarini belgilash, uni amalga oshirish uchun mablag‗larni qidirib topish borasidagi faoliyatidan iboratdir. Investitsiya siyosati ob‘ektiv qarashli ma‘muriyat tomonidan ijro etiladigan ochiq-ravshan, samarali va qat‘iy rioya qilinadigan qonunlarga ega bo‗lganida – xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun kuchli rag‗bat hosil qiladi. Bunday siyosatni ishlab chiqish respublikamizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy o‗sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o‗rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Investitsiya siyosatini tashkil etishda iqtisodiy ahvolni yaxshilashda keng ko‗lamli erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari alohida ahamiyatga ega. Erkinlashtirish narx-navoning erkin belgilanishini, savdoning davlat tomonidan nazorat qilinishi to‗xtatilishini, yangi kompaniyalarni hech bir to‗siqsiz tuzish mumkinligini taqozo qiladi. Barqarorlashtirish inflyatsiyaning qisqartirilishini, xalq xo‗jaligi, tashqi iqtisodiy sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini ko‗zda tutadi. Islohotlarning bir- biri bilan bog‗liq bo‗lgan bu ikki omili o‗tish jarayonining dastlabki bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin va lozim. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling