Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya sub‟ekti
- Investorlar
- Reinvestitsiyalar
Investitsiyaning ob‟ekti bo‗lib, mablag‗lar ya‘ni boyliklarni safarbar
etayotgan ob‘ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, qimmatli qog‗ozlar, bank depozitlari bo‗lishi mumkin. 27 Petrov, A.N. Strategicheskiy menedjment / A. N. Petrov - SPb.: Piter,2005. - 496 s. (54 s.) 42 Investitsiya sub‟ekti bo‗lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‗lgan fuqorolar bo‗lishi mumkin. Investorlar – o‗z kapitalini investitsiya faoliyati ob‘ektlariga investitsiyalashni amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ektidir. Emitent – qimmatli qog‗ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va to‗lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir. Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok etadigan har xil ko‗rinishdagi mablag‗lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo‗yicha huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo‗lib xizmat qiladi. Bundan tashqari davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta‘sir ko‗rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o‗z- o‗zidan rivojlana olmaydi, unga albatta, muayyan ta‘sir ko‗rsatuvchi sub‘ektlarning aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat tomonidan ta‘minlash mumkin. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion faoliyatining rivojlanishini to‗xtatib qo‗ymasligi lozim, aks holda uning amal qilishida sub‘ektivlik ta‘sirining kuchi yuqori bo‗ladi va bo‗ysundiruvchi harakterga ega bo‗lib qoladi. Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo‗nalishlarida qulay sharoitlar yaratishga (ya‘ni, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni qondirishga) qaratilgan bo‗lishi lozim. Investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda 43 muvofiqlashtirib borish davlat tomonidan ta‘minlanishi lozim: bozor iqtisodiyoti sharoitiga kirib borish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosatni amalga oshirilishini ta‘minlash; davlatning fan-texnika siyosatini o‗tkazish va buning asosida xo‗jalik tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga kirib borish. Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni qo‗llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshirilishi davr talabidir. Bu chora-tadbirlar qo‗yidagilardan iborat bo‗lmog‗i lozim: - soliq tizimini qulaylashtirish, ya‘ni soliq sub‘ektlarini, ob‘ektlari va stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish; - samara keltirmaydigan va boqimandalik holatini yuzaga keltiruvchi soliq imtiyozlaridan voz kechish; - amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo‗llab-quvvatlash hamda amortizatsiya imtiyozlarini joriy etish; - ayrim viloyat (tuman, shahar)larda tarmoqlarni rivojlantirishga maqsadli dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar orqali yordam ko‗rsatish; - byudjetdan ajratiladigan subvensiyalarni taqdim etishda sohada yuz berishi lozim bo‗lgan ijobiy imtiyozni asos qilib olish; - kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol tadbirlarini ishlab chiqarish va oqilona narx-navo siyosatini o‗tkazish. - yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash; - investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‗tkazish davlat dasturlariga kiritish, investitsiya loyihalarining monitoringini o‗tkazish va mexanizmini ishlab chiqish; - zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to‗xtatib turish, cheklash yoki tugatish. Shuni ta‘kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy barcha shart-sharoitlarning, qulayliklarning yaratilishiga bog‗liqdir. Bu investitsion iqlim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‗liq bo‗lgan muhit sifatida qaralishi maqsadga muvofiqdir. Bunda investitsion muhitning ahvoli iqtisodiy, ijtimoiy, 44 siyosiy, huquqiy shart-sharoitlarning mavjud holati yotishi lozim. Shuning uchun iqtisodiy siyosatni olib borish, davlat boshqarish organlarining investitson jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etishi va chet el investitsiyalarini jalb qilishi investitsion muhitga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo bunday ta‘sir doimo ijobiy natijalarni qo‗lga kiritilishiga xizmat qilishi zarur. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling