Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar
Tayanch so„z va iboralar: Investitsiya siyosati, asosiy kapital, globallashuv, chet el investitsiyalari, investitsiya faoliyati, investitsiya loyihasi, investitsiya resurslari, investitsiya faoliyati, investitsiya ob‘ekti, investitsiya sub‘ekti, reinvestitsiyalar. O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 1. Investitsiya resurslari deganda nimani tushunasiz? 2. O‗zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‗ullanadigan rasmiy muassasalar qaysilar? 3. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda qanday usullardan foydalaniladi? 4. Sanoati rivojlangan davlatlarda investitsiya faoliyati qanday yo‗nalishlarda olib boriladi? 5. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining mohiyatini yoriting. 63 V BOB. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING ROLI § 4.1. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari § 4.2. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari § 4.3. To‗g‗ridan-to‗g‗ri chet el investitsiyalarining iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi roli § 4.4. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar § 4.1. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlashga va rivojlantirishga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. O‗zbekiston xorijiy investitsiyalarni mamlakatga kiritish uchun barcha shart – sharoitlarga ega. O‗zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ham ega. Umuman olganda qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo‗lib hisoblanmoqda. Aytish joizki, xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib biror-bir davlat taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisha olgan emas. Shu bois ham bu ish mamlakatimizning iqtisodiy siyosatida ustuvor yo‗nalishlaridan biri bo‗lib kelmoqda. O‗zbekiston Respublikasida bu siyosatni: - tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - respublika iqtisodiyotiga kapital mablag‗larni jalb etishni ta‘minlovchi huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish; - jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni yetkazib beruvchi hamda iqtisodiyotning zamonaviy tuzilmalarini barpo etishga ko‗maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini muntazam ravishda yuritish; 64 - mablag‗larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‗zlashtirish bilan bog‗liq eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga sarflash kabi tamoyillar orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimizdagi mavjud qonunchilik xorijiy samoyadorlarga bir qator kafolat va imtiyozlar berishini ta‘minlaydi. Shu o‗rinda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotimizda naqadar zarurligini e‘tirof etgan holda xorijiy sarmoyadorlar O‗zbekiston Respublikasida olib borilayotgan investitsion siyosatiga, qonun ustuvorligiga eng asosiysi to‗lov qobiliyatiga qodir bo‗lgan kuchli sherik sifatida ishonchlarini qozonish lozim. Buning uchun iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni asosan to‗g‗ridan-to‗g‗ri kapital sarmoyalar ko‗rinishida keng jalb qilinishi uchun huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish, ko‗shma korxonalar tashkil etilishiga ko‗maklashish, shuningdek, investorlar manfaatlari himoya qilinishini takomillashtirish zarur. Albatta, mamlakatga investitsiya kiritayotgan har bir xorijiy investor uning boy imkoniyatlari bilangina emas, balki: - avvalambor, respublikada ijtimoiy siyosiy vaziyatning barqarorligi; - iqtisodiy taraqqiyot istiqbollarining aniq ravshanligi; - respublikada o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning izchilligi; - xorijiy sarmoyalar to‗g‗risidagi qonunlarning imtiyozli shartlari to‗g‗ri belgilanganligi bilan ham ularda qiziqish uyg‗otmoqda. Xorijiy investitsiyalarini jalb etar ekanmiz, ichki jamg‗arma manbalarini safarbar etmasdan va korxonalarning o‗zlari faol investitsiya ishlari bilan shug‗ullanmasdan turib, iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o‗zgartirish vazifasini hal qilish qiyin bo‗ladi. Investitsiya siyosatida asosiy e‘tibor korxonalarni ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish uchun mablag‗ qidirib topishni rag‗batlantirishga qaratilmog‗i lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinar ekan, bunda bizning asosiy vazifamiz chet mamlakatlardan keladigan sarmoyalarni ishga solib, xom ashyo yetkazib beradigan mintaqadan tayyor mahsulot chiqaradigan mamlakatga aylantirish orqaligina biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadga erishgan bo‗lamiz. Bir 65 davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‗naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to‗la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‗la olmaydi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling