Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Xalqaro investitsiyalar – jahon mamlakatlari o‗rtasida harakatda bo‗lgan 
investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‗rtasidagi 
faol harakati zamonaviy jahon xo‗jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib 
turuvchi xususiyatlariga aylandi.
Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo‗jaligidagi tovarlarni chetga 
chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o‗rtacha 
yillik o‗sish sur‘ati 30 foizdan oshadi. Bu ko‗rsatkich jahon savdosi o‗sishi 
sur‘atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o‗zida moddiy 
boylik barpo etish uchun zarur bo‗lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida 
jamg‗arilgan zahiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda 
mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‗ladi.
Kompaniyalar va jismoniy shaxslar investitsiya jarayonining ishtirokchilaridir. 
Ular investitsiya jarayonida ham talab tomonida ham taklif tomonida ishtirok etishlari 
mumkin. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda 
investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‗ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko‗ra xorijiy 
investitsiyalar ssuda kapitali (ya‘ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel 
investitsiyalarga bo‗linadi. Investitsiyalar nimaga yo‗naltirilganligi ular qaysi xorijiy 
investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 
Xorijiy investitsiyalar qo‗shma korxonalarda o‗z hissasi bilan qatnashib, xorijiy 
investorlarga to‗liq tegishli bo‗lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda 
qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‗ozlarni sotib olishi, 
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‗lishi, erkin iqtisodiy 
hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Mamlakatimizda tarkibiy o‗zgarishlarni 
izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‗lib 
kelmoqda.
Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta‘sir 


66 
ko‗rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar 
majmuidir.
Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: 
tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi 
malakasi va o‗rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon‘yunktura holati, ichki bozor 
sig‗imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati
soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, 
xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning 
belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay 
investitsiya 
muhitini 
yaratish 
davlatimiz 
iqtisodiy 
siyosatining 
markaziy 
masalalaridan biri bo‗lib kelmoqda.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 3 guruh omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling