Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish va o„zlashtirish jarayonlari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 2.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish va o„zlashtirish jarayonlari 
Iqtisodiy kategoriya sifatida avvaldan jamg‗arilgan mablag‗larni, kapitalni 
ko‗paytirish maqsadida tadbirkorlik ob‘ektlariga joylashtirish va investitsion 
loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‗rtasida 
vujudga keladigan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Jamg‗arilgan mablag‗lar 
investitsiya sifatida real iqtisodiyotga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yetib bormasdan, moliyaviy 
vositachilar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda investitsiyalar dastlab 
moliyaviy investitsiyalar ko‗rinishida maydonga chiqadi va so‗ngra real 
investitsiyalarga aylanadi. 
Real investitsiyalar kapital qo‗yilmalar shaklida ham amalga oshiriladi hamda 
o‗zidagi yangi qurilishlariga, kengaytirishga, rekonstruksiyaga va faoliyat 
ko‗rsatayotgan korxonalarni texnik qayta jihozlashga, uskunalar, inventarlar, 
loyihaviy mahsulotlar sotib olishga sarf-harajatlarni mujassamlashtiradi. Shuning 
uchun ham iqtisodiy fanda va amaliyotda ―investitsiya‖ va ―kapital qo‗yilma‖ 
terminlarining mutlaq bir xil tushunchalar emasligini nazarda tutadi. Investitsiyalar 
kapital qo‗yilmaga nisbatan kengroq ma‘noda qo‗llaniladi. 


33 
Makroiqtisodiyot ko‗lamida olib qaralganda real investitsiyalar ishlab 
chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining 
o‗sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi 
hisoblanadi. Real investitsiyalar – bu joriy davrda iste‘mol qilinmagan va 
iqtisodiyotda kapital o‗sishini ta‘minlovchi YAIMning bir qismidir. O‗zbekiston 
iqtisodiyotida real investitsiyalar hajmi muttasil ravishda ortib bormoqda. 2017-2021 
yillar davomida iqtisodiyotni tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun 
investitsiyalarni jalb qilish borasida katta ishlar bajarildi. Ana shu maqsadlarga 
barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2019 yilning yanvar-martida 10543,7 
mlrd. so‗m (dollar ekvivalentida 1,3 mlrd. AQSH doll.) yoki 2018 yilning yanvar-
martiga nisbatan 191,2 foiz asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar 
o‗zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga 
o‗zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 35,3 foiz tashkil etdi.
Mamlakatimizda so‗nggi yillarda davlat harakatlar strategiyasi dasturi 
doirasida ushbu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim chora-tadbirlarni 
muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Bu esa investitsiya faoliyatini huquqiy 
asoslari takomillashtirish maqsadlarida qator qonun hujjatlariga va boshqa huquqiy 
normalarga jiddiy o‗zgarishlar kiritildi. Buning natijasida milliy investorlar va 
xorijdan jalb qilinadigan investorlar uchun berilayotgan kafolatlar tizimi yanada 
mustahkamlandi. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
davrida 
undagi 
tarkibiy 
o‗zgarishlar ham jadallashadi va bu investitsiya faoliyatiga yangicha yondashishni 
talab etadi. Mazkur yondashuv quyidagi qoidalardan kelib chiqadi: 
– investitsiya jarayonini faollashtirish; 
– investitsiya resurslarini iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohalariga 
yo‗naltirish; 
– investitsiya jarayoniga korxonalar, tashkilotlar, aholi jamg‗armalarini keng 
miiyosda jalb etish; 
– chet el kapitalining kirib kelishi uchun investitsiya muhitini kengaytirish. 


34 
Dunyo tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, investitsiyalarni jalb qilish va 
moliyalashtirish ancha murakkabligi tufayli uni amalga oshirishda moliya tizimi 
muhim o‗rin egallaydi. Hozirda moliya-kredit tizimi tadbirkorlar bilan ishlashning 
asosiy va barqaror vositasi sifatida namoyon bo‗lmoqda. Bu tizimni yanada 
mustahkamlash 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalashning 
tez 
sur‘atlarda 
rivojlanishiga imkon yaratishda muhim rol o‗ynaydi. Bank tizimi orqali moliyaviy 
aktivlarning tezda pulga aylanishi va sug‗urta tizimi orqali riskning taqsimlanishi 
moliyaviy shakldagi jamg‗arma hajmini saqlab qolishga va ko‗paytirishga imkon 
beradi. Moliya bozorining rivojlanishi va moliyaviy dastaklardan foydalanish orqali 
esa xo‗jalik ob‘ektlari tavakkalchilik qilishga va jamg‗arma to‗plash imkoniyatiga 
ega bo‗ladilar. Shunday qilib, barqaror va sog‗lom moliyaviy tizimning rivojlanishi 
investitsiyalashning ichki imkoniyatlarini kengaytiradi va iqtisodiy o‗sishni 
ta‘minlaydi
24

Real investitsiyalardan samarali foydalanish ularni amalga oshirayotgan 
korxonalarda iqtisodiy jarayonlar moliyaviy sog‗lom faoliyatni tashkil etilishga ham 
bog‗liq 
bo‗ladi. 
Investitsiya 
harakteridagi 
qo‗yilmalarning 
kutilayotgan 
samaradorligini moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini qo‗llagan holda 
baholash va investitsion jarayon ustidan muntazam monitoring faoliyatini amalga 
oshirish 
resurslardan 
oqilona 
foydalanishni 
ta‘minlaydi. Aytish joizki, 
investitsiyalarni moliyalashtirish mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, 
investitsiyani jalb qilish infratuzilmasini rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy 
ahvoliga bog‗liq bo‗ladi. O‗zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
muhim xususiyati xususiy tadbirkorlikka keng yo‗l ochish va biznes muhitini yanada 
yaxshilash borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishidir. Jumladan, keyingi 
yillarda qabul qilingan qator qonunlar va qonunchilik hujjatlari huquqni muhofaza 
qiluvchi, nazorat organlari va ma‘muriy tuzilmalarning tadbirkorlik faoliyatiga 
noqonuniy aralashuvini bartaraf etish uchun qat‘iy tartib o‗rnatildi. 
24
―Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy 
o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish 
hisobidan oldinga yurishdir‖. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma‘ruzasi. ―Xalq so‗zi‖, 2016 yil 16 yanvar. 


35 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling