Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Investitsiyaning ob‟ekti bo‗lib, mablag‗lar ya‘ni boyliklarni safarbar 
etayotgan ob‘ektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amaldagi korxonalar, 
qimmatli qog‗ozlar, bank depozitlari bo‗lishi mumkin. 
27
Petrov, A.N. Strategicheskiy menedjment / A. N. Petrov - SPb.: Piter,2005. - 496 s. (54 s.) 


42 
Investitsiya sub‟ekti bo‗lib, investitsiyani amalga oshiruvchi yuridik va 
jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, halqaro tashkilotalar, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi 
korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo‗lgan fuqorolar bo‗lishi mumkin. 
Investorlar – o‗z kapitalini investitsiya faoliyati ob‘ektlariga investitsiyalashni 
amlga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub‘ektidir. 
Emitent – qimmatli qog‗ozlarni muammalaga bosib chiqaruvchi yuridik va 
to‗lovga qobiyatli jismoniy shaxslar. 
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan 
foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta 
kiritishdir.
Investitsiya resurslari – bu investitsion faoliyati amalga oshirishda ishtirok 
etadigan har xil ko‗rinishdagi mablag‗lardir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Respublikada investitsiya faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratilishi bilan birga uni davlat tomonidan muvofiqlashtirish uchun ham 
hukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qoidalar qabul qilingan. Ushbu 
qonunlar investitsion faoliyatning tartibga solinishi va muvofiqlashtirilishi bo‗yicha 
huquqiy tizimning shakllanishiga asos bo‗lib xizmat qiladi. Bundan tashqari 
davlatning investitsion faoliyatga qanday vositalar va richaglar orqali ta‘sir 
ko‗rsatishi ham muhim masaladir. Har qanday jamiyatdagi investitsion faoliyat o‗z-
o‗zidan rivojlana olmaydi, unga albatta, muayyan ta‘sir ko‗rsatuvchi sub‘ektlarning 
aralashuvi talab qiladi. Bunday aralashuvning samarali natijasini faqat davlat 
tomonidan ta‘minlash mumkin. Biroq bunday vaziyatda davlat investitsion 
faoliyatining rivojlanishini to‗xtatib qo‗ymasligi lozim, aks holda uning amal 
qilishida sub‘ektivlik ta‘sirining kuchi yuqori bo‗ladi va bo‗ysundiruvchi harakterga 
ega bo‗lib qoladi.
Investitsion faoliyatni muvofiqlashtirish uning muhim yo‗nalishlarida qulay 
sharoitlar yaratishga (ya‘ni, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan 
takomillashtirish, yangilik va ixtirolarni tadbiq etish asosida ijtimoiy talablarni 
qondirishga) qaratilgan bo‗lishi lozim. Investitsion faoliyatni quyidagi maqsadlarda 


43 
muvofiqlashtirib borish davlat tomonidan ta‘minlanishi lozim: bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga kirib borish jarayonida davlatning iqtisodiy siyosatni amalga oshirilishini 
ta‘minlash; davlatning fan-texnika siyosatini o‗tkazish va buning asosida xo‗jalik 
tabaqalarini mustahkamlash hamda jahon bozoriga kirib borish. 
Davlat tomonidan investitsion faoliyatini boshqarish bir qator chora-tadbirlarni 
qo‗llash, ularni hayotga tadbiq etish asosida amalga oshirilishi davr talabidir. Bu 
chora-tadbirlar qo‗yidagilardan iborat bo‗lmog‗i lozim: 
- soliq tizimini qulaylashtirish, ya‘ni soliq sub‘ektlarini, ob‘ektlari va 
stavkalarini tabaqalashtirish va soliq imtiyozlarini berish; 
- samara keltirmaydigan va boqimandalik holatini yuzaga keltiruvchi soliq 
imtiyozlaridan voz kechish; 
- amortizatsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan tezlashtirilgan 
amortizatsiya siyosatini qo‗llab-quvvatlash hamda amortizatsiya imtiyozlarini joriy 
etish; 
- ayrim viloyat (tuman, shahar)larda tarmoqlarni rivojlantirishga maqsadli 
dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar orqali yordam ko‗rsatish; 
- byudjetdan ajratiladigan subvensiyalarni taqdim etishda sohada yuz berishi 
lozim bo‗lgan ijobiy imtiyozni asos qilib olish; 
- kredit siyosatini, davlatning norma va standartlarining antimonopol 
tadbirlarini ishlab chiqarish va oqilona narx-navo siyosatini o‗tkazish. 
- yer hamda boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish shart-sharoitlarini 
aniqlash; 
- investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‗tkazish davlat dasturlariga kiritish, 
investitsiya loyihalarining monitoringini o‗tkazish va mexanizmini ishlab chiqish
- zarur hollarda yoki qonunga muvofiq investitsiya faoliyatini to‗xtatib turish, 
cheklash yoki tugatish. 
Shuni ta‘kidlash joizki, investitsiya faoliyatining amalga oshirilishi zaruriy 
barcha shart-sharoitlarning, qulayliklarning yaratilishiga bog‗liqdir. Bu investitsion 
iqlim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarga bog‗liq bo‗lgan muhit sifatida qaralishi 
maqsadga muvofiqdir. Bunda investitsion muhitning ahvoli iqtisodiy, ijtimoiy, 


44 
siyosiy, huquqiy shart-sharoitlarning mavjud holati yotishi lozim. Shuning uchun 
iqtisodiy siyosatni olib borish, davlat boshqarish organlarining investitson 
jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlatning aralashuvi, xalqaro bitimlarda 
ishtirok etishi va chet el investitsiyalarini jalb qilishi investitsion muhitga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Ammo bunday ta‘sir doimo ijobiy natijalarni qo‗lga kiritilishiga xizmat 
qilishi zarur. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling