Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
Tayanch so„z va iboralar 
Investitsiya jarayoni, investitsiya ob‘ekti, investitsiya sub‘yekti, investitsiya 
faoliyati, annuitet, portfe‘l investitsiya. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar 
1. Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz? 
2. Real investitsiyalarni o‗zlashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
3. Investitsiya jarayoni ishtirokchilari kimlar? 
4. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishni o‗ziga xos xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
5. Investitsiyalash ob‘ektlari qanday tanlanadi? 


40 
III BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI 
 
§ 3.1. Investitsion faoliyat tushunchasi. O‗zbekistonda investitsiya 
faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatning roli 
§ 3.2. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsiya faoliyatini tashkil etish 
§ 3.3. O‗zbekistonda investitsiya faoliyatining me‘yoriy-qonuniy bazasi 
§ 3.4. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo‗nalishlari va 
amalga oshirish bosqichlari 
§ 3.5. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el 
investitsiyalari ko‗chishini hisobga olish 
 
§ 3.1. Investitsion faoliyat tushunchasi. O„zbekistonda investitsiya faoliyatini 
muvofiqlashtirishda davlatning roli. 
Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati sub‘ektlarining investitsiyalarni 
amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan harakatlari majmuasi tushuniladi. Investitsiya 
faoliyatini yo‗lga qo‗yishda har bir mulk egasi birinchi navbatda o‗z manfaatini 
ko‗zlab yagona bir maqsadga, ya‘ni foyda olishga yoki ijtimoiy samara olishga 
intiladi. Mamlakatimizda korxonalar investitson faoliyat samaradorligini oshirish va 
ularning samarali faoliyat olib borishlariga alohida e‘tibor qaratilgan. Lekin shunday 
bo‗lsada O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘biri bilan aytganda, 
―..iqtisodiyot o‗sishining yuqori sur‘atlari va investitsiya resurslariga o‗sib 
borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas. Mamlakatimiz 
hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish o‗ta qoniqarsiz ahvolda qolmoqda‖
26

Shunday 
ekan, 
iqtisodiyotda 
faoliyat 
ko‗rsatayotgan 
investitsiyalarni 
modernizatsiyalash jarayoniga qay yo‗sinda ta‘sir etayotganligini aniq tahlilini olib 
borish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 
Investitsion faoliyatni amlaga oshirish uchun qilingan sarf harajatlardan ijobiy 
natijaga ega bo‗lish tashqi omillarning samaradorligini kuchaytirish salbiy holatlarni 
yumshatish uchun ko‗pgina investitsion faoliyatini to‗laqonli va samarali boshqaruv 
tizimini yaratishni taqozo etadi. Alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, zamonaviy 
iqtisodiyotning shiddatli harakati uchun korxonaga samarali boshqaruvini yaratishni 
26
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‗lishi kerak. - Toshkent: «O‗zbekiston», 2017. 104 b. 


41 
zarur qilib qo‗yadi va busiz korxona investitsion faoliyatini amalga oshira olmaydi. 
Investitsion faoliyatni amalga oshirishning dastlabki bosqichi ancha 
murakkabdir. Chunki, aynan mazkur bosqichda yuqori ehtimollik darajasi ko‗proq 
tanlangan ijodiy va katta hajmdagi tahliliy yondashuvga borib taqaladi. Aynan 
shunday tahlillar natijasiga tayanib, korxona investitsion faoliyati rejalashtiriladi va 
amalga oshiriladi. Shuning uchun birinchi bosqich keyingi bosqichlarning 
tashkillashtirilishiga bog‗liq bo‗ladi. Bozor kon‘yukturasini prognozlashtirishdan 
asosiy maqsad korxona investitsion faoliyatiga ta‘sir etishi ko‗zda tutilayotgan tashqi 
omillarni aniqlab olishdan iboratdir. AQSH tajriabsidan ma‘lumki, bunday jarayonni 
PEST omillar tahlili deb nomlanadi va u o‗zida to‗rtta omilni ya‘ni siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va texnik omillarni o‗z ichiga oladi
27

Hozirgi kunda har qanday holatda ham strategik rejalashtirish barcha 
korxonaning taraqqiyotini belgilovchi asosiy boshqaruv tamoyillaridan hisoblanadi. 
Strategik rejalashtirish korxonaning rivojlanishi va investitsion faoliyat bilan samarali 
foydalanishidan belgilovchi hamda investitsion faoliyat bilan bog‗liq bo‗lgan barcha 
korxonaning ichki va tashqi imkoniyatlarni aniqlab beruvchi faoliyatdir. Bularning 3 
ta asosiy yo‗nalishlarni ko‗rsatish mumkin: 
1. Investitsion siyosat; 
2. Maqsadli investitsion rejalashtirish; 
3. Investitsion strategiya. 
Biz ko‗pgina iqtisodchi amaliyotchilarni ilmiy tadqiqotlarda kompaniya 
investitsion faoliyani rejalashtirish jarayonida investitsion siyosatning muhim o‗rni 
va roli to‗g‗risidagi qarashlarga aniqlik kiritishga harakat qildik, lekin tadqiqotlar 
orasida biz aniq bir fikr va to‗xtamga ega bo‗lgan yondashuvni topa olmadik. 
Investitsiya faoliyatida investitsiya sub‘ekti, investitsiya ob‘ekti, investor, emitent, 
investitsiya resurslari kabi tushunchalar mavjud. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling