Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 3.5. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 3.5. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari 
ko„chishini hisobga olish 
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‗zbekiston 
Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat 
vazifalari bajarilishini ta‘minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, 
investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‗zbekiston Respublikasi hududidagi turli 
investitsiya ob‘ektlariga qo‗yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta‘minlash 
maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qisqa vaqt ichida (ya‘ni 2030 yilga qadar) 


59 
iqtisodiyotimizni rivojlangan 50 ta davlatlar darajasiga olib chiqish, uning 
raqobatdoshligini ta‘minlash va barqaror iqtisodiy o‗sishga erishish masalasi 
hozirdan boshlab dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun esa oqilona 
investitsiya siyosatini yuritish va kapital quyilmalardan samarali foydalanish orqali 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, tarkibiy jihatdan o‗zgartirish va raqobatbardosh 
tovarlar ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois
iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini kengaytirish, baholash va 
ularni mamlakatimiz mintaqalariga faol jalb qilish bo‗yicha takliflar ishlab chiqish 
dolzarb ahamiyatga ega bo‗lmoqda. 
Investitsiyalarni mamlakat miqyosida oqilona joylashtirish borasida ko‗p 
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‗lsada, ularda keltirilishicha mintaqaning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanishida, uning kosmpleks va mutanosib taraqqiyotini ta‘minlashda 
investitsiyalarni jalb qilish masalasi eng dolzarb ahamiyatga ega bo‗ladi
31
. Iqtisodiy 
rivojlanish ustuvor yo‗nalishlarini aniqlash va ularga investitsiyalarni jalb qilish 
maqsadlarini shakllantirishda mintaqalar iqtisodiyotini umumiy rivojlantirish va 
tarkibiy nomutanosibliklarni bartaraf etish vazifalaridan kelib chiqishi kerak
32

Iqtisodiyotga investitsiyalarning kiritilishi aholining turmush farovonligini 
oshirish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat faolligini oshirish imkoniyatini yaratadi
33

So‗nggi 15 yil davomida mamlakatimizda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
modernizatsiya qilish dasturlari doirasida yoqilg‗i-energetika, to‗qimachilik 
majmuasi, kimyo sanoati, mashinasozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarishni 
rivojlantirishga yirik hajmdagi investitsiyalar jalb qilindi.
Aksariyat mintaqalarda investitsiyalarning yuqori o‗sish sur‘atlari hududlardagi 
ishlab chiqarishga o‗z ijobiy ta‘sirini ko‗rsatdi va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga 
yordam berdi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish 
va undan foydalanish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 
Investitsiyalar iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur‘atlari va 
31
Blank I.A. Osnovi investitsionnogo menedjmenta: V 2-x tomax. Kiyev: Elga-N, Nika-Sentr. 2004.
Bodi Z., Keyn A., Markus A. Prinsipi investitsiy. M.: ID «Vilyams». 2002 
32
Myakshin V.N. Prioriteti restrukturizatsii investitsionnix protsessov v razvitii realnogo sektora ekonomiki Severo-
Arkticheskogo regiona//Ekonomika i upravleniye. 2012. №7.S. 133-141.
33
Shramko O.G. Faktorniy analiz investitsionnoy privlekatelnosti regionov // Regionalnaya ekonomika. 2014. 
№4(331). S.41-50. 


60 
ko‗lamiga ta‘sir etadi, ilmiy-texnika taraqqiyotini va aholining ko‗p qismining 
bandligini ta‘minlaydi. Bunga sabab iqtisodiyotimizdagi institutsional o‗zgarishlar, 
ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirishi va rivojlanishi ko‗pincha 
investitsion faollikka bog‗liq bo‗ladi.  
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab 
chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini yaratish va amalda faoliyat yurituvchilarni 
qo‗llab-quvvatlash ham investitsiya asosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ham 
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, 
investitsiya siyosatida chet ellik sarmoyadorlarning investitsion mablag‗larini jalb 
qilishga katta e‘tibor berilmoqda. O‗zbekistonda investitsiya siyosati quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 

respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‗ni keng jalb etishni 
ta‘minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- sharoitlarni tobora 
takomillashtirish; 

mablag‗larni respublika mustaqilligini ta‘minlaydigan va raqobatbardosh 
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarda 
jamlash; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni 
ko‗zlab siyosat yuritish; 
Mamlakatimizni 
modernizatsiyalash, 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
va 
iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar turkibi va tuzilishini tubdan o‗zgartirish 
jarayonida O‗zbekiston Respublikasi quyidagi dolzarb vazifalar hal qilish belgilab 
qo‗yilgan: 
1. Iqtisodiyot tarmoqlarini ilg‗or texnika va texnologiyalar qurollantirish. 
Chunki, milliy iqtisodiyotimizning ko‗p tarmoqlarida eskirgan uskunalar va 
texnologiyalardan foydalanishi oqibatida mehnat unumdorligi jiddiy pasayib ketgan; 
2. Korxonalarda boshqaruvning zamonaviy ilg‗or usullarini joriy etish
boshqaruv kadrlari, mahalliy ishchi va xodimlar bilimi, mahoratlarini o‗stirish; 
3. Ichki bozorga tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi xo‗jalik sub‘ektlari 
uchun jahon bozoriga kirishga qulay imkoniyatlar yaratish; 


61 
4. Xorijlik investorlarning qiziqishlari va manfaatlarini oshirishni ta‘minlash 
maqsadida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish. Chet el investorlarining 
ishtiroki yangi xususiylashtirilgan korxonalarga o‗z imkoniyatlarini to‗liq ro‗yobga 
chiqarishlari ehtimolini ko‗paytirish yo‗li bilan ushbu jarayon samaradorligini 
oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin. 
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda chet el investitsiyalarini 
milliy korxonalarga jalb etishning quyidagi ustuvor yo‗nalishlari belgilangan: 

tibbiy xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, 
qayta ishlash bo‗yicha ekologik toza ishlab chiqarishni tashkil etish; 

ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarishni tashkil etish, shu jumladan zamonaviy axborot va telekommunikatsion 
tizimlarini rivojlantirish; 

transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ixcham, arzon texnika va texnologiyalar 
asosida qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; 

resurs va energiyani tejamkor asbob-uskunalar ishlab chiqarish; 

dori-darmonlar tibbiyot texnikasi va asboblari ishlab chiqarish; 

turizm industriyasini rivojlantirish. 
Xorijiy 
investorlarni 
manfaatli 
jalb 
etishda 
ularning 
sarmoyalarini 
himoyalangan kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular investitsiyani 
milliy iqtisodiyotimizga kiritishda iqtisodiy jihatdan hadiksiraydilar. Shu bois, chet 
ellik investorlarning o‗z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug‗urta qilish 
huquqlarining kafolatganligi ularning mulklarini ekspropriatsiya qilishdan va boshqa 
xatarlardan muhofaza qilinishini ta‘minlaydi. Xorijiy investorlar o‗z faoliyatlari 
natijasida olgan foydalarini hech bir cheklovlarsiz chet elga o‗tkazishlari ham, ularni 
respublika hududida qayta investitsiyalashlari, yohud, ulardan o‗z istaklariga ko‗ra 
boshqa maqsadlarda foydalanishlari ham kafolatlanadi. Ana shunday qulay muhit 
tufayli ularning faoliyatlari rivojlanib bormoqda. 
O‗zbekistonning dunyodagi mavqeining mustahkamlanib borishi, chet el 
investitsiyalarini jalb etish uchun yaxshi sharoitlarning yaratilishi natijasida chet el 


62 
investitsiyalari ishtirokidagi qo‗shma korxonalar soni ko‗payib bormoqda. Ammo, 
O‗zbekistonda chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning bir 
qancha muammolari mavjud. Xususan, xorijiy investitsiyalarni joylashishida hududiy 
nomutanosilik mavjud. Natijada chet el investorlarini hududlar miqyosida jalb etish 
muvozanatga solinmaganligi saqlanib turibdi. Masalan, faoliyat ko‗rsatayotgan 
qo‗shma korxonalarning 73,5 foizi Toshkentda joylashgan. 
Yuqorida qayd etilgan ishlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizda chet 
ellik investorlar uchun yaratilgan qo‗shimcha imtiyoz va rag‗batlantirishlar amaliy 
natijalar beradi. Ayni paytda chet el investorlari va ular bilan hamkorlik qilishdan 
manfaatdor bo‗lgan milliy tadbirkorlarga konsalting xizmatini, advokatlik idoralarini 
tashkil etish, mahalliy tadbirkorlar uchun xalqaro biznes va tadbirkorlik to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlari doimiy va keng bazasini yaratish zarur hisoblanadi 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling