Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
Xalqaro investitsiyalar – jahon mamlakatlari o‗rtasida harakatda bo‗lgan
investitsiyalardir. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o‗rtasidagi faol harakati zamonaviy jahon xo‗jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib turuvchi xususiyatlariga aylandi. Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon xo‗jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. Hozirgi vaqtda xalqaro investitsiyalarning o‗rtacha yillik o‗sish sur‘ati 30 foizdan oshadi. Bu ko‗rsatkich jahon savdosi o‗sishi sur‘atlaridan deyarli 5 marotaba ortiqdir. Xalqaro investitsiyalar o‗zida moddiy boylik barpo etish uchun zarur bo‗lgan ishlab chiqarish, pul va tovar shakllarida jamg‗arilgan zahiralarni mujassamlashtiradi. Ushbu investitsiyalar doimiy ravishda mamlakat ichida bir tarmoqdan boshqasiga, hamda davlatlararo harakatda bo‗ladi. Kompaniyalar va jismoniy shaxslar investitsiya jarayonining ishtirokchilaridir. Ular investitsiya jarayonida ham talab tomonida ham taklif tomonida ishtirok etishlari mumkin. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo‗ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko‗ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya‘ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalarga bo‗linadi. Investitsiyalar nimaga yo‗naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. Xorijiy investitsiyalar qo‗shma korxonalarda o‗z hissasi bilan qatnashib, xorijiy investorlarga to‗liq tegishli bo‗lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‗ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‗lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Mamlakatimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‗lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta‘sir 66 ko‗rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuidir. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o‗rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon‘yunktura holati, ichki bozor sig‗imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo‗lib kelmoqda. Xorijiy investitsiyalarga asosan 3 guruh omillar ta‘sir ko‗rsatadi: Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling