Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
Tayanch so„z va iboralar: 
 Investitsiya siyosati, asosiy kapital, globallashuv, chet el investitsiyalari, 
investitsiya faoliyati, investitsiya loyihasi, investitsiya resurslari, investitsiya 
faoliyati, investitsiya ob‘ekti, investitsiya sub‘ekti, reinvestitsiyalar. 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 
1. Investitsiya resurslari deganda nimani tushunasiz? 
2. O‗zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb 
etish bilan shug‗ullanadigan rasmiy muassasalar qaysilar? 
3. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
4. Sanoati rivojlangan davlatlarda investitsiya faoliyati qanday yo‗nalishlarda 
olib boriladi? 
5. Investitsiyalar 
va investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonunining mohiyatini yoriting. 
 


63 
V BOB. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY 
INVESTITSIYALARNING ROLI 
 
§ 4.1. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari 
§ 4.2. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va 
shakllari 
§ 4.3. To‗g‗ridan-to‗g‗ri 
chet 
el 
investitsiyalarining 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashdagi roli 
§ 4.4. Xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar va kafolatlar 
 
§ 4.1. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va turlari 
Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada 
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining
tadbirkorlik va boshqa faoliyatlarini qo‗llab-quvvatlashga va rivojlantirishga safarbar 
etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.
O‗zbekiston xorijiy investitsiyalarni mamlakatga kiritish uchun barcha shart – 
sharoitlarga ega. O‗zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator 
afzalliklarga ham ega.
Umuman olganda qulay investitsiya muhitini yaratish 
davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo‗lib hisoblanmoqda.
Aytish joizki, xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib biror-bir davlat taraqqiyotga 
hamda iqtisodiyot rivojiga erisha olgan emas. Shu bois ham bu ish mamlakatimizning 
iqtisodiy siyosatida ustuvor yo‗nalishlaridan biri bo‗lib kelmoqda. O‗zbekiston 
Respublikasida bu siyosatni:
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
- respublika iqtisodiyotiga kapital mablag‗larni jalb etishni ta‘minlovchi 
huquqiy asos, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni shakllantirish;
- jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalarni yetkazib 
beruvchi 
hamda 
iqtisodiyotning 
zamonaviy 
tuzilmalarini 
barpo 
etishga 
ko‗maklashuvchi xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini 
muntazam ravishda yuritish;


64 
- mablag‗larni raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni o‗zlashtirish bilan 
bog‗liq eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga sarflash kabi tamoyillar orqali amalga 
oshirilib kelinmoqda.
Bu borada mamlakatimizdagi mavjud qonunchilik xorijiy samoyadorlarga bir 
qator kafolat va imtiyozlar berishini ta‘minlaydi. Shu o‗rinda xorijiy investitsiyalarni 
iqtisodiyotimizda naqadar zarurligini e‘tirof etgan holda xorijiy sarmoyadorlar 
O‗zbekiston Respublikasida olib borilayotgan investitsion siyosatiga, qonun 
ustuvorligiga eng asosiysi to‗lov qobiliyatiga qodir bo‗lgan kuchli sherik sifatida 
ishonchlarini 
qozonish 
lozim. 
Buning 
uchun 
iqtisodiyotimizga 
xorijiy 
investitsiyalarni asosan to‗g‗ridan-to‗g‗ri kapital sarmoyalar ko‗rinishida keng jalb 
qilinishi uchun huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
ko‗shma korxonalar tashkil etilishiga ko‗maklashish, shuningdek, investorlar 
manfaatlari himoya qilinishini takomillashtirish zarur.
Albatta, mamlakatga investitsiya kiritayotgan har bir xorijiy investor uning boy 
imkoniyatlari bilangina emas, balki:
- avvalambor, respublikada ijtimoiy siyosiy vaziyatning barqarorligi;
- iqtisodiy taraqqiyot istiqbollarining aniq ravshanligi;
- respublikada o‗tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning izchilligi;
- xorijiy sarmoyalar to‗g‗risidagi qonunlarning imtiyozli shartlari to‗g‗ri 
belgilanganligi bilan ham ularda qiziqish uyg‗otmoqda.
Xorijiy investitsiyalarini jalb etar ekanmiz, ichki jamg‗arma manbalarini 
safarbar etmasdan va korxonalarning o‗zlari faol investitsiya ishlari bilan 
shug‗ullanmasdan turib, iqtisodiyot tuzilmasini tubdan o‗zgartirish vazifasini hal 
qilish qiyin bo‗ladi. Investitsiya siyosatida asosiy e‘tibor korxonalarni ishlab 
chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish uchun mablag‗ 
qidirib topishni rag‗batlantirishga qaratilmog‗i lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilinar ekan, bunda 
bizning asosiy vazifamiz chet mamlakatlardan keladigan sarmoyalarni ishga solib, 
xom ashyo yetkazib beradigan mintaqadan tayyor mahsulot chiqaradigan mamlakatga 
aylantirish orqaligina biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadga erishgan bo‗lamiz. Bir 


65 
davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‗naltirilgan har qanday shakldagi 
mulkni to‗la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk 
shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet 
davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs 
mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‗la olmaydi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling