Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 3.4. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo„nalishlari va amalga


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 3.4. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo„nalishlari va amalga 
oshirish bosqichlari 
Investitsiya siyosati – investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni 
yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muamolarni hal 
qilish maqsadida iqtisodiy sub‘ektlar uchun qulay xo‗jalik yuritish sharoitlarini 
yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmuidir. 
Davlatning tashqi investitsiya siyosati – bu tashqi investitsion oqimlarni davlat 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari tizimidir. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish borasidagi aniq maqsadga qaratilgan faoliyatning eng muhim doimiy 
vositalaridan biri investitsiya siyosati bo‗lib hisoblanadi. Bunday siyosat davlatning 
butun siyosiy sohasining asosiy o‗zagini tashkil etadi. Iqtisodiy o‗sish sur‘atlari, 
moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining oshishi ko‗p 


56 
jihatdan amalda olib borilayotgan investitsiya siyosatiga bog‗liqdir. Investitsiya 
siyosati davlatning jamiyatda moddiy ne‘matlarni takror ishlab chiqarishni tashkil 
etishga va investitsiya vositalarini safarbar qilishga ham qaratilgan bo‗lishi ham 
lozim. Davlat siyosatining ushbu sohasi, uning tegishli organlarining bunday 
siyosatning maqsadlari va vazifalarini belgilash, uni amalga oshirish uchun 
mablag‗larni qidirib topish borasidagi faoliyatidan iboratdir. 
Investitsiya siyosati ob‘ektiv qarashli ma‘muriyat tomonidan ijro etiladigan 
ochiq-ravshan, samarali va qat‘iy rioya qilinadigan qonunlarga ega bo‗lganida – 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun kuchli rag‗bat hosil qiladi. Bunday siyosatni 
ishlab chiqish respublikamizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy 
o‗sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o‗rin tutadi. 
Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini 
yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Investitsiya 
siyosatini tashkil etishda iqtisodiy ahvolni yaxshilashda keng ko‗lamli erkinlashtirish 
va barqarorlashtirish omillari alohida ahamiyatga ega. Erkinlashtirish narx-navoning 
erkin belgilanishini, savdoning davlat tomonidan nazorat qilinishi to‗xtatilishini, 
yangi kompaniyalarni hech bir to‗siqsiz tuzish mumkinligini taqozo qiladi. 
Barqarorlashtirish inflyatsiyaning qisqartirilishini, xalq xo‗jaligi, tashqi iqtisodiy 
sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini ko‗zda tutadi. Islohotlarning bir-
biri bilan bog‗liq bo‗lgan bu ikki omili o‗tish jarayonining dastlabki bosqichlarida 
amalga oshirilishi mumkin va lozim. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling