Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 3.3. O„zbekistonda investitsiya faoliyatining me‟yoriy-qonuniy bazasi


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 3.3. O„zbekistonda investitsiya faoliyatining me‟yoriy-qonuniy bazasi. 
Hozirgi iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida mamlakatda investitsion 
munosabatlarni amalga oshirish va uning huquqiy tizmini tashkil etuvchi muayyan 
huquqiy asoslar yaratilgan bo‗lsada ham uni takomillashtirib borish bo‗yicha dadil 
qadamlar qo‗yib borilmoqda. Umuman olganda, oxirgi yillar davomida 
respublikamizda investitsiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator qonun 
hujjatlari qabul qilinmoqda. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasining ―Investitsiyalar 
va investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi, ―Chet el investitsiyalari to‗g‗risida‖gi yangi 
tahrirda, ―Chet ellik investorlar huquqlarning kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to‗g‗risida‖gi qonunlar qabul qilindi.
Bu qonunlarda investitsion munosabatlarga taalluqli barcha jarayonlarga va 
tushunchalarga aniqliklar kiritildi. Investitsiya faoliyatining sub‘ektlari va ob‘ektlari, 
investitsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinish masalalari, xorijiy 
investorlarning huquq va burchlari, mol-mulk kafolatlari va imtiyozlari kabilar aniq 
belgilab berilgan. Ammo aytish joizki, yuqorida qayd etilgan va investitsion 
faoliyatni 
rag‗batlantiruvchi qonuniy-xuquqiy bazaning mavjudligi bozor 
munosabatlarining 
rivojlanganligini 
belgilab bo‗lmaydi. Xozirgi sharoitda 


53 
investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirmoq zarur.
28
Davlat mazkur qonunlar doirasida investitsion faoliyatning turli sub‘ektlari o‗rtasida 
yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi. Boshqacha qilib aytganda, bu 
tartibning qanday o‗rnatilganligiga qarab u yoki bu mamlakat xorijiy investitsiyalarni 
jalb etish uchun qanday huquqiy muhit yaratilganligini aniqlab olish mumkin. 
O‗zbekistonda investitsion munosabatlarni amalga oshirishda yaratilgan 
qonuniy asoslari mos ravishda tadbirkorlik to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasining 
―Tadbirkorlik to‗g‗risida‖gi
29
Qonun va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari bilan to‗ldirilib borilmoqda. 
―Tadbirkorlik to‗g‗risida‖gi Qonun O‗zbekistonda tadbirkorlikni faoliyat 
ko‗rsatishning va rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda tadbirkorlarning iqtisodiy 
va huquqiy erkinliklarini kafolatlashni aniqlab berdi. Shuningdek, ularning huquq va 
majburiyatlarini belgilaydi. Bu qonun tadbirkorlarning boshqa korxonalar, 
tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlari bilan o‗zaro munosabatlarini tartibga 
soladi va mulkchilik shakllarini erkin tanlashni, xo‗jalik yuritishni, faoliyatni teng 
huquqli asosda amalga oshirishni, o‗zaro hamkorlik va erkin raqobatni ta‘minlashni 
o‗z ichiga oladigan shartlarning shakllanishiga yordam beradi. 
―Tashqi iqtisodiy faoliyat to‗g‗risida‖gi Qonun Respublikada tashqi iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblarini belgilab beradi hamda 
tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining mulklarini, mulkchilikning qanday 
shaklida bo‗lishidan qat‘iy nazar, manfaatlarini va huquqlarini xalqaro huquqning 
qabul qilingan umumiy me‘yorlariga muvofiq ravishda himoya qilishni ta‘minlaydi. 
Bu qonun O‗zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga uyg‗unlashishi 
uchun huquqiy asosni yaratadi. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Chet el investitsiyalari to‗g‗risida‖gi va ―Chet 
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‗g‗risida‖gi Qonunlari investitsiyalar to‗g‗risidagi qonunchilikning yadrosini 
tashkil qiladi. Ular O‗zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni amalga 
28
Xalq so‗zi 2005 yil 20 iyul. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‗g‗risida AXBOROT 
29
O‗zbekistonning yangi qonunlari. 16-son. T.: ―‖Adolat‖, 1997. 427 b. 


54 
oshirishning huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy asoslarini yaratish, chet el sarmoyalari soliq 
tartiblarini belgilab beradi, xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko‗rsatishini 
kafolatlaydi va Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga ko‗maklashish, uni jahon 
xo‗jalik aloqalariga kiritish maqsadida chet el moliyaviy, moddiy, intellektual va 
boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan foydalanishga qaratilgan. 
―Chet el investitsiyalari to‗g‗risida‖gi
30
Qonunning asosiy vazifalari – 
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga va uning xorijiy 
investitsiyalar oqimini rag‗batlantirish yo‗li bilan jahon xo‗jalik tizimiga 
uyg‗unlashuviga ko‗maklashishdan, shuningdek, xorijiy moliyaviy, moddiy, 
intellektual va boshqa zaxiralarni, zamonaviy texnologiyalarni va boshqaruv 
tajribalarini jalb qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni yo‗lga qo‗yishdan iborat. 
Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning ma‘lum kategoriyalarini 
himoya qilish chora-tadbirlari va ularni kafolatlash bo‗yicha kompleks chora-
tadbirlar ―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qonunning asosi bo‗lib hisoblanadi. Mazkur 
qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat organlari 
joylarda chet el investitsiyalarining O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 
amalga oshirilgan xo‗jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar, deb 
aytilgan.
Qulay investitsion muhitni yaratishda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Investitsiya faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‗lgan 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar. Investitsiya faoliyati to‗g‗risidagi 
qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, investitsiya faoliyatining sub‘ekti etkazilgan 
zararni, shu jumladan boy berilgan foydani, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
qoplanishini talab qilish huquqiga egadir. Investitsiyalar bilan bog‗liq nizolar 
(investitsiyaga oid nizolar) sud tomonidan hal etiladi. 
Investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari tarkibida eng muhim sifatida 
O‗zbekiston Respublikasining ―Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi 
30
O‗zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. T.: ―Adolat‖1998. 532 b. 


55 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanib, u 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan 
bo‗lib, 69 ta moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy 
investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun markazlashtirilgan 
investitsiyalar bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga solmaydi. 
Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish 
va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan 
qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy 
sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida 
qonunlar bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunni mukammal bilish va unga amal 
qilish investitsiya munosabatlarini yanada rivojlanishiga zamin yaratib beradi. 
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun 
hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‗zbekiston 
Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‗lsa, xalqaro 
shartnoma qoidalari qo‗llaniladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling