Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


I BO‟LIM. INVESTITSIYALASH ASOSLARI


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

I BO‟LIM. INVESTITSIYALASH ASOSLARI 
I BOB. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MAZMUNI VA MOHIYATI 
 
§ 1.1. ―Investitsiya‖ fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi 
va boshqa fanlar bilan uzviy bog‗liqligi 
§ 1.2. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 
§ 1.3. Investitsiyalash 
maqsadlari 
va 
diversifikasiyalanishi. 
Investitsiyalarning tasniflanishi 
§ 1.4. Moliyaviy va real investitsiyalarning o‗zaro bog‗liqligi. Jamg‗armalar 
– investitsiyalar manbasi sifatida 
§ 1.5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli 
 
§ 1.1. “Investitsiya” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va 
boshqa fanlar bilan uzviy bog„liqligi 
Davlatning investitsion faoliyati va investitsiya dasturlarini amalga oshirish 
o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotga investitsiya kiritish muammolarini 
o'rganish har doim iqtisodiy fanning diqqat markazida bo'lib kelgan. Buning sababi 
shundaki, investitsiyalar iqtisodiy faoliyatning chuqur poydevorlariga ta'sir qiladi va 
umuman iqtisodiy o'sish jarayonini belgilaydi. Zamonaviy sharoitda ular milliy 
iqtisodiyotdagi mavjud iqtisodiy inqirozni yengish, texnologik taraqqiyotni 
ta'minlash, mikro va makro darajada iqtisodiy faoliyat sifat ko'rsatkichlarini 
yaxshilashning muhim vositasidir. Shu bois ham hozirgi zamon bosqichida 
investitsiya fanining predmeti bo‗lib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Shuningdek, investitsiya 
fanini o‗rganishda asosiy e‘tibor investitsiyalardan foydalanish samaradorligini 
oshirishga qulay muhit yaratish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini 
asoslash, investitsiyani boshqa moliyaviy kategoriyalar ichida tutgan o‗rni, 
investitsiyalarni moliyalashtirishning mukammal shakllari bo‗lgan lizing kreditlari va 
investitsiyalarni loyihalashni moliyalashtirish shakllariga, mamlakatda investitsiya 
muhitini yaratishga va hokazolarga katta e‘tibor berilishini talab etadi. 
Investitsiya muhitini va unga ta‘sir etuvchi omillar, davlat investitsiya dasturini 
shakllantirish, kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi



investitsiya 
loyihalarini 
samaradorligini 
baholash, 
investitsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirish manbalari, ular tarkibida budjet, bank va boshqa moliyaviy institutlar 
resurslarini jalb etilishini dinamik holatini tahlil etish va ular bo‗yicha talabalarga 
amaliy-nazariy savollar yuzasidan bilim egallashlariga imkoniyat yaratish alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bu fanni o‗rganishning asosiy maqsadi va vazifasi talabalarga 
hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib investitsiyalarni jalb etilishini, iqtisodiy 
o‗sishni ta‘minlashdagi ahamiyati doirasida ko‗nikmalar hosil qilish bo‗lib 
hisoblanadi.
Buning uchun investitsiya sohasida to'plangan milliy va xorijiy tajribadan 
foydalanish va investitsiya faoliyatini tartibga solishning umumiy printsiplari, usullari 
va vositalarini ishlab chiqish zarur, bu esa ushbu faoliyatni O'zbekistonda amalga 
oshirish uchun huquqiy normalar va qoidalarning umumiyligini tartibga soladi. 
Huquqiy baza yangi ilg'or usullarni: moliyaviy lizing, loyihalarni kreditlash, 
loyihalarni moliyalashtirish va boshqalarni joriy etish imkoniyatini yaratishi kerak. 
Samarali investitsiya tizimi bir vaqtning o'zida davlat va investorlarning 
daromadlarini ko'paytirishni, xususiy va institutsional investorlarga huquqiy 
kafolatlar berishni o'z ichiga oladi. Ushbu tizim O‘zbekiston iqtisodiyotida 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirish va rag'batlantirishning keng qamrovli 
maqsadli konseptsiyasi asosida yaratilishi mumkin. 
Umumiy tarzda aytganda ―Investitsiya va innovatsiyalar‖ fanining asosiy 
maqsadi – talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni 
moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini 
shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash va monitoringini tashkil etish 
bo‗yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish bo‗lib hisoblanadi.
Fanning vazifasi – talabalar investitsiya fanida o‗rganadigan savollarni to‗liq 
o‘rganish uchun quyidagilarga e‘tiborli bo‘lishlari kerak: 

investitsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyati; 

investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; 

investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari; 

O‗zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va 



tashkiliy asoslari; 

iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni o‗rni; 

iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o‗rni va 
ularning xalqaro harakatini tartibga solish; 

iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o‗rni; 

iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning 
o‗rni va ahamiyati; 

investitsiya muhiti va unga ta‘sir etuvchi omillar; 

davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibi; 

kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi; 

investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash; 

investitsiya faoliyatida moliyaviy vositalar va investitsiya faoliyatini kreditlash; 

investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‗larini to‗plash usullari va 
shakllari, investitsiya faoliyatida lizing va investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish; 

nomoddiy aktivlarga yo‗naltirilgan investitsiyalar; 

innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va joylashtirish usullari; 

innovatsiya strategiyasini mohiyati; 

innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish; 

mamlakat innovatsion faoliyatini baholashning xorij tajribasi; 

venchurli moliyalashtirishda yuzaga keladigan innovatsion risklar; 

investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo‗llari bo‗yicha nazariy-amaliy 
bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‗rgatishdan iborat. 
Fanni o'rganish ob'ekti bo'lib investitsiya sohasidagi davlatning makroiqtisodiy 
siyosati va O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish davrida investitsiya faoliyatini 
moliyaviy va pul-kredit orqali tartibga solish bo'yicha to'plangan tajriba kiradi.
Ushbu fanni o'rganish uchun uslubiy asos bo‘lib O'zbekiston va xorijiy olimlar 
va iqtisodchilarning nazariy va amaliy ishlanmalari, O'zbekiston Respublikasida 
investitsiya faoliyatini tartibga solishga oid qonunlari va normativ hujjatlari 
hisoblanadi. ―Investitsiya‖ umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga 



oshirish uchun talabalar o‗quv rejasida rejalashtirilgan ―Moliya‖, ―Xalqaro moliya 
munosabatlari‖, ―Moliya bozori‖, ―Iqtisodiy tahlil‖, ―Soliqlar va soliqqa tortish‖, 
―Sug‗urta ishi‖ fanlaridan bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lishi talab etiladi. 
―Investitsiya va innovatsiya‖ fanining ishlab chiqarishdagi o‗rni aynan 
investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni 
moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish 
bilan bog‗liq risklarni boshqarishda namoyon bo‗ladi. Shu bilan birgalikda 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday mulk shaklida xo‗jalik 
yurituvchi subektning investitsiya resurslariga bo‗lgan ehtiyojining ortib borishi 
mazkur fanning ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling