Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 1.2. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 1.2. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 
O‗zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning o‗ziga xos yo‗nalishini belgilab 
olishda 
investitsiyalarning 
o‗rnini 
beqiyosligi 
investitsiyaning 
barqaror 
rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan holda 
o‗rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Investitsiyani mamlakat iqtisodiyotini 
barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan muammolari 
aniqlashdi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish, shu orqali 
investitsiyani iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini va mohiyatini har tomonlama o‗rganishda 
olimlar fikrini tadqiq etish ushbu fanni o‗rganishni muhim yo‗nalishlaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi. Chunki investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyati to‗g‗risida 
iqtisodchi olimlar o‗rtasida xilma – xil fikrlarni mavjudligi ularni yagona tizimga 
keltirish iqtisodchi olimlar o‗rtasida katta ilmiy qiziqish uyg‗otmoqda. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar 
tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o‗zi uning mohiyati va 
ahamiyatini, zarurligini ko‗rsatadi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi 
korxonalarning sonini tobora ortib borishi va barpo etilayotganligi hukumatimizning 
bu sohaga bo‗lgan katta e‘tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. 
Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni 



iqtisodiy rag‗batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o‗ta muhim 
masalalardan biri hisoblanadi.
Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
harakatlantiruvchi kuch bo‗lib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va 
yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qo‗llab-quvvatlanadi, import o‗rnini bosish 
va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosatlari muvaffaqiyatli amalga 
oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari 
yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi erkin raqobat va 
tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi. 
Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday 
mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. 
Investitsiya, investitsiya muhiti va shu kabilarni iqtisodiyotni barqaror 
rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi 
olimlar tomonidan chuqur tadqiq va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Shu 
o‗rinda aytib o‗tish lozimki, O‗zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi 
―Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunda investitsiyaga 
quyidagicha ta‘rif berilgan: ―investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish 
maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob‘ektlariga 
tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga 
bo‗lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob‘ektlariga bo‗lgan huquqlar, 
shuningdek reinvestitsiyalar
3
‖ deb ta‘rif berilgan bo‗lib, ular quyidagilarni o‗z ichiga 
olishi mumkin: 
- mablag‗larni, shu jumladan pul mablag‗larini (shu jumladan chet el 
valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, 
obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‗ozlarni, ko‗char va ko‗chmas mol-
mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); 
- intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab 
chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‗lgan, texnik hujjatlar, ko‗nikmalar va 
ishlab 
chiqarish 
tajribasi 
tarzida 
rasmiylashtirilgan, 
patentlangan 
yoki 
3
 
https://lex.uz/doks/4664142
 


10 
patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, 
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
qimmatliklarni. Ushbu ta‘rifga tayangan holda aytish joizki, ―investitsiya – bu 
kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga investorlar tomonidan qonun doirasida 
qo‘yiladagan yoki taqdim etiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va 
intekllektual boyliklar tushuniladi‖. Bunday ta‘rifni e‘tirof etishdan ko‗zlangan 
maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash barcha ishlab chiqarish 
tarmoqlari va sohalar majmuini yanada takomillashtirish, aholi bandligini to‗laroq 
ta‘minlash, eksport xajmini oshirish bilan birga investitsiya miqdorini ko‗paytirish 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya oqimlari mamlakatning 
uzoq muddatga mo‗ljallangan strategik rejalarini amalga oshirishda barqaror 
moliyaviy manba bo‗lib hisoblanadi. Keyingi paytda iqtisodiy adabiyotlarda va 
amaliyotchilar tomonidan investitsiya, investitsiya oqimi, investitsiya muhiti kabi 
iqtisodiy atamalarga katta e‘tibor bergan holda ularga bir nuqtada kesishayotgan 
ta‘riflar berila boshlandi. Ammo yuqorida qayd etilgan fikrlarga katta diqqat qaratish 
bu katta tadqiqot ishini talab etilishini e‘tiborga olgan holda biz ayni paytda asosiy 
diqqatni investitsiya atamasiga qaratilish muhimroqdir. 
D.G‗.G‗ozibekov o‗zining ilmiy asarlarida investitsiyaning mohiyatini 
moliyaviy kategoriya sifatida talqin etishga erishgan. U ―Investitsiyalarning mazmuni 
aniq va ishonchli manbalardan mablag‗lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, 
risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‗zlangan 
samarani olishdan iborat bo‗ladi‖
4
deb ta‘rif bergan. 
Investitsiyalar mazmun – mohiyatiga prof. N.H. Haydarov quyidagi ta‘rifni 
beradi: ―Investitsiya – bu mulk shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat 
ko‗rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy 
samara olish maqsadida o‗z boyliklarini qonun doirasida bo‗lgan har qanday 
4
G‗ozibekov D.G‗. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: ―Moliya‖ nashriyoti. 2003. 26 bet. 


11 
tadbirkorlik ob‘ektiga sarflashidir‖
5
. Investitsiyalarning mohiyatiga nisbatan berilgan 
ushbu ta‘riflar investitsiyalarni bozor talablaridan kelib chiqqan holda doimiy 
modernizatsiyalash, ularning raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat tashqi savdo 
balansini ijobiy qoldig‗ini ta‘minlash va boshqa shu kabi iqtisodiy masalalar o‗zining 
ijobiy yechimini topadi. Biroq, iqtisodiyotda investorlarning yetarli darajada mavjud 
emasligi, shu bilan birga ularning samarali joylashtirilmasligi qator muammolarni 
keltirib chiqaradi. Bu avvalo tanglik holatlarini vujudga kelishi, iqtisodiy o‗sish va 
boshqa jabhalarning holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Rossiya Federasiyasining iqtisodchi olimlari ijobiy natijaga erishilishini 
ta‘minlashga xizmat qiluvchi ta‘rifni berib o‗tishga, ya‘ni ―investitsiyalar – pulni 
saqlash, ko‗paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta‘minlashni hisobga olgan 
holda uni joylashtirish mumkin bo‗lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi‖
6
deb 
L.Igoshina ta‘rif bergan bo‗lsa, prof. A.Neshitoy esa investitsiyalarning mazmunini 
―foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o‗z yoki o‗zga 
mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar 
hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‗naltirilgan pul mablag‗larini 
(kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir‖
7
deb tavsiflagan bo‗lsa, davlatning milliy 
xususiyatlaridan kelib chiqib investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyatini yana bir 
qator rus olimlari tomonidan o‗ziga xos talqin etilgan.
MDH mamlakatlari tadqiqotchilari orasidan rossiyalik mutaxassis T. T. 
Frolova
8
ning fikriga ko‗ra: ―investitsiya – bu xususiy sektor va davlat tomonidan 
mamlakatning ichida va mamlakatdan tashqarida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va 
qimmatbaho qog‗ozlarga uzoq muddatli qo‗yiladigan kapitaldir‖. 
Rossiyalik boshqa bir guruh olimlar M.I.Rimer
9
, A.D.Kasatov va 
N.N.Matiyenkolar fikrlariga ko‗ra esa: ―iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar 
tadbirkorlik faoliyatining ob‘ektlariga mablag‗larni investitsiya qilish orqali 
5
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2003. 29 b.
6
Igoshina L.L. Investitsii. Uch. pos. – M.: «Ekonomist», 2005. – S. 23. 
7
Neshitoy A.S. Investitsii: Uchebnik. – 4-ye izd. – M.: «Dashkov i K
0
», 2006. – S. 13. 
8
T.A.Frolova. Ekonomicheskaya teoriya: konspekt leksiy. Taganrog: TTI YUFU, 2009. 
9
Rimer M.I., Kasatov A.D., Matiyenko N.N. Ekonomicheskaya otsenka investitsiy / Pod. obsh. red. M.Rimera – SPb.: 
Piter, 2006. 


12 
ehtiyojlarni keyingi yillar davomida yanada to‗liq qondirish maqsadida ne‘matlarning 
joriy iste‘mol qilinishidan voz kechishga qaratilgan harakat sifatida e‘tirof etiladi‖. 
Shu bois investitsiya atamasini turli xil talqinlarini ko‗rib chiqqan holda, uning 
ta‘rifini berish muhim bo‗lib hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda investitsiya 
atamasining yuqorida keltirilganlardan tashqari bir qancha talqinlari ham mavjud, 
ular quyidagicha tavsiflanadi:
- ―investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida 
investitsiya sohasi ob‘ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual 
boyliklarni aks ettiradi‖
10

- ―investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual 
maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli 
tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob‘ektlariga 
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‗naltirilgan qo‗yilmasi shaklida amalga 
oshiriladigan harajatlar yig‗indisi tushuniladi‖
11

- ―investitsiyalar o‗zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy 
iqtisodiyotning turli tarmog‗iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli 
qo‗yilmasi sifatida namoyon etadi‖
12

Investitsiyalar keng ma‘noda o‗zini mablag‗lar va resurslarning kelgusida 
ko‗payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, 
ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon 
etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, 
K.Yeklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning 
mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta‘riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel 
mukofotining iqtisodiyot bo‗yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta‘kidlashicha: 
―investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi 
vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir‖
13
. Ular ―Investitsiyalash‖ atamasining 
ma‘nosini nimanidir amalga oshirishda deb bilishadilar. ―Kelajakda foyda olish 
10
Staroverova G.S., Medvedov A.Yu., Sorokina I.V. Ekonomicheskaya otsenka investitsiy: uchebnoye posobiye. – M.: 
«KNORUS», 2006. – S. 11. 
11
Podshivalenko i dr. Investitsii: ucheb. pos. – 3-ye izd. – M.: «KNORUS», 2006. – S.7. 
12
Kolmikova T.S. Investitsionniy analiz: ucheb. posobiye. – M.: «INFRA-M», 2009. – S. 27. 
13
Sharp U., Aleksandr G., Beyli Dj. Investitsii. Per. s. angl. – M.: «Infra-M», 1997. – S. 979.


13 
uchun bugun puldan ajralishdir‖ deb qarashadilar, o‗z fikrlarini davom ettirib ular 
mablag‗larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin deb 
hisoblaydilar.
Boshqa bir muallif, ya‘ni shved iqtisodchi olimi K.Yeklund: ―investitsiya – bu 
kelajakda ko‗proq iste‘mol qilish sharoitiga ega bo‗lish uchun ertangi kunga 
qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zahiraga qoldiriladigan 
iste‘mol buyumlari bo‗lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo‗naltirilgan resurslardir‖
14
deb fikr bildirib o‗tadi. ―Investitsiyalar atamasini 
kapitalning kelgusida ko‗payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi 
sifatida belgilash mumkin‖
15
. ―Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo 
bo‗lgan kapital qo‗yilma qiymatining joriy o‗sishi. Bu o‗sha davrdagi foydaning 
iste‘mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi‖
16
. ―Investitsiyalarga – pul 
mablag‗lari, maqsadli bank jamg‗armalari, qimmatli qog‗ozlar, texnologiyalar, 
mashina, asosiy vositalar va boshqa mulk ko‗rinishidagi kapital qo‗yilmalar, 
shuningdek, pul qiymatiga ega bo‗lgan mulkiy va nomulkiy huquqlarni 
investorlarning strategik maqsadlarini ko‗zlab ishlab chiqarish va boshqa faoliyat 
ob‘ektlariga kiritish‖
17

Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishni 
nazariy jihatlari qator olimlar tomonidan o‗rganilgan holda investitsiya tushunchasiga 
ta‘rif berib o‗tishgan. Misol uchun, iqtisodchi olimlardan Kempbell R.Makkonell, 
Stanli L.Bryularning fikrlariga ko‗ra ―investitsiya – bu moddiy zahiralarning 
ko‗payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg‗arilishi va ishlab chiqarishga 
harajatlar‖
18
. Ushbu ta‘rif o‗z mazmuniga ko‗ra ko‗proq ―kapital qo‗yilmalar‖ 
tushunchasiga mos kelishini ta‘kidlab o‗tishga qaratilgan.
Shunisi harakterliki, investitsiya tushunchasi yagona va to‗liq belgi berishlik 
uchun anchagina keng tushuncha bo‗lib hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy fanning 
turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‗zining 
14
Klas Eklund. Effektivnaya ekonomika: shvedskaya model. – M.: «Ekonomika», 1991. – S. 96. 
15
Tkachenko I.Yu. Investitsii: ucheb. posobiye. – M.: «Akademiya», 2009. – S. 6. 
16
Keyns Dj.M. Obshaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg: per. s angl. – M.: «Getos ARV», 1999. – S. 352. 
17
Margolin A.M. Investitsii. – M.: «RAGS», 2006. – S. 464. 
18
Kempbell R. Makkonell, Stanli L. Bryu. Ekonomiks, prinsipi, problemi i politika. 2-tom. – M.: «Respublika», 1992. – 
S. 388.


14 
xususiyatlariga ega bo‗lgan holda ajralib ham turishadi, shu jihatdan olganda, 
makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga 
investitsiyalar va moddiy zahiralarining o‗sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil 
topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda 
iste‘mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o‗sishini ta‘minlovchi YAIM ning bir 
qismi sifatida tashkil topadi.
Fikrimizcha, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab 
chiqarish vositalarini va inson kapitalini qo‗shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. 
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni 
tushuniladi, ya‘ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‗lib 
hisoblanadi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, investitsiyalar – amaldagi muayyan 
qiymatni, bo‗lishi noaniqroq bo‗lgan kelajak qiymatga almashishdir
19

Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning ―Investitsiyalash asoslari
20
‖ 
kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta‘rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar 
olishni ko‗zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni 
belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni 
olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma‘noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini 
o‗stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‗ladigan shart-sharoitlarni 
ta‘minlaydi. 
Iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra, investitsiyalar asosiy va aylanma kapitalni yaratish, 
kengaytirish yoki rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirish uchun qilinadigan 
harajatlardir. Investitsiyaning muhim jihatlaridan yana biri innovatsion loyihalarni 
moliyalashtirish va tadbirkorlikning ayrim sohalarini rivojlantirish uchun 
investitsiyalarni o‗rni beqiyosligi bugungi kundagi muhim masaladir. Shu bois ham 
milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish 
iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil hisobllanadi. 
Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini 
ta‘minlovchi kuchdir. Shu bois barcha imkoniyatlarni ishga solib iqtisodiyotga 
19
Mertens A.V. Investitsii: kurs leksiy po sovremennoy finansovoy teorii. – Kiyev: Kiyevskoye investitsionnoye 
agenstvo, 1997. 71 str.
20
Lorens Dj. Gitman, Maykl D. Djonk. Основы инвестирования. – M.: «Дело», 1997 г.


15 
yo‗naltiriladigan investitsiyalar xajmini oshirishga xizmat qilish uchun shart-sharoit 
yaratishga qaratilgan investitsiya ta‘rifini va uning shakllarini asoslash muhimdir.
Tijorat amaliyotida investitsiyalarning uch shakli bo‗lib ular bir-biridan o‗zaro 
farqlanadi (1.1-rasm). 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling