Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Ikkinchidan, investitsiyada qatnashish harakteriga ko‗ra bevosita va portfel 
investitsiyalar farqlanadi. Bevosita investitsiyalar investorni o‗z moliyaviy 
mablag‗lag‗larni joylashtirish ob‘ektini tanlash imkoniyatini beradi. Portfel 
investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar 
yordamida amalga oshiriladi. Bunda moliyaviy vositachilar to‗plangan mablag‗larni 
samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa 
emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‗ozlarga joylashtirish shaklida 
namoyon bo‗ladi.
Uchinchidan, investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir 
yilgacha bo‗lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yilldan oshiq muddatga 
beriladi) bo‗ladi. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo‗yilmalar shaklida 
namoyon bo‗ladi. Shu o‗rinda izohlab o‗tish joizki, oddiy aksiyalar muddat bilan 
cheklanmasada ham, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli 
qo‗yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilgacha qaytarish muddati bilan uzoq 
muddatli qo‗yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog‗ozlarni sotib 
olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o‗tgandan so‗ng, investor uzoq muddatli 
jihozlarni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko‗pincha 
investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o‗z pullarini qisqa muddatlarga 
22
Bocharev V.V. Metodi finansirovaniya investitsionnoy deyatelnosti predpriyatiy. – M.: Finansi i statistika, 1998. – s. 
6-7. Sergeev I.V., Veretennikova I.I. Organizatsiya i finansirovaniye investitsiy. – M.: Finansi i statistika, 2001. – s. 6.


19 
qo‗yishga intiladilar.
To‘rtinchidan, mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, 
qo‗shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik 
shaxslarining va fuqarolarning mablag‗larini tadbirkorlik faoliyati ob‘ektlariga 
qo‗yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat budjeti va davlat korxonalarining 
mablag‗larini joylashtirish orqali namoyon bo‗ladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling