Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 1.5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
§ 1.5. Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli 
Investitsiyalar 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishda 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Investitsiya orqali iqtisodiyotni modernizatsiyalash, taraqqiy ettirish, barqaror 
rivojlanishiga erishish, korxonalarning kapital jamg‗arishiga, natijada mamlakatning 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga va iqtisodiy o‗sishiga zamin 
yaratiladi. Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni 
bajaradi, amalda ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana 
olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada bir necha jarayonlarni ma‘romli rivojlanishini 
ta‘minlaydi. 
Investitsiyalar iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish uchun zarurdir. Real 
investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy 
mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish 
salohiyatini va jozibadorligini oshiradi. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol 
o‗ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun 
zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy 
fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma‘naviy eskirishiga yo‗l qo‗ymaslik; 
qimmatli qog‗ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o‗z mablag‗ini sarflash 
zarurligi bilan bog‗liqdir. Investitsiyalar mikrodarajada, korxonalarning kelgusida 
me‘yorda faoliyat ko‗rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) 
foyda olishini ta‘minlash bilan bog‗liqdir. Shu bois ham investitsiyalar makro va 
mikroiqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‗ynashini mamlakatda investitsiya 
faoliyatining holatini belgilovchi ko‗rsatkichlarni tavsiflaydi (1.4 – rasm). 


27 
Shuning bilan birga ob‘ektiv holatda, investitsiya faoliyatining holatini 
quyidagi makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗sish sur‘atlarini ham harakterlaydi, 
ya‘ni: milliy daromad; yalpi milliy mahsulot (YAMM) va YAIM; sanoat ishlab 
chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq 
xo‗jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshq. Investitsiya faoliyatining 
holatiga baho berishda investitsiya qo‗yilmalarisiz ushbu ko‗rsatkichlarning o‗sish 
sur‘atlarini tasavvur etib bo‗lmaydi. Shuningdek, ushbu ko‗rsatkichlar u yoki bu 
darajada investitsiyalarning samarali ishlatilishini harakterlaydi. Agar ushbu 
ko‗rsatkichlarning o‗sish sur‘atlari investitsiyalarning o‗sish sur‘atlaridan yuqori 
bo‗lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko‗rsatadi 
va aksincha.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling